Josh Makdauell OTANING 10 MAJBURIYATI Qanday qilib bolalarga chuqur va samarali ta’sir o‘tkazish mumkin KIRISH Ota bo‘lish oson emas. O‘zim ota rolidan mamnun ekanligim va uni dunyodagi hech nima uchun boshqa rolga almashtirmasligimga qaramay, ko‘pincha o‘kirib sochimni yulgim kelib qoladi: «Bunaqasi ketmaydi! Men bunga ko‘nmaganman!» Xotinim ikkalamiz bor kuchimiz bilan dunyodagi eng yaxshi ota-ona bo‘lishga intilyapmiz, lekin boshi berk ko‘chaga kirib qolganimda, ko‘pincha o‘zimdan so‘rayman: «WWJD?» [1], Yo‘q, men o‘zimga: «Iso nima qilgan bo‘lardi?» — degan savolni bermayman, garchi samo devonxonasi bilan bolalar tarbiyasi masalasida bevosita aloqa juda o‘rinli bo‘ladigan bo‘lsa-da. Qolaversa, qanchalik g‘amgin bo‘lmasin, Xudo bu masalada o‘ta qisqa ish tutgan va qanday qilib yaxshi ota bo‘lish borasida batafsil yo‘riqnomalar qoldirmagan. Mohiyatan, u aytgan narsalardan ko‘pi ochiq munozaratalab xususiyatga ega (masalan: Lq. 14:26). WWJD deganda men: «Josh nima qilgan bo‘lardi?» — degan iborani nazarda tutyapman [2]. Otamning kitobi u bizning tarbiya­ miz bo‘yicha asosiy tashvish onamning yelkasida bo‘lganini tan olishidan boshlanadi, chunki u sayyor va’zxon bo‘lgan. Shunga qaramay, mening ota-onam jipslashgan komanda bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Ular mukammallikdan yiroq bo‘lishganmi? Turgan gap. Otam ko‘plab xatolar qilgan, ularni o‘z kitobining Birinchi bobida tan olgan. Jamiyatshunoslik fanining barcha qonuniyatlariga ko‘ra va uning o‘zi o‘sgan dahshatli sharoitlarni hisobga olganda, uni to‘la barbod bo‘lish kutar edi. (Bu haqda bir daqiqadan so‘ng batafsil bayon etiladi). Otamga xos bo‘lgan kamchiliklarga qaramay, u bizlarni, ya’ni o‘z farzandlarini bizga zarur bo‘lgan muhabbat muhitida tarbiyalay oldi va men o‘zimning uch nafar farzandim uchun shunday qila olaman, degan umiddaman. Mana shu men otamdan bu kitob uchun minnatdorligim boisidir. Siz undan munosib farzandlar tarbiyalashni istayotgan otalar, go‘yoki bola tarbiyasi taom tayyorlash san’ati yoki ta’tilni reja­ lashtirish san’atiga o‘xshashdek, (garchi uni puxta rejalashtirish siz­ ga muvaffaqiyatni kafolatlab bermasligi hammaga ma’lum bo‘lsa-da), nima qilishi kerakligi yoki kerak emasligining oddiy ro‘yxatini topa olmaysiz. Hammamiz bilamizki, tarbiya, yumshoqroq qilib aytganda, oddiy ish emas. Bu kitob — mening otam­ ning shaxsiy tajribasidagi muvaffaqiyatlar va omadsizliklar guvohnomasi bo‘lib, u Kalom haqiqatlari va ba’zi amaliy tavsiyalar bi­ lan boyitilgan. Men otamni hammasidan ko‘ra ko‘proq, u o‘z hayotida yengib o‘tgan qiyinchiliklar haqida aytib bergan rostgo‘yligi uchun qadrlayman. Bu kitob sahifalarida, u har doimgidek, o‘ziga sodiq qolgan. Garchi bir necha bor uning oilani buzgan piyonista ota va bolalik yillarida duch kelgan zo‘rlanish haqidagi hikoyalarini eshit­ gan bo‘lsam-da, shunga qaramay, mening otam bolaligida qanday azoblarga uchraganini yaqinda bo‘lib o‘tgan oilaviy tantanalar­ dan birida fahmlay boshladim. Onam bolaligidagi kulgili voqea­ lar­ ni bizga aytib berar edi, mening singlim esa otamdan uning bola­ ligidagi birorta kulgili voqeani aytib berishini iltimos qilib qol­ di. Bir oz cho‘zilgan sukutdan so‘ng, u shunday dedi: «Nazarim­ da, mening birorta ham quvonchli bolalik xotiram yo‘q». Negadir bu so‘zlar mening qalbimni hamma narsadan ko‘ra ko‘proq yarala­ di. Otam birorta ham oilaviy baxtli voqeani eslay olmadi! Men ezildim. Baribir otamning quvonchsiz bolaligi unga o‘nlab yillardan so‘ng o‘zining sevimli oilasi bag‘rida o‘tirishiga xalaqit qila olma­ di. U qanday qilib bunga erishdi? Agar sizni shu savolga javob qiziqtirsa, bu kitob siz uchun. Har holda, u Xudo hatto tubigacha barbod bo‘lgan, o‘ta nochor oilalarni ham tiklash qudratiga ega ekanligidan dalolat beradi. Siz doimiy to‘yib uxlamaslik tufayli ishda uxlab qolmaslikka urinayotgan yosh ota bo‘lsangiz ham, yoki ko‘p yillik ota-onalik ziddiyatlarida chiniqqan, ko‘pni ko‘rgan ota bo‘lsangiz ham, «Otaning 10 majburiyati» kitobidan siz ko‘plab umid beruvchi va shunchaki foydali maslahatlarni topasiz. Sizga yoqimli mutolaa tilayman! Shon Makdauell Izohlar [1] Protestant masihiylari orasida tarqalgan inglizcha «What Would Jesus Do?» («Iso nima qilgan bo‘lardi?) iborasining qisqartmasi. — Bu yerda va bundan keyingi qo‘shimcha ko‘rsatib o‘tilmaganlaridan tashqari, satr ostidagi barcha izohlar tarjimonga tegishli. [2] «Josh nima qilgan bo‘lardi?» iborasi inglizchada «What Would Josh Do?» tarzida talaffuz qilinadi. 1. XO‘SH, OTA NIMA QILISHI KERAK? Butun bir umr o‘tgandek edi, go‘yo. Men kasallarni qabul qilish xonasini qadamlarim bilan o‘lchab chiqar edim va to‘xtay ol­ mas edim. Dotti tug‘ruq qabul qilish palatasida men kutganimdan uzoq qolayotgan edi. O‘sha vaqtlarda bo‘lg‘usi onalar uchun hali kurslar yo‘q edi, erlarga esa xotini tug‘ayotganida ishtirok etishga ruxsat berilmas edi. Bo‘lajak otalar kasallarni qabul qilish xonasini qadamlari bilan eniga va bo‘yiga o‘lchaganicha, shu yerda kutishga majbur edilar. Shunday qilib, men shakllanib bo‘lgan an’anani buzmadim. Nihoyat, Dotti va og‘irligi sakkiz funt ikki unsiya bo‘lgan go‘dak tug‘ruq qabul qilish xonasini tark etdilar. Ularni kasalxona palatasiga o‘tkazishlari bilanoq, Dotti menga qizimizni topshirdi. Kellini qo‘limga olarkanman, men tizzalarim qaltirayotganini his qildim. Ota bo‘lganimni endi tushunayotgan edim, lekin o‘shanda bu nimani anglatishini hali tasavvur qila olmas edim. Ko‘p erkaklar kabi men ham ota roliga tayyor emas edim. Tabiiyki, qattiq qo‘rqdim. Agar bugungi dunyoda bolalarimizni nimalar kutayotganligini eslasak, qo‘rquvdan butunlay esdan og‘ib qolish ham hech gap emas edi. Bizning dunyomizning kam qadriyatlarini ota-onalar o‘z bolalariga singdirishni istashadi. Alkogol, narkotik­ lar va nikohdan oldingi jinsiy aloqa vasvasasi farzandlarimizni tobora kichikroq yoshda o‘z domiga tortmoqda. Hamma joyda maktab o‘quvchilarining bir-biriga nisbatan haqoratomuz xulq-atvori, ular orasidagi zo‘ravonlik va o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilishi haqida eshitish mumkin. Bularning hammasi odamni tashvishga solmasligi mumkin emas. Shunday ekan, ota nima qilmog‘i kerak? JOSH, BUNI QANDAY EPLADING? Ko‘pchilik mening bolaligim tarixi bilan tanish. Men vaqtining ko‘p qismini bosh ko‘tarmay ichishga sarflagan, onamni do‘pposlagan va menga hech qanday e’tibor bermagan shaharlik piyonistaning o‘g‘li edim. Otam umrida biror marta meni yaxshi ko‘rishini aytganini eslay olmayman. Bunday noxush bolalik o‘z­ imning ham oilamda aks etsa kerak, degan xavotirda bo‘lganman va bu meni juda tashvishga solar edi. Menga ko‘pincha: «Josh, buni qanday eplading?» — degan sa­ vol bilan murojaat qilishadi. Mening to‘rt nafar katta bo‘lib qol­ ­ gan farzandlarim: Kelli, Shon, Keti va Xizerni ko‘rib, hamma xo­ ti­ nim bilan birga bunday sodiq masihiylarni qanday qilib tar­ biyalay olganimizga hayron qoladi. Bugungi kunda ularning ham­ ma­ si o‘z oilasiga ega va o‘z farzandlarini tarbiyalamoqda. Umuman ol­ ganda, xotinim ikkimiz o‘zimizni tabriklashga haqlimiz, deyishimiz mumkin. Garchi shunday bo‘lmasa-da, hammasini to‘g‘ri qildik, deb o‘ylagimiz keladi. To‘g‘risini aytganda, men ko‘p ishni buzib qo‘yar edim, lekin hamisha bor kuchim bilan ham­ ­ ma­ sini to‘g‘rilashga harakat qilar edim. Bu kitob men Xudo ol­ dida, oilam va o‘zim oldimda bolalarimda Xudoga va ota-ona­ ga eh­ ti­ rom­ ni tarbiyalash uchun o‘z zimmamga olgan majburiyat­ lar mag‘zini ifodalab beradi. Ammo bu majburiyatlarni ko‘rib chiqishdan oldin, bolalar hayotida otaning o‘rni haqida gaplashib olamiz. 1. Otaga onaning yordami zarur Bugungi ijtimoiy, ma’naviy va hissiy yetuklik darajalari uchun bolalarimiz birinchi navbatda mening xotinim, Dottidan minnat­ dor bo‘lishlari kerak. Men otalik majburiyatiga mutlaq jiddiy yon­ dashdim va hech qachon bu majburiyatlarga beparvo bo‘lgan emasman, lekin, gap shundaki, men butun ongli hayotim davomida sayyoh vazgo‘y bo‘lgan bir vaqtda, Dotti bolalardan hech ham ajralmas edi, ularga mehr bilan nasihat qilar edi va yo‘na­ lish berar edi, men esa ko‘pincha oilaga o‘zimning huzurimni yuk­ lar edim. Dotti ota rolini o‘tashimda yordam berib, meni juda qo‘llab-quvvatlar edi. U mening ikkinchi yuragim va ikkinchi bir juft quloqlarim va ko‘zlarimga aylangan edi. U men shunchaki payqamagan narsalarni ko‘rar edi. Uning sinchkovligi uchun Xudoga shukur! U men hatto borligini bilmagan nutq ohanglarini eshita olar edi. Agar uning ziyrakligi bo‘lmaganida men qayerda bo‘lar edim! Uning yuragi muammolarning mohiyatiga mening aqlga qarab ish tutishimdan ko‘ra yaxshiroq kirib borar edi — bu tushunishga mening aqlim ojiz bo‘lgan qobiliyat edi. Uning idrokligisiz men o‘z rolimni o‘tay olmagan bo‘lar edim. Xullas, mening farzandlarimning onasi ularning otasiga yetishmagan joylarni to‘ldirar edi. Nazarimda, bu kitobni hozirning o‘zida ko‘plab onalar o‘qishayapti. Umuman olganda, ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq o‘qishadi. Sizga beradigan birinchi maslahatim: o‘z eringizni bu kitobni o‘qishi kerakligiga ishontirishga harakat qiling. Ikkinchi maslahat esa budir: o‘z zimmasiga u otaning o‘n majburiyatini olmoqchi bo‘lganida, unga yordam berishga tayyor turing. Bu mas’uliyatli ibtidoda unga sizning hurmatingiz, dalda berishingiz, ma’qullashingiz, tan olishingiz, yupatishingiz va qabul qila olishingiz zarur bo‘ladi. Sizning ziyrakligingiz, sezgirligingiz va uquvliligingizsiz, u hayot muammolari ikir-chikirlari va shaxslar­ aro munosabatlarni hal qila olmaydi. Xudo shuning uchun ham erkak va ayolni birlashtirdi. U har birimizga atrofdagilarga zarur bo‘lgan tushunish va qobiliyatlarni ato etgan. Uning tanasi bo‘lmish jamoat ham bunga misol bo‘la oladi: «Axir, tanamiz bir bo‘lsa-da, tanamiz a’zolari ko‘p, tanamiz a’zolarining vazifasi ham bir xil emas. Shunga o‘xshab, biz — Masihga tegishli bo‘lganlar bir tanani tashkil qilamiz. Har birimiz har xil a’zolar bo‘lib, bir-birimizga bog‘liqmiz», — deydi havoriy Pavlus (Rim. 12:4–5). Erlar, ayollaringizga e’tiborli bo‘ling! Ehtimol, siz yaxshi ota bo‘lish uchun ularning qo‘llab-quvvatlashiga naqadar muh­ toj ekanligingizni fahmlamayotgandirsiz. Agar sizning xotiningiz bu kitob bilan tanish bo‘lmasa, sizni Xudo qanday ota tarzida ko‘rishni istayotganidek ota bo‘lishingizga yordam berishi uchun, unga bu kitobni siz bilan birga o‘qib chiqishni taklif qiling. Xotinlar, siz bo‘lmasangiz, erlaringiz yaxshi ota bo‘la olmaydi. Ularga yordamga keling. Ularga sizning ko‘magingiz o‘ta zarur. Agar siz yolg‘iz ota bo‘lsangiz — tushkunlikka tushmang. Albatta, bolani onasiz tarbiyalash ancha qiyin. Agar siz ajrashgan bo‘lsangiz, sobiq xotiningiz bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolishga va bolalar haqqi-hurmati unchalik mukammal bo‘lmagan bu vaziyatning salbiy oqibatlarini iloji boricha ko‘proq bartaraf etishga harakat qiling. O‘z jamoatingizdagi inoq masihiy juftligi­ ning qo‘llab-quvvatlashidan foydalaning. Oldin aytib o‘tilganidek, biz, masihiylar, «Isoda bir tanani tashkil qilamiz, alohida holimizda esa, birimiz boshqamiz uchun a’zomiz». O‘z do‘stlaringizdan yordam so‘rang. Ular bu kitobni siz bilan birga o‘qishlari, keyin esa o‘z tajribalarini siz bilan bo‘lishishlari va sizga yordam berishlari mumkin. Hammadan ajralib olgan holda bolani muvaffaqiyatli tarbiyalab bo‘lmaydi. O‘zimizning turmush o‘rtoglik va ota-onalik majburiyatlarimizni bajarish uchun Xudo bizga bir — birimizga tayanch bo‘lishni amr etgan. 2. Bolalarga eng ko‘p vaqt ajrating Hoynahoy, mening vaziyatim siznikiga o‘xshash emasdir. Men aytib o‘tdimki, bir umr sayyoh va’zxon bo‘lganman, demak, ko‘pincha uyda bo‘lmaganman. O‘zim istagancha bolalarning yoni­ da bo‘la olmasligim jiddiy muammo edi, ammo, uyda bo‘lganim­ da bo­ ­ lalar bilan muloqotga eng ko‘p vaqt ajratar edim. Ko‘z ochib- yumguningizcha, bolalaringiz katta bo‘lib qoladi va ota uyini tark etib, mustaqil hayotga qadam qo‘yadi. Vaqt to‘xtab turmaydi. Ko‘pincha talaba yoshidagi farzandlari bilan bu­ zil­ gan munosabatlari ustida ko‘z yoshi to‘kayotgan otalardan: «Ular kichik bo‘lganida men ularga yetarlicha vaqt ajrata olmadim», — degan gapni eshitish mumkin. Sanolar kuylovchi: «Umrimiz kunlarini sanashni bizga o‘rgatgin, toki biz dono qalbga ega bo‘laylik», — deganida haq edi (Zab. 89:12). Men uyda bo‘lgan vaqtda amalda har bir bo‘sh daqiqani bolalar bilan muloqotga ajratish zarurligini tushundim. Men boy berilgan vaqtning o‘rnini qoplamoqchi edim va navbatdagi safarga ketganimda bolalarga xat yozar edim va qo‘ng‘iroq qilar edim. Hatto safarda bo‘lganimda ham ular bilan aloqani yo‘qotishni istamas edim. Har bir kuningizning qadriga yeting. Bolalarning yonida bo‘­ ling. Buning uchun vaqtingizni ayamang. Hatto o‘z jadvalin­ giz­ ga bolalaringiz bilan muloqotni xizmat uchrashuvi sifatida ki­ ri­ tib qo‘yishingiz mumkin. Faqat ularning yonida bo‘lishning qim­ matli imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang! 3. O‘z ta’siringizni ahamiyatsiz deb bilmang Yaqinda bir ota menga quyidagi so‘zlar bilan murojaat qildi: «Josh, men zamonaviy gadjetlar bilan raqobatlasha olmayapman. Bolalarim o‘z hayotini ayfon, aypad, aytyuns, SMS xabarlar, Internet, elektron pochta, Tvittersiz, shuningdek, kinoga borish hamda sinfdoshlar bilan muloqotsiz tasavvur qila olishmayapti. Ular elek­ tron to‘r bilan o‘rab olingan va hamma narsa haqida qayerdandir bilib olishadi, faqat mendan emas. Men zaifman!» Bunday qiynalish ko‘p otalarga tanish, lekin ular adashishadi. Bolalaringiz o‘ralashib yurgan muhitning xilma-xilligi va texnik kamolotiga qaramasdan, hali ham siz ularning hayotida eng muhim o‘ringa egasiz. Umummilliy internet tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlarning 45% o‘z ota-onalarini taqlid qilish uchun namuna deb bilishadi [3]. Gumon qilishimcha, siz farzandlaringiz yoshlarning pop yulduzlari, kino yoki sportdagi mashhur kishilarga o‘xshashga harakat qilishadi, deb o‘ylagansiz. Lekin bunday emas. Boshqa ijtimoiy so‘rovlarga binoan, zamonaviy yoshlarning 32% o‘z do‘stlaridan o‘rnak olishadi va faqat 15% mashhurlarga taqlid qilishga uri­ nishadi [4]. Amalda bu tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, yigitlar va qiz­ lar yigirma besh yoshga kirgunlaricha, ularning xulq-­ atvoriga se­ vuvchi otalar bilan yaqin munosabatlar eng katta ta’sir o‘tkazadi [5]. Florida Universitetining olimlari yaqinda shu narsani aniq­ lash­ di­ ki, «ota-onalar nima deb o‘ylashlaridan qat’iy nazar, o‘smirlarning ko‘pchiligi o‘z ota—onalariga quloq solishadi va bu yaxshi xabardir» [6]. Faraz qilaylik, garchi siz ba’zan bunga shubha qilsangizda, baribir farzandlaringiz sizga quloq tutishadi. Siz ularga nima deyishni istashingizni bilasizmi? Ularga qanday qadriyatlarni sing­ dirishni istaysiz va ularda qanday hayotiy nuqtayi nazarni shakllantirmoqchisiz? 4. Bolalarga qanday qadriyatlarni singdirmoqchi ekanliginizni aniqlab oling Siz, hoynahoy, «Hech qayerni nishonga olmayotgan odam, hech qachon mo‘ljaldan adashmaydi» yoki «Qayoqqa ketayotganini bilmayotgan odam albatta o‘sha yoqqa tushadi» — degan iboralarni eshitgandirsiz. Bu tarbiya masalasida ham adolatli so‘zlardir. Agar biz ota sifatida o‘z bolalarimizga qanday qadriyatlarni singdirishni bilmasak, ehtimol, biz ularga birorta ham yaxshi narsani singdira olmaymiz. Biz o‘z farzandlarimizni nimalarga tayyorlashni bilishimiz shart, aks holda, biz bu vazifani eplay olmaymiz. Ularga qanday qismatni ravo ko‘rishingizni bilasizmi? Bir lahza o‘ylab ko‘ring. Qo‘lingizni yuragingizga qo‘yib ayting: o‘zingiz shunchalik mehr qo‘ygan farzandlaringizni qanday ko‘rishni istagan bo‘lar edingiz? Menimcha, javoblar xilma-xil bo‘lishi mumkin. Keling, xuddi shu savolni Xudoga berib ko‘raylik. Odamlarni shunchalik yaxshi ko‘ruvchi Yaratgan Egam ularning qanday bo‘lishini istagan bo‘lar edi? Kimdir Xudo bizdan faqat Uning amrlarini bajarishimizni, ya’ni aynan Unga xizmat qilishimiz va itoatda bo‘lishimizni kutishiga ishonchi komil. Siz farzandlaringizdan kutayotgan narsalarning bori shumi? So‘zsiz itoatmi? Muqaddas Yozuvda bolalar ota-onasiga quloq solishlari amr qilingan va albatta, Xudo biz­ dan ham aynan shuni kutadi. Lekin U buyruqlar berishni yaxshi ko‘r­ ga­ ni uchungina shunday bo‘lyapti, degani emas, Xudo haqiqatan ham bizdan itoatni kutadi, biroq juda ham jiddiy sababga ko‘ra. Iso Masih o‘z izdoshlariga Musoning qonunlariga rioya qilishni o‘rgatadi. U o‘z izdoshlaridan Xudoga sodiqlik va Muqaddas Yozuv amrlarini bajarishlarini kutadi. Ammo Iso Masih nima uchun U sodiqlikdan umid qilishini tushuntiradi va bu har birimizga taalluqlidir. Mana uning so‘zlari: «Mening shodligim qalbingizni to‘ldirsin deb, sizlarga bu so‘zlarni aytdim» (Yuh. 15:11). Xudo o‘z bolalariga mana nimani tayyorlab qo‘ygan: mukammal shodlik. Biz ham bolalarimizga shuni tilamaymizmi? Biz ular baxtli bo‘lishlarini istaymiz. Biz ularni farovon, ko‘ngilsizliklardan himoyalangan, mustaqil fikrlaydigan, maqsadga intiluvchan va muvaffaqiyatli odamlar sifatida ko‘rishni istaymiz. Ko‘p ota-onalar ma’lum qoidalar to‘plamiga rioya qilish — baxtli hayotning zarur sharti ekanligiga ishonishadi. Ularning bu ishonchi asossiz emas! Shoh Dovud va uning o‘g‘li shoh Sulaymon o‘z donoliklarini biz bilan baham ko‘rganlar: Baxtlidir yo‘llari pok bo‘lganlar, Ey Egam, Sening qonuning bo‘yicha yuradiganlar. Baxtlidir Sening shartlaringga rioya qiladiganlar, Butun qalbi bilan Senga intiladiganlar. (Zab. 118:1–2) Amrlaring so‘qmog‘idan meni yetaklagin, Men undan lazzat to­ paman. (Zab. 118:35) Bu (qonun) menga odat bo‘lgan edi, (Chunki) Buyruqlaringga rioya qildim. (Zab. 118:56) O‘g‘lim, nasihatlarimni qabul qilib, amrlarimni yuragingda saqlasang, donolikka quloq solib, qalbingni fahm-idrokka ochsang, <…> Shun­ da sen to‘g‘rilik, adolat, odillik, ya’ni to‘g‘ri yo‘l nima ekanligini tu­ shunasan. Chunki yuragingga donolik kiradi, ruhing esa bilimdan zavq­ la­ na­ di. Fahm-farosat seni himoya qiladi, aql-idrok seni qo‘riqlaydi. (Hik. 2:1–2, 9–11) Nahotki biz, otalar, bolalarimiz muttasil shodlikka to‘la hayot — Xudo bizga ato qilgan «yaxshilik yo‘li»ni tushunishda va to‘g‘ri ax­ loqiy tanlov qilishga imkon beradigan donolikda ekani­ ni tushu­ nib olishlarini istamasak? Biz o‘z farzandlarimizni ruhan yetuk, jamiyat­ ning axloqsiz bosimiga qarshi tura oladigan o‘smirlar va qizlar sifatida ko‘rishni istaymiz. Ular ota uyini tark etishlaridan oldin, biz ularga har qanday qiyin darajadagi hayot jumboqlarini yechish­ lariga imkon beradigan dunyoqarash va Xudo bilan munosabatni shakllantirish va shunday qadriyatlarni singdirishni istaymiz. Mening kitobim aynan shu ezgu maqsadga erishish yo‘lini qurishga bag‘ishlangan. Men sizga men bilan birga otaning o‘nta majburiyatini ko‘rib chiqishni taklif qilaman, bu majburiyatlar sizga farzandlaringizni baxtli hayotga tayyorlashga va ular uyalaridan uchib chiqib ketishlaridan oldin kamida yettita hayotiy muhim fazilatni tarbiyalashda yordamlashadi. Bular quyidagilardir: 1. Xudo bilan to‘g‘ri munosabatlar; 2. odamlar bilan sog‘lom munosabatlar; 3. o‘ziga munosib baho bera olish; 4. bokiralik; 5. shaxs yaxlitligi; 6. chuqur e’tiqod; 7. muvaffaqiyatlardan mag‘rurlanmaslik va muvaffaqiyatsizliklarni hal qilish mahorati. Agar farzandlaringiz ushbu yettita fazilat egasi bo‘lishsa, ularning shodligi, demak sizning ham shodligingiz mukammal bo‘ladi. 5. Sizning otalik majburiyatlaringiz muvaffaqiyatga yo‘nalgan, lekin ularni bajarish hali sizga muvaffaqiyatni kafolatlamaydi To‘la oshkoralik bilan bayon qilishimga ijozat bersangiz: bu du­ nyoda benuqson otalar yo‘q. Siz bu kitobda sanab o‘tilgan bar­ cha o‘nta majburiyatni benuqson bajara olmaysiz. Hatto o‘z zim­ mangizga olgan barcha majburiyatlarni bajarishga samimiy intilganingizda ham, ular bilan birga bayon qilingan tamoyillarga amal qilishga har doim ham imkon topa olmaysiz. Ha, Xudo oldida, o‘zingiz yoki bolalaringiz oldida, o‘z zimmangizga olgan har qanday majburiyatlar ularni bajarishga bo‘lgan ishtiyoq tufaylidir, lekin odam bo‘lish — nomukammal bo‘lish demakdir. Yana bir bor takrorlayman: o‘z zimmangizga olgan majburiyat­ lar yonida har doim ularni bajarishga bo‘lgan ishtiyoq yoki bor kuchi bilan ularni bajarishga bo‘lgan urinish bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida, majburiyatlaringiz qandaydir o‘tkinchi istaklar yoki tasodifiy niyatlar tufayli kelib chiqmaganini anglatadi. Lekin hat­ to barcha majburiyatlarni bajarish ham sizga muvaffaqiyat uchun qat’iy kafolatlar bera olmaydi. Shunga qaramay, aytib o‘tilgan barcha gaplarni inobatga olgan holda, men sizga otaning o‘n majburiyatini bajarishni va uni bajarish uchun iloji bo‘lgan hamma ishlarni qilishni taklif qilaman. Masihiy sifatida, siz farzandlaringizni dushmanlarcha muno­ sabatda bo‘luvchi tashqi olam bilan uchrashuvga tayyor holda ko‘ri­ shni istaysiz. Nazarimda, siz ularni baxtli va marhamatli hayot va’da qiluvchi Xudo amrlariga hurmatda bo‘lish ruhida tar­ biya­ lashga harakat qilasiz. Shubhasiz, ularda yuqorida sanab o‘tilgan yettita muhim fazilatni tarbiyalashga intilasiz. Unday bo‘lsa, o‘nta majburiyatni o‘z zimmangizga olish va quyidagilarni amalga oshi­ rishga tayyorsiz: 1. Har doim bolaga haqiqatni mehr bilan aytish. 2. Bolaning o‘rniga emas, uning oldida javobgar bo‘lish. 3. Bola uchun taqlid namunasi bo‘lishga harakat qilish. 4. Bolaga Xudo Kimligi va U kimga o‘xshashligini tushuntirish. 5. Bolani xudbin bo‘lmaslikka o‘rgatish. 6. Bolaga haqiqiy sevgi nima ekanini tushuntirish. 7. Bolaga yaxshilikni yomonlikdan ajratishni o‘rgatish. 8. Bolaga jinsiy munosabatlarni Xudo nima uchun yaratganini tushuntirish. 9. Bolaga nima uchun biz ishonayotgan narsalarimizga ishoni­ shimizni tushuntirish. 10. Bolada minnatdor qalbni tarbiyalash. Bu o‘nta majburiyatni qanday bajarishni aniqlab olish uchun, biz ushbu kitob sahifalari bo‘ylab birgalikda sayohat qilamiz. Hat­ to shundan so‘ng ham, men farzandlaringiz benuqson tar­ biya olish­ lariga va’da bera olmayman. Siz qanchalik ideal ota bo‘l­ mang va o‘z bolalaringizda Xudoga, odamlarga va o‘z-o‘zlariga mu­ habbatni qunt bilan tarbiyalamang, yakuniy yo‘lni tanlash bola­ la­ ringizning o‘zida qoladi. Siz ularning o‘rnida tanlov qila olmay­ siz, lekin ularning ongida mustahkam poydevor qo‘yish, ular­ ga sog‘lom namuna bo‘lish va ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘nalti­ rish sizning qo‘lingizda. Masihiylik e’tiqodi, xuddi ma’naviy qadriyatlar singari, yakshanba kungi hordiq chiqarishlarda yoki Kalomni uyda bir yarim oylik o‘rganishlar orqali o‘tib qolmaydi. U faqatgina biz kunma-­ kun, haftama-hafta, oyma-oy, yilma-yil bolalarimiz bilan muloqot qilishimiz orqali singdirib boriladi. Men aynan Xudo haqida, hayot, muhabbat, odamlar bilan munosabat haqida u yoki bu ha­ qiqatlarni bolalarga tushuntirib berish uchun alohida vaqt ajratiladigan muloqot haqida gapiryapman. Isroil o‘g‘illariga Xudoni butun yurak, butun qalb va bor quvvati bilan sevishni, shuningdek, Xudo amrlariga itoat etishni amr qilayotib, Muso shunday degan: Bularni bolalaringizga ham o‘rgatinglar. Uyda o‘tirganda ham, yo‘l­ da yurganda ham, yotganingizda ham, turganingizda ham shular haqida gapiringlar. Bularni qo‘lingizga belgi qilib bog‘langlar, peshonangizga nishona qilib taqib olinglar.(Qonun. 6:7–8) Menimcha, siz gap uzluksiz tarbiya haqida borayotganini tushundingiz. Muso davrida shunday bo‘lgan va bugungi kunda ham shunday bo‘lishi adolatlidir. Izohlar [3] «Teens Look to Parents More Than Friends», Science Daily, June 15, 2011, http://sciencedaily.com/releases/2011/06/110615120355.htm. [4] «Teens Look to Parents More Than Friends», Science Daily, June 15, 2011, http://sciencedaily.com/releases/2011/06/110615120355.htm. [5] Jeffrey Rosenberg and W. Bradford Wilcox, «The Importance of Fathers in the Healthy Development of Children», publication of U.S. Department of Health and Human Services, 2006, http://childwelfare.gov/pubs/usermanuals/father-hood/fatherhood.pdf. [6] «Talking to Your Teen About Sexuality», publication of Hillsborough County University of Florida Extension, http://hillsboroughfcs.ifas.ufl.edu/Family­ Pubs­ A-Z/sexuality.pdf. 2. Birinchi majburiyat: HAR DOIM BOLAGA HAQIQATNI SEVGI BILAN AYTISHGA HARAKAT QILISH — josh, bolalarim bilan nima qilishni bilmayapman, — otaning ovo­ zida tushkunlik ohanglari bor edi. Men hozirgina tarbiya mav­ zu­ si­ da­ gi nutqimni yakunlagan edim va yo‘limni to‘sgan erkak o‘n yet­ ti, o‘n uch va o‘n yoshli uch farzandi — otaning o‘zi cho‘pon bo‘lib xiz­ mat qi­ la­ digan jamoatdagi eng itoatsiz bolalar ekanini tan oldi. — Men qo‘limdan kelgan hamma ishni qilyapman, — davom etdi u. — Erta­ lab­ ­ dan tungacha ularga Xudoning haqiqatlarini uqtiryapman va Mu­ qad­ das Kitobdan oyatlarni yodlashga majbur qilyapman. Ular men­ ga qu­ loq solishlari kerakligini bilishadi, buning o‘rniga ular mening na­ sihat­ larimga qarshilik qilishyapti va deyarli har doim mendan xafa. Nima qilishim kerak? Bizning oldimizda o‘z bolalarini to‘g‘ri ish tutishga o‘rgatishga bor kuchi bilan urinayotgan ota turibdi. Garchi u eslatmagan bo‘lsa-da, ishonchim komilki, har qanday normal ota singari, u bolalariga baxt tilaydi va ularning nomunosib xulq-atvori yaxshilik­ ka olib bormasligini tushuntirishga intiladi. Hammamiz bolalari­ mizni to‘g‘ri ish tutishga o‘rgatishni va ularni kulfatlardan saqlashni istaymiz. Erkakning yelkasiga qo‘limni qo‘yib, uning ko‘zlariga tikilib turib, shunday dedim: — Birodar, sizga maslahatim — qoidalarni nari surib qo‘ying. — Nima?.. — xitob qildi u, o‘z quloqlariga ishonmay. — Butun muammo shunda-da! Ular busiz ham hech qanday qoidalarga bo‘ysunmaydilar va bundan buyon ham ularga bo‘ysunmoqchi emaslar! — Nima demoqchi bo‘layotganingizni tushunyapman, — javob berdim men, — lekin qaytaraman: o‘z qoidalaringizni esdan chiqaring [7]. Muqaddas Kitob o‘z bolalarini haqiqat yo‘liga solishga intilib, faqat bir narsaga, ya’ni bolalarning bundan jahli chiqishiga­ gina erishayotgan otalarga shunday maslahat beradi: «Ey otalar, far­ zand­ laringizning g‘ashiga tegmang. Ularni Rabbimizning ta’lim-­ tarbiyasi bilan o‘stiring» (Ef. 6:4). Biz otalar qanday qilib farzand­ larimizning g‘azabini keltirishimiz mumkin? Mening do‘stim, cho‘pon va uch itoatsiz farzandlarning otasi aynan shu xatoga yo‘l qo‘ygan edi: bolalarni qoidalar bilan «yo‘rgaklar» ekan, u bir narsaga erishgan edi: ularning g‘ashiga tekkan edi. Lekin Muqaddas Kitob «g‘ashiga tegmoq» so‘zi ostida nimani nazarda tutadi? Efesliklarga maktubning 6-bobida yunoncha parorgizo so‘zi ishlatilgan bo‘lib, uning aynan ma’nosi — «g‘azabini qo‘zg‘amoq»dir. Bu oyat otalarni o‘ylanishga da’vat qiladi: bolalar bilan munosabatlaridagi odatiy so‘zlash ohangi orqali farzandlarining g‘azabini qo‘zg‘amayaptilarmi? Bizning so‘zlarimiz, harakatlarimiz, qanday gapirayotganimiz va qanday harakat qilayotganimiz shunga o‘xshash natijaga olib kelishi mumkin. Muqaddas Kitobning ingliz tiliga qilingan zamonaviy tarjimalaridan birida bu oyat bunday yangraydi: «Otalar, o‘z farzandlaringizni g‘azablantirmang…» (New International Version, NIV; kursiv meniki. — J. M.) [8]. J.B.Fil­ lips bu oyatni quyidagicha tarjima qilgan: «Otalar o‘z farzandlaringizni tarbiyalashda ortiqcha tirishmang, aks holda, ularning amrlarga rioya qilishlari qiyinlashib ketadi» (The New Testament in Modern English). «Tirik Muqaddas Kitob» (The Living Bible) o‘git beradiki: «Bolalarni hamisha koyish va ularning g‘azabini keltirib va xafa qilib, ularning g‘ashiga tegaverish kerak emas». Muqaddas Kitobning bosh­ qa joyida shunday deyilgan: «Ey otalar, farzandlaringizni ranjitavermanglar, bo‘lmasa ular tushkunlikka tushib qoladi» (Kol. 3:21). Muqaddas Kitob bizning e’tiborimizga mohiyatan oddiy bo‘lgan fikrni yetkazadi: biz, ota-onalar farzandlarimizni bizdan xafa bo‘ladigan qilib tarbiyalamasligimiz kerak. Tabiiyki, Muqad­ das Kitob bolalarga ota-onaga itoatni uqtiradi, lekin otalarga ham qat’iy ko‘rsatma beriladi: bolalarni tarbiyalay turib, ularni tutaqtirib yubormaslik kerak. Aytib o‘tilganlarning hammasini inobatga olgan holda, qanday qilib biz, ota-onalar tarbiya jarayoniga farzandlardan salbiy munosabat o‘rniga ijobiy aks-sado olishimiz mumkin? TARBIYAGA TO‘RT XIL YONDASHUV Masihiy ota sifatida, o‘z farzandlaringiz uchun eng yaxshi narsalarni tilaysiz. Mening nazarimda, nasihatlar va qoidalarsiz tarbiyaning iloji yo‘qligiga ishonchingiz komil, garchi ularning ba’zilarini farzandlaringiz vaqtni yoqimli o‘tkazishda cheklov, otani esa haqiqiy ezma deb qabul qilsalar-da. Biror marta bolalaringizdan: «Nega har doim men uchun hamma narsa taqiqlangan?» yoki «Bu qanaqa noshodon hayot bo‘ldi?» yoxud «Siz shunchaki meni tushunishni istamaysiz!» kabi savollarni eshitishingizga to‘g‘ri kelganmi? Gap shundaki, odatda, bolalar, nega biz ularga u yoki bu taqiqni qo‘yayotganimizni tushunishmaydi, shuning uchun ota-onalarning qoidalarga rioya qilish haqidagi talablari ko‘pincha qarama-qarshiliklar va oilaviy janjallarga olib keladi. Ba’zan biz qanchalik ko‘p qoida o‘rnatsak, ular bizning bolalar bilan munosabatimizni shunchalik chigallashtirayotgandek tuyuladi. Ehtimol, biz har birimiz tarbiyaga munosabatimizni, xususan, ota-ona hokimiyati va otalar hamda onalarning bolalar bilan munosabati usulini qayerdandir o‘zlashtirib olganimizni fahmlamasmiz. Sizning tarbiyaga yondashuvingizga sizning ota-onangiz uyidagi muhit: unda qoidalarning bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligi, shuning­ dek, ota- onalar va bolalarning munosabatlari ta’sir o‘tkazgani ehtimoli katta. Demak, biz bolalar oldida o‘rnatayotgan qoidalar va bolalar bilan munosabatlarimizning o‘zi ularga qanday murojaat qilishimizni belgilab beradi. Hukmdor ota «Darslaringni tayyorladingmi?» «Senga buyurganimdek qilib, chiqindini chiqarib tashla­ dingmi?» «Qizim, soat o‘nda uyda bo‘lishing shartligini unutmadingmi?» Bu hukmdor otaning tipik savollari. Lekin hukmdorona tarbiyalash savollarning xususiyati bilan emas, balki hokimiyatni qo‘llashga munosabat bilan belgilanadi. Hukmdor yoki ba’zan mus­ tabid deb ataladigan ota-onalar o‘z qoidalariga qat’iy rioya qilinishini talab etishadi. Balki, kuch yordamida yoki kuch ish­ latish tahdidi bilan o‘z farzandlarini nazorat qiladigan ota-ona­ larni tanirsiz. «Men aytganimdek qil, aks holda, afsuslanasan!» — mana shu ularning shioridir. Haddidan oshib ketganida, mustabid otalar bolalar ustidan mut­ laq hokimiyatga ega bo‘lishadi, bu ko‘pincha hissiy va jismo­ niy zo‘ravonlikka olib keladi. Biroq qoidalarga rioya qilishga un­ cha­ lik radikal yondashmaydigan ko‘pchilik mustabidlar bolalar uchun «oilaviy baxt» yaratishga qodirlar. Ular farzandlarini moddiy ta’minlashda javobgarlikni his qilishadi, bolalarga do‘st tanlashda erkinlik berishadi va umuman olganda, «normal hayot» uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni kafolatlashadi. Lekin hatto mus­ tabid otalar hech qachon bolaga qo‘l ko‘tarmasalar ham, uni gap­ ga kirmagani uchun qaznoqqa qamab qo‘ymasalar ham, oila dav­ rasida ular o‘zlarini zolimdek tutishadi. Qoidalarni yuksaltirib, ular bolalari bilan yaqin, o‘zaro ishonchli munosabatlarning aha­ miya­ tini pasaytiradilar. Ko‘z oldingizga yog‘och arg‘imchoqni keltiring, uning bir chek­ kasi juda yuqori ko‘tarilgan — bu qoidalarga rioya qilishga urg‘u berish, boshqa chekkasi esa yerga tegib turibdi — bu yaqin mu­ nosabatlarni mensimaslik. Diktatorlik tartibi bolalarni unga nisbatan ikkita usuldan biri bilan munosabatda bo‘lishga majbur qiladi: yoki qochib qutulish yoxud olishish. Lekin u holda ham, bu holda ham javob reaksiyasi — bu g‘azabdir. Qochish orqali qutulishni tanlab olarkan, bolalar ko‘pincha ota uyini tom ma’noda tark etishmaydi, lekin ota-onadan hissiy ravishda uzoqlashishadi, ular bilan mutlaqo rasmiy munosabatda bo‘lishadi. Ular o‘z qobig‘iga o‘ralib olishadi va hech bo‘lmaganda, tashqi ko‘rinishidan «itoatkor bo‘lish»ni o‘rganishadi, lekin ularning qalbida g‘azab qaynab turishi mumkin. Misol sifatida otasi o‘tirishni buyurgan bola haqidagi hikoyani olaylik. Bola o‘tirishni istamadi va o‘z istagini otasiga aytdi, shunda otasi unga o‘shqirib berdi: «O‘tir yoki men seni kuch bilan o‘tqazib qo‘yaman!» Darhol bo‘ysungan bola o‘tirdi va pichirlab to‘ng‘illab qo‘ydi: «Aldanmang, men ichimda o‘tirishni o‘ylagan ham emasman!» Hukmdor otaning buyruqlariga majburan bo‘ysunish bolalarni kamdan-kam hollarda to‘g‘ri harakat qilishga rag‘batlantiradi, hatto ular bo‘ysuna turib o‘z noroziligini bildirishmaganida ham. Ezilgan bola ichidan umidsizlangan va achchiqlangandir. Lekin bolalar olishishni tanlaganlarida, o‘z g‘azabini ochiq bil­ diradi. Aynan shu narsa mening do‘stim—cho‘pon bilan ro‘y ber­ gan, uning bolalari uning qoidalarini namoyishkorona inkor qi­ lishgan. Otasi o‘rnatgan qoidalarni juda yaxshi tushungan bu bo­ lalar ularga bo‘ysunishni istashmagan. Nima deb o‘ylaysiz, nega bunday? O‘zingiz sizning erkinligingizni va quvonchingizni chek­ laydigan qoidalardan xursand bo‘lgan bo‘larmidingiz? Shubhasiz, qoidalar haqqi hurmati deb biz qoidalarni qabul qilmaymiz. Ta­ bia­ timiz shunaqa. Chunki qoidalar mehrsiz qo‘llash uchun nazarda tutilmagan. Yo‘l qo‘yib beruvchi ota Mustabid ota-onalar tomonidan tarbiyalangan kimdir, o‘z oilasiga ega bo‘lgach, o‘z farzandlariga nisbatan ularning tarbiya usulidan nusxa ko‘chirib oladi, ayni paytda boshqalar qarama-qarshi yo‘l tutishadi va farzandlarini har qanday qoidalardan mutlaq mahrum qilishadi, tarbiyaga nisbatan yo‘l qo‘yib berish degan yondashuvda bo‘lishadi, bu esa qonuniyat tarzida hamma narsa mumkinlikka olib keladi. Yog‘och arg‘imchoqqa qaytar ekanmiz, biz mustabid ota bilan bo‘lgan holatdagiga qarama-qarshi manzarani ko‘ramiz. Yog‘ochning bolalar bilan yaqin munosabatlarni ramzi bo‘lgan chekkasi oxirigacha balandga ko‘tarilgan, biroq qoidalarni bildiruvchi chekkasi yerga tegay-tegay deb turibdi, axir yo‘l qo‘yib beruvchi ota tomonidan qoidalarga e’tibor bermaslik bolalar bilan yuzaki, shuning uchun zararli bo‘lgan munosabatlarga olib keladi Bunday oiladagi bola ko‘pincha noxush xulosaga keladi: «Otamning shunchaki men bilan ishi yo‘q». Menimcha, siz bunday otalar tomonidan o‘rnatiladigan hamma narsa mumkinligi qanday ko‘rinishda ekanligini eshit­ ga­ n­ siz yoki ko‘rgansiz. Odatda, ularning oilalaridagi bolalar o‘z ho­ li­ ga tashlab qo‘yilgan, otalar esa bolaning o‘yinchoqlar, gulzor, mebelni buzishini, shu bilan oiladagi tinchlik va xotirjamlikni buzishi jarayonini befarq kuzatuvchilari roli bilan qanoatlanishadi. Yo‘l qo‘yib beruvchi ota-onalar tomonidan tarbiyalanadigan bolalar, ko‘pincha ota-onalarini o‘z garoviga olib olishadi. Men bir gal bir ota o‘zining to‘rt yashar o‘g‘lini mashinaga o‘tqazishga behuda urinayotganligini kuzatgan edim. Bola arg‘imchoq uchishni juda xohlayotgan edi. — Ketdik, Jonni, ketadigan vaqtimiz bo‘ldi. Iltimos, mashina­ ga o‘tir, — o‘z o‘g‘lidan iltimos qila boshladi ota, lekin bola qulog‘ini ham qimirlatmadi. Ikki daqiqadan so‘ng ota iltimosini takrorladi. Hech qanday hissiyot yo‘q edi. Yana qanchadir vaqt o‘tdi. Nihoyat ota qat’iy qilib dedi: — Gapimga quloq sol, Jonatan Deyvid, mashinaga o‘tirishing uchun bir gapni o‘n marta takrorlamoqchi emasman! Yo‘l qo‘yib beruvchi ota-onalar tomonidan tarbiyalanadigan bolalar ko‘ngliga kelgan ishni qilishadi va bu o‘sha bolalarni diktatorlik tartibidagi oilalarda o‘sgan tengdoshlaridan baxtliroq qila olmaydi, chunki u holatda ham, bu holatda ham, qoidalar va yaqin munosabatlar o‘rtasidagi muvozanat saqlab qolinmaydi. Rostini aytganda, qoidalarning yo‘qligi bolani: «Agar otam haqiqatan ham menga g‘amxo‘rlik qilganida edi, u men qilayotgan ish bilan ko‘proq qiziqqan bo‘lar edi… U hech bo‘lmaganda ba’zan menga “yo‘q” degan bo‘lar edi. Hoynahoy, u meni yaxshi ko‘rmasa kerak», — deb o‘ylashga majbur qiladi. Ishtiroksiz ota Tarbiyaga boshqa yondashuv — ishtiroksizlik yoki loqaydlikning namoyon bo‘lishidan biridir. Gap o‘z hayoti yoki xizmat mavqei bilan haddan ortiq mashg‘ul bo‘lgan va amalda bolaning hayotida ishtirok etmayotgan ota haqida bormoqda. Bunday otalarning befarqligi o‘z rolini eplay olmaslikdan qo‘rqishidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, lekin qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, bunday oilalardagi bolalar o‘zlarini ortiqcha his qilishadi. Ishtiroksiz ota tarbiyasining natijasi qiziqqon va salga xafa bo‘laveradigan bolalar bo‘lishi mum­ kin. Har doim mast bo‘ladigan va o‘zining jajji o‘g‘liga e’tibor bermaydigan odamning farzandi bo‘lgan men ham shunday edim. Bu shanba kuni ertalab sodir bo‘ldi. Erta tongda turib, men, o‘n bir yoshli bolakay yuvinib olish va ishchilar kelgunicha nonushta qilib olishga shoshilardim. Mana bir necha kundan beri ishchilar brigadasi domkrat yordamida ota-onamning fermasidagi kichkina uyni o‘z joyidan boshqa joyga ko‘chirishga urinishar edi. Mening akam Uilmont, otamning barcha e’tirozlariga qaramay, bu imoratni o‘sha yerdan olib ketish­ ga qaror qilgandi. Uilmont anchadan beri otam bilan dushmanlik qilib yurar va vaqt o‘tishi bilan bu murosa qilib bo‘lmaydigan dushmanlik oila fermasining yarmiga egalik qilish uchun keng miqyosli urushga aylanib ketgandi. Akam otamdan sud ishini yutib chiqqandi va o‘sha kuni biznikiga sherif, uning yordamchisi va sudning Uilmontga uychani o‘z yeri hududiga o‘tkazishga ruxsat beruvchi qarori bilan birga kelgandi. Men iloji boricha oilaviy nizoda qatnashishdan chetda bo‘lish­ ga harakat qilardim. Otam va akam o‘rtasidagi dushmanlikka qarash jonimga tegib ketgandi va men ularning munosabatiga arala­ shishni istamasdim. Shu kuni men shunchaki butun boshli uyni qanday qilib shatakka olishlarini kuzatishni xohlagandim. O‘n bir yoshli bolakay uchun bu ko‘chma sirk gastrolidan ko‘ra qiziqar­ liroq tomosha bo‘lardi. Nihoyat, ko‘targichlar o‘sha badbaxt imoratni joyidan qo‘z­ g‘atish­ ga tayyor bo‘lishganida, har doimgidek mast otam Uilmont­ ga baqira boshladi. Sherif noxush sahnani bartaraf etish uchun oyog‘ida zo‘rg‘a turgan janjalkashning yoniga shoshildi. Lekin ancha kech bo‘lgan edi. Otamdan shunga o‘xshash narsani kutgan akam, bizning kichkina qishlog‘imizdagi qo‘shnilar­ ning yordamidan foydalandi — akam ulardan uning yonida bo‘lish­ larini iltimos qilgan edi. Sherif quturib ketgan cholni noiloj hib­ sga olayotganida, akamning tarafdorlaridan kimdir otamni so‘ka boshladi. Men ko‘rishni istaganim qiziqarli tomosha qanday qilib odatdagi sharmandalikka aylanayotganiga dahshat bilan qarab turardim. Ish mushtlashishgacha borib yetishidan qo‘rqib ketganimdan, men do‘stlar va qo‘shnilar ko‘z oldida sodir bo‘layotgan oilaviy tomoshadan xo‘rligim kelib, qochib ketdim va yaqindagi omborxonaga berkinib oldim. Eshikni yopib, bordonga chiqib oldim va mak­ kajo‘xoriga boshimgacha ko‘milib oldim.. Qorong‘ulik, jimlik va yolg‘izlikda mendagi uyat asta-sekin g‘azabga aylandi. Men otamning piyonistaligi uchun oilamizda mana shunaqa bo‘linish paydo bo‘lganidan g‘azablandim. U kamdan-kam hollarda hushyor bo‘lgani va onamga shunchalar azob berganidan jahlim chiqdi. Lekin hammasidan ham ko‘ra, meni yolg‘izlik azobi qiynar edi. Makkajo‘xori orasida bir necha soat yotgan bo‘lsam kerak, lekin hech kim meni izlamasdi. Otam hatto mening yo‘qligimni sezmadi ham. Men o‘zimni esdan chiqarilgan va hech kimga kerak emasdek his qildim. Otaning ishtiroksizligi yoki u bilan muloqotning yo‘qligi bolaga shunday deydi: «Sen hech narsaga arzimaysan. Sen hech kimga kerak emassan. Sen — arzimas narsasan». Xuddi oldingi holatlardagi kabi, bola qalbidagi og‘riq, aftidan, yashirin qahr yoki oshkora itoatsizlikda namoyon bo‘ladi. Sevuvchi ota Tarbiyaga oxirgi yondashuv — bu shunchaki sevishdir. Sevuv­ chi ota uchun bolaga yaxshi bo‘lishi birlamchi ahamiyatga ega. Bu yerda gap shunchaki ma’lum qoidalarga rioya qilish va bolalar bilan yaqin munosabatlarni asrash o‘rtasidagi ba’mani muvozanatni saqlab qolishdagina emas. Gap shundaki, bu qoidalar bolalarga muhabbat tufayli kelib chiqqan, shuning uchun bolalar tez orada otaning talablari uning sevuvchi yuragidan kelib chiqayotgani va uning bolalariga ularning farovonligi va ularni himoya qilishga qaratilganini tushunib yetishadi. Mening cho‘pon do‘stim o‘z oilasida norozi va itoatsiz bolalar muammosiga duch kelgan, lekin dalil dalilligicha qoladi: muammo bolalarda emas, otaning o‘zida edi. To‘g‘ri kelganda men unga shunday savol bergan bo‘lar edim: «Oshna, bolalaring bu qoidalar nima uchun o‘rnatilganini bilishadimi?» Nimadir menga ular buni bilmasliklarini aytib turibdi. Men otaning o‘zi ham nima uchun bolalariga nisbatan bunchalik talabchan ekanini tushunishiga shubha qilaman. Lekin agar qoidalar bolalarga muhabbatdan kelib chiqib o‘r­ natilsa, u holda bu qoidalarning kelib chiqish sababi ham ayon: bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ularning manfaatlarini himoya qilish. Otalarga bolalarning g‘azabini keltirmaslikni maslahat berib, havoriy Pavlus qo‘shimcha qiladi: «…Ularni Rabbimizning ta’­ lim-tarbiyasi bilan o‘stiring» (Ef. 6:4). Rabbiyning o‘gitlari fa­ qat­ gina bizning foydamizgadir. Ibroniylarga maktub muallifi shun­ day deydi: «…Egamiz yaxshi ko‘rgan bandasini tarbiyalaydi… <…> …Biz U kabi muqaddas bo‘lishimiz uchun Xudo bizni tar­ biyalaydi» (Ibr. 12:6, 10). Bolalar xafa bo‘lishganda, jahllanganda va ularning foydalariga o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishni istashmaganida, bu qoidalarga rioya qilishni qat’iy talab etishdan voz kechish mantiqsizlik bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Bolalar itoat qilishiga erishishga harakat yo‘lida qat’iyat — tarbiyaning samarali uslubi degan fikr mavjud, lekin umuman olganda, bu ularning norizoligi va g‘azabini kuchaytirishdan boshqa narsaga olib kelmaydi. Bolalar bizning qoidalarimiz otalik mehridan kelib chiqqani va Rabbiyning ta’limoti va o‘gitlaridan kam bo‘lmagan darajada foydali ekanligini tushunib yetishlari kerak. Bolalarga muhabbatdan kelib chiqib ish tutar ekanmiz, biz, otalar Xudo haqiqati va oila nizomini birga olib borishni o‘rganishimiz zarur. HAQIQATNI QANDAY AYTISH KERAK Efesliklarga maktubda havoriy Pavlus bizlarni «mehr- muhabbat bilan haqiqatni aytish»ga chaqiradi (Ef. 4:15). Havoriy Xudoning haqiqati va biz o‘rnatgan qoidalar har doim sevuvchi yurakdan chiqishi kerak, deyishni istaydi. Qoidalarga rioya qilish bolalarga faqatgina foyda keltirishiga ishonchi komillik — ularni rioya qilishni talab qilish mumkin bo‘lgan yagona sababdir. Ota- onalarning o‘z farzandlarini itoatkor sifatida ko‘rish istagi qoidalarga emas, bolalarga muhabbat tufayli kelib chiqishi lozim. Shunga qaramay, bolalarning ko‘pchiligi ularning nazarida «mayda tafsilotlar» bo‘lgan tafsilotlarga e’tibor bermaslikni ma’qul ko‘radilar. Ular qaysidir ma’noda haqdirlar. Tarbiyaga yondashuvga bog‘liq bo‘lmagan holda, ko‘p erkaklarning dunyoqarashi ayollarnikiga qaraganda, ko‘proq mantiqiyli­ gi bilan ajralib turadi. Albatta, har qanday qoidadan istisnolar bor, ammo umuman olganda, otalar kamdan-kam hollar­ da «oppoq va momiq» nominatsiyasida g‘olib chiqadilar va ham­ ma yerda va hamisha munosabatlarni yo‘lga qo‘ya olish bilan maq­ tana olmaydilar. Lekin bu erkaklar do‘stona munosabatni saq­ lab tura olmaydi va ular qarindoshlik aloqalarining qadriga yetmaydi, degan gap emas, ularning ko‘pchiligi bu vazifani yaxshi eplay oladi. Lekin baribir hamma erkaklar ham haqiqatni mehr bi­ lan ayta olmaydi va ayni paytda bolalardan qoidalarga rioya qili­ shni talab qila olmaydi. Bizning ko‘pchiligimiz: «Qoidalar har qan­ day munosabatlarga bog‘liq bo‘lmagan ravishda rioya qilinishi shart bo‘lgani uchun ham qoidalardir», — degan bo‘lar edik, shunday emasmi? Hamma gap shundaki, bizlarni yaratar ekan, Xudo biz yaqin mu­ ­ nosabatlar mavjud bo‘lgandagina va ular saqlanib qolgandagi­ na, qoidalarga rioya qilishimizni istagan. Hayotimizda bizning farovonligimiz va himoyamiz uchun o‘rnatilgan qoidalar bor. Muhabbat biz uchun qadrli bo‘lgan insonlarni himoya qilish va ularga g‘am­ xo‘rlik qilishga bizni chorlaydi. Siz bolalarga: «Issiq tovaga qo‘l tekizma», «Yo‘lni kesib o‘tish­ dan oldin ikki tomoningga qarab ol» yoki: «Tezlikni oshirma», — deganingizda sizni bunga nima undaydi? Sizni mehr undaydi. Bo­ lalaringiz jabrlanmasligini istaganligingiz uchun siz ularni qo­ i­ dalar bilan cheklaysiz. Bir daqiqaga muhabbatni esdan chiqaray­ lik, shu zahotiyoq bu qoidalar bor-yo‘g‘i kishini ranjitadigan to‘siqqa aylanib qoladi, xolos. Shuning uchun qoidalarni o‘rnatar ekanmiz, biz, otalar, bolalarimiz bizning ularga bo‘lgan o‘zgarmas mehr-muhabbatimizni bilishlariga ishonch hosil qilishimiz kerak. Bizning samoviy Otamiz aynan shunday yo‘l tutgan edi, biroq ko‘pincha biz buni nazardan qochiramiz. Xudo hech qachon bizga eng mayda yanglishishimiz yoki xatoyimizni ko‘rsatib turish uchun, bizning har bir qadamimizni kuzatib turuvchi hukmdor nazoratchi bo‘lmagan. Lekin U hamma narsaga ijozat beruvchi va ishtiroksiz Yaratuvchi ham bo‘lmagan. U — biz uchun faqat eng yaxshi narsalarni istaydigan, sevuvchi Xudodir. Shoh Dovud aytgandi: Ey Egam, to‘g‘ri yurganim uchun Meni oqlagin. Qoqilmasdan Senga tayandim. Sening sodiq sevging ko‘z o‘ngimdadir, Senga doim sodiqman. (Zab. 25:1, 3) Dovud uchun Xudoning haqiqati Xudoning shafqati bilan uzluksiz bog‘langan edi. Bizning Xudoyimiz — sevuvchi Xudo va Uning qoidalari bizning U bilan yaqin munosabatlarimizni rivojlantirish hamda mustahkamlashga ko‘maklashadi. Agar istasangiz, aynan qoidalar sog‘lom munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay zamin yaratadi. Bu fikrni men bor kuchim bilan o‘z farzand­ larimga singdirishga harakat qildim. — Dadajon, o‘tirish juda zo‘r bo‘lyapti, — e’lon qildi quvonchli hayajonga to‘lgan Kelli. Men barmog‘im bilan boshqa qulog‘imni bekitgan holda, telefon go‘shagini qulog‘imga mahkamroq bosdim. — Azizam, men seni eshitmayapman, — javob berdim men. — Balandroq gapir. — Kellining dugonalaridan birining uyida, sakkizinchi sinfni tugatganliklarini nishonlayotgan Kellining sinf­ ­ doshlarining shovqinlaridan, men qizimning ovozini zo‘rg‘a eshi­ tayotgan edim. — Sara menga bir kecha unikida qolishimni taklif qilyapti, — dedi kechki ziyofatning shovqinidan balandroq gapirishga urinayotgan Kelli. — Maylimi? Bir necha savol bergach, o‘g‘il bolalardan ham kimlardir soat o‘ndan so‘ng ziyofatdan ketmoqchi emasliklarini aniqladim. Ular «kontrabanda» qilib biror «qizdiradigan» ichimlikni o‘zlari bilan olishmaganiga kim kafolat beradi? — Menimcha, azizam, ziyofat tugagach uyga qaytsang yaxshi bo‘ladi, — dedim men. — Lekin, dada, — norozilik bildirdi Kelli, — Saraning ota-­ onasi biz bilan birga, ular bizdan ko‘z uzishmayapti!.. — Men ularning mas’uliyatli yondashuviga shubha qilayotganim yo‘q, — e’tiroz bildirdim men, — lekin men ziyofatda qat­ na­ shayotgan o‘g‘il bolalardan ba’zilari haqida bunday deya olmayman. Kelli eslatib o‘tgan sinfdoshlardan ba’zi birovlari pivo ho‘plash­ ni yoqtiradigan va vaqtini chog‘ o‘tkazadiganlardan deb nom chi­ qarishgan edi. Men qizimga bunday shubhali to‘dada hordiq chi­ qa­ rishiga ruxsat bermoqchi emas edim. Keyingi yarim soat davomida Kelli menga uch marta qo‘ng‘iroq qildi. Qaysidir lahzada u yig‘lay boshladi va men keyin uning qat’iyatliligining sababini bildim. Kellining bir necha dugonasi ham umumiy dugonasinikida tunda qolishni xohlashgan, lekin ular ham o‘z ota-onalarining roziligini olishlari kerak ekan. Ularning rejasi quyidagicha bo‘lgan: oldin Kelli Makdauell otasining roziligini olishi kerak, keyin esa ular o‘z ota-onalariga: «Hatto Josh Makdauell ham Kelliga bu yerda tunda qolishiga ruxsat berdi», — deb aytish. Biroq men so‘zimda turib oldim. — Kelli, soat o‘nda sen uyda bo‘lishing shart, — dedim men e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan ohangda. — Bo‘pti-bo‘pti, — qaltiragan ovozda rozi bo‘ldi u. Men bir soniya oldin ko‘p ma’noli burun tortish eshitilib turgan go‘shakni ilib qo‘ydim. Men qizimni xafa qilishni umuman istamas edim, lekin mening talablarim uning manfaatlarini ko‘zlayotganiga shubha qilmas edim. Men o‘rnatgan qoidalar va cheklovlar farzandlarimga faqatgina yaxshilik tilash istagidan kelib chiqqan edi. Bu men tomonimdan nazorat o‘rnatish emas edi. Xudo haqida ham shunday deyish mumkin. Har bir amr, qoida yoki yo‘riq U tomonidan ma’lum maqsadda — bizning himoyamiz va farovonligimiz uchun berilgan. O‘zining izdoshlariga bir necha nasihatlar bergach, Iso Masih shunday dedi: «Agar gapimni uqqan bo‘lsangiz, bunga amal qiling­ lar, shunda baxtli bo‘lasizlar!» (Yuh. 13:17). Takrorlayman, Xudoning qoidalari bizning farovonligimiz va hi­ moyamiz uchun o‘rnatilgan. Isroil o‘g‘illariga murojaat qilarkan, Muso shunday dedi: «Men bugun sizlarga berayotgan Egamizning amru farmonlariga rioya qiling, shunda baxtiyor bo‘lasiz» (Qonun. 10:13). Xudoning har qanday amri Uning odamlarga bo‘lgan muhabbati va ularni yomonlikdan saqlash istagi tufayli berilgan. Biz bolalarimiz uchun o‘rnatadigan qoidalar, xuddi shunday vajga ega bo‘lishi shart va biz bu narsa ularga ma’lum ekanligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Shunday qilsak, biz ularni «Rabbimizning ta’lim-tarbiyasi bilan» (Ef. 6:4) o‘stiramiz. Kelliga dugonasinikida tunda qolishga ruxsat bermay va unga soat o‘nda uyga qaytishni buyurib, men qizimning manfaatlari yo‘lida harakat qildim. Meni qonun chiqaruvchi roli hech ham o‘ziga tortmadi, lekin qizimning manfaati uchun men ortga che­ kin­ ­ madim. Qizimning ijtimoiy, ruhiy va hissiy rivojlanishida uning atrofida diyonatlilar bo‘lishi haqida g‘amxo‘rlik qilib, men uni zararli ta’sirdan saqlab qolishni istagan edim. Lekin eng ajoyibi shunda ediki, qizim meni tushundi! O‘sha kechasi Kelli uyga qaytib kelganda, Dotti ikkalamiz uxlashga yotgan edik. Lekin qizim bizning yotoqxonaga kirdi va bizni uyg‘otib, biz uning ko‘ndirishlariga ko‘nmaganimiz uchun minnatdorchilik bildirdi. «Dada, — dedi u, — men boshidanoq tunda qolishni istamagan edim, lekin qizlar meni sizdan rozilik olib berishga majbur qildilar, ular shundan keyin o‘z ota-onalarini ko‘ndirish oson bo‘ladi, deb o‘ylashgan edi. Sizning yordamingiz­ siz men keta olmas edim. Rahmat sizga!» HAQIQIY SEVGI Ertasi kuni men Kelliga qarorim uning manfaati yo‘lida va uni yomon ta’sirdan himoya qilish istagi tufayli kelib chiqqanini takrorladim. Men qizimga uning uchun har qanday qurbonlikka tayyor ekanligimni, undan vaqtimni, kuchimni, hayotimning o‘zini ham ayamasligimni, uni shunchalik qattiq yaxshi ko‘rishimni aytdim. HAQIQIY SEVGI uning uchun qadrli bo‘lganlarga g‘amxo‘rlik qiladi. Muqaddas Kitobda aytilgan: «Sevgi sabr-toqatli va mehribondir. Sevgi hasad qilmaydi, maqtanmaydi, kekkaymaydi. Sevgi odobsizlik qilmaydi, xudbinlik qilmaydi, achchiqlanmaydi, kek saqlamaydi» (1 Kor. 13:4–5). Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy sev­ gi beg‘arazdir. Iso Masih aytadiki: «Odamlar sizlarga nima qilishlarini ista­ sang­ iz, sizlar ham ularga o‘shani qilinglar…» (Mat. 7:12), «…O‘zgani o‘zingizni sevganday seving…» (Mat. 22:39) va «…Men sizlarni qanday sevgan bo‘lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar» (Yuh. 13:34). Beg‘araz sevgini nazarda tutgan havoriy Pavlus shunday degan: «Faqat o‘zingizning emas, balki boshqalarning ham manfaatini ko‘zlang» (Flp. 2:4) va erlarga nasihat bera turib qo‘shib qo‘ygandi: «Erlar ham o‘z xotinlarini o‘z tanalarini sevganday sevishlari kerak… Hech kim hech qachon o‘z tanasini yomon ko‘rmaydi. Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi…» (Ef. 5:28–29). Beg‘araz sevgi odamni oziqlantiradi, uni qo‘llab-quvvatlaydi va uning farovonligi haqida qayg‘uradi, shuningdek, uni ardoqlaydi va himoya qiladi. Kalomdagi bu va boshqa oyatlar chin muhabbatga batafsil ta’rif beradi. Haqiqatan ham yaxshi ko‘rgan odam xuddi o‘zining xavfsizligi, baxti va farovonligi haqida qayg‘urgani kabi sevgan kishisining xavfsizligi, baxti va farovonligi haqida ham qayg‘uradi. Bolalaringiz ularni shunday muhabbat bilan yaxshi ko‘rishingizni bilishadimi? Ularga buni tez-tez eslatib turishni yodingizdan chiqarmang. Nazarimda, do‘stimning uch nafar bo‘ysunmas bolalari aslida o‘z otasining beg‘araz sevgisini payqamayaptilar. Mana shuning uchun ham men unga o‘z qoidalaridan voz kechishni maslahat berdim. Men yana unga farzandlari bilan yaqin munosabatlarni mustahkamlashdan o‘z kuchini ayamasligini maslahat berdim. U bolalarini ularning xavfsizligi, baxti va farovonligi ota uchun o‘z xavfsizligi, baxti va farovonligi kabi muhim ekanligiga ishontirishi zarur. Haqiqatni mehr-muhabbat bilan aytish degani mana shudir. Bolani quchoqlang va uni baxtli ko‘rishdan ortiq narsani istamasligingizni unga ayting. Siz qilayotgan va gapirayotgan narsalarning hammasi — garchi sizning ko‘plab boshqa urinishlaringiz kabi bu ham mukammal bo‘lmasa-da, uni kulfatlardan to‘sish va xatolardan himoya qilishga urinishingiz ekanligini unga tushuntiring. Oshkora bo‘ling. Bola sizning u haqdagi samimiy g‘amxo‘rligingizni his qilsin. Bu sizning u bilan yaqin munosabatlaringizni mustahkamlaydi. Bir necha yil oldin Dartmut tibbiyot maktabi tomonidan ilmiy tadqiqot o‘tkazilgan edi, tadqiqot obyekti yoshlar edi. «Doimiy alo­ qa» deb nomlangan loyiha ustida ishlash davomida, yoshlarni ku­ ­ zatish bo‘yicha 260 dan ortiq ishning natijalari tahlil qilindi. Tad­ qiqotga bag‘ishlangan ma’ruzada aytilishicha, tahlil qilingan hamma ma’lumotlarning 100% i bir narsadan dalolat beradi: go‘dak tug‘ilishi paytidan boshlab, uning miyasi uning atrofidagi odamlar bilan doimiy aloqada bo‘lar ekan. Bu xulosaga Los-­ Anjelesdagi Kaliforniya universiteti tibbiyot fakultetining professori, qalbshunoslik doktori Alan Shor ham qo‘shiladi: «Biz yaqin munosabatlarni shakllantirish uchun tug‘ilganmiz. Inson miyasi boshqa odamlar bilan hissiy muloqot orqali doimiy aloqada bo‘lib turmasa, rivojlanishga qodir emas» [9]. Xudoning niyatiga ko‘ra, haqiqat muhabbatda bilinishi va o‘z­ lash­ tirilishi kerak. Muhabbatga yo‘g‘rilgan qoidalar sizning bolan­ giz tomonidan ijobiy qabul qilinishining ehtimoli yuqori, lekin u otalik mehringizga ishonch hosil qilmay turib, bu qoidalarni uning boshiga yog‘dirsangiz, unda sizni uning hafsalasizligi, xafa bo‘lishi va g‘azabi kutib turadi (hukmdor otaning qismati). Bolaga u nima istasa va qachon istasa hamma narsani beraversangiz, siz uning jahlini chiqarasiz, xolos (yo‘l qo‘yib beruvchi ota qismati). Bolaning hayotidan o‘zingizni olib qochsangiz, ko‘rinmas ota bo‘lsangiz, norasolik kompleksiga ega bo‘lgan, salga xafa bo‘laveradigan bola sizga kafolatlangan bo‘ladi (ishtiroksiz otaning qismati). Ota sevgisi bilan qoidalar va cheklovlar o‘rnatar ekansiz va farzandlaringiz siz qilayotgan va aytayotgan hamma narsa ularning himoyasiga qaratilgani va ularga g‘amxo‘rlik qilishga yo‘g‘rilganiga ishonch hosil qilishi haqida qayg‘urar ekansiz, ularning ijobiy javobiga ega bo‘lasiz (yaxshi ko‘ruvchi ota qismati). Birinchi majburiyat shunday ko‘rinishga ega: har doim bolaga haqiqatni mehr-­ muhabbat bilan aytishga urinish. Izohlar [7] Josh and Dottie McDowell, Straight Talk with Your Kids About Sex (Eugene, OR: Harvest House Publishers, 2012), 45–46. [8] Shu satr boshidada Muqaddas Kitobdan keltirilgan iqtiboslar, so‘nggisidan tashqari, ingliz tilidagi erkin tarjimadan berilgan. [9] The Commission on Children at Risk, Hardwired to Connect: The Scientific Case for Authoritative Communications (New York: Broadway Publications, 2003). 3. Ikkinchi majburiyat: BOLANING O‘RNIGA EMAS, UNING OLDIDA JAVOBGAR BO‘LISHGA HARAKAT QILISH Birinchi qism — Agar ikkaloving hoziroq og‘zingni yopmasang, — ovozini ko‘tardi missis Karlson, — darrov direktorning kabinetiga jo‘naysan! Ikki bebosh beshinchi sinf o‘quvchisi uyga vazifani bajarmagani uchun hozirgina tanbeh eshitgandi, endi esa ularni darsda gaplashganligi uchun koyishyapti. Mening o‘g‘lim Shon xotirjamlikni buzuvchilardan ikki parta narida o‘tirar edi. U ham, anavi «jinoiy duet» ham, garchi bu bolakaylar negadir Shonni yoqtirishmasa-da, bitta futbol jamoasining a’zolari edilar. Ular tomonidan oshkora dushmanlik, albatta, bo‘lmagan edi, lekin ular Shonga nisbatan do‘stona tuyg‘ularga ham ega emas edilar. «Cho‘rtkesar yigitlar»da yaxshi taassurot qoldirish, balki o‘zi ham «cho‘rtkesarlar» toifasiga o‘tish istagida, Shon ular tomonida ekanligini ko‘rsatishga qaror qildi. Aftidan, ularning iltifotini qozonish uchun Shon o‘zining o‘qituvchiga bo‘ysunmasligini na­ moyish qilmoqchi bo‘ldi, shuning uchun doskada vazifa yozmoqchi bo‘lgan missis Karlson doskaga o‘girilishi bilan, Shon o‘rta barmog‘i obro‘siz harakati yordamida missis Karlsonga salom «yo‘lladi». Bu sezilmay qolmadi, albatta. Dars tugashi bilanoq, butun sinf, jumladan, futbol jamoasining ikki o‘yinchisi ham xuddi yangi chiqqan mashhur yulduzning mux­ lislari to‘dasi kabi Shonni o‘rab oldi. Hammasi yaxshi ketayotgan edi, lekin uning «jasorati» haqidagi xabar Dotti ikkalamizga yetib keldi, buning oqibatida o‘g‘limiz shuhratining nuri shu on­ dayoq so‘ndi. Ijozat eting, ish qanday bo‘lganini men sizga so‘z­ lab beray. Tan olaman, tasvirlangan mojaro meni shoshirib qo‘ydi. Mening nufuzimga soya soluvchi xatti-harakati uchun Shonni tegishlicha koyishim va «haq» g‘azab bilan o‘shqirishim mumkin edi: «Otangning yaxshi nomiga dog‘ tushirishga uyalmaysanmi!» Lekin bu holatda o‘g‘limning noxush xulq-atvorini, bundan birinchi bo‘lib men jabrlangan deb baholab, men xudbinlik qopqoniga tush­ gan bo‘lar edim. Natijada, men uning qilmishlari uchun javobgar bo‘lmasam-da, Shonning xulq-atvori uchun aybdorlik hissini tuygan bo‘lar edim. Hech bir ota o‘z farzandlarining xatti-harakat­ lari uchun javobgar emas! Kimgadir bunday ta’kid kamida g‘alati tuyulishi mumkin. Ko‘plab ota-onalarning o‘z farzandlarining qilmishlari uchun ular javobgar ekanliklariga ishonchlari komil. Ular farzandlarining yomon yoki maqtovga sazovor xulq-atvori ularning ota-ona sifatida layoqatli yoki layoqatsiz ekanligidan dalolat beradi, deb o‘ylashadi. Ular o‘zlaricha haq, axir bolalar ularning familiyasida va atrof­ dagilar bolalarning xulq-atvori uchun ota-onalarni ayblash yoki maqtashga moyil. Shunga qaramay, har bir odam o‘z erkiga ega ekan, qilmishlari uchun o‘zi javobgar. «Har kim o‘z ishini tekshirib ko‘rsin, — deydi havoriy Pav­ lus, — Shunda u faqat o‘zidan faxrlansa bo‘ladi, o‘zini boshqalar bilan solishtirishga hojat bo‘lmaydi. Zotan, har kim o‘z aravasini o‘zi tortishi lozim…» (Gal. 6:4–5). Bizning har birimiz o‘z tanlovimiz uchun javob beramiz, bolalar ham bundan mustasno emas. Siz bilan biz ularning tanlovi uchun javobgar emasmiz. Odamning xatti- harakati uchun hatto unga o‘zini maqbul yoki nomaqbul tutish tanlovini bergan qudratli va har narsaga qodir Xudo ham javobgar emas. U bilan, ya’ni Xudo bilan ishonchga asos­ langan munosabatda bo‘lish-bo‘lmasligimizni faqat biz hal qi­ la­ miz. Shunday erkinlik bizga azaldan, Odam Ato va Momo Havo da­ vridan boshlab berilgan. Xudo va insonning eng birinchi munosabatlari xohish bildirish erkinligini nazarda tutuvchi chin muhabbat muhitida qurilgan. Xudo tavakkal qildi va odamga to‘liq tanlov erkinligini berdi. Bu tavakkal shundan iborat ediki, Odam Ato va Momo Havo ularga muhabbat tufayli o‘rnatilgan Xudoning qoidasini qabul qilish yoki inkor qilishda erkin edilar. Haqiqiy muhabbatga majburlash begonadir. Xudo o‘zi yaratganlar Yaratganga bo‘lgan javob muhabbatini isbotlovchi tanlovni amalga oshirishi lozimligini bilar edi. U ikki odam noto‘g‘ri tanlov qiladigan bo‘lsa, sodir bo‘ladigan halokatli oqibatlarni ham bilar edi. Mana shuning uchun Yaratgandan mustaqil holda harakat qilishga urinishga shama qilinishi ham Uning rashkini keltirdi. Muqaddas Kitobning birinchi amrni iqtibos keltiruvchi parchalaridan birida shunday deyilgan: «…Boshqa xudolarga sajda qilmanglar. Men, Egangizning nomi Rashkchidir: Men sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham ko‘rmaydigan Xudoman» (Chiq. 34:14). «(Muqaddas Kitob­ ning) Yangi tirik tarjimasi»ning 1996-yilda chiqarilgan birinchi nashrida «Rashkchi Xudo» «Biz bilan muloqotni zo‘r berib istayotgan Xudo», — deb atalgan (New Living Translation, NLT). Xudo O‘zining muqaddas rashkida bizlarga ezgulik istaydi. Biz yo‘l qo‘ygan xatolar oqibatida qanday jabr tortayotganimizni ko‘rishga uning toqati qolmagan. Mana shuning uchun ham U biz amal qilishimiz kerak bo‘lgan ko‘rsatmalar, shuningdek, biz rioya qilishimiz kerak bo‘lgan qoidalar va amrlar bergan. Oldingi bobda aytilganidek, bu ko‘rsatmalar bizlarning manfaatimiz va himoyamizga xizmat qiladi. Biz Xudoni va Uning yo‘lini tanlashda erkinmiz — U bunga bizni majbur qilmaydi va boz ustiga, biz qilgan tanlov uchun U javobgar emas. …OLDIDAGI JAVOBGARLIK Bu Xudo o‘zi yaratgan odamlarga befarq degan ma’noni anglatmaydi. U o‘ziga javobgarlik yuklagan, lekin biz uchun yoki bizning tanlovimiz uchun emas, balki bizning oldimizda javobgarlik olgan. • Uning tashabbusi bilan biz so‘zsiz qabul qilinishga ega bo‘ldik: Iso «Lekin biz hali gunohga botgan chog‘imizda… biz uchun o‘ldi» (Rim. 5:8). U qabul qilgani tufayli biz o‘zimizni himoyalangan his qilamiz. • «…Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo‘laman», — degan so‘zlarni aytib, u yonimizda bo‘lishga va’da berdi (Mat. 28:20). U tufayli biz o‘zimizning ahamiyatimizni his qilamiz. • U bizni hurmat qilishini ko‘rsatdi. Sodiq qullariga U shunday deydi: «Barakalla! Sen yaxshi va ishonchli xizmatkorsan!…» (Mat. 25:23). U bizni hurmat qilishi o‘z qadrimizni bilish hissini berdi. • U bizning kechinmalarimizni bilgan holda, bizni qo‘llab-­ quvvatlaydi. Muqaddas Kitob Iso Masihni «U ojizliklarimizga hamdard bo‘la oladi. Axir, U biz kabi har tomonlama sinalgan, lekin bizga o‘xshab gunoh qilmagan» Oliy ruhoniy deb ataydi (Ibr. 4:15). Uning qo‘llab-quvvatlashi tufayli biz samimiy bo‘lishga intilamiz. • U qilmishlarimiz uchun bizni jazolaydi. Havoriy Pavlus pay­ qaganidek, «har birimiz Xudoning oldida o‘zimiz uchun javob­ garmiz» (Rim. 14:12). Uning jazolashi tufayli biz o‘zi­ miz­ ni mas’uliyatli his qilamiz. Xudoning namunasiga ergashgan holda, agar ular uchun emas, balki ularning oldida javob bersak, biz ham bolalarimizga himoyalanganlik, o‘z ahamiyati, o‘z sha’ni hissini singdira olamiz va ularni samimiy hamda javobgar bo‘lishga o‘rgata olamiz. BOLALARNI AYBI UCHUN JAZOLAR EKANSIZ, SIZ ULARGA JAVOBGARLIK HISSINI SINGDIRASIZ Atrofga qarang. Atrofdagilarga tupurib qo‘ygan va o‘zlariga ham­ ma narsa mumkinligidan rohatlanadigan yoshlarni uchratma­ gan­ mi­ siz? Men uchratganman. To‘la jazosiz qolishga bunchalik ishonch bolalarni nomaqbul xatti-harakati uchun jazolashmaganida yuzaga keladi. Bundaylar mas’uliyatsiz odamlar bo‘lib voyaga yetar ekanlar, atrofdagilar ulardan qarzdor ekanligiga ishonishish­ lari hayratlanarli emas. O‘g‘limning dars paytidagi xulq-atvori nomaqbul edi. Men hech kimga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatish mumkin emas, deb hisob­ layman. Shon o‘z qilmishi uchun javob berishi kerak edi. Shonning oldidagi o‘z javobgarligimni anglar ekanman, u yo‘l qo‘ygan qo‘pollik uchun javobgarlikni his qilgan kishi sifatida harakat qilganim yo‘q. Agar men Shonning xunuk xatti-harakati uchun javobgarman degan ishonchda bo‘lganimda, bundan buyon o‘zimni shunday sharmandalik qaytarilishidan to‘sish uchun zarur bo‘lgan tarzda jazolagan bo‘lar edim. Bunday yondashuv ota-ona xudbinligini fosh qiladi: o‘zining obro‘si va atrofdagilarning fikridan xavotirlanish, lekin bu farzandning xarakteri shakllanishiga yomon ta’sir qiladi. Oldingi bobda biz faqat bolalarga muhabbatdan kelib chiqib, qoidalar o‘rnatadigan yaxshi ko‘ruvchi ota haqida gaplashgan edik. Ota nomaqbul xulq-atvori uchun bolalarini intizomga solayotgan, ya’ni jazolayotganda ham otani xuddi shunday muhabbat boshqarib turadi. Ibroniylarga maktub muallifi ham shu haqda so‘z yuritadi: «Jismoniy otalarimiz qisqa vaqt davomida, bizni o‘z bilganiday tarbiyalagan edilar. Xudo esa bizning manfaatimizni ko‘zlaydi. Biz U kabi muqaddas bo‘lishimiz uchun Xudo bizni tarbiyalaydi» (Ibr. 12:10). Xudo yaxshi maqsadni: biz Unga o‘xshashimizni ko‘zlab, bizni jazolaydi. Shubhasiz, U bizning manfaatimiz haqida qayg‘uradi, chunki bizni o‘z qiyofasiga va o‘ziga o‘xshash qilib yaratar ekan, biz uning aksi bo‘lishimizni niyat qilgan. Bizning hayotimizni quvonchga to‘ldiradigan narsa — Uning niyatining amalga oshishi emasmi? Bolalarni o‘zingizning emas, ularning manfaati yo‘lida qilmishlari uchun jazolar ekansiz, siz farzandlaringizga muammolarni hal qilishni o‘rgatasiz va ularda javobgarlik hissini tarbiyalaysiz. Biroq tan olishim kerakki, bu oliyjanob maqsadni ko‘zlab bolalarimni jazolashni darrov o‘rganmaganman. Agar Kelli nimadir noto‘g‘ri ish qilsa, men unga yarim yil nasihat qilishim mumkin edi, aslida ikki kun ham yetarli bo‘lar ekan. Lekin Dotti menga jazoning maqsadini belgilab olishimga yordam berdi, bu bolani «qamoqxona tutqunligida» jabr tortishga majburlash emas, balki javobgar xulq-atvorga o‘rgatishdan iboratdir. Dotti ikkalamiz o‘g‘limizning maktabdagi «salom yo‘llashi»dan xabar topganimizda, o‘tirib keyingi harakatlarimizni kelishib oldik. Albatta, Shon bu suhbatda yo‘q edi. Avvaldan muammoni Dotti bilan muhokama qilib olish imkoniyati o‘ta foydali bo‘lib chiqdi, chunki bu menga jahlimdan tushish va g‘azabimni bosib olishimga imkon berdi. Xotinim ikkalamiz bir-birimizni ajoyib tarzda muvozanatga keltira olamiz. Dotti mahorat bilan qiziqqonlik cho‘g‘imni pasaytira oladi, men esa unga butunlay bo‘shashib qolishiga yo‘l qo‘ymayman. Men jo‘shqinlikning quyulishiga muh­ tojman, Dottiga esa qat’iyat yetishmaydi. Bunday farq qiluvchi kuchli xislatlarimiz bizning zaif tomonlarimizni bir necha bor neytrallashtirgan edi, bu esa bizni yanada samarali ota-onaga aylantirgan edi. Keyin biz uchalamiz o‘tirib, ortiqcha hissiyotlarsiz Shon nima uchun shunday qilganini aniqlashga urindik. Biz har doim ham bolalar nega aynan unday yoki bunday harakat qilishlarini tushuna olmaymiz, lekin bunga muvaffaq bo‘lgan hollarda ikkala tomon ham yutib chiqadi. Suhbat davomida Shonning qilg‘ilig‘i uning futbol jamoasidagi bolalarning do‘stligiga «erishish»ga harakat tufayli sodir bo‘lganligi aniqlandi. Do‘st orttirish istagi maqtovga sazovor, lekin o‘g‘lim tanlab olgan usulni hech ham maqtovga loyiq deb bo‘lmas edi. Men u buni tushunib olishiga harakat qildim. Shonga u nima uchun bunday xunuk qilmish sodir etganligini aniq­ lashda yordam berish to‘g‘ri ish edi, ammo nomaqbul xatti-­ harakati uchun uni jazolash ham kerak edi. U mazkur holatda o‘zi ang­ lagan yoki anglamagan holda o‘qituvchini haqorat qilganidan qat’iy nazar, o‘z qilmishi uchun javob berishni o‘rganishi zarur edi. Yaxshiyamki, bizning sa’y-harakatlarimiz bejiz ketmadi. Olgan tajribasi bilan Shonning o‘zi bo‘lisha qolsin. O‘g‘lim yoshi o‘ttizdan o‘tgandan keyin shunday deb yozgan edi: Ota-onam meni nasihatlarga ko‘mib tashlamadi, tushlik, shu bilan birga kechki ovqatdan mahrum qilmadi va meni o‘z xatti-harakatimni o‘ylab olishim uchun xonamga jo‘natib yuborishmadi. Ular yonimga o‘tirishdi va shoshmasdan mendan bo‘lib o‘tgan voqea haqida so‘ray boshlashdi, men nima qilganim va nega qilganimni aniqlashga harakat qilishdi. Ular ikkovlashib mening o‘qituvchiga nisbatan xatti-harakatim qanchalik uyatli va haqoratli bo‘lganini tushunib olishimga yordamlashishdi. O‘zimning nohaqligimni tan olish qiyin bo‘lmadi. Ota-onam talab qilganini bajarish qiyinroq edi. Ular men butun sinf oldida Missis Karlsondan, ayni paytda sinfdoshlarimdan ham kechirim so‘rashim kerakligini aytishdi. Otam agar buni qilish menga qiyin bo‘lsa, u men bilan birga bundan o‘tishga tayyor ekanligini bildirdi. Men buni o‘zim mustaqil eplayman, deb uni ishontirdim. Bu o‘ta xo‘rlovchi tajriba edi, ammo men sodir etilgan qilmish uchun javob berish nima ekanligini bir umrga eslab qoldim. Lekin bu vaziyatda yana bir ijobiy holat ham bor edi. Futbol jamoamdagi bolalar hayotlarida mening hamma oldida uzr so‘rashimdan ko‘ra jasoratliroq qilmishni ko‘rmaganmiz, deb hisoblashdi. Shundan so‘ng biz haqiqiy do‘stlarga aylandik. BOLALARNI SHARTSIZ QABUL QILAR EKANSIZ, SIZ ULARGA HIMOYALANGANLIK HISSINI BERASIZ — Josh, ular mega quloq solishmaydi! — Cho‘pon do‘stim o‘z shub­ halarini yashirishga urinmadi. — Men ulardan umuman ach­ chiq­ lanmayotganimni ular tushunishni istashmaydi. Men ular bi­ lan kelishishga va ularning manfaati uchun ularni jazolayotganimni uqtirishga urinib ko‘rdim. Ammo ular meni tinglashmayapti. Nima qilish kerak? Ko‘pchiligimiz shu otaga o‘xshab, bolalarda javobgarlik his­ sini tarbiyalay turib, ularga qoidalarga rioya qilishni o‘rgatishni birlamchi vazifa deb hisoblaymiz. Qoidalarga rioya qilishni ta’­ min­ lay turib va nomaqbul xulq-atvorga cheklov o‘rnatib, istagan narsamizga erishishimizga ishonchimiz komil. Lekin voqelik shun­ dan iboratki, javobgarlik devorini bunyod etishdan oldin, hech qanday shartlarsiz qabul qilish poydevorini qo‘yish kerak. Bun­ day qabul qilish — o‘zaro ishonchli munosabatlarning tamal to­ shidir. Javobgarlik faqat shartsiz qabul qilish muhitidagina qaror to­ pishi mumkin. Bolalar qanday ahmoqchilik qilib qo‘yishlaridan va sizning orzularingizni qanchalik sarobga aylantirishlaridan qat’iy nazar, siz ularni yomon ko‘rib qolmasligingizga hissiy kechinma natijasida ishonch hosil qilsalar, o‘zlarini qabul qilingan deb his qilishadi. Bolalar ota tomonidan haqiqiy qabul qilishni his qilsalar, ular o‘zlarini himoyalangan deb his qilishadi. Bunday baxtlilar ularning xulq-atvoridan qat’iy nazar, ular izzatga ega bo‘lishi va qadr­ la­ nishini bilishadi. Shartsiz qabul qilish tufayli bolalar ota bilan mu­ nosabatda o‘z xavfsizligini his qiladi. Ota-onalarning ko‘pchiligi o‘zlari intilayotgan oilaviy osoyishtalik aynan shunday ko‘rinishda ekanligiga qo‘shilishadi va ulardan kimdir bu maqsadga erishdim deb hisoblaydi. Biroq faqat kamdan-kam ota-onalargina bolalarni hech qanday shartlarsiz qabul qilishga qodir. Boshqacha qilib aytganda, ular bolalarni ular «itoatkor» bo‘l­ gan­ larida qabul qilishadi (ya’ni bolalar to‘g‘ri xatti-harakat qilishganida). Lekin agar bolalar qo‘rslik qilsa, quloq solmasa va xatolar qilsa — xullas, hafsalasini pir qilsa, qabul qilish haqida hech bo‘lmaganda, bir necha muddat davomida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Qabul qilmaslik ancha nozik shakllarga kirishi mumkin. Ba’zan otalar buni hatto anglamaydilar, ammo bola qabul qilmaslikning eng kichik ishorani ham darhol e’tiborga oladi. Shartsiz qabul qilishni o‘rganish uchun biz, otalar, o‘z e’tiborimizni bolalarning xulq-atvoriga emas, balki o‘zlariga qaratishimiz kerak. Olti yoshidayoq Keti ajoyib kichkina futbolchi qiz edi. Mav­ sum­ ning muhim o‘yinlaridan oldingi chigalyozdidan so‘ng, u may­ donni tark etdi va mening oldimga chopib kelib so‘radi: — Dadajon, agar gol ursam, menga bir dollar berasizmi? — Albatta, — dedim men jilmayib. — Zo‘r! — xitob qildi Keti. Olti yoshli bola uchun bir dollar — hatto AMB bilan ko‘p yillik shartnoma bilan taqqoslasa bo‘ladigan orzu. — Shoshma, — dedim men, u jamoaga qo‘shilishidan oldin uning qo‘lidan ushlab turib. — Hatto sen gol urmaganingda ham dollar cho‘ntagimda deb hisoblayver. — Rostdanmi? — Rostdan. — Ajoyib! — hayratlandi o‘yinchilar to‘dasiga tashlanishga tay­ yor turgan Keti. — To‘xta, — qichqirdim men. — Nega ekanligini bilasanmi? Qizim to‘xtadi va o‘girildi. Kamida u uch yoshga to‘lgani­ dan beri men qizimga shartsiz qabul qilish nima ekanligini tushun­ ti­ rishga muvaffaqiyatsiz urinib keldim va bunda ko‘p narsaga erish­ maganga o‘xshar edim. Lekin Keti o‘girilib ko‘zimga qaradi va dedi: — Ha, chunki hatto men umuman futbol o‘ynay olmasam ham siz meni yaxshi ko‘rasiz! O‘sha paytda qizimning bu so‘zlaridan boshqa biror so‘zi men­ ga ortiq quvonch bag‘ishlay olmas edi. Men hozir Keti o‘sha o‘yinda gol urgan-urmaganligini eslay olmayman. Bu muhim ham emas. Muhimi shuki, u muvaffaqiyatlari yoki omadsizliklaridan qat’iy nazar, men uni yaxshi ko‘rishimni bilar ekan. Bolalarimiz biz ularning yaxshi xulq-atvorini emas o‘zlarini yaxshi ko‘rishimiz­ ni bilishlari shart. ODAMNING QABUL QILINGANLIGINI QAY TARZDA UNING XULQIDAN FARQLASH MUMKIN? Odamning xulq-atvoriga bog‘liq bo‘lmagan holda uni shartsiz qabul qilish—ko‘pincha oson ish emas. Men ko‘pincha otalardan: «O‘g‘lim mening shartsiz qabul qilishimga ishonishini istayman, lekin men uning turmush tarzini ma’qullamasam, nima qilish kerak?» — degan savolni eshitishimga to‘g‘ri kelgan. Ko‘p otalar ma’qullash va qabul qilish tushunchalarini adashtirishadi. Ularga odamning noto‘g‘ri harakatlarini odamning o‘zini qabul qilishdan farqlashlar qiyin. Ular noto‘g‘ri harakatlar shartsiz qabul qilishni bekor qilishga haqli, deb hisoblaydilar. Shunga qaramay, bolalarimizga ularning xulq-atvoriga bog‘liq bo‘lmagan shartsiz qabul qilishni namoyish qilish usuli bor. Buning uchun har birimiz Xudo tomonidan qanday qabul qilinganimizni eslashga to‘g‘ri keladi. Xudo muqaddas va Uning «ko‘zlari shu qadar pokizaki, U yovuzlikka qarab turolmaydi» (Hab. 1:13). «…Xudo o‘zining bizga bo‘lgan muhabbatini biz hali gunohkor bo‘lganimizda Iso bizni deb halok bo‘lganligi bilan isbotladi» (Rim. 5:8). Ha, Xudo gunohdan nafratlanadi, lekin U bizni, gunohkorlarni hech qanday shartlarsiz qabul qiladi. Axir u bizni yaxshi ko‘rib, O‘z O‘g‘lini biz Uni gunohlarimizga qurbonligini qabul qilishimiz sharti bilan bizlar uchun o‘lishga yuborgan edimi? Iso «biz hali gunohkor bo‘lgan paytimizda» biz uchun halok bo‘ldi. Xulq-atvorini biz ma’qullamaydigan odamni qabul qilish g‘oya­ si, unchalik ommaviy g‘oya emas. Lekin buni Xudo qanday ep­ layotganini aniq bilib olsak, biz Uning namunasiga ergashishimiz mumkin. Odamning gunohlari Xudoning g‘azabini keltirmasli­ gi mumkin emasligi hech kimga sir emas. Lekin uning g‘azabi­ ni mut­ laqo keltirmaydigan narsa bu odamning o‘zidir. Xudo odam­ ning qilmishlari bilan odamning o‘ziga bo‘lgan munosabatni aralashtirib yubormaydi. Odamni va uning qilmishlarini tenglashtirayotganimizda ham­ mamiz adashamiz. Xudo bunday xatolar qilmaydi. Biz gunohkor bo‘lib tug‘ilganimizni tasdiqlayotganida Rabbiy haqdir, chunki Uning «ko‘zlari shu qadar pokizaki, U yovuzlikka qarab turol­ maydi» (Hab. 1:13). U bizni qabul qiladi, chunki biz — Uning suratida va Unga o‘xshash qilib yaratilgan, Uning adashgan bolalarimiz, zero U Uning qiyofasiga o‘xshash inson «ruhi»ni odam­ ning gunoh yuqtirilgan «qalbi»dan farqlashga qodir. Bizning asl mohiyatimiz — ilohiy qiyofaning aksi — Xudo qa­ bul qiladigan narsadir. U qabul qila olmaydigan narsa esa — biz­ ning shaxsiy xislatlarimizni bulg‘agan gunohdir. Aynan gunoh bizni Xudodan ajratib turadi. Muqaddas Kitobda aytilganki: «Axir, o‘z ayblaringiz sizni Xudoyingizdan ayirdi…» (Ish. 59:2). Odam va uning qilmishlari o‘rtasida aniq farq mavjud. Aks holda, Xudo bizdan gunohlarimizni ajrata olmagan va ularni O‘zining cheksiz afvlari tubiga cho‘ktirmagan bo‘lar edi. «Sharq g‘arbdan qanchalik uzoq bo‘lsa, gunohlarimizni bizdan shu qadar uzoq qiladi», — deydi Dovud (Zab. 102:12). Boshqacha qilib aytganda, bizning gunohlarimiz bizdan cheksiz uzoq masofaga uzoqlashtirilgan. Dovud nimaga asoslanib, bunday e’tirof qilmoqda? «Ota bolalariga shafqat qilganday, Egamiz O‘zidan qo‘rqqanlarga rahm qiladi», — degan oyatga ko‘ra (13-oyat). Bizlarni Xudo yaxshi ko‘rishi va qabul qilishi, biz Xudoning adashgan bolalari bo‘lganimiz bois, U odamning asl mohiyatini uning xulq-atvoridan farqlashga qodir. Biz Xudoning suratida va Unga o‘xshash qilib yaratilganimiz tufayli, U «…bizga yana rahm qiladi. Ayblarimizni yerga ko‘mib yuboradi va gunohlarimizni dengiz tubiga uloqtiradi» (Mix. 7:19). Agar farzandlarimiz bizning muhabbatimiz tufayli himoyalanganlikka ega bo‘lishlarini istasak, biz ham bolalarimiz bilan xuddi shunday ish tutishimiz mumkin va shart. Biz ularning nomaqbul xulq-atvorini o‘g‘il yoki qiz degan maqomi bilan ara­ lashtirmasligimiz kerak. Ha, ularning xatti-harakatlari bizni gangitib qo‘yishi mumkin. Ularning gunohi ham o‘zlariga, ham bizga azob va og‘riq keltirishini anglagan holda qayg‘urishimiz mumkin. Lekin bizning farzandlarimiz bizning farzandlarimiz bo‘lmay qolmaydi va ota-onaning qabul qilishi shartsizligicha qolishi kerak. Xudo bizni aynan shunday qabul qiladi va U bergan inoyatga ko‘ra, biz ham bolalarimizni xuddi shunday qabul qila olamiz. Havoriy Pavlus shunday deydi: «Masih sizlarni O‘z birodarlariday qabul qilgani kabi, sizlar ham bir-biringizni birodarlarday qabul qiling…» (Rim. 15:7). Bizni qabul qilish uchun Iso Masih bizning e’tiqodimizni talab qilmadi. Hech qanday shartlarni ilgari surmay, U o‘ziga muhtoj bo‘lgan insoniyatni xuddi O‘zining adash­ gan farzandlaridek qabul qildi. Samariyalik ayol — Iso Masih siz bilan bizni so‘zsiz qabul qilganligining yaqqol misolidir. Iso Masih quduq yonida uchratgan bu ayol, qabiladoshlari ko‘z o‘ngida uch karra la’natlangan edi: u ayol kishi edi, demak ikkinchi navli mavjudot deb hisob­ lanar edi; samariyalik edi, yahudiylar ulardan nafratlanar edi; uning tur­ mush tarzi axloqsiz hisoblanar edi, chunki u bilan birga yashaydigan erkak uning eri emas edi. Bu ayol uni Iso Masih qabul qilganidan lol bo‘lib qolgandir. Uni yana ham hayratga solgan narsa shu ediki, U, erkak va yahudiy kishi unga juda xayrixoh munosabat­ da bo‘ldi. U bilan suhbatlasharkan, hoynahoy, ayolni gumonlar qiynagandir: • Men ayolman, U esa — erkak, U notanish odam mendek ayol bilan gaplashmasligi kerakligini bilmasligi mumkin emas. Nega U men bilan gaplashyapti? • U yahudiy, yahudiylar esa biz samariyaliklardan nafratla­ nishadi. Unga nima bo‘lgan? • Men — zinokor xotinman, bu to‘g‘ri odamni, buning ustiga, butun ko‘rinishidan payg‘ambar bo‘lgan odamni men bilan gaplashish imkonidan mahrum qiladi. Nimalar bo‘lyapti? Bu samariyalik ayol hech qachon u bilan bu qadar xushmuomala, rahmdil va ochiq gaplashgan kishiga duch kelmagan edi. Axloqsiz ayol sifatida, qabiladoshlarining ko‘pchiligi tomonidan rad etilgan edi. U o‘ziga nisbatan bunday munosabatda bo‘lishi uchun Iso Masihda birorta ham sabab yo‘qligini tushunar edi. U yolg‘izlik va yuz o‘girilganlik nima ekanligini boshidan kechirgan edi, lekin bu g‘ayrioddiy Inson uni quchoq ochib qabul qildi. Samariyalik ayolning Iso Masih tomonidan qabul qilinishi bu ayolning zinolari unutildi, degan gapni anglatmas edi. Mutlaqo! Lekin biz Iso Masih samariyalik ayolning o‘zidan ranjiganini ko‘rmaymiz. U bu ayolda Uning Otasi tomonidan har bir odamning qalbiga baxsh etilgan go‘zallik, qobiliyat, tug‘ma qadr-qimmat va oliyjanoblikni ko‘rdi va uni shartsiz sevgi bilan sevdi. Iso Masih bu ayolni hukm qilmadi. Bu ayol kerakli tarzda Xudoga sajda qila olmasligi Uni xijolatga solmadi. Samariyalik ayolga bo‘lgan sevgisi tufayli U bu ayolga haqiqatni ochdi. Mutlaqo ayonki, bu ayolni Iso Masih qabul qilishi uning xulq -atvorini hech ham oqlamas edi. Bu ayolning aytgan biror so‘zi yo qilgan ishi, shuningdek, aytmagan biror so‘zi yoki gilmagan biror ishi Masih unga namoyon qilgan hurmat va iltifot bilan uni qabul qilishiga majburlay olmas edi. Iso Masih samariyalik ayolni hech qanday shartlarsiz qabul qildi va o‘zini Uning sevuvchi ko‘zlari bilan ko‘rishiga yordamlashdi. Xudoning qabul qilishining tabiati shunday [10]. Axir shu kabi ilohiy qabul qilish bizga himoyalanganlik hissini bermaydimi? Farzandlarimizni shartsiz qabul qilishimiz, ularga ana shunday himoyani beradi. Ular nima va qanday qilishlaridan qat’iy nazar, biz har doim ularni yaxshi ko‘ruvchi ota-onalar bo‘lishimizni ular tushunishadi. Bolalarimiz o‘zlarini himoyalangan his qilishganida esa, bizda havoriy Pavlusning yengilgina o‘zgartirilgan so‘zlarini o‘zimizga nisbatan eshitish imkoni bo‘ladi: «Men aminmanki…, hech narsa meni ota muhabbatidan judo qilishga qodir emas» (Rim. 8:38–39) [11]. Bunday munosabatlar bolaga sizning oldingizda qalbini ochish ham­ da o‘zining qiyinchiliklari va muammolari, shubhalari va xavf­ sirashlari, umidlari va orzulari bilan o‘rtoqlashish imkonini be­ ra­ di. Bolani u qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qiling, shun­ da u o‘z yuragini sizga ochish uchun yetarlicha himoyalangan bo‘lishini ko‘rasiz. Bolalarni shartlarsiz qabul qilarkansiz, siz ular­ ga himoyalanganlik hissini berasiz. Izohlar [10] Drawn from Josh McDowell and Sean McDowell, Experience Your Bible (Eugene, OR: Harvest House Publishers, 2012), 45–46. [11] Bolalar uchun Muqaddas Kitob. (Accepted Kids Version). Men aminmanki, …hech narsa bizni Rabbimiz Iso Masihdagi Xudoning sevgisidan ajratishga qodir emas. 4. Ikkinchi majburiyat: BOLANING O‘RNIGA EMAS, UNING OLDIDA JAVOBGAR BO‘LISHGA HARAKAT QILISH Ikkinchi qism Xotiram meni deyarli o‘ttiz yil oldingi voqealarga, xuddi bu ke­ chagina bo‘lganidek, osongina qaytaradi. Men umidsizlik yoqasida edim: kitobni topshirish muddati juda yaqinlashib qolgan va ishga boshim bilan sho‘ng‘ishga to‘g‘ri kelgan edi. Xonamga ikki yashar Shon kirib kelganida, men ikkinchi bobni tahrir qilayot­ gan edim. — Dada, o‘ynamaymizmi? — bidirladi u umid bilan. «Tajribali» ota sifatida (menda ikki yoshli Kelli bilan muloqot qilish tajribasi bor edi) men, Shon juda ham uni quchoqlashlari, erkalashlari va qo‘lida ushlab turgan yangi koptogiga bir-ikki daqiqa qiziqish bildirishlarini istayotganini tushunishim lozim edi. Lekin muhim bob ustida ishga sho‘ng‘ib ketgan men hatto bir-ikki daqiqaga ham chalg‘ishga haqqim yo‘q, deb o‘ylar edim. — O‘g‘lim, keyinroq o‘ynaymiz, — javob berdim men. — Dadang hozir juda ham band: u bir bobni tahrir qilishi kerak. Bob nima ekanligi haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmagan o‘g‘lim meni juda yaxshi tushundi. Ota juda ham band va u, ya’ni Shon ketishi kerak. Bolakay itoatkorona yiroqlashdi, men esa o‘z qo‘lyozmamga qaytdim. Lekin ko‘p ishlamadim. Tez orada mening kabinetimga Dotti kirib keldi va «bir-ikki og‘iz so‘z aytish uchun» yonimga o‘tirdi. U gap boshladi: — Azizim, Shon hozirgina menga aytishicha, u bilan o‘ynash uchun siz juda ham band ekansiz. Bilaman, siz ustida ishlayotgan kitob juda muhim, lekin sizga bir narsani eslatib qo‘ymoqchi edim. — Xo‘sh, nima? — sabrsizlik bilan uning gapini bo‘ldim, chunki endi xotinim menga birinchi daraja muhimlikdagi ishni bajarishga xalaqit qilayotgan edi. — Josh, menimcha siz tushunishingiz kerak: siz har doim u yoki bu kitob ustida ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Balki mud­ datlar ham oxirgi marta qisib qo‘ymayotgandir. Butun hayotin­ giz tadqiqotchilik ishi va xizmatga bag‘ishlangan. Lekin otasi­ ning tizzasida o‘tirish, unga savollar berish va yangi koptogi bi­ lan maqtanishga zor ikki yashar o‘g‘lingiz har doim ham bo‘lavermaydi. — Nazarimda, sen nima demoqchiligingni tushundim, — javob berdim men, — va sen har doimgidek haqsan. Lekin hozir men man bu bobni tugatishim kerak. — Yaxshi, — dedi Dotti. — Lekin shu haqda o‘ylab ko‘ring, Josh. Umid qilamanki, bugun o‘z bolalarimizga vaqt ajratsak, ertaga biz ularning e’tiboridan chetda qolmasligimizni bilasiz. Men xotinimning so‘zlari ustida o‘ylanib qoldim va bu so‘zlar ustida qancha ko‘p o‘ylanganim sayin, uning tanbehi yuragimni tobora ko‘proq yaralar edi. Dotti haq edi: menda har doim majburiyatlar, zudlik bilan bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar, muhim uchrashuvlar va safarlar, qalban javob berishni talab qiluvchi telefon qo‘ng‘iroqlari bo‘ladi. Lekin bolalar meni kutib turmaydilar: men hamma ishlarimni o‘zgartirib chiqqunimcha, ular katta bo‘lib qolishadi. Vaqt sezdirmay o‘tib ketadi va kelasi yili bolalar bilan muloqot qilish uchun vaqtim bu yilgiga qaraganda ko‘proq bo‘lish-­ bo‘lmasligini bila olamizmi? Agar men otalik roliga munosabatimni o‘zgartirmasam, meni nima kutyapti, degan savolga javob menga ma’lum edi, shu­ ning uchun jimgina, masalan, baland ovozda bayon qilish kabi ortiq­ cha dabdabalarsiz men mas’uliyatli qaror qabul qildim. O‘shandan beri hech qanday muddatlar va bu dunyoning men u yoki bu majburiyatlarni kechiktirmay bajarishim shartligi haqida qichqirayotgan talablari bolalar bilan muloqotimga xalaqit bermasligiga harakat qilyapman. Mana, o‘ttiz yildirki, oila men uchun eng muhimi bo‘lishi uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilyapman. BOLALAR BILAN MULOQOTGA VAQT AJRATAR EKANSIZ, ULARGA O‘ZINING QADR-QIMMATINI ANGLASH HISSINI BERASIZ Siz bolalaringizga Barbi qo‘g‘irchog‘i, smartfon, video o‘yinlar, yangi kiyimlar va yana bir quchoq buyumlar olib berishingiz mumkin, lekin ular uchun sizning vaqtingiz qimmatliroq. Bola tiliga o‘girganda «sevgi» so‘zi V-A-Q-T ni anglatadi. Siz bo­ la­ larga vaqt ajratsangiz, ular o‘zlarining muhim ekanliklarini ang­ lashadi. Tasavvur qiling, korxonangiz rahbari — yaqin do‘stingiz. Faraz qilaylik, juma kuni siz u bilan tez uchrashishingizga to‘g‘ri kelib qoldi. Siz uning qabulxonasiga borasiz va do‘stingizga bir-ikki og‘iz so‘z aytish uchun kotibdan kabinetga bor-yo‘g‘i bir daqiqaga kirishga ruxsat so‘raysiz. Kotib javob beradi: — Juda afsusdaman, lekin kelasi seshanbagacha u kishi o‘ta bandlar. Chindan ham bir daqiqa bo‘sh vaqtlari yo‘q! Seshanba kuni keling. Siz esa u bilan hoziroq uchrashishingiz zarur va kotibga shunday deysiz: — Umuman olganda, men atigi bir daqiqaga kiraman-chiqaman. Iltimos, boshliqqa mening ismimni va u bilan gaplashib olishim zarurligini ayting. Men qisqa gapiraman. Faraz qilaylik, kotib sizlarning umumiy boshlig‘ingizga qo‘n­ g‘iroq qiladi va unga sizning so‘zlaringizni aytadi. U do‘stingizga siz aytishni iltimos qilgan hamma gapni aytadi, javobiga esa quyidagilarni eshitasiz: — Unga aytib qo‘ying, men bilan elektron pochta orqali bog‘­ lansin. Hozir men o‘ta bandman va uni hech ham qabul qila ol­ mayman. Uni seshanba kuni kutaman. Bu sizga yoqqan bo‘larmidi? Ha, siz ishni o‘z vaqtida tugatish qanchalik muhim ekanligini va faqat shundagina bir kunga rejalashtirgan ishlarni qilishga ulgurish mumkinligini tushunasiz. Lekin hatto buning hammasini tushuna turib ham, siz rad qilinganlik hissini tuyasiz va shunday deb o‘ylaysiz: «Do‘stim men bilan uchrashishni istamadimi, demak u menga befarq». Biz «kechirasan, lekin men o‘ta bandman, seshanba kuni kir», tarzida bahonalar bilan boladan chetlashganimizda bola mana shuni his qiladi. Bolalarga siz loqayd emasligingizni ular nihoyat tushunib olishlari uchun sizdan kuch-g‘ayrat va vaqt talab qilinadi. Bolalarga zarur bo‘lgani — sizning vaqtingizdir. Otalar bolalarga vaqt ajratishlari kerak, lekin bu alohida turda­ gi e’tibor bo‘lishi lozim. Ular bilan shunchaki birga vaqt o‘tkazish yoki ular orqangizdan ergashib yurishlariga ruxsat berish yetarli emas. Asosiysi — ularni hayajonlantirayotgan narsani uqib olishingiz va farzandingizning ichki olami hamda qalbi holatiga samimiy qiziqish bildirishingiz kerak. Bir ota o‘g‘li bilan vaqtini qanchalik ko‘p o‘tkazmasin hammasi bekor ketayotganini aytib nola qilganini eslayman. — O‘g‘lim kun bo‘yi nima qilarini bilmay sandiroqlab yurardi, — shikoyat qildi ota. — Xuddi u unchalik xursand emasdek tuyular edi. — Siz u bilan nima ishlar qildingiz? — qiziqdim men. — Uni o‘zim bilan golf maydoniga olib bordim. — Bolangiz golf o‘ynashni yoqtiradimi? — aniqlik kiritdim men. — Yo‘q, ammo men bu o‘yinni yaxshi ko‘raman, — javob berdi baxtsiz ota. Bolalarning yonida bo‘lish — ular hayotining bir qismi bo‘lish va ularning ichki olamiga qiziqish bildirishdir. Shubhasiz, siz har doim ularning yonida bo‘la olmaysiz, lekin sizlarning umumiy qiziqishingiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, munosabatlaringiz ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Men otalardan mana bunday hasratni ham eshitganman: «Josh, o‘ta zich ish jadvalim bolalar bilan o‘zim istaganchalik vaqtni birga o‘tkazishimga imkon bermayapti. Shuning uchun men bolalar bilan muloqot uchun eplab-seplab oladigan ozgina, lekin sifatli o‘tkazilgan vaqtimga birlamchi ahamiyat beraman». Bugungi kunlarimizning buyuk va ommaviy adashishlaridan biri — «sifatli o‘tkazilgan vaqt» haqidagi afsonadir. Albatta, bizning hammamiz bolalarimizga diqqatimiz bo‘linmasdan e’tibor ko‘rsatishimizga imkon beradigan vaqt haqida orzu qilamiz. Lekin «sifatli o‘tkazilgan vaqt»ni o‘zingizning zich jadvalingizga kiritib, oldindan rejalashtirib bo‘lmaydi. Vaqtning miqdori ko‘p bo‘lgandagina, u sifatli o‘tkazilgan bo‘ladi. Sifatdan oldin miqdor keladi. Bolalarga esa ham unisi, ham bunisi kerak! Ko‘pchilik qurboni bo‘lgan afsonalardan yana biri shunday deydi: «Faqat unutilmas taassurotlargina ahamiyatga ega». Kimdir faqat Disneylendga borish — odatda bir dunyo pulni talab qiladigan, kun bo‘yi yoki haftalab ertaklar mamlakatiga ajoyib sho‘ng‘ishgina unutib bo‘lmas taassurotlar uyg‘otishga qodir deb hisoblaydi. Attraksionlar parkiga, kinoteatr yoki hayvonot bog‘iga borish, shuningdek, chang‘ida sayr qilish yoki dengiz bo‘ylab sayohatga chiqish ham unutilmas taassurotlar bo‘lishi mumkin. Ilgari men unutilmas taassurotlarni kutib mening bolalarim qandaydir ekzotik sayohatlar va aql bovar qilmas xursandchiliklardan umid qilishadi, deb o‘ylar edim. Nihoyat Dotti uning o‘ziga xos bo‘lgan vazmin, lekin jarrohlardek aniq tarzdagi ohangida buni menga tushuntirib bera oldi: «Azizim, bolalar eslab qoladigani qandaydir buyuk narsalar emas. Ular o‘zlarining tasavvurlarini tang qoldirgan voqeani emas, balki ota bilan munosabatda yaxshi kayfiyat yaratuvchi kundalik muloqotni eslab qolishadi, ana shu tufayli ularning xarakteri shakllanadi. Haqiqatan ham ularning xotirasida muhrlanib goladigani ana shu». U har doimgidek haq edi. Vaqt-vaqti bilan Disneylendga sayrni rejalashtiring. Unutilmas taassurotlar zarur, lekin ular hech qachon ota bilan kundalik muloqotda yaratiladigan yaxshi kayfiyat­ ning o‘rnini bosa olmaydi. Bolalar bilan muloqotga vaqt ajratar ekansiz, siz ularga muhim ekanliklari hissini berasiz. BOLALARNING SA’Y—HARAKATI VA YUTUQLARINI TAN OLAR EKANSIZ, SIZ ULARGA O‘Z QADR—QIMMATINI ANGLASH HISSINI BERASIZ Bolani shartsiz qabul qilish — o‘zaro ishonchli munosabatlarning poydevori, ayni paytda ota-onaning tan olishi — unda o‘z qadr-­ qimmati hissini shakllantirish uchun zarur qurilish materialidir. Shartsiz qabul qilish bolaga u sizning nazaringizda qanchalik qadrli ekanini tushunishga imkon beradi. Tan olish esa siz uning xatti-harakatlarini ham qadrlashingizga uni ishontira­ ­ di. Bu uning o‘ziga beradigan bahosini oshiradi va unda o‘z qadr-­ qimmati hissini tarbiyalaydi. Siz uning yutuqlarini tan oli­ shin­ ­ giz bola tomonidan quyidagicha sharhlanadi: «A-ha, otam men­ ­ ga befarq emas! Otam meni yaxshi ko‘radi va men bilan faxrla­ nadi!» Tan olish — mustahkam tasdiqlangan, Muqaddas Yozuvga asos­ langan qoidadir. Iso Masih suvga cho‘mdirilganda, Samoviy Ota Uni yuqori baholab shunday dedi: «…Bu Mening sevikli O‘g‘lim­ dir, Undan nihoyatda mamnunman (Mat. 3:17). Samoviy Ota nima qildi? U O‘z O‘g‘lining ishini ma’qulladi, Uni tan oldi. Ota Xudo ko‘plab guvohlar oldida O‘z O‘g‘li, Iso Masihning ishini tan olish uchun vaqt topgan ekan, bizda ham o‘z o‘g‘il va qizlarimiz­ ning ishini oila oldida ham, omma oldida ham tan olishga vaqt topili­ ­ shi kerak. Afsuski, ko‘p bolalar tan olish va maqtov olmay o‘sishmoqda. Vaqti kelib ular maqtovlarga ishonmaydigan bo‘ladilar, chunki ularni o‘yin qilishmoqchi yoki noqulay vaziyatga solishmoqchi deb o‘ylashadi. Bolalaringiz bilan kichkina bir tajriba o‘tkazing. Ulardan biriga murojaat qilib: «Ey, biz gaplashib olishimiz ke­ rak», — deb ko‘ring. — «Ha? Biror muammo bormi?» Bolaning ehtimoliy javobi shunday bo‘ladi, shundan so‘ng: «Yo‘q, men shunchaki o‘z vazifangni juda yaxshi bajarganingni aytmoqchi edim», — deb qo‘shib qo‘yish kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng ta’riflarni ayamay, bolani maqtang. Tez orada, siz biror yaxshi narsa uchun bolalarni qanchalik ko‘p maqtasangiz, ularga biror yomon narsa uchun shunchalik kam tanbeh berish va jazolashga to‘g‘ri kelayotganini sezasiz. Ham­ masiga sabab, maqtov ularda yaxshi xulq-atvor uchun eng yax­ shi rag‘bat ekanligidir. Dastlab ota bo‘lgan paytlarimda, mening tarbiyaga yondashuvim ancha an’anaviy edi: qoida buzuvchini birorta nomaqbul qilmish ustida ushlab olganimda, uni yomon xatti-harakati uchun jazolar edim. Ota ekanligim uchun o‘z farzandlarimning mutlaq hamma kamchiliklari va xatolarini to‘g‘rilashim shart, degan fikrda edim. Masalan, Kellining tabelida faqat besh baholar borligini bilgach, unga «Aqlliginam», deb aytib qo‘yish uchun ishdan bosh ko‘tarish shart deb o‘ylamas edim, kechga borib esa uning yutug‘ini umuman esdan chiqarib yuborishim ham mumkin edi. Lekin u singlisini urganini bilib qolsam, shu zahotiyoq jahlim chiqar edi: «Xo‘sh, xonimcha, oldimga keling-chi. Siz bilan gaplashib olishim kerak!» O‘sha uzoq yillarda bolalarimning salbiy xatti-harakatlariga ajratilgan kuchli e’tiborga ko‘plab misollar keltirishim mumkin. Men bu bilan ularni o‘zim istagan narsaga o‘rgatmayotganimni tushunmas edim: «Otangning e’tiborini qozonmoqchimisan? Biror noto‘g‘ri ish qilib ko‘r». Bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab yoshlar bilan suhbatlasharkanman, men hisoblab chiqdim: yigirma nafar boladan o‘n besh nafari ularning oilasida aynan shunday ekanini tasdiqlashdi. Qoidalarni buzib, ota yoki boshqa kattalarning e’tiborini jalb qilish osonroq. Bolalarimning birortasi ham hali o‘n birga kirmagan 80-yillar o‘rtalarida, Xudo menga — ana xolos! — «Bir daqiqalik me­ nejer» kitobi sahifalaridan murojaat qildi. Uning mualliflari Kennet Blanshar va Spenser Jonson shunday deb ta’kidlagan edilar: Agar rahbar xodimlarning ijobiy xatti-harakatlarini rag‘batlantirish bilan birga, ularga minnatdorchilik bildirishni unutmasa, ularning o‘z biznes maqsadlarini aniqlashlari va ular­ ga erishishga yordam­ lashishlari mumkin. Men rahbarlarga be­ ril­ gan bu maslahatlarni o‘zimning otalik amaliyotimda oson qo‘l­ ladim — bolalarning yomon xatti-harakatlarini fosh qilish va to‘g‘rilashni majburiyatim, deb hisoblash o‘rniga, butunlay yan­ gicha pedagogik yondashuvni o‘zlashtirib oldim. O‘shandan beri mening shiorim — «Bolani maqta va uning birorta ham yutug‘ini o‘tkazib yuborma!». Bu endi men bolalarning ayblariga ko‘zimni yumaman degani emas. Mutlaqo unday emas. Bu shuni ang­ latadiki, ularning yaxshi xulq-atvorini tan olish o‘lchovi, har qan­ day intizomga chorlash borasidagi harakatlar o‘lchovidan oshib tushadi. Qanchalik kulgili bo‘lmasin, o‘z adashishimni tan olish va tar­ biyaga o‘z munosabatimni o‘zgartirish uchun qisqa bir ibora yetar­ li bo‘ldi. Men bolalarni shartsiz qabul qilish g‘oyasini ko‘tarinkilik bilan qabul qildim, lekin ularning yutuqlarini tan olishni katta qiyinchilik bilan o‘rgandim. Bir tomondan men bolalarni biror shartlarsiz qabul qilishga harakat qilar edim, boshqa tomondan esa — bo‘lar-bo‘lmasga ularning yomon xatti-harakatini to‘g‘rilayverar edim. Shu uchun ba’zan o‘zimga o‘zim bir oz savdoyi bo‘lib tuyulganim ajablanarli emas! Lekin mening bolalarga munosabatim tubdan o‘zgarganida vaziyat izga tushib ketdi. Bolalarning ayblariga e’tiborimni jamlash o‘rniga, men ongli ravishda ularning yutuqlarini izlashga e’tiborimni jam­ ladim. Mening yangi vazifam — farzandlarimning har biri­ ning kuniga kamida ikkita mening yuqori bahomga munosib, maq­ tovga loyiq xatti-harakatini topish va tabiiyki, ularni bu xatti-­ harakatlari uchun maqtab qo‘yish­ ni esdan chiqarmaslikdan iborat bo‘ldi. Bolalar mening xatti-harakatimdagi o‘zgarishni darhol sezishganiga unchalik ishonchim komil emas, lekin o‘zgarishlar shub­ hasiz ro‘y berdi, chunki mening dunyoqarashim o‘zgargan edi. Kelli o‘qishda qanday muvaffaqiyatlarga erishganini bilga­ nimdan so‘ng, shunday dedim: «Azizam sen a’lo darajada o‘qiyap­ san!» Shon chiqindilarni olib chiqayotganini ko‘rib, men shun­ day so‘zlar aytib uning yelkasiga qo‘limni qo‘ydim: «Chiqindini chiqarib tashlashni unutmaganing uchun rahmat, o‘g‘lim». Keyti o‘z o‘yinchoqlarini yig‘ishtirayotganini ko‘rib, men kichkintoyimga shunday dedim: «Keyti, otang sening o‘yinchoqlarga g‘amxo‘rlik bi­ lan munosabatda bo‘layotganingni juda qadrlaydi». Xizer uyni yig‘ishtirishda onasiga yordam berayotganida esa, men qizimning sa’y-harakatiga albatta baho beraman: «Xizer, sen qanday ajoyib qizsan! Oyingga yordam berganing uchun senga rahmat». Sinab ko‘ring. Oila a’zolaringizni, masalan, mehmonxonangizga yig‘ing va ularning oldida turib, «tan olish yig‘ilishi» bosh­ lan­ ganini e’lon qiling. Oilangiz kichkina avlodining har birining hayotidagi kamida bitta muvaffaqiyatini eslang va bu haqda ovoz chiqarib ayting. Bu tajriba sizga shunday ajoyib bolalar bilan juda omadingiz kelganini unutishga yo‘l qo‘ymaydi va ular qilayotgan hamma yaxshi ishlar uchun ularga vaqtida minnatdorchilik bildirishni o‘rgatadi. Ko‘ryapsizmi, muammo bolalar bizga ularni maqtash uchun sabab bermayotganlarida emas. Muammo o‘zimiz jim bo‘lmasligimiz, balki ularning maqtovga sazovor sa’y-harakat­ larini ovoz chiqarib tan olishga o‘zimizni majbur qilishimiz lozim­ ligidadir. Xuddi men o‘tmishda bo‘lganim kabi, intizomiy choralarsiz kerakli tarbiyaning iloji yo‘q deb hisoblaydigan otalar bilan suhbatlasharkanman, quyidagilarni eshitishga to‘g‘ri keladi: — Axir bolalarning uy ishlari bo‘yicha majburiyatlari bo‘lishi kerak-ku. Shunday ekan chiqindini chiqarib tashlashdek arzimas ish uchun nega ularni maqtash kerak? Mening javobim esa shunday bo‘ladi: — Nega endi shunday bo‘lmasin? Ishni yaxshi bajarganingiz uchun sizni maqtashsa yoqadimi? O‘z boshlig‘idan quyidagi so‘zlarni eshitgan har qanday odam quvongan bo‘lar edi: «Rahmat, siz bu vazifani a’lo uddaladingiz». Mayli hatto eng oddiy kundalik ishlarni bajargani uchun bo‘lsa ham bolalar shunday gaplarni eshitishni istamaydi, deb o‘ylaysizmi? Masalan, siz ularga bunday deyishingiz mumkin: • Uy vazifasini o‘z vaqtida bajarganing uchun rahmat. • Ovqatlanishdan so‘ng kir likopchalarni rakovinaga olib borganing uchun balli. • Men sendan buni iltimos qilishni unutgan bo‘lsam ham, mening mashinamni garajga kiritib qo‘yganing uchun rahmat. • Bolalar bilan ko‘chaga chiqib ketish o‘rniga singlingga qa­ rash uchun uyda qolganingni qadrlayman. • Maysazorni tekislab qirqqaning uchun rahmat — ajoyib ish bo‘libdi! Tan olish haqida gapirganda, shuni yodda tutish zarur: toki bo­ lalar sizning shartsiz qabul qilishngizga yuz foiz ishonch hosil qil­ magunlaricha, maqtov va tan olish ularni o‘z yo‘liga solishga aylanib qolish xavfi bor. Shartsiz qabul qilishdan ayri holda tan olish bola tomonidan teskari izohlanishi va uni quyidagi fikrga olib borishi mumkin: «Agar men uy ishlariga yordam bersam… agar men faqat besh baholarga o‘qisam… agar men gol ursam… shun­ da meni otam yaxshi ko‘radi». Undan kutganlariga yarasha o‘zini tutishga urinish, bolada soxta aybdorlik hissini shakllantirish­ ga qodir. Shuning uchun ham, bolalar sizning shartsiz qabul qilishin­ gizga ishonishiga ishonch hosil qilish va shundan keyingina ular­ ga xizmatlarini tan olishingizni aytish kerak. Masalan, bola uyga o‘zlashtirish tabelini olib kelganida, uning yoniga o‘tiring va uning maktabdagi muvaffaqiyatlari haqida gaplashing. Bolani uning sa’y-harakatlarini va yaxshi baholar olishga urinishini qadrlashingizga ishontirishga harakat qiling va shunga qaramay, unga: «Hatto sening tabelingda birorta besh bo‘lmaganda ham, men seni yaxshi ko‘rishdan va qanday bo‘lsang, shundayligingcha qabul qilishdan to‘xtamayman», — deb aytishni istayotganligingizni tushuntiring. To‘g‘ri, bu yerda ham o‘z nozikliklari bor. Qandaydir chegara­ dan o‘tmaslik uchun har doim shuni yodda tutish zarur: shartsiz qa­ bul qilish bu — bizning bolalarimiz bilan munosabatlarimiz quri­ la­ digan poydevordir, munosabatlar esa jumladan tan olish g‘isht­ chalaridan ham quriladi. O‘z farzandlaringizga qabul qilishdek shartsiz himoyalanganlikni bering, bu ularga muvaffaqiyatga erishgan yoki erishmaganligidan qat’iy nazar, sizning mehringizga shubha qilishiga imkon bermaydi. Boshqacha qilib aytganda, bolalarning sa’y-harakatlari ularning muvaffaqiyatlaridan ko‘ra qimmatli, lekin hamma sa’y-harakatlardan ham ko‘ra bolalarning o‘zi, Xudoning mavjudotlari qimmatliroqdir. Bolalarning kuch-g‘ayrati va yutuqlarini tan olar ekansiz, siz ularga o‘z qadr-­qimmatini anglash hissini berasiz. BOLALARGA O‘Z QO‘LLAB—QUVVATLASHINGIZNI NAMOYON QILAR EKANSIZ, SIZ ULARGA SAMIMIY BO‘LISHNI O‘RGATASIZ Biror kishiga o‘z qo‘llab- quvvatlashingizni namoyon qilar ekan­ siz, siz o‘z kechinmalaringizning haqiqiyligini isbotlaysiz yoki tasdiqlaysiz. Bolaning hissiy kayfiyatiga hamdard bo‘lish bilan siz unga uning hissiyotlarini qadrlashingizni xabar qilasiz. Uning quvonchli hayajonlanishi yoki hasratli tushkunlikka tushishiga sherik bo‘lar ekansiz, uni shaxs sifatida qadrlashingizni unga tushuntirgan bo‘lasiz. Bolaning jahli chiqqanda qanday yo‘l tutasiz? Shu zahotiyoq uni koyib berasiz: «Uyalmaysanmi? O‘zingni qo‘lga ol!» Bolalar quvonchli voqea haqida jo‘shqin xabar berganida, sizni nima ko‘proq hayajonga soladi: ularning qichqirig‘i va shovqinimi yoki ular boshdan kechirayotgan quvonchmi? Shuni tushundimki, agar ota bolalarning quvonchiga sherik bo‘lishga harakat qilsa, u ular bi­ lan birga quvonadi yoki ularga hamdard bo‘ladi. «Bir daqiqa, — e’tiroz bildirishingiz mumkin siz. — Josh, qanday qilib bolalarga o‘z tuyg‘ularini oshkor bildirishga ruxsat be­ rish mumkin? Axir kimdir bundan xafa bo‘lishi mumkin-ku». Qo‘shilaman. Lekin men bolalarning hissiy kayfiyatini qo‘llab-­ quvvatlash haqda gapiryapman, o‘z tuyg‘ularini o‘zlari istaganidek izhor qilishlariga ruxsat berish haqida emas. Bular bir narsa emas. O‘z-o‘zicha tuyg‘ular baholanmaydi, bu tuyg‘ularni ifodalash esa munosib yoki nomunosib bo‘lishi mumkin. Havoriy Pav­ lus shun­ day degan edi: «Hatto g‘azablanganingizda ham gunoh qilmanglar…» (Ef. 4:26). U jahli chiqishni gunoh deb hisoblamagan; u fa­ qat g‘azabimizni namoyon qila turib, biz ijozat berilgan chegara­ dan chiqmasligimiz haqida ogohlantirgan. Bolalarning tuyg‘ulariga hamdard bo‘lishda hech qanday yomon narsa yo‘q, biroq bola­ lar ularni ifodalashning noto‘g‘ri shaklini tanlab olgan bo‘lsa, yo‘l-yo‘lakay bu tuyg‘ular namoyon bo‘lishini muvofiq­ lashtirib borish zarur. Bola bizning hamdard ekanligimizni anglashi uchun uning tuyg‘ulariga qanday qilib hamdard bo‘lish mumkin? Bola hissiy ko‘­ tarinkilikni boshdan kechirayotganida yoki tushkunlik tubiga tush­ gan bir paytda, qanday qilib u bilan hissiy muloqot o‘rnatish mum­ kin? Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Sevinayotganlar bilan birga sevininglar, yig‘layotganlar bilan birga yig‘langlar» (Rim. 12:15). Havoriyning maslahatini tushunish qiyin emasdek, ammo unga amal qilish har doim ham oson emas, ayniqsa, biz bolalarni tartibga solmoqchi bo‘layotganimizda yoki biz ularga hamdard ekanligimizga ularni ishontirishdan oldin ularning xulq-atvorini to‘g‘rilamoqchi bo‘layotganimizda. Bu vasvasaga berilmang! Uning xulq-atvori bilan shug‘ullanishdan oldin, hamdard ekanligingizga bolani ishontiring. Agar o‘g‘lingiz o‘z jamoasining g‘alabasidan quvonayotgan bo‘lsa, u bilan birga va u uchun quvonayotganingizni ayting. Agar qizingiz dugonalari tarqatayotgan mish-mishlardan achchiqlanayotgan bo‘lsa, u bilan birga achchiqlanayotganingizni ayting. Agar u dugonasidan ayrilayotgani tufayli qayg‘urayotgan bo‘lsa, u bilan birga qayg‘uga tushayotganingizni u bi­ lib qo‘ysin. Shunday qilsangiz, bola sizning hamdardligingizni va qo‘llab-­ quvvatlashingizni his qiladi, bu sizlarning orangizdagi his­ siy bog‘liqlikni kuchaytiradi. Takrorlayman. Qo‘llab-quvvatlashni namoyon qilishning go‘yo­ ki hech qiyin joyi yo‘qdek, lekin buni amaliyotda qo‘llash men­ ga oson emasligi aniqlandi, shuning uchun g‘ayrat qilishimga to‘g‘­ ri keldi. Balki siz ham xuddi shunday qiyinchiliklarga duch ke­ lar­ siz. Mana bu vaziyatlarni ko‘rib chiqaylik: • O‘n yetti yoshli o‘g‘lingiz kechqurun uyga qaytdi va kichik av­ ­ tohalokatga uchraganini, sizning avtomobilingizning qanotini ozroq g‘ijimlab qo‘yganini aytdi. Siz qanday javob berasiz? • Faqat to‘rt bahoga o‘zlashtirayotgan o‘n to‘rt yoshli qizingiz uyga uchta «uch»i va bitta «ikki»si bor tabel olib keldi. Unga nima deysiz? • Sport bilan shug‘ullanadigan yuqori sinfdagi qizingiz yig‘lab sizga qo‘ng‘iroq qildi va uni yoqtirmaydigan trener tufayli, uni voleybol jamoasidan chiqarib yuborganini xabar qildi. Birinchi so‘zlaringiz qaysi so‘zlar bo‘ladi? • O‘g‘lingiz ko‘zi ko‘karib va yuzlari shilinib uyga qaytadi, boshqa bir bola bilan mushtlashib qolganini aytadi. Sizning harakatlaringiz qanday bo‘ladi? Bu qiyin vaziyatlar va shunga o‘xshash ko‘plari oila hayotida kam uchramaydi. Bolalar xato qilishadi, muammolarga duch kelishadi, tanalari jarohatlanadi va lat yeydi, ko‘ngilsizliklarga duchor bo‘lishadi, boshqa bolalar yoki hatto kattalarning adolatsiz munosabatidan jabr tortishadi. Ba’zan ularning turmushdagi muammolari haqiqiy fojiaga aylanadi: bu hayot uchun xavfli jarohat yoki kasallik, yaqin munosabatlarning uzilishi, do‘sti yoki qarindoshining o‘limi bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘pincha kichik nizolar, yo‘qotishlar, umidsizliklar va kundalik hayot «drama»lari muammo bo‘lib chiqadi. Asosiysi, bu joriy muammolarni hal qila turib, siz bolalarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishingizdir. Agar sizni birinchi navbatda yomon xulq-atvorni tuzatish va qoidalarga rioya qilish tashvishga soladigan bo‘lsa, bolalarda sizning hamdardligingizga umid qilishga biror imkon yo‘q. Eng yaxshisi, avval ular nimani his qilayotganini aniqlash va ularga hamdard bo‘lishdir. Ilk bor Rimliklarga maktubning 12-bob, 15-oyatiga to‘liq mos holda ish qilganimni eslayman. Bu Dottining sharofati bilan ro‘y bergan edi. Ilgari u menga biror muammo, ayniqsa, unga qalb iztirobi keltirayotgan muammo bilan murojaat qilganida, men uning muammosini hal qilishga urinar edim. Xotinimga hamdard bo‘lish­ ga vaqt sarflab o‘tirmay, shu zahotiyoq unga iztirob keltirgan muammoni hal qilishga kirishar edim. Bir kuni maktabdagi yig‘ilishdan so‘ng, uyga qaytgach, Dotti ota-onalardan biri bizning bolalarimizdan birining nomiga bergan tanbehdan juda ham xafa edi. Agar ilgari u men bilan shunday muammo haqida o‘rtoqlashganda, men o‘ylab ham o‘tirmay unga taxminan shunday degan bo‘lar edim: «E’tibor berma, azizam. Mana bunday qilamiz…», shundan so‘ng unga janjalni hal qilish rejasini taqdim etgan bo‘lar edim. Bu juda yaxshi reja bo‘lishi mumkin edi, lekin u hech ham Dotti o‘sha vaqtda boshidan kechirayotgan qalb og‘rig‘iga malham bo‘la olmas edi. Lekin bu gal nihoyat men to‘g‘ri yo‘l tutdim. Xotinimni quchoqlab shunday dedim: «Azizam, bu so‘zlarni eshitishingga to‘g‘ri kelganidan juda afsusdaman! Senga rahmim kelyapti!» Dottiga mana shu kerak edi: nizoni hal qilish rejasi emas, vaziyatni izga solish choralarining bayoni emas, shunchaki chin yurakdan qayg‘udosh va hamdard bo‘lish. Hayratomuz, lekin bu ish berdi: Dotti qo‘llab-quvvatlash va tushunishni his qildi, bu esa o‘sha lahzada u muhtoj bo‘lgan nar­ sa edi. Bir necha kundan so‘ng u yonimga keldi va bolamizning nomiga aytilgan tanqidiy fikrlarni hal qilish uchun u nima qilishi lozimligi borasidagi fikrimni so‘radi. Endi mening nizoni hal qilish rejam ayni muddao edi. Qo‘llab-quvvatlashingizni bildirish uchun xotiningiz yoki bolalaringizning nimani boshdan kechirayotganini ikir-chikirigacha tushunishingiz shart emas, lekin ularning iztiroblari sababini va naqadar chuqurligini anglamasangiz ham ularga hamdardlik bildirishingiz kerak. To‘g‘ri, siz shunchaki hamdardlik qilmasdan, uni «tushunayotganingiz»ni ko‘rsatishga urinayotib, bilmasdan odamni xafa qilib qo‘yishingiz mumkin. Mening do‘stim o‘zining achchiq tajribasi orqali bunga amin bo‘l­ di. Bir gal uning xotini nimadandir qattiq xafa bo‘lganida, u xo­ tiniga yordam bermoqchi bo‘lib, shunday degan: — Azizam, hozir nimani his qilayotganingni bilaman. Xotini jerkib bergan: — Yo‘q, siz bilmaysiz! Men qanday azob chekayotganimni bilaman deb qanday ta’kidlay olasiz-a? Do‘stim jim qoldi, lekin uning xotini haq edi. O‘z hamdardligin­ gizni namoyon qilish uchun o‘sha odam nimani his qilayotganini albatta bilishingiz shart emas. Biz o‘z yaqinlarimiz, ayniqsa, bo­ ­ lalarimizning o‘ziga xos vaziyatini har doim ham tushunavermay­ miz. Bolani qo‘llab-quvvatlash u bilan birga iztirob chekish demakdir, chunki u iztirob chekmoqda. Bu azob chekayotgan yaxshi ko‘rgan odamingizga o‘zingizni tenglashtirishdir. Do‘stim shunday deyishi lozim edi: «Azizam, hozir senga og‘ir va men azobla­ nayot­ ganing bois, senga qanchalik hamdard ekanligimni bilishing­ ni istayman». Shunday qilib, bolalarimizning iztirobi qanchalik chuqurligi bizga ma’lumdek qilib o‘zimizni tutmasdan, biz ularga qiyinchiliklarida va qalb iztiroblarida hamdard bo‘lishimiz mumkin. Aks hol­ da, ular bizning samimiyligimizga shubha qilishadi. Oson bo‘l­ ma­ gan paytni boshidan kechirayotgan bolani qo‘llab-quvvatlashni is­ tar ekansiz, unga shunday deb ayting: «Balki senga hozir juda og‘ir­ dir, lekin men bir narsani esda tutishingni istayman: men sen bi­ lan hamdardman. Shunchaki, har doim yoningda ekanligimni bil­ gin». Shu tariqa, bola nafaqat sizning, balki Xudoning ham yupanch bo‘layotganini his qilishi mumkin. Havoriy Pavlus shunday degan edi: Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga, har turli tasallining manbai bo‘lgan Xudo — marhamatli Otaga hamdu sanolar bo‘lsin!4 Har xil azob—uqubatlarga uchraganimizda, Xudo bizga tasalli beradi. Shunday ekan, biz ham azob chekayotgan insonga tasalli bera olamiz. Xudo bizga bergan tasalli bilan uni ovuntira olamiz (2 Kor. 1:3–4) Rimliklarga maktubning 12-bobida bayon qilingan, Xudoning «qayg‘ungizga… sherikmiz» degan ko‘rsatmalariga amal qilganimizda yupanch keladi. Shubhasiz, agar Rimliklarga maktubning 12-bob, 15-oyatining ko‘rsatmalariga amal qilsak, biz bolalarni qo‘llab- quvvatlashimiz, shuningdek, ularga samimiylikni o‘rgatishimiz mumkin: «Quvonayotganlar bilan quvoning, yig‘layotganlar bilan birga yig‘lang”. Bola biror narsadan xursand bo‘layotgan bo‘lsa, unga qo‘shiling: «Men sen uchun shu qadar xursandman!», «Bu juda zo‘r!», «Sen istaganingga erishganingdan baxtliman!», «Sen shodlanishga haqlisan, sen bilan birga men ham», deb ayting va hokazo. Sizning xatti-harakatlaringiz ham siz bolalarning hislariga sherik ekanligingizdan dalolat berishi mumkin. Quvonchli voqealar ba’zan bayram tantanalari va sovg‘alarni nazarda tutadi, lekin ular qimmatbaho bo‘lmasligi kerak. Bolani kafega olib boring yoki uni muzqaymoq bilan mehmon qiling, unga yangi o‘yinchoq sovg‘a qiling, alohida imtiyozlar bering yoki ilhombaxsh tabrik yo‘llang. Siz bolalaringizni qamrab olgan o‘sha qu­ von­ chni bosh­ dan kechira olmassiz, lekin agar bolalaringizga bun­ da sherik bo‘lsangiz va ular uchun quvonsangiz, ular qo‘llab- quv­ vatlashingizni his qilishadi va bu sizning o‘zaro ishonchli munosabatingizni mustahkamlaydi. Bola uchun emas, uning oldida javobgar bo‘lish katta ahamiyat­ ga ega. • Bolani shartlarsiz qabul qilar ekansiz, siz unga himoyalanganlik hissini berasiz. • Bola bilan muloqotga vaqt ajratar ekansiz, siz unga o‘z muhimligi hissini berasiz. • Bolaning sa’y-harakatlari va yutuqlarini tan olar ekansiz, siz unga o‘z qadr-qimmati hissini berasiz. • Bolaga o‘z qo‘llab-quvvatlashingizni namoyon qilar ekansiz, siz unga samimiy bo‘lishni o‘rgatasiz. • Bolani qilmishlari uchun jazolar ekansiz, siz unga javobgarlik hissini berasiz. 5. Uchinchi majburiyat: BOLA UCHUN TAQLID NAMUNASI BO‘LISHGA HARAKAT QILISH Mashinasini yo‘l chetida to‘xtatgan va undan chiqqan bir erkak dalada ishlayotgan fermerga murojaat qildi. — Chalg‘itganim uchun uzr, — qichqirdi u. — Duvrga qanday yetib olishim mumkinligini ayta olmaysizmi? — Tanish gap, — javob berdi fermer, — bu yaqin orada, bu yerdan atigi to‘rt mil narida. Yana bir milcha yo‘l yursangiz, chorrahani ko‘rasiz. Chapga buriling, keyin esa Duvrgacha to‘g‘ri ketaverasiz. Erkak fermerga minnatdorchilik bildirib, mashinasiga o‘tirdi. Chorrahaga yetgach, u ishonch bilan o‘ngga burildi. U bilan birga borayotgan xotini shunday dedi: — Genri, fermer chapga burilishni buyurgan edi, siz esa hozirgina o‘ngga burildingiz. — Bilaman, azizam, — javob berdi er. — «chapga» degan so‘z­ ni aytganida, u qo‘li bilan o‘ng tomonga ishora qilganini payqading­ mi? Men allaqachon payqaganman, kimningdir gapi va ishi bir-­ biriga to‘g‘ri kelmay qolsa, ishlariga ishonish kerak. — Tez orada er-xotin Duvrga yetib kelishdi. Bu voqea mening fikrimni juda yaxshi tasvirlab beradi: biz faqat gap bilan bolalarimizni to‘g‘ri narsalarga o‘rgatishga qanchalik harakat qilmaylik, qilmishlarimiz ularning haqiqiy ustozi bo‘ladi. KO‘RMAGUNIMCHA ISHONMAYMAN Hozirgi avlod bolalari, qonuni: «Faqat samarali bo‘lgan narsagina to‘g‘ridir», — deydigan dunyoda yashamoqdalar. Bu fikr xato (biz bilmay, kim bilsin: haqiqiy bo‘lgan narsagina to‘g‘ridir), lekin bolalarimiz biror narsani qabul qilish yoki o‘rganib olishdan oldin, taklif qilinayotgan narsaning amaliy foyda berishi va samaradorligiga ishonch hosil qilishni istashadi. Ularning shiori: «Ko‘rmagunimcha ishonmayman». Bunday yondashuvning o‘z ustunligi bor, axir u bizga bolalarimiz uchun taqlid namunasi bo‘lishimizga imkon beradi. Agar ular o‘z ota-onalarining hayotida kundan kunga sadoqat, halollik, rahmdillik, hurmat, qonunga itoatkorlik, hamdardlik va o‘zini qo‘lga olishni kuzatishsa, ular jon deb ushbu qadriyatlarni o‘zlashtirib olishadi. Bolalar uchun haqiqiy namuna bo‘lish juda muhim, chunki — rostini aytsak — hech birimiz ideal bo‘la olmaymiz, lekin har birimiz «haqiqiy» bo‘lishimiz mumkin. — Bolalar, bugun qayerda tushlik qilishni xohlagan bo‘larding­ lar? — so‘radim men. Hammasi bir ovozdan guvillab, bolalar o‘zlari yaxshi ko‘rgan tarmoqli kafelarni ayta boshlashdi. Natijada qaror deyarli bir ovoz­ dan qabul qilindi. Kellidan boshqa hamma bitta kafeni tanladi. Hammamiz mashinaga chiqib oldik, podyezd yo‘lagidan chiqayotganimizda Kelli mensimagan ohangda dedi: — Yana o‘sha ilonxonaga borayotganimizga ishongim kelmayapti! Shu zahoti munosabat bildirdim: — Kelli, men sening so‘z ohangingni ham, so‘zlaringni ham ma’qullamayman. Men ukasi va singlisining tanlovini faqat unga yoqmagani uchun qoralashi qo‘pollik ekanini qizimga aytdim. Endi Kelli ancha ehtiromli ohangda o‘z noroziligini oqlash uchun sabablar aytdi va biz murosaga kela oldik. Shon, Keti va Xizerni Kelliga «yoqma­ gan» kafeda qoldirib, u Dotti va men didi baland qizim tanlagan kafe­ da ovqatlanadigan bo‘ldik. Ko‘pchilik «tanlovchilar» ma’qullagan tez ovqatlanish muassasasiga yetib kelgach, men dedim: — Birinchi uchlik, qayt qildiradigan joyga olg‘a! Uch nafar kichkintoyim mening kinoyali ta’kidimga e’tibor berishmadi: ular o‘zlari buyurtma bermoqchi bo‘lgan fri kartosh­ kasi va gamburgerlar bilan bo‘ladigan uchrashuvdan juda ham hayajonlanayotgan edilar. Lekin biz kafedan uzoqlashganimizdan so‘ng Kelli shunday dedi: — Dada, siz hozirgina yaqinda meni ayblagan narsani o‘zingiz qildingiz: «ilonxona»so‘zining «qayt qildiradigan joy»so‘zidan nimasi yomon? Men Kelliga: «Ko‘rayapsanku, azizam: men — otangman, sen esa — mening qizimsan, demak men tanbeh beraman, sen esa ularni eshitasan», — deyishim mumkin edi, lekin indamadim. Kelli kuragimni yerga tekkizgani aniq edi. Biz u tanlagan kafega yo‘l oldik, u yerda o‘zimni yengib, Kelliga mening nomuntazamligim va ikkiyuzlamachiligimni eslatgani uchun minnatdorchilik bildirdim, chunki qizimga bir xil gapni maslahat bera turib, o‘zim boshqacha yo‘l tutgan edim. Xullas, men kechirim so‘radim. Shunday qilib, men taqlid uchun ideal emas, real namuna ko‘r­ sat­ gan edim. Shubhasiz, biz ota-onalar oliyjanob xulq-atvor namunasi bo‘lishimiz lozim, lekin gap shundaki, biz — odamlarmiz, demak muvaffaqiyatsizlikka uchraymiz. Bu holatda biz o‘z xatolarimizni tan olishimiz, ko‘nishimiz va uzr so‘rashimiz kerak. Shunda biz taqlid uchun haqiqiy misol bo‘la olamiz, bolalar shunga qarab agar xato qilishsa, o‘z aybini yuvishni o‘rganishadi. KIM VA KIMGA HISOBOT BERUVCHI? Kimdir bolalarning oldida xatoyimizni tan olayotib, biz ularga o‘zimizning zaifligimizni namoyon qilamiz, deydi. Emishki, agar bolalarga ota- onalarni «to‘g‘rilash»ga ruxsat berilsa, ular ota- onani hurmat qilmay qo‘yarmish. Bu tarzda fikrlash hukmfarmo, o‘ziga nisbatan hurmat talab qiluvchi ota-onalarga xos. Men o‘z farzandlarimga ular nafaqat o‘zlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishga loyiq ekanliklari, balki meni biror foydali narsaga o‘rgatishga qodir ekanliklarini namoyish qilib, ularning hurmatini qozonishni ma’qul ko‘rardim. Ba’zi ota-onalar bolalardan kechirim so‘rash xo‘rlanish deb hisoblaydigan boshqa sabab ham mavjud: oila boshlig‘ining roli haqidagi xato tasavvur. Shunday deb o‘ylaydiganlar, Xudo otani oilaning prezidenti, oila a’zolarining mutlaq hokimi va tog‘ning Podshohi etib tayinlagan deb taxmin qiladilar. Ular uchun ota — namuna-ko‘rgazma o‘qituvchi, bolalar esa — ovozsiz va itoatkor o‘quvchilardir. Ba’zi hollarda, bunday otalar hatto xotiniga ham zorlanmaydigan tarbiyalanuvchi sifatida qarashi mumkin. Lekin Iso Masih o‘z shogirdlariga haqiqiy yetakchi qanday bo‘lishi kerakligi haqida birorta ham shubha qoldirmagan. Uning shogirdlari odamlarga yo‘lboshchilik qilish — ularga hokimlik qilish bilan barobar degan fikrda bo‘lib adashgan edilar. Keling, Iso Masih qanday qilib layoqatsiz rahbarlikni fosh qilgani va Uning fikricha, munosib rahbarlik qanday bo‘lishi kerakligini tushuntirganini ko‘rib chiqaylik. U shunday deydi: …Butparastlarning hukmdorlari xalqlariga o‘z hukmini o‘tkazadilar. El boshliqlari o‘zlarini oliyhimmat deb ataydilar. Sizlar esa bunday bo‘lmanglar. Aksincha, orangizda kim katta bo‘lsa, o‘zini eng kichikday tutsin. Kim boshliq bo‘lsa, xizmatkorday bo‘lsin. Xo‘sh, kim katta? Dasturxon atrofida o‘tirganmi yoki unga xizmat qilayotganmi? Dasturxon atrofida o‘tirgan emasmi?! Men esa orangizda xizmatkordayman. (Lk. 22:25–27) Iso Masihning zamondoshlari hokimiyatga ega bo‘lganlarga xizmat qilish va bo‘ysunish lozim degan fikrda bo‘lgan bir paytda, Iso Masih hokimiyat va yetakchilikning mutlaqo yangi ta’limotini yoqlab chiqdi. Lekin Iso Masihning nazarida, xizmat qilish yetakchining majburiyatlariga kiradi. Bu inqilobiy g‘oyani U shogirdlari bilan Fisih kechasi yoki Yashirin kechada, aynan o‘z Jamoati uchun jonini berishidan bir kun oldin o‘rtoqlashdi. Havoriy Yuhanno guvohlik berishicha, dasturxon yonidan turgan Iso Masih xizmatkor rolini bajarib, shogirdlarining oyog‘ini yuvdi, yuvishni tugatgach shunday dedi: …Hozir nima qilganimni tushundilaringmi? Sizlar Meni «Ustoz», «Hazrat» deb chaqirasizlar va to‘g‘ri qilasizlar, chunki Men xuddi shundayman. Agar Men Hazratingiz va Ustozingiz bo‘la turib oyoqlaringizni yuvgan bo‘lsam, sizlar ham bir-biringizning oyoqlaringizni yuvishingiz shart. Men sizlarga nima qilgan bo‘lsam, sizlar ham o‘shani qilishingiz kerak. Men sizlarga o‘rnak ko‘rsatdim. (In. 13:12–15) Barcha aytilganlardan kelib chiqib, ota oilada o‘z hokimiyat vakolatlarini qanday amalga oshirishi zarurligi haqida yakun yasaymiz. Agar biz Iso Masihning nuqtayi nazariga qo‘shiladigan bo‘lsak va o‘z oilalarimizni boshqarishda unga amal qilishni istasak, unda «oila a’zolarimizning oyog‘ini yuvishimiz» kerak. Hamma otalarga ham Iso Masihning hokimiyat haqidagi bunday tasavvuriga bo‘ysunish oson emas, chunki U, agar ta’bir joiz bo‘lsa, yetakchilik g‘oyasining o‘zini ag‘dar-to‘ntar qilib tashlaydi. Sizning ijroingizda yaqinlaringizga xizmat qilish qanday ko‘rinishga ega? O‘zingizni «oddiy askar» darajasiga tushirib qo‘yib, qanday qilib buyruqlar berasiz? Agar oilangizda qat’iy bo‘ysunish hukm surayotgan bo‘lsa, Iso Masih taklif qilgan yondashuv sizga yaramaydi, lekin uni oilani yanada mustahkamlash va xotiningiz hamda bolalar bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatish imkoniyati sifatida qarasangiz, u «saroyga mos tushadi». Har qanday ota bolalari avvalambor uni yaxshi ko‘rishlarini, shu bois unga itoat qilishlari va undan o‘rganishlarini istaydi. Hamma ota-onalar o‘z farzandlarini mas’uliyatli va itoatkor ko‘rish­ ni istaydilar. Ammo nima ularga Xudoga itoatkor bo‘lgani holda, ularga xizmat qilish va ular oldida hisobot berishni tanlagan otaning namunasidek javobgarlikni o‘rgatishga qodir? «Xo‘sh, Makdauell, sen butunlay aqldan ozibsan», — deb o‘ylay­ di kimdir. Lekin men faqat shuni aytmoqchimanki, bolalarin­ giz sizdan hisobot so‘rashiga imkon berishdan ko‘ra, ularning ishon­ chi, hurmati va faxrlanishini qozonishning yaxshiroq usu­ li yo‘q. Avvaliga men bu vakolatlarni xotinim Dottiga topshirdim. Men bilan o‘z hayotini va muhabbatini baham ko‘rgan ayoldan boshqa hech kim meni bunchalik hurmat qilmaydi va men bilan shunchalik faxrlanmaydi, u bolalarimning onasi, mening sevgilim, eng yaxshi do‘stim va Menga Xudo tomonidan ato qilingan noyob sovg‘adir! Shuning uchun bir gal men unga shunday dedim: — Azizam, menga sening yordaming kerak. Men ota va er rolini qanday eplayotganimni so‘rashga tayyormisan? Aytchi, o‘z safarlarimni deb oilani juda ham ko‘p tark etmayapmanmi? Sen va bolalarga yetarlicha g‘amxo‘rlik qilyapmanmi? Hammasini boricha ayt. Agar sizlarga kam vaqt ajratayotgan bo‘lsam, jim o‘tirma, bularning hammasi haqida nimalarni o‘ylayotganingni bilishni istayman. — Kelishdik, — bir oz taraddudlanib javob berdi u. — Men siz­ ­ ga hammasini aytaman va bundan keyin ham aytib boraman, le­ kin ba’zan mening so‘zlarim sizni xafa qilib qo‘yadi, deb qo‘r­ qa­ man. — Azizam, bilaman, vaqti-vaqti bilan mudofaa holatini egallashim ehtimoli bor. Bunday holatda menga birato‘la buni ham ko‘rsatishga haqqing bor. Men haqiqatni eshitishga tayyorman. Men shunda to‘xtab qolganim yo‘q. Kelli yetti yoshga to‘lganida men unga «maxsus» xat yozdim: Azizam Kelli, men seni juda yaxshi ko‘raman! Men sening otang ekanligimdan baxtliman! Bilasanmi, bu yil menga sening yordaming zarur bo‘lib qolishi mumkin. Ilgari men hech qachon yetti yoshli qizning otasi bo‘lmaganman, lekin sen uchun dunyodagi eng yaxshi ota bo‘lishni orzu qilaman! Agar sen qachondir men biror narsani noto‘g‘ri qilayotganimni yoki adolatsiz, e’tiborsiz va ishtiroksiz bo‘lganimni sez­ sang, iltimos, bu haqda yuzimga aytaver. Shon yetti yoshga to‘lganida, u ham shunday xat oldi. Aslida, o‘zimning to‘rtala farzandimga ham shunga o‘xshash xat yozdim. To‘g‘ri, Keti uchun men hech qachon ilgari yetti yoshli ko‘k ko‘zli, sariq sochli qizning otasi bo‘lmaganman, deb yozishga to‘g‘ri keldi. Xizerga yozilgan xatda ham shunga o‘xshash so‘zlar, ammo bir oz tuzatilgan joylari bor edi. Oila a’zolarimga hisob beruvchi bo‘lishga qaror qilganim­ dan buyon, mening eng yaxshi maslahatchilarim xotinim va bolala­ rim bo‘ldi. Masalan, Kelli va Shon mening taklifimni zavq-shavq bilan qabul qilishdi, qolgan ikki farzandim ham chetda turmadi va to‘g‘ri kelib qolgan paytda «meni to‘g‘ri yo‘lga qaytarib turi­ shar edi». Bir gal Shon bilan birga shahar markazida sayr qilib yurganimizda, men bilan gaplashishni istab, yonimda to‘xtagan odamni uchratib qoldik. U aytgan qaysidir gap menga yoqmadi va men u bilan shoshilib xayrlashdim. Bu erkak ancha uzoqlashgach, Shon so‘z qistirdi: «Dada, nazarimda, siz bu odam bilan unchalik xushmuomala bo‘lmadingiz va unga qo‘pollik qilishingizga sal qoldi». Uyalganimdan yer yorilmadi, yerga kirib ketmadim. Biz o‘sha odamga yetib olish uchun shoshildik, yaxshiyamki u hali ko‘zdan yo‘qolmagan edi. Bu notanish odamga yetib olgach, men uning qo‘lidan ushladim va shu zahoti, o‘g‘limning ko‘z o‘ngida qo‘pol xulq-atvorim uchun undan kechirim so‘radim. Bir kuni, navbatdagi safardan qaytib kelganimda, oldimga qi­ zim Keti keldi va qat’iy ohangda dedi: — Dada, siz menga nisbatan adolatsizsiz. — Nimani aytayapsan, azizam? — Uyga qaytib kelganingizda hammani: Kelli, Shon va Xizerni kafega olib borasiz, lekin meni olib bormaysiz. — Rostdanmi? — Ha. — O‘n yoshli qizim chekinmas edi, lekin keyin har hol­ da so‘radi: — Bugunchi, biz tushlik qilgani kafega boramizmi? O‘ziga nisbatan mening adolatsiz munosabatim haqida o‘zi nima o‘ylayotgan bo‘lsa, hammasini aytib Keti menga bemalol tan­ beh bera olishidan xursand edim. Men qizim bilan muloqotga yetarlicha vaqt ajratyapman, deb o‘ylagan edim, ammo ko‘rinishidan u boshqacha fikrda ekan, shuning uchun tushlikka «majburan» taklif qilayotganidan juda ham quvondim. Haqiqatan ham, ota bilan tushlik qilish Keti uchun muhim voqeaga aylandi, men esa qizim katta bo‘lgunicha bunday birgalikdagi tushliklar an’anaga aylanishiga harakat qildim. Ishonavering, oila a’zolarim oldida hisob berish to‘g‘risidagi qarorim menga yoqimli daqiqalarni qo‘shib bergani yo‘q. Xotinim va bolalarim mening taklifimdan foydalanib, darhol meni to‘g‘rilashga kirishib ketishdi, deb ayta olmayman, ammo har holda, ular menga qandaydir maslahatlar berishdan uyalishmas edi. Ba’zan ularning tanqidi hamiyatimga tegar edi, shunda men aylana mudofaa holatini egallab olar edim. Biroq har gal xafa bo‘l­ ga­ nimda, mening «maslahatchilarim» jim bo‘lib qolishar edi, demak zehn va yordamning buyuk manbai tugab qolar edi. Shuning uchun g‘ururimning ulkan bo‘laklarini yutayotib bo‘g‘ilib qolgan payt­ larimdagi vaziyatlarga qaramay, men ularni yutishni davom et­ tirar edim, chunki yaqinlarimning yordamisiz ish qila olmasligim­ ni bilar edim. Biz, otalar o‘z xatolarimizni, zaifliklarimizni va nomukammal to­ monlarimizni tan olishdan qo‘rqmasak, bolalarimiz uchun real na­ muna bo‘la olamiz. Havoriy Pavlus o‘zligicha qolish nima ekan­ ligini bilar edi. Korinf masihiylariga maktubda chuqur ruhiy ke­ chinmalarga ega bo‘la turib, u odamlar oldida bu kechinmalar bilan «maqtana olishi» mumkinligini aytgan, lekin tavoze bilan qo‘shib qo‘ygan: «…qilayotgan ishlarimga qarab yoki mendan eshitganlari bo‘yicha menga baho bersinlar, undan ortiq meni yuqori ko‘tarmasinlar deb, o‘zimni tutib turibman » (2 Kor. 12:6). Taqlid qilish uchun o‘zini namuna tariqasida keltirgan Pavlus, o‘z ibrati bilan yanada yuqoriroq axloqiy andaza — Iso Masih na­ munasining o‘rnini bosishga urinmadi. Aslida, u korinfliklarga quyidagilarni aytgan edi: «Men Masihdan o‘rnak olganim kabi, siz­ lar ham mendan o‘rnak olinglar» (1 Kor. 11:1), ya’ni uning o‘zi Iso Masihga o‘xshashga harakat qilgan edi. Lekin shu bilan birga, Pavlus mug‘ombirlik qilmadi va o‘zidan ideal yetakchi yasamadi — u o‘zligicha qoldi va o‘zining zaifliklarini yashirmadi. Mana uning samimiyligiga misol: …Shuning uchun meni kibrlanib ketmasin deb, badanimga bir nish, meni niqtalaydigan shaytonning elchisi berildi. Buni mendan olib tash­ lagin, deb uch marta Rabbimiz Isoga yolvordim. Lekin U menga shunday dedi: «Mening inoyatim doim senga yetarli bo‘ladi, chunki Mening qudratim sening ojizligingda to‘liq namoyon bo‘ladi.» Shunday qilib, Masihning qudrati men orqali ayon bo‘lishi uchun ojizligim bilan maq­ tanishni afzal ko‘raman. Shu sababdan, Masih haqi ojizlikni, xo‘rlik­ lar­ ni, muhtojliklarni, quvg‘in va qiyinchiliklarni shodlik bilan qabul qilaman. Ayniqsa, ojiz bo‘lgan paytimda Masihning qudrati bilan kuchli bo‘laman. (2 Kor. 12:7–10) Havoriy Pavlusning rad qilib bo‘lmaydigan obro‘yining va ijobiy namunasining siri «unda Masihning kuchi yashashi uchun» o‘zining zaifliklarini tushunishi va ochiq tan olishida edi. Mana, sizning obro‘yingiz manbai nimada yashiringan! Sizga yordam kerakligini tan olish va oila a’zolaringiz oldida hisob berish bilan siz Xudoga siz orqali O‘z kuchi bilan harakat qilishiga imkon berasiz. Sizning zaifliklaringiz va xatolaringiz unga ma’lum, buning ustiga, oila a’zolaringiz uchun ham bu sir emas. Ularni yashirishga urinish hech narsaga olib kelmaydi. O‘z zaifliklariingiz va xatolaringizni tan olish va sizni yaxshi ko‘radigan odamlardan yordam so‘rash ancha yaxshiroq. Birinchi navbatda xotiningiz bilan gaplashib oling. Agar siz hali unga sizning hakamingiz bo‘lishga vakolat bermagan bo‘lsangiz, uning fikricha, siz ishni buzib qo‘ygan yoki hademay buzib qo‘yadigan vaqtlarda, u buni sizga aytishini istayotganingizni unga bildirib qo‘ying. Keyin bolalar bilan gaplashib oling: siz dunyodagi eng yaxshi ota bo‘lishni istayotganingizni, lekin buning uchun sizga yordam kerak bo‘lishini ular bilishsin. Ular yetti yoshga to‘lganda shunday qilishni maslahat beraman. Bolalarga, ularning fikricha, siz adolatsiz bo‘lgan paytingizda buni sizga xabar qilish­ ga haqli ekanliklarini ayting. Balki ularning har biriga «o‘zaro hisob berish bo‘yicha» sizning hamkoringiz bo‘lishi to‘g‘risida «rasmiy» taklif xati yozishingiz kerak bo‘lar. Fikrimcha, bu jaso­ ratli qadam sizga Xudoning nazarida o‘z bolalaringiz uchun haqiqiy va munosib namuna bo‘lishingizga imkon beradi. Agar mening maslahatimga amal qilib, o‘z bolalaringizga «rasmiy» taklif bermoqchi bo‘lsangiz, mana sizga yordam sifatida bir necha g‘oyalar. Azizim (bolaning ismi), men seni yaxshi ko‘raman. Men sening sezgirliging, to‘g‘riliging, yaxshi ko‘ruvchi va g‘amxo‘r yuragingni qadrlayman. Shu xat orqali, sen bilan yetarlicha to‘g‘ri munosabatda bo‘lmagan, yetarlicha sezgirlik qilmagan yoxud sen haqingda kam g‘amxo‘rlik qilgan paytlarimda buni menga eslatishingga ruxsat beraman. Men senga dunyodagi eng yaxshi ota va do‘st bo‘lishni istayman! Senga ko‘p vaqt ajrata olmaganim uchun meni kechir. Sening hayotingda iloji boricha faolroq qatnashishni juda xohlayman. Bu xat senga men o‘z ishlarim bilan juda ham band bo‘lganimda, bu haqda menga eslatib qo‘yish huquqini beradi. Iltimos, shu huquqingdan foydalan. O‘zimning amalga oshmay qolgan orzularimni: o‘zim hech qachon shug‘ullanmagan sport turida natijalarga erishish; o‘zim munosib bo‘l­ ma­ gan baholar olish; aslimdagidan yaxshiroq bo‘lishni senda mujassam­ lashtirishga uringanim uchun meni kechir. Keskin tanbehlar, sabrsizlik va qattiqqo‘l xarakterim uchun meni kechir. Seni yaxshi ko‘rishimga hech qachon shubha qilmasliging uchun, men yaxshi va mehrli ota bo‘lish­ ni juda ham istayman. Bu xat mendan chetga o‘tishimni va senga harakat qilish erkinligini berishni iltimos qilishingga ruxsat beradi. Umid qilamanki, sen menga sabrliroq ota bo‘lishimga yordam berasan. Shunday ekan, senga sovg‘a qilingan huquqdan foydalan, bordi-yu bu xat vaqt o‘tishi bilan yaroqsiz holga kelsa, yangisini yozishga senga va’da beraman. Men seni sevaman, sening otang. O‘z yaqinlaringizga hisobot berishga qaror qilishingiz oilangizni mustahkamlaydi va sizda bolalarni to‘g‘ri yo‘lga solishda ko‘proq imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Aslida uchinchi majburiyat ana shundan iborat: bolalaringizga taqlid namunasi bo‘lish. 6. To‘rtinchi majburiyat: BOLAGA XUDO KIMLIGI VA U KIMGA O‘XSHASHLIGINI TUSHUNTIRISHGA HARAKAT QILISH — Dada, Xudo qayerda yashaydi? — so‘raydi sizdan o‘g‘lingiz. — Nima desam ekan, — deya javob berasiz, — qayerdadir os­ monda, menimcha. — Lekin biz o‘lmagunimizcha osmonlarni ko‘ra olmaymiz, to‘g‘­ rimi? — suhbatga qo‘shiladi qizingiz. — To‘g‘ri, o‘lmagunimizcha ko‘ra olmaymiz, — tasdiqlay­ siz siz. O‘g‘lingiz qo‘shimcha qilishga shoshiladi: — Hech kim, hech qachon Xudoni ko‘rmagan, to‘g‘rimi? — To‘g‘ri, — deysiz siz, ular gapni qayoqqa burmoqchiligini topishga urinib. — Unday bo‘lsa, — hayratda boshini qashib xulosa qiladi qizingiz, — agar biz o‘lmagunimizcha Xudoning oldiga borib kela olmasak va hatto Uni hoziroq ko‘ra olmasak, U kimga o‘xshashini va umuman, U bor-yo‘qligini qanday bilib olamiz? Balki bolalaringiz sizga aynan shu savollarni bermagan bo‘lish­ lari mumkin, lekin har qanday lahzada ular sizdan Xudo haqida so‘rashlari tayin. Siz, ota va masihiy sifatida javob berishingiz shart bo‘lgan eng muhim savol, Xudo kim va U kimga o‘xshaydi, degan savoldir. Bolalaringizning kelajagi va ularning Xudo bilan munosabati qanday shakllanishi ko‘p jihatdan ular Samoviy Otasini qanday qabul qilishlariga bog‘liq. O‘zingiz Xudoni tanishga qay yo‘l bilan kelganingizni es­ laysizmi? Bolaligingizda uni qanday tasavvur qilgansiz va katta bo‘lguningizcha Unga munosabatingiz qanday o‘zgargan? Ko‘p odamlar o‘z hayotida hokimiyatga ega bo‘lgan odam — asosan, o‘z­ larining otasiga qarab turib, o‘zlarining Xudo haqidagi tasav­ vurini shakllantirganini aytib o‘tgan edim. Agar otangiz hukmdor ota bo‘lgan bo‘lsa, unda uning tarbiyaga qattiqqo‘llik bilan yondashuvidan kelib chiqib, Xudo sizga ayblovchi bo‘lib tuyulgan bo‘lishi mumkin. Balki Uni siz nuqson yoki xatoga yo‘l qo‘yishingizni kutib turgan nazoratchi sifatida tasavvur qilgandirsiz. Agar otangiz yo‘l qo‘yib beruvchi ota bo‘lsa, siz nimaiki qilmang, qilayotgan ishingizning Xudoga ahamiyati yo‘q degan hissiyot bilan katta bo‘lgansiz. Agar sizni ishtiroksiz ota tarbiyalagan bo‘lsa, shubhasiz, Xudo sizdan juda olisdaligiga ishonchingiz komil bo‘lgan. Biroq, qoidalarni o‘rnatayotganda faqat sevgiga tayanib ish ko‘rgan sevuvchi otangiz borligi bilan omadingiz chopgan bo‘lsa, hoynahoy, Xudo sizni yaxshi ko‘rishi va haqiqatan ham sizga g‘amxo‘rlik qilishiga shubha qilmagansiz. Menimcha, U sizni qanday bo‘lsangiz shundayligingizcha qabul qilgan va Uning amrlari sizning manfaatlaringizni ko‘zlaydi, deb hisoblagansiz. Shunday bo‘lsa, Masihni o‘z Xudoyingiz va Najotkoringiz deb tan olish imkoniyatingiz statistik jihatdan ancha yuqori. Xudo oilani Xushxabarni targ‘ib qilish va bolalarni Masihga olib kelish uchun asosiy manba deb niyat qilgan. Ota-onalar — Xushxabarning eng yaxshi jarchisi bo‘lishib, bu xabar Xudo farzandlarimizni yaxshi ko‘rishi va ularni O‘zining sevgi to‘la qal­ biga mangu bosishni istashidan iborat. Oxirgi statistik ma’lumot­ larga qaraganda, «83% amerikaliklar to‘rt yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan davrda o‘z hayotini Iso Masihga bag‘ishlaydi. O‘n to‘qqiz yosh va undan katta yoshdagi odamlarda masihiy bo‘lish ehtimoli atigi 6% ni tashkil qiladi» [12]. Hurmatli ota-onalar, bu shuni anglatadiki, sizda Xudoni iloji boricha ko‘rgazmali va ishonchli tasvirlab, bolalaringizni Xudo bilan tanishtirib qo‘yishning ajoyib imkoniyati bor. Birorta ham ota uning bolasi hukmdor, yo‘l qo‘yib beruvchi yoki ishtiroksiz bo‘lgan Xudoga ishonishini istamaydi. Biz farzandimiz Muqaddas Kitob sahifalarida namoyon bo‘lganidek, «bizlar bilan jo‘shqin muloqotni istayotgan Xudo»ni (Chiq. 34:14), sevuv­ chi va rahmdil Samoviy Otasini bilib olishini istaymiz. Ba’zan bolalar Xudo haqida ancha qiyin savollar berishadi. Ularga javob berishga tayyorlaning. «Ha, Xudoni jismoniy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, lekin voqelik shundan iboratki, U O‘zi bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda. Rabbiy bizni bexabarlikda qoldirmagan, lekin biz U kimligi va U kimga o‘xshashini bilishimiz uchun aniq vahiy qoldirgan». KO‘RINMAS, LEKIN MUQARRAR BOR «Mangu Shohga hamdu sanolar bo‘lsin! O‘lmas, ko‘rinmas, yagona Xudoga abadulabad shon-sharaflar bo‘lsin! Omin.» (1 Tim. 1:17). Biz juda muhim sababga ko‘ra, Uni ko‘ra olmaymiz. Gap shundaki, Xudo moddiy emas. «Xudo Ruhdir, Unga sajda qiluvchilar ham Muqaddas Ruh boshchiligida, haqiqatni bilgan holda sajda qilishlari lozim» (Yuh. 4:24). Bu shuni bildiradiki, Xudo insoniy va kengroq olganda, jismoniy his qilish a’zolari uchun sezilmasdir. Bizning tanamiz Xudoni Uning qo‘rquv uyg‘otuvchi qudrati bilan ko‘rishga moslashgan emas. Rabbiy Musoga shunday dedi: «…Lekin Mening yuzimni ko‘ra olmaysan. Meni ko‘rgan odam tirik qolmaydi» (Chiq. 33:20). Uning buyukligi, qudrati va shuhrati inson tanasining jismoniy ko‘rsatkichlaridan shunchalik ortiqki, uni ko‘rsa, odam shu zahotiyoq jon bergan bo‘lar edi. Bolalaringizga go‘dakligidan boshlab, Xudo buyuk va hayratomuz ekanligini, lekin U moddiy dunyo chegaralari bilan cheklanmaganligini tushuntirish muhimdir. Bizning hammamiz, hat­ to kichkina bolalar ham o‘zimizdan katta bo‘lgan narsalardan hay­ ratga tushamiz. Xudo buyuklik va sirga burkangan. Bizning yonimizda u jismoniy ko‘z bilan emas, balki yuragimiz orqali «ko‘­ rinadi» va Xudo moddiy emasligining dalili biz bolalarimizga Uning mavjudligini isbotlay olmaymiz, degan gap emas. Rabbiy O‘zi­ ni dunyoga turli xil yo‘llar bilan namoyon qilgan. «Xudo qadimda ota-bobolarimizga ko‘p marta va turli tarzda payg‘ambarlar orqali gapirgan edi. Bu oxirgi kunlarda esa U bizga O‘z O‘g‘li orqali gapirdi… O‘g‘il — Xudo shuhratining porlashi, Xudo borlig‘ining aniq suratidir…» (Ibr. 1:1–3). Iso Masih Xu­ do­ ning inson qiyofasida mujassamlashuvidir. Tanaga burkanish mo‘jizasi tufayli Xudo bizning moddiy olamimizga keldi, bizning ora­ mizda yashadi, o‘ldi va biz U bilan yaqin munosabatlarni tiklay oli­ shimiz uchun qayta tirildi. Masihiy e’tiqodining eng muhim ta’limotlaridan birida shunday deyiladi: «Kalom inson bo‘ldi, oramizda yashadi… Biz esa Uning ulug‘vorligini, Otadan tug‘ilgan O‘g‘il sifatidagi ulug‘vorligini ko‘rdik…» (Yuh. 1:14). Bolalarga Xudo real ekanligini, ikki ming yil oldin biz bilan yaqin munosabatlarni tiklash uchun U o‘zini tanada namoyon qilganini tushuntirib bering. Bu Iso Masih edi, uning Emmanuel ismi «Xudo biz bilan», degan ma’noni bildirardi. Xudo o‘zi yaratgan mavjudotlar orqali ham O‘zini namoyon qilgan, chunki «Borliq yaratilgandan beri Xudoning ko‘rinmas xususiyatlari, ya’ni abadiy qudrati va ilohiyoti Uning ijodini kuzatish orqali ochiq ko‘rinib turibdi.» (Rim. 1:20). Shoh Dovud bu haqda shunday degan: Osmon kundan-kunga buni bildiradi, Har tun bundan xabardor qiladi. Samo, falak aytmas bir gap, yo bir jumla, Chiqmas ulardan hech bir sado. Ammo xabarlari har tomonga tarqaladi, Olamning chetigacha yetib boradi (Zab. 18:3–5) Atrofimizni o‘rab turgan moddiy olam uning Yaratuvchisi shun­ ­ chaki mohir emas, balki noyob dizayner [13] ekanidan dalolat be­ ­ ra­ ­ di. Bu dunyo tasodifan vujudga kelganligi haqidagi g‘oya aqlga sig‘masdir. Bolalarning e’tiborini koinot Xudoning mo‘jizaviy ijodi ekanligidan dalolat beruvchi xususiyatlariga qaratish imkoni­ ni qo‘ldan chiqarmang. Bu ularga Xudo — butun borliqning Ijodkori ekanini tushunishga yordam beradi. Siz biror marta bolalar bilan Disneylend yoki Disney Uorldga borganmisiz? Unday bo‘lsa, bu ko‘ngilochar parkka kirishdagi qiya qoyalarni bezab turgan gulzorlarni payqamagan bo‘lishingiz mumkin emas. Turli navdagi va rangdagi gullardan tashkil topgan kompozitsiyalar Mikki Mausning oson taniladigan suratlarini hosil qiladi. Landshaft [14] san’atining bu mo‘jizasi oddiy tasodif deb tu­ shuntirish hech kimning xayoliga kelmaydi. Nega? Birinchidan, bu navdagi va rangdagi gullar u yerda o‘z-o‘zidan o‘sgan va mashhur Mikki Mausga bir tomchi suvdek o‘xshash timsol shakllantirgan emas. Gullarning ko‘plab turli navlari va ular kompozitsiyasining ma’noga egaligi bu obyekt murakkab ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Murakkablik ushbu holatda bu gullar bu yerda o‘z-o‘zidan o‘sganligi va sof tasodifga ko‘ra qandaydir sirli kompozitsiyani hosil qilganligi dalili o‘ta kam ekanligidan dalolat bermoqda. Ikkinchidan, bu gul kompozitsiyasi murakkab ekanligi bilan birga, uning komponentlari [15] qat’iy tartibda joylashtirilgan: ba’zi gullar ko‘zlarni, boshqalari burunni, uchinchilari og‘izni va mashhur quloqlarni tashkil qilgan. Bu gulzorlar mustaqil kompozitsiyalarni tashkil qiladi, demak, bizning ko‘z o‘ngimizda murakkab qilib berilgan obyekt turibdi. Murakkablik (yoki aql bovar qilmaslik) va berilganlik (yoki kompozitsiyaning o‘ziga xosligi)ning bunday uyg‘unlashuvi berilgan murakkablik deb ataladi. Berilgan murakkablik intellekt [16] ko‘rsatkichi hisoblanadi. Xuddi barmoq izlari yoki individual dast­ xat kabi u betakror va intellektga ega shaxsning harakatini ko‘rsatadi. Disneylendga keluvchilarning ko‘zini quvontiradigan ulkan gulzor ularga berilgan murakkablikni taqdim etadi va ularni bu aqlli bog‘bonning xohishiga ko‘ra paydo bo‘lganligiga ishonishga majbur qiladi. Ancha katta berilgan murakkablikni talab qiluvchi obyektlar bu­ yuk dizaynerning taqqoslab bo‘lmas darajadagi yanada kuchli­ roq intellektini ko‘rsatadi. Bu dunyo va uni to‘ldiruvchi hamma nar­ sa haqiqatan ham mavjud bo‘lgan Xudoning mahoratli san’atkorli­ gidan dalolat beradi. Tabiat haqidagi hujjatli filmlar yoki hayvo­ not bog‘iga borishlar bolalar bilan birga Yaratuvchi Xudo tomoni­ dan yaratilgan dunyoning hayratlanarli g‘oyasidan zavqlanish imkonini beradi. Bolalarga «Atirgul bizga Xudo haqida va Unga nima yoqishi haqida nimani aytib berishi mumkin?» yoki «Nega Xudo jirafani shunday uzun bo‘yni bilan yaratgan?» kabi savollar ustida bosh qotirishni taklif qiling. Xudoning yaratgan mo‘jizasi qarshisida ehtiromni his qilish va bu uchun Xudoni ulug‘lash uchun chu­ qur ilmiy bilimlarga ega bo‘lish shart emas. Bolaning tug‘ilgan kunini nishonlash Yaratuvchi Xudoning yana bir mo‘jizasi — yangi hayot tug‘ilishi mo‘jizasidan zavq­ la­ nish­ ga yana bir sabab bo‘lishi mumkin. Bizning shunchalik mu­ rak­ kab tuzilgan tanamizning qiziqarli xususiyatlari — betakror Us­ tadan zavqlanishga sabab bo‘la olmaydimi? Hoynahoy, siz hali o‘rta maktabdagi biologiya darsini unutmagandirsiz va shakliga ko‘ra, DNK molekulasining ikkilik spirali burama zinapoyani eslatishi, har bir zinasi sizning genetik kodingizning mitti parchasini tashkil qilishi yodingizdadir. O, yana bir mo‘jiza! Har bir hujayra sizning tana o‘lchamlaringiz haqida batafsil ma’lumot beruvchi DNKning to‘liq nusxasiga ega. Bu «zinachalar» tartibi har bir yangi hujayrani yaratish uchun namuna yaratadi, lekin faqat shugina emas: har bir odamning reproduktiv hujayrasida, ikkinchi ota yoki onaning genetik axboroti bilan qo‘shilganda bolaga o‘tadigan genetik namunani tashkil qiluvchi axborot joylashgan. Boshqacha qilib aytganda, DNK nafaqat biz kimga o‘xshashli­ gi­ mizni, balki bizning bolalarimiz kimga o‘xshashligini ham bel­ gilaydi. Yaratgan Xudo qarshisida ehtiromda lol qotish, bola­ lar bilan birga hayratlanish uchun mazkur qiziqarli ma’lumot­ lar­ dan foydalaning: «Qanday qilib Xudo DNK g‘oyasini o‘ylab top­ gan?», «Bilish kerak bo‘lgan hamma narsani bilish qanday bo‘­ la­ di?», «Xudo kimga o‘xshaydi?», «Xudo ba’zi ranglarni ko‘proq yoqtirsa-­ chi?», «Nega U bizni bunchalik qattiq yaxshi ko‘radi?» Bu mashq Xudoni odam darajasigacha tushirib qo‘yish uchun emas, balki bolalar eng muhim haqiqatni tushunishlariga yordam be­ rish uchun xizmat qiladi: bir tomondan, Xudoni inson ongi bilan tushunib bo‘lmaydi, boshqa tomondan esa, hatto boshimizdagi soch tolalarining soni ham Uni qiziqtirar ekan, U aql bovar qilmas darajada bizga yaqindir (qarang: Mat. 10:30). Bolalarni Xudo — mohir Yaratuvchi ekaniga ishontirishda sizga yordam beradigan bir qator ajoyib va ayni paytda hamyonbop kitoblar mavjud. Uilyam Dembski va Shon Makdauellarning «Idrokli niyatni anglash» kitobi shulardan biridir. Albatta, mening o‘g‘lim — bu kitobning hammuallifi. Nima ham derdim, men u bilan faxrlanaman! (Bu manba haqida ushbu kitobning oxirida batafsilroq so‘z yuritiladi). Shubhasiz, Xudo Iso Masih qiyofasida odamga aylanib, shu­ ning­ dek, O‘zi yaratgan narsalar orqali O‘zini namoyon qildi, lekin bu hali hammasi emas. U bizning vijdonimizning ahloqiy guvohligi orqali (qarang: Rim. 2:14–15), O‘z so‘zi orqali (qarang: 2 Tim. 3:16–17), jamoat orqali (qarang: Ef. 1:23), tarix orqali (qarang: 1 Shoh. 17:46–47) va bizning tanamizda yashayotgan (qarang: Rim. 8:9–11) Muqaddas Ruh orqali O‘zini ochdi. Xudo bizdan tana jihatidan va jismonan cheksiz ustun, ammo biz U haqiqiy va bizga yaqin ekanligining rad etib bo‘lmaydigan dalillariga egamiz. BOLALARGA XUDONI EHTIROM QILISHNI O‘RGATING Xudo haqida ko‘p narsalar bilish mumkin va Undagi hamma narsa bizning tasavvurimizni hayratga soladi. Bolalarga Uni ehtirom qilishni o‘rgatar ekanlar, ota-onalar bolalarni Parvardigori Olam bilan tanishtirish yo‘lida muhim qadam qo‘ygan bo‘ladilar. Bu bolalarga «Xudodan qo‘rqishni o‘rgatish»ning yana bir usulidir [17]. Shoh Sulaymon shunday degan edi: «Egamizdan qo‘rqish donolikning boshidir, Muqaddas Xudoni bilish idrokdir» (Hik. 9:10). Bolalarga Xudoni ehtirom qilishni o‘rgating. Men biz zaharli ilonlar, bo‘ronlar yoki terror haqida o‘ylaganimizda boshdan kechira­ di­ gan qo‘rquv haqida gapirmayapman. Biz Xudodan vahimaga tush­ masligimiz kerak. Yo‘q, Xudo ajoyib, demak biz Unga tahsin o‘qishimiz, unga sajda qilishimiz va Uning Kimligini va dunyodagi hamma narsa Unga bo‘ysunishini anglashimiz lozim. Xudoning buyukligini anglashga imkon beruvchi ehtiromli tit­ roq yaxshidir. Rabbiy payg‘ambar Yeremiyoga nima uchun Isroil far­ zandlari Uni ehtirom qilishlari lozimligini ochdi: «…Mendan yuz o‘girib ketmasliklari uchun ularning yuraklariga Mendan qo‘rqish hissini solib qo‘yaman» (Yerem. 32:40). Siz bolalarning yuragiga ehtiromli titroq solar ekansiz, bu ularni xavfli vasvasalar­ dan chegaralaydi va ularga Xudoga sodiqlikni saqlashga ko‘maklashadi. Xudoning biz bolalarimizga so‘zlab berishimiz lozim bo‘lgan kamida uchta xususiyati mavjud. Ulardan har biri bizni titroqqa soladi: Xudoga cheksiz hurmat va uning oldidagi tabiiy qo‘rquvni his qilishga majbur qiladi, buning natijasida biz u tomonga yanada ko‘proq talpinamiz. • Uning cheksizligi, bu Uning buyukligini so‘zlaydi. • Uning muqaddasligi, inson gunohkor bo‘lgani sababli bu qo‘rquvga solishi mumkin, lekin Xudoning muqaddasliging na­ moyon bo‘lishi bizning hayotimiz uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. • Uning muhabbati, bu biz hatto tasavvur qilganimizdan ham ko‘p darajada biz uchun ulkan ahamiyatga ega. Shunday qilib, Xudoning bu uch xususiyatini ko‘rib chiqishga kirishamiz va ular haqida bolalarga qanday qilib so‘zlab berishni aniqlab olamiz. XUDONING CHEKSIZLIGI QARSHISIDA EHTIROMLI HAYOT U mangudir Xudoning mavjudligi cheksiz, bu mavjudlikning ibtidosi ham, intihosi ham yo‘q — Xudo abadiy. «Nahotki bilmaysan? Nahotki eshitmagansan? Egamizning O‘zi abadiy Xudo-ku! Butun olamni U yaratgan-ku! U charchamaydi, holdan toymaydi, Uning donoligini bilib bo‘lmaydi» (Ish. 40:28). Zamonni yaratar ekan, Xudo O‘zini uning bir qismiga aylantirdi, lekin uning o‘zi zamondan ta­ sh­ qarida, ya’ni abadiy mavjud. Xudo mavjud bo‘lmagan zamon­ ning o‘zi yo‘q va Xudo bo‘lmaydigan vaqt hech qachon kelmaydi. Xudo abadiy va bu titroq uyg‘otmasligi mumkin emas. To‘g‘risini aytganda, biz abadiyatni anglash imkonidan mah­ rum­ miz. Biz na boshi, na oxiri bo‘lmagan biror narsani anglashga qo­ ­ dir emasmiz. Biroq biz hamma narsa u yoki bu tarzda tugashini va hamma narsaning oxiri borligini juda yaxshi tushunamiz. Bu sin­ ­ gan o‘yinchoqqa ham, umrini o‘tab bo‘lgan avtomobilga ham, munkillab qolayotgan tanaga ham va hatto o‘limning o‘ziga ham taalluqli. Bu bizning chirishga mahkum dunyomizdagi oddiy hodisa. Voqelik shunday va buning quvonadigan joyi yo‘q. Ammo gap shundaki, Xudo abadiydir. U — bizning o‘tkinchi va chirishga mahkum dunyomiz uchun xulosadir. U bizga mangu hayot — buzilish, chirish va o‘limdan xoli hayot berish uchun keldi! Avtomobilni boshqarib borarkansiz, bolalar bilan «savol-­ javob» oddiy o‘yinini o‘ynashga harakat qilib ko‘ring. Ulardan: «__________ yashash davri qancha?» — deb so‘rang va avtomobilingiz yoki paltongiz yoxud o‘zingiz yashayotgan uy qanchalik uzoq vaqt xizmat qilishi mumkinligini; qush, fil, daraxt yoki asalari qancha yashashini o‘ylab ko‘ring. Menimcha, g‘oyani tushundingiz: Yerdagi jonli va jonsiz narsalarning yerdagi hayoti yoki foydalanish muddati qanchaligini topish. Shundan so‘ng bolalardan: «Xudo qancha vaqt mavjud bo‘ladi?» — deb so‘rang. Ularning e’tiborini U abadiy ekaniga qarating. Ular bilan kimningdir hayotining na boshi, na oxiri borligi haqidagi antiqa fikrni muhokama qiling va Xudoning osmon ko‘sh­ kidagi yoritqichlari nima uchun hech qachon o‘chmasligini ular­ dan so‘rang. Nega uning daryolari hech qachon qurimaydi? U o‘z xalqiga kiydirgan kiyim nega hech qachon to‘zib ketmaydi? Bo­ lalarga nima uchun Xudo bizga mangu hayot hadya etmoqchi eka­ nini tushuntiring. Biz U bilan birga mangulikda bo‘lishimizni U istayapti. Iso Masihning: «Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o‘lsa ham yashaydi. Kimda-kim Menga ishonib yashasa, to abad o‘lmaydi» (Yuh. 11:25–26) degan so‘zlarini o‘qib berishini bolalardan biridan so‘rang. Bolalaringizga mangu mavjud Xudoga ehtiromingiz haqida va U sizga hamda yaqinlaringizga buzilishlar, chirishlar va o‘lim bo‘lmagan joyda abadiyat­ ni o‘tkazishni taklif qilayotgani haqidagi o‘ydan yuragingizni to‘ldirgan minnatdorchilik haqida so‘zlab bering. U cheksiz qudrat egasi Muqaddas Kitob Xudoni har narsaga qodir deb atab, hamma narsani tutib turgan Xudo haqida hikoya qiladi. Nimadir qilishni istaganida, bu nima bo‘lishidan qat’i-nazar, U buni amalga oshirishga qodir. Shoh Dovud shunday degan: «Rabbimiz buyukdir, qudrati azimdir, Uning donoligi cheksizdir» (Zab. 146:5). Har narsaga qodir Xudo va koinot Hukmroni kelajakni ko‘rish va yaratish qudratiga ega: …Men Xudoman, mendan boshqa Xudo yo‘q va menga o‘xshash Xudo yo‘q. Men nima bo‘lishini boshdan oxirigacha xabar qilaman va hali kelmagan uzoq davrlardan turib gapiraman: mening maslahatim amalga oshadi va O‘zim lozim topgan narsani amalga oshiraman. (Ish. 46:9–10) Biz quvvat (energiya) manbalari cheklangan dunyoda yashayapmiz. Oxir-oqibatda, biz ko‘mir, neft, gaz va qazib olinadigan hamma yonilg‘i turlarini tugatamiz. Buning ustiga inson hokimiyati va kuchi ham o‘z chegaralariga ega. Biz mangu quvvat (energiya) g‘oyasini yoki cheksiz hokimiyat va kuchni tushuni­ shimiz oson emas. Lekin aynan shu Xudoni farqlab turadi: mutlaq hokimiyat, quvvat va kuchga egalik. Uning uchun iloji yo‘q narsaning o‘zi yo‘q. Bizga — shunchalar jismoniy cheklanganlikka ega mavjudotlarga bunday qudrat manbai hayotiy muhimdir. Mana, bolalarni o‘ylantirish mumkin bo‘lgan bir necha savollar: «Kuchdan qolib yiqilishidan oldin odam necha mil yugurishi mumkin?», «Odam suvsiz uzoq yashay oladimi?», «Odam ovqatsiz uzoq yashay oladimi?», «Odam uyqusiz uzoq yashay oladimi?» Keyin ularga Xudo haqida ham xuddi shunday savollar bering. «Xudo charchaydimi?», «U yegulikka, suvga va uyquga muhtojmi?», «Uni kim yenga oladi?», «U istagan hamma ishini qila oladimi?» Bolalardan birortasi eslab o‘tilgan parchani o‘qib bersin: «Rabbimiz buyukdir, qudrati azimdir, Uning donoligi cheksizdir» (Zab. 146:5). Payg‘ambar Yeremiyo nima deganini o‘qib bering: «Yo, Egam Rabbiy! Sen O‘z qudrating va ajoyibotlaring bilan yeru osmonni yaratding. Sening qo‘lingdan kelmaydigan narsa yo‘q» (Yerem. 32:17). Bizning Xudomiz va Do‘stimiz ana shunday — uning uchun iloji bo‘lmagan ishning o‘zi yo‘q! Bolalardan: «Buyuk qudrat egasi bo‘lgan Xudo bizga yordam berishni istaydimi?» — deb so‘rang. Bolalardan biri Zabur 144-sanodan parcha o‘qib bersin: Sening saltanating abadiy shohlikdir, Hukmronliging nasllar osha davom etar. Yiqilayotganlarga Egamiz tayanch bo‘ladi, Ikki bukilganlarning qaddini rostlaydi. Ey Egam, hammaning ko‘zi umid bilan Senga tikilar, O‘z paytida ularning rizqini berasan. Sen qo‘lingni ochib, Jamiki jonzotning istagini qondirasan.(13–16 oyatlar) Bolalarga cheksiz qudrat egasi bo‘lgan Xudo qarshisidagi ehtiromingiz haqida aytib bering. Siz Uning cheksiz imkoniyatlaridan shunchaki hayratlanmasligingiz, balki juda muhtoj bo‘lganingizda, U siz bilan O‘z kuchini bo‘lishmoqchi ekanidan zavqlanishingizni ular bilib qo‘yishsin. Xudo sizni sabrliroq, yaxshiroq, muloyim, yaxshi ko‘ruvchi — xullas, U sizni qanday ko‘rishni istasa, shunday qilishiga imkon berishni istashingizni bolalarga bildiring. Ular Xudodan Uning cheksiz qudrat Egasi ekanligi uchun minnatdor ekaningizni bilib qo‘yishsin. U har yerda hozir Xudo uchun chegaralar va cheklovlar yo‘q, shuning uchun u ham­ ma yerda mavjud, ya’ni hamma yerda hozir, deymiz. Takror­ layman: biz jismoniy o‘lchamlar bilan cheklangan mavjudotlar, bir vaqtning o‘zida koinotning hamma nuqtasida mavjud Bo‘lganni tasavvur qilishga qodir emasmiz. «Men hamma yoqdaman — yaqinda ham, uzoqda ham o‘sha Xudoman. Kim Mendan yashirina oladi?! Yeru ko‘kni to‘ldirib turgan Men emasmi?! — deb aytmoqda Egamiz» (Yerem. 23:23–24). Avvaliga, Xudoning hamma joyda hozirligi bir oz qo‘rqitadi, axir biz harakat qilayotgan paytimizda qilayotgan har bir ishimizni ko‘rib turibdi. Bu Undan na yaxshi, na yomon qilmishlarimiz yashirin qolmaydi, deganidir. Biroq bu vaziyat o‘z ustunliklariga ham ega: biz hech qachon yolg‘iz qolmaymiz. Qayerda bo‘lishimizdan qat’iy nazar, biz bilan sodir bo‘layotgan voqealardan va biz qilayotgan qilmishlardan qat’iy nazar, Xudo har doim yonimizda. Bu titroqqa solmasligi mumkin emas. Mana bu —siz bolalarga aytib berishingiz mumkin bo‘lgan kichik bir hikoya va so‘rashingiz mumkin bo‘lgan bir necha savollar. Tasavvur qiling, siz o‘zingiz juda yaxshi ko‘rgan joylardan birida ta’tilni o‘tkazyapsiz. Uyda qolgan eng yaqin do‘stingiz unga yordam berish uchun iloji boricha tezroq kelishingizni iltimos qilib SMS xabar jo‘natdi. Demak siz tez uyga qaytishingiz kerak. Lekin siz o‘z ta’tilingizni to‘xtatishni juda ham xohlamayapsiz… bu yerda dam olish juda ajoyib… Shunda qanday yo‘l tutasiz? Biroz muhokama qilgandan so‘ng bolalarga savol bering: «Tasavvur qilaylik sizlar mo‘jizakor kuchga egasizlar. Ta’tilni to‘xtatmay turib va ayni paytda do‘stingizga yordamga kelish uchun sizlar bu kuchdan qanday foydalanasizlar?» Bu masalaning faqat bitta yechimi bor: bir vaqtning o‘zida bir nechta joyda bo‘lishga faqat Xudo qodir. Bolalardan biridan Yer. 23:23–24 parchasini o‘qib berishini iltimos qiling, keyin esa so‘rang: «Xudoning hamma yerda mavjudligi bizga qanday yor­ dam berishi mumkin?» Bolalarga har bir odam Xudoning yor­ damiga juda muhtoj bo‘lib qolganida, unga umid qilishi mum­ kinligini tushuntiring. Xudo vaqt bilan ham, makon bilan ham cheklanmagan. Shuning uchun Iso Masih: «Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo‘laman», (Mat. 28:20) — deb va’da bera olgan. Xudo hamma joyda hozir-u nozir, bu esa biz hech qachon yolg‘iz bo‘lmaymiz, deganidir. Bu titroqqa solmasligi mumkin emas! U hamma narsadan xabardor Xudoning anglashi cheksizdir. Unga o‘tmish, hozirgi zamon va kelajak ma’lum, shuning uchun biz Uni har narsadan xabar­ dor deb ataymiz. Avval eslatib o‘tilgan parchada quyidagilarni o‘qiy­ miz: …Men Xudoman, boshqasi yo‘q! Men Xudoman, Menga o‘xshagani yo‘q! Oxirida nima bo‘lishini boshidayoq aytaman. Sodir bo‘lmaganlarni oldindan bildiraman. «Niyatlarim bajo bo‘ladi, Barcha istaklarimni ijro etaman», deb aytmoqdaman. (Ish. 46:9–10) Insoniyat tarixida to‘plangan hamma bilimlarni yig‘sak-da, o‘shanda ham biz Xudoning cheksiz bilimlari hajmiga ozroq yaqin­ lashamiz, xolos. Lekin Uning hamma narsadan xabardorligi biz­ ga qanday yordam berishi mumkin? Aytaylik, ayni paytda hamma ishlarimiz joyida. Lekin bu ertaga ham hamma ishlarimiz joyida bo‘ladi, degan gap emas. Mavhum­ lik bizni xavotirlanishga majbur qiladi. Garchi kelajakda bizni nima kutayotganini bilmasak ham, biz bu Kimga bog‘liq bo‘lsa, O‘shani tanib olishimiz mumkin. Biz va oilalarimiz Xudoga ishonishimiz mumkin, U kelajakda bizni nimalar kutayotganini biladi va shunday deydi: «Mening maslahatim amalga oshadi». Hamma narsadan xabardor Xudo — bizning xavfsizligimiz kafolatidir. Bolalardan so‘rang: «Imlo xatolarini qilganmisiz?», «Biror mar­ ta bo‘lsa-da adashib qolganmisiz?», «Insoniyat to‘plagan bi­ lim­ lardan sizga ko‘pi ma’lummi?» Bolalardan biridan Ish. 46:9–10 va Zab. 138:2 oyatini o‘qishni iltimos qiling. Ular aslida Xudoga qancha axborot ma’lumligi haqida o‘ylab ko‘rishsin. U o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakni biladimi? Xudoning hamma narsani bilishi haqidagi bilim bizning hozirgi kunimiz va kelajagimizni Uning qo‘liga topshirishimizga qanday yordam beradi? Biz hamma narsani biladigan Xudoga to‘la ishonishimiz va biz­ ning kelajagimiz ma’lum bo‘lgan hamda osmonlarda bizni U tayyorlab qo‘ygan makon kutayotganini va’da qilgan Zotga tayanishimiz mumkin. U o‘zgarmas Xudoning mohiyatining o‘zi ishonchga moyil etadi. Xudo o‘z­ gar­ maydi, shuning uchun biz uni o‘zgarmas deb ataymiz. Bu — U hech qachon shubhalanmaydi va aldamaydi, deganidir. U har doim va’dasini bajaradi. «Xudo inson emaski, U yolg‘on gapirsa, U odam emaski, fikrini o‘zgartirsa. U doim va’dasi ustidan chiqar! O‘z aytganlarin albatta bajarar!» (Sah. 23:19). Xudoning o‘zgarmasligi — Xudoning doimiyligi cheksiz, mustahkam va kafolat­ langan. Xudoga to‘liq ishonish mumkin, chunki U abadiy O‘sha-­ O‘shaligicha qoladi. Yaqinda men Janubiy Afrikada bo‘ldim, u yerda musulmon — masihiy qo‘shma diniy konferensiyasida qatnashdim. Ma’ruzalardan biridan so‘ng, men tinglovchilarning e’tiborini Xudo xarakterining izchilligi va o‘zgarmasligiga qaratdim. Men Xudoning harakatlari hech qachon Uning haqligiga zid kelmasligi va uning ishlari har doim Uning muqaddasligini tasdiqlashini aytdim. Mening nutqimdan so‘ng yonimga yosh musulmon yigit keldi. — Sizning Xudo haqidagi tasavvuringiz, — dedi u, — mening Olloh haqidagi tasavvurimdan farq qiladi. Bizning Ollohimiz har narsaga qodir. Ollohning hokimiyati u istagan ishini qilishiga unga imkon beradi. — Olloh aldashi va yolg‘on so‘zlashi mumkinmi? — so‘radim men. — Albatta mumkin, — javob berdi yosh musulmon. — Olloh har narsaga qodir. Sizning Xudoyingizdan farqli ravishda, u hech nar­ sada cheklanmagan. Agar U yaxshi ko‘rishni istasa, yaxshi ko‘radi. Agar U yomon ko‘rishni istasa, yomon ko‘radi. Olloh har nar­ saga qodir. — Olloh sizni jazolay oladimi, — so‘radim men, — hatto fa­ qat yaxshi ishlar qilsangiz ham? — Agar ishlarim Ollohga yoqmasa, U meni jazolaydi. — Demak, siz u yoki bu holatda Olloh qanday munosabatda bo‘lishini bilmaysiz, shundaymi? Yosh musulmon bir lahza o‘ylanib qoldi. — Yo‘q, — nihoyat e’tiroz bildirdi u. — U qanday yo‘l tuti­ shi­ ni men har doim ham bilavermayman… — U bir oz tutilib qoldi, lekin shu zahoti qo‘shib qo‘ydi: — Lekin men Olloh hamma ish­ ga qodir ekanligini bilaman. Men bosh irg‘ab, dedim: — Ko‘ryapsizmi, agar men Ollohga xizmat qilganimda edi, Unga qo‘rquvdan xizmat qilgan bo‘lar edim. Agar Olloh o‘z tantiqligi bilan adolatli yoki adolatsiz ish tutish erkinligiga ega bo‘lsa, faqat o‘zining xudbin istaklaridan kelib chiqib, meni jazo­ lash­ ­ ga haqli. Bu unga xizmat qilish uchun eng yaxshi rag‘bat emas, axir men ishlarimdan qaysi biri uning g‘azabini keltirishini bilmayman-ku, shunday emasmi? — Yosh musulmon yigit meni diq­ qat bilan eshitar edi, shuning uchun men davom etdim: — Gap shun­ daki, men Xudoga muhabbatim bois xizmat qilaman. Uning mu­ qaddasligi, mukammalligi va hamma narsaga qodirligi meni zavq­ lantiradi va menda ehtiromli titroq uyg‘otadi. Lekin Uning rahmdilligini va O‘zining yaxshi ko‘ruvchi tabiatiga o‘zgarmas sadoqatini bila turib, muhabbat tufayli Unga xizmat qilaman. Men har doim nima Uning g‘azabini keltirishini, nima esa quvontirishini bilaman, chunki u O‘zgarmasdir. Bu suhbatni tugatgach, men o‘zim xizmat qilayotgan Xudoning oldida yanada ko‘proq ehtiromli titroqni his qildim. Biz har doim Uning bizga bo‘lgan muhabbatidan umid qilishimiz mumkin, chunki bu Uning o‘zgarmas muhabbatli tabiatiga xos­ dir. Bolalarimiz har doim kutadigan va muhtoj bo‘ladigan narsa bu — xavfsizlikdir. To‘liq suyanishing mumkin bo‘lgan Zotga ishonchdan boshqa nima ham ulkan xavfsizlik hissini bera olardi? Bo­ lalarga butun dunyoda ular har doim suyanishi mumkin bo‘lgan va ularga nisbatan har doim adolatli bo‘ladigan Zotdan boshqa hech kim bunchalik sodiq va ishonchli emasligini aytib bering. «…Masih sodiq bo‘lib qolaveradi. Axir, U O‘z tabiatiga qarshi chi­ qa olmaydi.» (2 Tim. 2:13). Bolalarga quyidagi savollarni bering: «Nima uchun har kuni quyosh chiqishiga umid qilib bo‘lmaydi?», «Nima uchun biz hech qachon kasal bo‘lmasligimizga umid qilib bo‘lmaydi?», «Nima uchun do‘stlarimiz bizga hech qachon pand bermasligiga umid qilib bo‘lmaydi?», «Hayotimizda har doim suyanish mumkin bo‘lgan kimdir yoki har doim ishonsa bo‘ladigan nimadir bormi?» Bolalardan biri Sonlar 23:19ni o‘qib bersin. Keyin bolalardan so‘rang: «Nima uchun hamma narsada Xudoga suyanish va har doim Uning bizga bo‘lgan odil bo‘lishiga umid qilish mumkin?», «Xudo adolatsiz bo‘lishga qodir emasligini bilaturib, siz nimani his qilasiz?» Xudoning muhabbatli tabiati mutlaq o‘zgarmasligi sizda qanday titroq uyg‘otishini bolalarga so‘zlab bering. Bu Uni ajablanarli qiluvchi xususiyatlardan faqat biri ekanligini ularga aytib bering! XUDONING MUQADDASLIGI QARSHISIDA EHTIROM BILAN YASHASH Hech birimizga Xudoning cheksizligini anglashga yaqinla­ ­ ­ shish­ ga imkon berilmagan, lekin biz U abadiy, hamma narsa­ ga qo­ ­ dir, har joyda mavjud, hamma narsadan xabardor va o‘zgar­ mas ekanini bilamiz. Xudodan farqli ravishda, inson cheklangan, le­ kin bunga qaramasdan, Uning qiyofasida va Unga o‘xshash qi­ lib yaratilganmiz. Xudoning cheksizligidan dalolat beruvchi barcha sifatlar ichida, Uning o‘zgarmasligi bizga bevosita aloqa­ dordir. Biz Xudoga suyanishimiz mumkin, chunki O‘z tabiatiga ko‘ra U muqaddas, haq va mukammaldir. Muqaddas Kitobda aytili­ shicha: «U qoya. Uning ishlari komil, hamma yo‘llari adolatli­ dir. Xudo sadoqatlidir, Unda yolg‘on yo‘q, U haq va odildir» (Qonun. 32:4). Muqaddas Kitob Xudoning muqaddasligini (qarang: Ish. 54:5; Vahiy. 4:8), odilligini (qarang: Vahiy. 16:5) va haqqoniyligini (qarang: Zab. 118:137) ochib beradi, lekin sanab o‘tilgan sifatlardan birortasi ham Uning qarorlarini belgilab beruvchi sifat emas. Boshqacha qilib aytganda, Rabbiy qandaydir muqaddas, adolatli va haqqoniy ish qilishga shunchaki qaror qilmagan, muqaddas, adolatli va haqqoniylik birgalikda Uning mohiyatini tashkil qiladi va muqaddaslik, adolatlilik va haqqoniylik Uning tabiatidan boshlanadi. Muqaddas Kitobda aytilishicha: «Har bir ezgu ehson, har bir mukammal hadya yuqoridan, nurlar Otasidan tushadi. Unda o‘zgarish yo‘q, o‘zgaruvchan soya ham yo‘qdir» (Yoqub. 1:17). Bu haqiqat shunchalik muhimki, biz otalar buni bolalari­ mizga singdirishimiz kerak. Har bir bola muqaddas Xudo — benuqson ezgulik ekanini bilishi shart. Yer yuzidagi asl, haqqo­ niy, muhim, mukammal, go‘zal, mangu qoniqishga to‘la, qu­ vonch va baxt bo‘lmish har bir narsa U tufayli mavjud va Uning o‘zidan keladi. Xudo tabiatining o‘zi va Uning mohiyati ezgu­ likdir. «Egamiz yax­ shi, adolatlidir! U gunohkorlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi» (Zab. 24:8). U «Muqaddas va haq Zotdir» (Vahiy. 3:7). «Muqaddas­ dir, muqaddasdir, muqaddasdir Sarvari Olam!…» (Ish. 6:3). «Egamiz hamma yo‘llarida adolat qilar, hamma ishlarida sevgisini ko‘r­ sa­ tar» (Zab. 144:17). «…Egamiz odildir! U mening suyangan qoyam­ dir, Unda nohaqlik yo‘qdir» (Zab. 91:16). Bolalardan ular uchun bu hayotda nima eng ajoyib ekanligini so‘rang. Ulardan shuni aytib berishlarini so‘rang yoki ularga quyidagi topshiriqlarni taklif qiling: «O‘zingizning eng yaxshi ta’tilingizni tasvirlab bering», «Hayotingizdagi eng quvonchli voqea haqida so‘zlab bering», «Yaxshi ko‘rgan taomingizni ayting», «Siz ko‘rgan eng chiroyli va esda qoladigan narsa nima ekanini eslang», «Yuragingizni ulkan xotirjamlikka to‘ldirgan voqea haqida so‘zlab bering». Bolalarga quyidagi savollarni bering: «Sizda nima eng ko‘p g‘urur uyg‘otadi?», «Sport musobaqasida g‘olib chiqish yoki biror o‘ziga xos ish qilish qanday tuyg‘u uyg‘otadi?» Ularga javob berar ekanlar, bolalar shodlik, rohatlanish, xotirjamlik, go‘zallikdan, samimiylikdan va yaxshilikdan hayratlanish onlarini yana bir bor boshdan o‘tkazishadi. Keyin esa bolalardan ularning hayotida bu barcha ajoyib kechinmalar va hissiyotlar qayerdan paydo bo‘lgani haqida o‘ylab ko‘rishlarini so‘rang. Bolalardan kimdir Yoqub. 1:17 oyatini o‘qib bersin. U yerda barcha yaxshilik va mukammalik Xudodan kelishi haqida so‘z yuritilgan. Xudo yuborayotgan himmatlar va u qilayotgan in’omlar — Uning muqaddasligi va benuqson ezguligi natijasi ekanini bolalarga tushuntiring. Buyuk Xudoning tabiatining o‘zi — mukammal muqaddaslik va ezgulikdir! O‘zining muqaddasligi tufayli Xudo hech qachon ulardan biror noto‘g‘ri yoki yomon ish qilishni so‘ramasligini, O‘ziga xos ezgulikdan kelib chiqib, Xudo ularning muvaffaqiyatga erishishi haqida g‘amxo‘rlik qilishi va ularni zarar yetkazadigan hamma narsadan muhofaza qilishga urinishini, aynan O‘zining ilohiy shafqatiga ko‘ra, U bolalarga saxiylik bilan barakalar hadya etishini, chunki bolalarning xavfsizligi, baxti va manfaati Uning uchun dunyodagi hamma narsadan afzal ekanligini bolalarga takror va takror ayting. O‘z tabiatiga ko‘ra Xudo mutlaqo ezgu ekanini bolalar bilib olishi lozim. Siz Uning ezguligi va muqaddasligi haqidagi fikrdan titroqqa tushmasligingiz mumkin emasligini bolalarga ayting. U hayratlanarli Xudodir! Xudo buyuk! Hamma tomondan U benuqson ezgulikdir. U — bizning ehtiromimizga munosib Xudo, nafaqat shungagina munosib Xudo. Xudoning muqaddasligi — Uning samoviy ezguligi manbai, lekin Xudoning aynan insoniyatga qaratilgan qalbi Uni cheksiz sevuvchi Samoviy Otaga aylantiradi. XUDONING SEVGISI QARSHISIDA EHTIROMDA YASHASH Hamma narsaga qodir Xudo «…bo‘lsin» deganida, bu olam o‘zining qiyofasiga ega bo‘ldi (qarang: Ibt. 1:3). Xudoning O‘zi benuqson ezgulik ekanligi tufayli, U yaratgan hamma narsa ham go‘zaldir. Yaratishning har bir kuni haqida: «Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi», — deyilgan (10-oyat). Lekin Xudoning bir O‘zi ijod qilmadi va bizning dunyomiz yolg‘iz zotning tantiqligi bo‘yicha paydo bo‘lmagan. Yaratishda Xudoning har uchala Shaxsi ishtirok etdi, zero Xudo uch Birlikdir. «…Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi» (2-oyat). Yer yuziga Iso Masih qiyofasida kelgan Xudoning O‘g‘li ham yaratish jarayonida ishtirok etdi: Ko‘rinmas Xudoning surati Masihdir, U butun borliqning to‘ng‘ichidir. Xudo butun borliqni Masih orqali yaratgan. Yeru ko‘kdagi bor mavjudot, Ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan har bir narsa, G‘ayritabiiy kuchlar, taxtu saltanatlar, Bularning hammasi Masih orqali, Uning O‘zi uchun yaratilgandir. (Kol. 1:15—16) Xudoning uch Birligi Uning sevuvchi borlig‘ini isbotlaydi. Yer yuzida odamlar paydo bo‘lishidan oldin, koinot va vaqt, biz ularni qabul qilishga o‘rgangan holatga kelishidan oldin, Xudo abadiylikda uchta yaxshi ko‘ruvchi Borliqlar birligi tarzida mavjud edi. Odamni yaratar ekan, Xudo kim bilandir yaqin munosabatlarga muhtoj emas edi — U azaldan ruhiy qarindoshlikni namoyon etgan. Biz uni o‘z Samoviy Otamiz sifatida yaxshi ko‘rishimiz uchun Xudo bizlarni, o‘z farzandlari sifatida yaratdi. Men Xudoni na hukmronlik bilan qoidalar o‘rnatayotgan Ota, na yo‘l qo‘yib beruvchi va ishtiroksiz Ota deb atash mumkin emasligini aytib o‘tgan edim. To‘g‘rirog‘i, Xudo biz hayotning ezguliklaridan va U bilan yaqin munosabatlardan huzurlanishimizga harakat qilayotgan sevuvchi Otaning yaqqol misolidir. Xudoning muhabbat to‘la qalbini shoh Dovud quyidagi so‘zlar bilan tasvirlagan: Egamiz inoyatli, rahmdildir, Jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi mo‘ldir. (Zab. 144:8) …Sening haqiqating nasllar osha davom etadi… Ey Egam, saxiylik­ laring ko‘pdir… (Zab. 118:90, 156) Mazlumlarga adolat qiladi, Ochlarga U non beradi. Asirlarni ozod qiluvchi Egamizdir. Egamiz ko‘rning ko‘zlarini ochadi, Ikki bukilganlarning qaddini rostlaydi, Egamiz solihlarni sevadi. Egamiz musofirlarni asraydi, Yetim va bevalarni qo‘llaydi, Fosiqning yo‘llariga xalaqit beradi. (Zab. 145:7—9) Ezilgan ko‘ngillarga U shifo beradi, Ularning yaralariga malham qo‘yadi. (Zab. 146:3) Xudo hamdard, rahmli, o‘zgarmas, sadoqatli, adolatli va yaxshi ko‘ruvchidir. Uning toza qalbi U yaxshi ko‘radigan va farovonligi haqida qayg‘uradiganlarni himoya qiladi. Uning muhabbati saxiy va ishonuvchan, beg‘araz va o‘zini qurbon qiladigan, o‘zgarmas va ishonchli, sodiq va mangudir. Agar siz bolalaringizni Xudoning muhabbati bilan yaxshi ko‘radigan bo‘lsangiz, unda siz ularning xavfsizligi, baxti va faro­ von­ ligi uchun, xuddi o‘z xavfsizligingiz, baxtingiz va farovonligingiz uchun qayg‘urgandek, qayg‘urasiz. Aynan shunday otalik muhabbati bolalarga Xudoning qalbini ochadi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Xudoning muhabbati bilan yaxshi ko‘rish qobiliyatiga erishar ekanmiz, biz «…hammamiz ochiq yuz bilan Egamizning ulug‘vorligini ko‘rib turibmiz. Biz o‘zgarib borar ekanmiz, yanada ulug‘vor bo‘lib, Egamizga o‘xshagan bo‘lamiz» (2 Kor. 3:18). Bu qiyofani tasavvur qila oldingizmi? Siz o‘z bolalariga qoidalar o‘rnatayotib va ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatayotib, faqat sevgidan kelib chiqib ish ko‘radigan yaxshi ko‘ruvchi ota bo‘lishingiz lozim. Nima uchun? Chunki bu barcha qoidalar va yo‘l-yo‘riqlar bolalarimizning himoyasi va manfaatini ta’minlashga qaratilgan. Bunday munosabat Xudoning qalbini aks ettiradi. U bizga aynan shunday munosabatdadir. Bolalarga g‘amxo‘rlik qilar ekansiz, «Ularni Rabbimizning ta’lim-tarbiyasi bilan o‘stiring» (Ef. 6:4), chunki shunday bo‘lsa, siz Xudoga o‘xshab ish tutasiz va bolalar uchun ular Samoviy Otasining mehrga to‘la qalbini ko‘rishi mumkin bo‘lgan ko‘zguga aylanasiz. Faqat shunday qilibgina, «bizlar bilan muloqotni juda kuchli istaydigan Xudo»ni bolalarga tanishtirish mumkin (Chiq. 34:14, NLT). Har bir bolangizga quyidagilarni tez-tez takrorlab turing: «…Xudodan qo‘rqing, Uning yo‘lidan yuring, Egangiz Xudoni seving, butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan Unga xizmat qiling. Men bugun sizlarga berayotgan Egamizning amru farmonlariga rioya qiling, shunda baxtiyor bo‘lasiz». (Qonun. 10:12–13; kursiv meniki. — J. M.) Bolalaringiz Xudo yaratgan hamma narsa Uning muqaddas ezguligidan kelib chiqqani va Uning yaxshi ko‘ruvchi qalbi tufayli namoyon bo‘lganini bilib olsin. Bolalaringizga qayta-qayta takrorlang: Xudo bizga bo‘lgan muhabbati va bizning manfaatimiz uchun xuddi O‘zi qilganidek ish tutadi! BOLALARGA XUDONING SEVGISINI KO‘RSATISHGA IMKON BERADIGAN NOYOB USLUB Xudoning cheksizligini tushunish yoki tushuntirib berishning iloji yo‘q. Biz uning muqaddas ezguligi tabiatini anglaydigan holatda emasmiz. Lekin baribir Xudo biz u bilan muhabbat rishtalari orqali birlashishimiz uchun, bizlarni sevuvchi mavjudotlar qilib yaratdi. Biz qachonlardir Xudo qalbining butun bepoyonligini ang­ lab yetishimiz ehtimoldan yiroqligiga qaramay, baribir bizni Unga o‘zini tiyib bo‘lmas darajada tortaveradi va biz U bilan asl yaqin munosabatlarga qodirmiz. Biz Xudoni, o‘zimizning yaqinla­ ri­ mizni xuddi o‘zimizni yaxshi ko‘rgandek yaxshi ko‘rish uchun yaratilgan edik. Fojia shundan iboratki, birinchi er-xotin juftligi Xudoning mu­ qaddas ezguligiga va Xudoning muhabbat to‘la qalbiga shubha qilishni ma’qul ko‘rdi. Vasvasaga duch kelgach, Momo Havo Adam bog‘ining o‘rtasida o‘sayotgan daraxtning mevasini tatib ko‘rishni taqiqlar ekan, Xudo mutlaqo uning manfaatlarini ko‘zlagani va uning farovonligini istaganiga ishonmadi. Uning manfaati haqida g‘amxo‘rlik qilgan Zot bilan munosabatni uzib, Odam Ato va Momo Havo Xudoni haqorat qildi. Inson o‘z Yaratuvchisiga qarshi isyon qildi, u gunoh qildi va Xudo «…yurakdan afsuslandi» (Ibt. 6:6). O‘z tabiatiga ko‘ra Xudo muqaddas ekanini unutmaylik. Har qanday gunohning namoyon bo‘lishi Unga uzviy ravishda begonadir. Muqaddas Kitobda aytilishicha: «Sening ko‘zlaring shu qadar pokizaki, Sen yovuzlikka qarab turolmaysan. Haqsizlikka chiday olmaysan…» (Xab. 1:13). Boshqa tarjimada, bu fikr sal o‘zgacharoq ifodalangan: Xudo shunchalik muqaddaski, «eng kichik gunohlarga ham yo‘l qo‘ya olmaydi» (o‘sha joyda, NLT). Aks holda, Xudo o‘zining tabiatiga qarshi borishga majbur bo‘lar edi. U qilishi mumkin bo‘lgan yagona ish — O‘zini gunohkor insoniyatdan ajratish edi, bu Uning yaratganlariga ruhiy va jismoniy o‘limni keltirib chiqardi. Ammo odamni butunlay unutish o‘rniga, undan va uning gunohidan ajralgan Xudo, odamzodni o‘zga jalb qilish uchun gunohdan qulagan ijodiga O‘z muhabbatini quydi. «Ammo mehr-shafqatga boy Xudo O‘zining bizga bo‘lgan buyuk muhabbatini quyidagicha ko‘rsatdi: garchi biz gunohlarimiz tufayli ruhan o‘lik bo‘lsak ham, Xudo bizni Masih bilan birga tiriltirdi. Biz Xudoning inoyati tufayli qutqarilganmiz» (Ef. 2:4–5). Shubhasiz, Uning O‘g‘li, Iso Masihning xochdagi azobli o‘limi bu kechirimning bahosi bo‘ldi. Xudoning muqaddas, begunoh O‘g‘li Samoviy Otasi siz va men bilan buzilgan munosabatlarni tiklashi uchun azob tortish va o‘lishga tayyor edi. Xudoning benuqson ezguligi Xudo va bizning muloqotimizga to‘sqinlik qilar edi, lekin Uning muhabbatli qalbi bizni ota bag‘riga olish istagida yonar edi. Bu haqiqat qalblarimizni yoritganida, biz Xudoning shafqati, muhabbati va inoyati oldida ehtirom bilan tiz cho‘kmasligimizning iloji yo‘q. Bu ajoyib haqiqatni qanday qilib bolalarimizga yetkazsak bo‘la­ di? Agar ular hech bo‘lmaganda ko‘z qiri bilan Xudoning na­ qadar go‘zalligini ko‘rganlarida edi, Uning muhabbatli qalbiga aba­ diy bo‘ysungan bo‘lar edilar. Ko‘p yillar davomida men otalar va onalarga bolalarini Iso Masihga olib kelishda yordam berishga harakat qilyapman. Men o‘z hayotimni asosan yoshlarga xushxabar yetkazishga bag‘ishladim. O‘z bolalarimni Iso Masih bilan muloqotga chorlashni hayotim­ ning bosh vazifasi qilib olganman. Lekin qanday qilib bolaning Xudo bilan bu mo‘jizaviy va odamni o‘zgartirib yuboradigan uchrashuvini amaliyotda qo‘llasa bo‘ladi? Ko‘pincha, bolalar jamoatdagi xizmat yig‘inlarida, masihiy yosh­ lari guruhining yig‘ilishida, masihiy yoshlari oromgohlarida Xudoga imon keltirishlari mumkin. Boshqa holatda, ota-onalar bolalari bilan birga ibodat qilayotganlarida Iso Masihni qabul qilishadi. Bir necha yil oldin men ota-onalarga bevosita oila dav­ rasida bolalariga Xudoning muhabbatini ko‘rsatishga imkon be­ ruvchi bir uslub ishlab chiqdim. Bu uslub ham alohida oilada, ham masihiylarning yig‘ilishlarida so‘zlab berish mumkin bo‘lgan hikoyadan iborat. Ko‘pincha, uch yoki to‘rt oila men: «Qayta sotib olinish tantanasi», deb atagan voqea uchun birga to‘planishadi. Bu bayram Tavrotda ko‘rsatilgan Fisih dasturxonidan olingan, Iso Masihga nisbatan o‘tkaziladi, uning ramzi qurbonlik qo‘zisi hi­ sob­ lanadi. O‘z saytimda men «Qayta sotib olish tantanasi» marosimini, uni mustaqil ravishda nishonlashga imkon beruvchi yo‘riqnomalar bilan birga batafsil tasvirlaganman [18]. Bolani Iso Masihni o‘zining Xudosi va Najotkori sifatida tan olish­ ga keltirish — ehtimol, ota hayotidagi eng hayajlonli va unu­ tilmas tajribadir. Lekin yodda tuting, Xudoga ishonish yoki ishon­ masliknining yakuniy qarori bolaga tegishlidir. Siz faqat bolani Iso Masihga olib kelish va unga Xudo kimligini va U kimga o‘xshashligini tushuntirish uchun hamma ishni qilishga javobgarsiz, xolos. Izohlar [12] Howard Culbertson, «When Americans Become Christian», research publication of Southern Nazarene University, August 26, 2009, http://home.snu.edu/~hculbert/ages.htm. [13] Dizayner — sanoat estetikasi bo‘yicha rassom. [14] Landshaft — manzara. [15] Komponent — tarkibiy qism. [16] Intellekt — aql, idrok. [17] Muqaddas Kitobning ibroniy tilidagi asl nusxasida «qo‘rquv» so‘zi «ehtirom» ma’nosida qo‘llanadi. [18] Taqdimotni bepul yuklab olish uchun www.josh.org shaxsiy veb-saytimga tashrif buyuring va havolalardan foydalanib «Qayta sotib olinish tantanasi»ni mustaqil nishonlash uchun lozim bo‘lgan barcha ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqing. — Muallif izohi. 7. Beshinchi majburiyat: BOLAGA XUDBIN BO‘LMASLIKNI O‘RGATISHGA HARAKAT QILISH — Dada, Meganga ayting, menga geymboyimni [19] qaytarib bersin. — Megan, Ariga Geymboyni qaytar. — Dada, u geymboy bilan kun bo‘yi o‘ynadi. Endi mening navbatim. — Ari, endi Meganning navbati. — Dada, bu adolatsizlik. Axir geymboy meniki! — Megan, bu uning geymboyi. — Ma, ol o‘sha shalog‘i chiqqan geymboyingni! — Megan Ketlin, bizning oilada bunaqa so‘zlar aytilmaydi! Tanish dialog, shunday emasmi? Bolalar tug‘ma saxiylik va beg‘arazlikka ega emas. Biror narsani bo‘lishish zarurati ularning zavqini keltirmasligiga hayron qolmasa ham bo‘ladi. Akasi yoki opasiga nisbatan nafratga to‘lib, ular geymboy, ayfon yoki bukrider bilan tushirib qolishlari mumkin. Shu holatda, bolalarga o‘ziga nisbatan muhabbatni singdirish gulxanni benzin bilan o‘chirishga urinishga o‘xshab ko‘rinishi mumkin. Lekin gap shundaki, beg‘arazlik va o‘zini qurbon qilish asosida aynan o‘zini sog‘lom yaxshi ko‘rish yotadi. O‘ZIGA NISBATAN SOG‘LOM SEVGI XUDBINONA EMAS Bu hech narsaning uddasidan chiqib bo‘lmayotgan va ish o‘ngidan kelmayotgan kun edi. Siz charchoqdan oyog‘ingizni zo‘r­ g‘a sudrab va xuddi bo‘ridek och ahvolda ishdan qaytasiz. Osto­ nadan hatlashingiz bilan o‘zingiz yaxshi ko‘rgan taomning hi­ di­ ni sezasiz. Xotiningiz ishdan ertaroq qaytgan va qirollarga xos dabdabali bazm uyushtirib, ko‘nglingizni ovlamoqchiga o‘x­ shaydi. Siz ajoyib taomning har bir bo‘lagini maza qilib yeysiz, likopchangiz deyarli bo‘shab qolganda esa, xotiningizdan yana ovqat berishni so‘raysiz. Savol: ochlikni qondirish xudbinlikni namoyon bo‘lishimi? Kechki ovqatdan so‘ng dushning iliq jildirab oqishi ostida miriqib cho‘milib va qulay pijamaga o‘ranib olgach, siz — o, rohat­ ning yuqori nuqtasi! — divanga yastanib olasiz. Savol: mehnat kunidan keyin dam olish xudbinlikning namoyon bo‘lishimi? Ertalab uyquga to‘yib uyg‘ongach, siz sog‘lomlashtirish uchun yugura boshlaysiz. Qarshidan kelayotgan mashina hay­ dov­ chisi yo‘ldan yugurib o‘tayotgan itni urib ketmaslik uchun rul­ ni ke­ sin burdi va mashina sizga yaqin masofada yonboshiga og‘ib ket­ di. Siz birdaniga yo‘l chetiga sakradingiz. Savol: avtomobil bo­ sib ketishidan qochishga urinish xudbinlikning namoyon bo‘li­ shimi? Siz muntazam ravishda to‘yib uxlaysiz, dam olasiz va yana boshqa usullar bilan o‘z tanangizni himoya qilasiz. Bularning hammasini xudbinlikni namoyon qilish deb atab bo‘ladimi? Yoki siz shunchaki o‘zingizni yaxshi ko‘rasiz va o‘z sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘urasizmi? Havoriy Pavlus biz, erlarga o‘z xotinimizni xuddi o‘z tanamizni sevgandek sevishni buyurgan. «Erlar ham o‘z xotinlarini o‘z tanalarini sevganday sevishlari kerak. O‘z xotinini sevgan erkak o‘zini sevgan bo‘ladi. Hech kim hech qachon o‘z tanasini yomon ko‘rmaydi. Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi. Masih ham O‘z jamoatini xuddi shunday oziqlantirib, parvarish qiladi» (Ef. 5:28–29). Bu oyatlarda, biz o‘zimizga g‘amxo‘rlik qila turib, o‘z ehtiyojlarimizni keraklicha qondirishimiz va xavflardan himoyalanishni ta’minlashimiz zarurligi haqida so‘z yuritiladi. O‘z xavfsizligi, eson-omonligi va farovonligi haqida qayg‘urish — bu o‘ziga nisbatan oqilona va sog‘lom munosabatda bo‘lishdir. O‘zimiz haqimizda qayg‘urar ekanmiz, biz xudbinlikni emas, balki oddiy o‘ziga hurmatni namoyon qilamiz va o‘zimizni Xudoning suratida va Unga o‘xshash qilib yaratilgan, ulkan qadriyatga ega hamda o‘z qadr-qimmatining ulkan hissiga ega shaxs sifatida tan olamiz. Havoriy Pavlus aslida biz o‘zimizni sevmasak, xotinimizni seva olmasligimiz haqida gapirgan. Iso Masih aytadiki, har birimiz butun vujudimiz bilan Xudoni yaxshi ko‘rishimiz, keyin esa «yaqin kishimizni… xuddi o‘zimizni sevgandek sevishimiz» zarur (Mat. 22:39). Bu yerda biz yana bir bor o‘ziga muhabbat yaqin kishisiga muhabbatning zarur sharti deb atalgan vaziyatga duch kelamiz. Albatta, Iso Masih ashaddiy xudbinlikning narsissizmdek (o‘ziga mahliyo bo‘lish) turini targ‘ib qilayotgani yo‘q. Aniqrog‘i, U bizning o‘zimizdan ajralmas qadriyatimiz va o‘zini hurmat qilish hissini tan olgan holda, inson haqida g‘amxo‘rlik qilishga, ya’ni Xudo tomonidan yaratilgan odamni himoya qilishga tabiiy va mantiqiy da’vat qilmoqda. Shuning uchun biz boshqalar bizni qanday sevishini istasak, biz ham boshqalarni shunday sevishimiz lozim. Shuning uchun ham Iso Masih shunday degan: “Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga o‘shani qilinglar. Tavrot va payg‘ambarlar ta’limotining mag‘zi shundadir» (Mat. 7:12). Men faqat shuni ta’kidlaymanki, toki o‘zimizga nisbatan tabiiy sevgiga ega bo‘lmas ekanmiz, biz yaqinlarimizni Xudo amr etganidek seva olmaymiz. Boshqacha qilib aytganda, bizda o‘z qadr-qimmatini bilishning sog‘lom hissi bo‘lishi lozim. O‘zimizni kerakli tarzda seva olmasak va qadrlay bilmasak, biz atrofdagilarni sevish va qadr­ lashni o‘rgana olmaymiz. Men tan olishga majburmanki, hamma odamlar ham bolalarning e’tiborini Kalomda asoslangan o‘ziga muhabbat va o‘zini hur­ mat qilish kabi tushunchalarga qaratish lozimligini tan olaver­ maydi. Ko‘pincha, nutqlarimdan so‘ng, go‘yoki meni inson shaxsining qiymatini oshirib yuborayotgan deb hisoblayotganlarning e’tirozlarini eshitishimga to‘g‘ri keladi. Mening muxoliflarim o‘zini hurmat qilish va o‘ziga muhabat kabi tushunchalar bizning diqqatimizni Xudodan odamga ko‘chirishiga ishonishadi. Har gal shunday ayblovlarga duch kelganimda, men taxmi­ nan shunday deb javob beraman: «Bahslashib o‘tirmayman, egot­ sent­ rizm va o‘z manfaatlariga berilganlik insonga xos narsa, lekin men o‘z qadr-qimmatini bilish hissi — gunoh deydiganlar­ ga qo‘­ shila olmayman. Buning ustiga, ishonchim komilki, faqat qadr-­ qimmatni va odam Xudoning ijodi sifatidagi qiymatini to‘g‘ri tushunishgina bizni xudbinlik va egotsentrizmdan tiyib turi­ shga qodir. Havoriy Pavlus quyidagilarni eslatib o‘tadi: «…siz­ larga aytyapman: o‘zingizga haddan tashqari yuqori baho bermang­ lar. Aksincha, Xudo har bir kishiga qancha imon bergan bo‘lsa, shunga ko‘ra, fikr qilib, aqli raso odamlar bo‘linglar.» (Rim. 12:3). Bu oyatda Pavlus shuni aytadiki, biz o‘zimiz haqimizda keragidan ortiq o‘ylamasligimiz lozim. U biz o‘zimiz haqimizda, aslida kim bo‘lsak shundan ortiq o‘ylamasligimiz lozimligini aytmoqda. Boshqacha qilib aytganda, bizda o‘zimizga nisbatan, Muqaddas Yozuvga asoslangan, demak obyektiv qarash bo‘lishi zarur. Shuning uchun ham Pavlus qo‘shib o‘tadi: «…Xudo har bir kishiga qancha imon bergan bo‘lsa, shunga ko‘ra, fikr qilib, aqli raso odamlar bo‘linglar.» Shunchaki «o‘ylash» sifatida tarjima qilingan fe’l, yunon tilida «(odam haqida)ma’lum tarzda o‘ylash yoki boshdan kechirish»ni nazarda tutadi. Rimliklarga maktubning 12-bob, 3-oyatida, u «fikrni, muhokamani yoki o‘ziga baho berishni shakllantirish» [20] sohasiga taalluqli. Pavlus bizni Xudoning nuqtayi nazariga asolanib, obyektiv tahlil qilish natijasida o‘z fikrimiz, muhokamamiz yoki o‘zimizga baho berishimizni shakllantirishga chaqiradi. Shunday qilib, Xudoning insoniyatga nisbatan dunyoqarashiga rozi bo‘lish umuman xudbinlik emas, balki aksincha, Kalomga asoslangan­ likdir. Xudbinlik — atrofdagilarning ehtiyojlariga to‘la yoki qisman befarq bo‘lgan holda, asosan o‘z manfaatlarini qondirish haqida qayg‘urishdir. Sog‘lom o‘zini hurmat qilishning mavjudligi — nosog‘lom o‘zini yaxshi ko‘rishga qarshi turish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yaqinlarini xuddi o‘zini yaxshi ko‘rgandek yaxshi ko‘rishni amr etar ekan, Iso Masih boshqalarni xuddi ular bizni qay darajada yaxshi ko‘rishlarini istasak shu darajada — shu qadar g‘amxo‘rlik va himoyalanganlik darajasida yaxshi ko‘rishimiz lozimligini tushuntirib berdi. Oldingi bobda aytilganidek, yaqinlarimizni xuddi o‘zimizni yaxshi ko‘rgan darajada yaxshi ko‘rish layoqati Xudoning muhabbatiga o‘xshashdan boshqa narsa emas. Bu nafaqat o‘zi haqida, balki boshqalar haqida ham qayg‘uruvchi muhabbatdir (qarang.: Flp. 2:4). Sog‘lom o‘zini hurmat qilishga asoslangan muhabbat— o‘zining xavfsizligi, baxti va farovonligi hamda boshqaning xavfsizligi, baxti va farovonligini farqlab o‘tirmaydi. Bolaga o‘ziga nisbatan beg‘araz muhabbatni singdirar ekansiz, siz aslida unda o‘z qadr-qimmatini bilishning sog‘lom hissini ri­ voj­ lan­ tirasiz. Siz u o‘zini qadriyat va o‘z qadr-qimmatini bilish his­ si­ ga ega bo‘lgan, boshqalar uni sevadigan va qanday bo‘lsa shun­ dayligicha qabul qiladigan shaxs deb anglashiga ko‘makla­ sha­ siz. Biz shartsiz qabul qilishning muhimligi, busiz bolalar xavf­ sizlik hissidan mahrum ekanini gapirib o‘tgan edik. Agar bo­ la­ lar bizning shartsiz qabul qilishimizga shubha qilishsa, ular o‘z qadr-­ qimmatiga egalik hissiga ega bo‘lishadi. O‘g‘lingiz yoki qizingiz siz ularni qadrlashingizni tushunishsa, ular o‘zlariga nisbatan xudbinlikdan xoli muhabbat bilan munosabatda bo‘lishlari mumkin, shunda yaqinlarini xuddi o‘zini yaxshi ko‘rgandek yaxshi ko‘rishga imkon beruvchi, Muqaddas Yozuv bo‘yicha to‘g‘ri bo‘lmish hissiy o‘zak ularning ixtiyorida bo‘ladi. QANDAY QILIB BOLAGA O‘Z QADR QIMMATIGA EGALIK HISSINI SINGDIRISH MUMKIN Ko‘p yillar xizmatim davomida, men o‘z qadr-qimmatini bilish hissi zaif rivojlanganligidan jabr tortayotgan o‘smirlardan ko‘plab elektron xatlar va oddiy xatlar oldim. Bir qiz o‘z xatida menga quyidagilarni tan olgan edi: «Josh, men o‘zimdan yuz bora yaxshi bo‘lgan kamida yigirma nafar odamni taniyman». Shubhasiz, bu qizga o‘zini hurmat qilish yetishmaydi. Boshqa, juda ham yosh bola menga yozgan edi: «Men yolg‘izman va xijolatdaman. Bundan buyon nega yashash kerakligini bilmayman. Har tun yig‘lab uyquga ketaman, ba’zan esa o‘lishni istab qolaman». O‘zlariga o‘xshagan ko‘pchilik qatori bu yoshlar, har qanday inson shaxsining ajralmas qiymatini tushunishdan mahrum bo‘lishgan. Ko‘pincha, bu ular, bola yoki o‘smir bo‘lgan paytlarida, zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan afsonalarning qurboni bo‘lishgani bilan tushuntiriladi. Shunday ekan, bolalarga o‘z qadr-qimmatiga egalik hissini singdirish uchun quyidagi uchta afsonani fosh qilish zarur. Birinchi afsona: asosiysi — tashqi ko‘rinish Yoqimtoy va jozibali tashqi ko‘rinish — zamonaviy jamiyatda eng qadrlanadigan shaxsiy sifatlardan biri bo‘lib, bu bolalarga yaxshi ma’lum. Ular hamisha: «Ko‘rinishim qanday?» —degan savolni berishadi. Odatda, bolalar ularning tashqi ko‘rinishiga nisbatan atrofdagilarning maqtovli yoki tanqidiy fikrlariga qarab, o‘z baholarini shakllantirishadi. Hammasi bolalikdan boshlanadi. Afsuski, kimningdir tashqi ko‘rinishi haqida fikr bildirar ekan, bolalar juda istehzoli bo‘lishi ham, juda rahmsiz bo‘lishi ham mumkin. Tengdoshlari bolangizga biror marta ham ko‘zoynak, lapashang, moy bosgan deb laqab qo‘ymaganmi? Bunday «nazokatli» laqablar uning o‘zini baholashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin emas edi. Hayot yo‘lining ma’lum bir bosqichida, bolalar ularning tashqi ko‘rinishi va ular qoldirayotgan tasavvur ularning taqdirini belgilab beradi, deb hisoblashadi. Mana sizga bu afsonani fosh qilishga yordam beradigan bir necha qadamlar. Bolalaringizning har biriga u — o‘zining betakror chiroyi va ahamiyati bilan ajralib turadigan noyob shaxs ekanligini tushunish­ da mustahkamlanishiga yordam bering. O‘ylab ko‘ring: sayyoramizni to‘ldirgan yetti milliard odam orasida sizga yoki sizning farzandingizga o‘xshaydigan odam yo‘q. Yer sayyorasida yashovchi biror odamda sizda yoki farzandingizda bo‘lgan tashqi ko‘rinish yo‘q. Bizlardan hech kim qanday ko‘rinishda ekanligimiz va qanday tuzilganligimiz bilan maqtanishi ham, uyalishi ham mumkin emas. Bolalarni tanasi va o‘z tashqi ko‘rinishini Xudoning in’omi sifatida qabul qilib, Xudo ularni qanday yaratgan bo‘lsa, shuni qadr­ lashni o‘rgating, lekin yodda tuting: ular o‘zi mehnat qilmagan narsadan mag‘rurlanmasligi kerak, chunki hech birimiz o‘z tashqi ko‘rinishimizni tanlab olgan emasmiz. Shunga qaramay, o‘z tashqi ko‘rinishimizni yaxshilashga qan­ chalik urinayotganimiz uchun o‘zimizni maqtash huquqiga egamiz. Bolalaringizning har xil usullar bilan o‘z tashqi ko‘rinishini yana ham jozibali qilish uchun urinishlarini qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin, lekin avval ular o‘zlarining betakror ekanligi haqidagi ajoyib haqiqatni o‘zlashtirib olganligiga ishonch hosil qiling. Bolalaringizning har biri yagona va har biri noyob ekanini ular bilib qo‘yishsin. Bu ularga Xudoning nazarida qadrliligi va ahamiyatli ekanini anglashga yordam beradi. Ajoyib qish tongida yengil qor parchalari sekin aylanib yerga tushayotganini ko‘rganmisiz? Qo‘lingizga tushgan mayda qor uchqunlarining o‘ta mitti naqshlarini taqqoslash imkoningiz bo‘l­ ganida edi, siz, ularning har birining o‘z tasviri borligini, albatta, payqagan bo‘lar edingiz. Menimcha, siz alohida qor uchqunlarining kattalashtirilgan surati yoki videotasviri bilan tanishsiz. Unday bo‘lsa, siz bu mitti muz kristallarining murakkab tuzilishi va go‘zalligidan hayratga tushmasligingiz mumkin emas. Shubhasiz, olimlar tabiatda bir xil bo‘lgan ikkita qor uchquni mavjud emasligini ta’kidlashganini eshitgansiz. Ularning har biri o‘ziga xoslikda yagona va ularning har biri noyobdir. Siz, men, bolalarimiz — har birimiz Xudo yaratgan noyob shaxsmiz. Har birimizga shaxsiy xislatlar ato etilgan, mana shu holat bizni noyob qiladi. Har bir bolaning qalbiga Xudo alohida in’om joylagan — bu uning intilishlari va qobiliyatlari, shuning­ dek, uni boshqalardan farqlab turadigan individualligi bo‘lib, bu uni betakror qiladi. Agar ikki farzandingiz bo‘lsa, ehtimol, siz ularning bir oilaga tegishli ekanligini ko‘rsatuvchi o‘xshashligini ko‘rgandirsiz, shunga qaramay, har bir bola individual ekanligini payqamasligingiz mumkin emas, chunki ikkita mutlaqo o‘x­ shash bo‘lgan bola bo‘lmaydi. Har bir bola takrorlanmas jihatlar va sifat­ larga ega bo‘lib, bu uni o‘ziga xos qiladi, uni nodir kimsaga aylantiradi. Har bir bolaning noyobligini Muqaddas Kitob tan olishini ko‘r­ satuvchi eslatmalardan biri shoh Sulaymonning qalamiga man­ sub va bizga yaxshi tanish bo‘lgan so‘zlarda yashiringan: «Bo­ lani to‘g‘ri yo‘lga solib tarbiyala, shunda qariganda ham yo‘lidan adash­ maydi» (Hik. 22:6). Afsuski ko‘pincha bu oyatni noto‘g‘ri tushunishadi va shuning uchun noto‘g‘ri qo‘llashadi. Ko‘p otalar u quyidagilarni anglatadi degan fikrdadirlar: «Oilaviy ibodatlar tashkillashtiring, bolangiz jamoatga, yoshlar guruhiga va yakshanbadagi maktabga borishiga ishonch hosil qiling, o‘shanda, farzandingiz katta bo‘l­ ganida ham masihiy qadriyatlariga sodiq qoladi». Biroq bu oyat­ dagi alohida ma’no «yo‘lining boshida» iborasiga tegishli. Hik­ matlar kitobining muallifi bizning e’tiborimizni bolaning o‘zi moyil bo‘lgan yo‘l tanlashiga qaratadi. Bu jumlaning dastlab­ ki ma’nosi ota-onalarga har bir bolanining intilishini uning noyob xususiyatlariga ko‘ra rag‘batlantirishni maslahat berishda yashiringan. Aytib o‘tilgan oyatdagi «yo‘l boshida» deb tarjima qilingan yahudiycha so‘z Zabur 10:2 va 63:4-oyatlarda «kamon» so‘zi bilan tarjima qilingan va kamonning egilishini anglatadi. Kamonlarni tayyorlashdagi bugungi aniqlik, amalda har bir o‘q otuvchiga 45 funtlik taranglik kuchiga ega qurol tanlab olishi va nishonni aniq urishiga kafolat beradi. Lekin Muqaddas Kitob davrlarida ishlab chiqarish andazalari bo‘lmagan va agar nishonga aniq teguvchi qurolga ega bo‘lishni istasa, har bir kamonchi o‘zi uchun o‘zi kamon tayyorlashi va uning noyob xususiyatlarini juda yaxshi bilishi kerak bo‘lgan. Xudoning So‘zi shuni tasdiqlaydiki, har bir bola tug‘ma noyob­ likka ega bo‘lib, buni siz payqashingiz va rivojlantirishingiz kerak. «Rayraning o‘rgatuvchi Kalomi» (Ryrie Study Bible) Hikmat­ lar Kitobining 22:6 oyatiga bergan sharhida aytilishicha… «Yo‘l boshida» jumlasi aslida «uning (bolaning) yo‘liga ko‘ra; ya’ni bolaning xususiyatlari va qiziqishlariga ko‘ra» ekanligi­ ni anglatadi. Ota-onaning nasihatlari bolaning ishtiyoqlarini va unga Xudo tomonidan berilgan ajralib turuvchi xususiyatlarini, shu­ ningdek, uning jismoniy va ruhiy rivojlanish darajasini hisobga oli­ shi lozim [21]. Havoriy Pavlus tushuntirgan ediki, «Bizga berilgan inoyat bo‘yi­ cha har birimizning har xil in’omlarimiz bor» (Rim. 12:6). U bizning ajratib turuvchi xususiyatlarimizni sanab o‘tgan va xulq-­ atvorimiz hamda bizning har birimizga Xudo tomonidan ato etilgan noyob xususiyatlarimizni namoyon qilishimiz zarur bo‘lgan munosabatlarimiz borasida bizni uqtirgan. Shubhasiz, hammamiz bizni bir-birimizdan farqlab turuvchi qobiliyatlarga egamiz. Aynan shular bizning o‘ziga xosligimizni ta’kidlaydi. Bolalar o‘zlarining betakror ekanligini ichki sezgi bilan his qi­ lishlari mumkin, lekin siz ular boshqa odamlardan farqini, o‘zining noyobligini anglayotganiga ishonch hosil qilishingiz ke­ ­ rak; ularning barmoq izlari noyob; ularning ko‘zlarining to‘ri har xil; ularning yuzi va tanas ozgina bo‘lsa-da, boshqa yuzlar va tanalardan ajralib turadi. Boalarga aynan ulardan har birining be­ takrorligi ularga katta qiymat berishini tushunishlariga yordam bering: • Ularning har biri uchun Xudo alohida qobiliyat tanlagan. Bu qobiliyatlar yordamida bolalar atrofdagilarga o‘zlarining muhabbatini ifodalashi va ular haqida g‘amxo‘rlik qi­ li­ shi mumkin. Xudo ularning yuragiga noyob sifatlar burjini tashkil etuvchi tug‘ma moyilliklar joylagan. Bolalar faqat ulargina qodir bo‘lgan yo‘l bilan ularni ham sizning oilangizda, ham o‘zlarining oilasida namoyon etishadi. Bolalarga o‘zlarining o‘ziga xos qobiliyatlarini tanishga yordam bering va ular bilan birga bu qobiliyatlarni munosib baholang. • Xudo bolalarga qabul qilingan axborotni boshqacha emas, aynan shunday qabul qilish, muhim qarorlar qabul qilish, ma’lum bir harakatlarni amalga oshirish uchun tug‘ma moyillik bergan. Bu xususiyatlar jamlanmasi har bir farzandingizni alohida shaxs sifatida tavsiflaydi. Bolalarga ularning har birida tug‘ma moyillik qanday namoyon bo‘lishini bilib olishga yordam bering va ular bilan birgalikda bu qobiliyatni munosib baholang. • Xudo bolalarning ko‘ngliga ma’lum bir afzal ko‘rishlarni solgan: nimadir ularni loqayd qoldirmaydi; nimadir ularda samimiy qiziqish uyg‘otadi; ular nima haqiqadir gapirayotganlarida yoki nima bilandir shug‘ullanayotganlarida nimadir ularni cheksiz quvonchga soladi. Bu afzal ko‘rishlar bolalarni Xudo ularni yo‘naltirishni istagan sohaga yo‘naltiradi, toki ular o‘z hayotiy intilishlarini faqat ular qila oladigan tarzda amalga oshirsinlar. Bolalarga Xudo tomonidan in’om etilgan, ular afzal ko‘radigan narsalarni aniqlab olish­ lariga yordam bering va ular bilan birga bularni munosib baholang. Xudo uni ulug‘lashingiz uchun sizni va bolalaringizni betakror qilib yaratgan. Bu — U yaratgan narsalarni sevishingiz uchun yagona to‘g‘ri va munosib sababdir. Bolalarga Xudoning noyob ijodini sevish xudbinlik emasligiga o‘rgating. Uning sharafi haqi biz tavoze bilan o‘zimizning noyobligimizni izzat qilishimiz lozim, «chunki butun borliq Xudodan kelib chiqqan, Xudo orqali va Xudo uchun mavjuddir! Unga to abad shon-sharaflar bo‘lsin!» (Rim. 11:36). Ehtimol, siz o‘sayotganingizda, ota-onangiz sizning noyobligin­ giz­ ni ko‘ra bilgan va sizga «yo‘l boshida» nasihat qila olgandir. Bu holda, siz shubhasiz, o‘z shaxsingizning turini, o‘zingizning max­ sus qobiliyatlaringizni va hayotiy intilishlaringizni aniqlay tu­ rib, uzoq yo‘l bosgansiz. Lekin agar siz ko‘pchilikka o‘xshasangiz, u hol­ da, sizda o‘z shaxsingiz haqida qisman tasavvur va shundan kelib chiqqan holda, o‘zingizni beradigan bahoyingiz unchalik to‘g‘ri emas. Agar shunday bo‘lsa, bolalarga ularning o‘ziga xos­ li­ gini ochishga yordam berish va ularda o‘z qadr-qimmatini his qi­ lishni mustahkamlash sizga qiyin bo‘ladi. Aynan shuning uchun biz, ota-onalarning ko‘pchiligiga, bolalarni o‘z noyobliklarini ang­ lash va o‘z qadr-qimmatini his qilishga ega bo‘lishlarida yordam ke­ rak bo‘ladi. Balki, Jeyn Kayz va Kevin Jonsonninng «O‘zingni top» kitobi va amaliy qo‘llanmasidan boshqa birorta kitob yoki o‘quv kursi sizga bu vazifani muvaffaqiyatliroq hal qilishingizga yordam bera olmas. Har birimizning noyobligimiz haqida bu bobda aytib o‘t­ ganlarimdan ko‘pini men ularning amaliy qo‘llanmasidan olganman [22]. Umumiy oilaviy tajribaga ega bo‘lish uchun, siz bolalar bilan birga «O‘zingni top» kitobi materiallari ustida ishlashingiz mum­ kin. Sizda butun oila bo‘lib Xudoning ijodlarining noyob asl qiymatini topish imkoni bor. Bu sizga asosiysi — tashqi ko‘rinish degan afsonani yo‘q qilishga yordam beradi. Ikkinchi afsona: asosiysi — muvaffaqiyat Rostgo‘y bo‘laylik: biz natija hamma narsadan ustun bo‘lgan jamiyatda yashayapmiz. Muvaffaqiyatga yo‘nalgan, bizning bolalarimiz yashayotgan jamiyat odamning faoliyatiga va u bu sohada qanchalik muvaffaqiyatga erishganiga katta ahamiyat beradi. Albatta, siz bolalaringiz maktabda yaxshi baholar olishini, sportda juda yaxshi qobiliyat namoyon qilishini va musiqa, balet, rasm chizishda muvaffaqiyatga erishishini istaysiz. Lekin shu bilan birga hammamiz, qaysi faoliyat turida bo‘lishidan qat’iy nazar, bolalarimizning o‘ziga baho berishi muvaffaqiyat bilan belgilanib qolishidan ularni asrashni istaymiz. Beysbol mavsumi boshlanadigan vaqt keldi. O‘sha paytda Shon o‘n ikki yoshda edi va u Kichik liganing [23] o‘yinchisi edi. Hali birinchi o‘yin boshlanmasdan turib, men Shonga va uning jamoadagi o‘rtoqlariga juda muhim eslatma berishni o‘ylab qo‘ygan edim: ularning har biri shunchaki beysbolchi sifatida emas, balki o‘z-o‘zicha bebaho. Mahalliy kafelardan birida yong‘oq va mevali muzqaymoq yeyishga huquq beruvchi o‘n ikkita kupon sotib olib, ularni beysbol jamoasining murabbiyiga berib qo‘ydim. — Bu bolalar uchun, — dedim men. — Yaxshi dedi, — murabbiy iljayib. — Zo‘r! Ko‘proq otalar mana shunday qiziqish bildirishlarini istagan bo‘lar edim. Jamoamizning birinchi g‘alabasidan keyinoq men bolalarni kafega olib boraman. — E yo‘q, — shu zahoti e’tiroz bildirdim men. — Siz ularni birinchi mag‘lubiyatidan keyin muzqaymoq bilan siylashingizni istayman. — Murabbiy menga hayron bo‘lib qaradi. Mening aytganlarim uning g‘alaba, mag‘lubiyat va mukofot haqidagi fikrigi mos kelmas edi. Unga o‘z niyatimni tushuntirishimga to‘g‘ri keldi. — Siz nima deysiz bilmadimu, lekin men bolalarning muvaffaqiyatiga emas, balki ularning sa’y-harakatiga e’tibor qaratishni istayman. Ularning sa’y-harakatidan ham ko‘ra ko‘proq suratida va Unga o‘xshash qilib yaratilganliklariga e’tibor qaratmoqchiman. Mening o‘g‘lim Xudoning suratida, Unga o‘xshash qilib yaratilganiga, shuning uchun cheksiz qimmatga va o‘z qadrini bi­ lish hissiga ega ekaniga ishonaman. Men sanab o‘tgan xislatlardan birortasi ham beysbol bilan umuman bog‘liq emas. Agar butun hayoti davomida u birorta ham inningda [24] o‘ynamagan bo‘lsa ham men uni yaxshi ko‘rgan bo‘lar edim va uni cheksiz qadriyatga ega inson sifatida qabul qilgan bo‘lar edim. Murabbiy menga uzoq va diqqat bilan qarab turdi. Oxirida ayta olgan gapi shu bo‘ldi: «G‘alati!» To‘g‘ri, u mening iltimosimga ko‘ra, kuponlarni ishlatishga rozi bo‘ldi. Mavsum boshlandi va Shonning jamoasi eng birinchi o‘yinlarni yutib chiqdi, lekin jamoa uchinchi yoki to‘rtinchi o‘yinni yutqazib qo‘ydi va murabbiy menga bergan so‘zining ustidan chiqdi. U har bir o‘yinchiga muzqaymoq xarid qilishga kupon berdi va jamoa to‘liq tarkibda o‘z mag‘lubiyatini «nishonlash»ga ketdi. Shon kamida besh marta menga muzqaymoq uchun minnat­ dorchilik bildirdi. Yaqin ikki hafta ichida uning jamoasidan uch bola ham mening yonimga keldi va menga mehmon qilganim uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning Jessi ismli jamoa­ dosh o‘r­ to­ g‘i shunday dedi: «Janob Makdauell, muzqaymoq uchun kat­ ta rah­ mat. Yutgan yoki yutqazganimizga qaramay, siz bizlarni ajoyib bo­ lalar deb hisoblar ekansiz. Qoyilman!» Shon va uning jamoadosh o‘rtoqlariga yetkazmoqchi bo‘lgan fikrim ularning insonlik qadr-qimmati hech ham beysbolda yutib chiqish qobiliyatlariga bog‘liq emasligini uqtirishdan iborat edi. Ularning qadr-qimmati ular Xudoning suratida va Unga o‘x­ shash qilib yaratilganlari uchun ahamiyatga va qiymatga egaliklariga asoslangan. Bundan tashqari, Shonning mening ko‘z o‘ngimdagi qiy­ mati — u mening o‘g‘lim, men esa uning otasi ekanligim bilan mustahkamlandi. Bolalaringiz ular sizning o‘g‘illaringiz yoki qizlaringiz ekanli­ gi bois siz qanchalik ularning qadriga yetishingizni bilishlari uchun hamma imkoniyatlardan foydalaning. Gap ularning muvaffaqiya­ ti tan olishga arzimasligida emas. Arziganda qandoq arziydi! Le­ kin ular yutuqlar va omadsizliklar ularning sizning ko‘z o‘ngingiz­ dagi asl ahamiyati va qiymatini belgilab bermasligini tushunish­ lari kerak. Bolalarimiz o‘zlarining o‘zlashtirish tabellarini olishganda, «aso­ siysi — muvaffaqiyat» degan afsonani yo‘q qilishga ajoyib im­ koniyat tug‘iladi. Agar bolaning baholari yaxshi bo‘lsa, unga tax­ minan shunday deb ayting: «Sen sarflagan kuch-g‘ayrat va erishgan yaxshi natijani juda qadrlayman. Lekin sen bila­ san deb o‘ylayman: seni faqat a’lo o‘qiganing uchungina yaxshi ko‘rmayman va hurmat qilmayman. Agar tabelingda birorta besh bo‘lmasa ham, men seni baribir shunday yaxshi ko‘raverar edim». Bolalarning e’tiborini ularning muvaffaqiyatlari va yutuqlari­ ga bog‘liq bo‘lmagan insoniylik qadr-qimmatiga ko‘proq qarating. Buning uchun quyidagi jumlalar mos keladi: • «Sen juda iste’dodlisan!» • «Senda ajoyib hazil hissi bor». • «Sening ishtiyoqingni qadrlayman». • «Sen juda ko‘ngilchansan!» Atrofdagilarga g‘amxo‘rlik qilish, mustahkamlik, jasurlik, sabr va qat’iyat kabi sifatlarga e’tibor berar ekanmiz, biz bolalarga ularning shaxsiy xislatlari bizga muvaffaqiyatlaridan ko‘ra muhim­ roq ekanini bildirib qo‘yamiz. Ota-onalarning bolalarga aynan shun­ day munosabati ularga o‘z qadrini bilish hissiga to‘laqonli ega bo‘lishlariga imkon beradi. Ular o‘zlarini qanday bo‘lsalar shundayliklaricha yaxshi ko‘rishni o‘rganishadi, bu ularning odam­ larga muhabbati uchun sog‘lom asos bo‘lib xizmat qiladi. Uchinchi afsona: asosiysi — jamiyatdagi maqom Bu afsona: «Men jamiyatda qanday o‘rin egllaganman?» — degan savol bilan hamrohdir. Agar bolaning tasavvurida uning ahamiyati mashhurlik, oltin yoshlar qatoriga qo‘shilish, dizayner qo‘lidan chiqqan kiyim kiyish yoki sinf raxbarligiga saylanish kabi mezonlarga bog‘liq bo‘lsa, u hoynahoy zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan ijtimoiy maqomning muhimligi haqidagi afsona tarafdorlarining safini to‘ldirib bo‘libdi. Bolalar va kattalarning ko‘pchiligi sezilarli ta’sir, obro‘ yoki odamlar ustidan nazoratga ega bo‘lmagunlaricha o‘zlarini noqulay sezaverishadi. Ularga o‘z qadr-qimmati atrofidagilarning ko‘z o‘ngida egallagan maqomlariga bog‘liqdek bo‘lib tuyulaveradi. Ijtimoiy tan olinishning bunday turini men ramziy maqom deb atayman. Bu maqomni yo‘qotish­ lari bilan ko‘plab odamlarning o‘zlariga bergan baholari keskin pasayib ketadi. Ramziy maqom o‘z qadr-qimmatini to‘la his qilishga imkon ber­ masligining sababi shundan iboratki, ijtimoiy tan olishning bu turi o‘z shaxsi haqida xato tasavvurni shakllantiradi. Ko‘p bola­ lar (kattalar) quvib yuradigan ramziy maqom — vaqtinchalik, bo‘sh va odamni toliqtiradigan hodisadir. Bugun uning egasi biti­ rish kechasining qiroli yoki basketbol yulduzi bo‘lib, shuhratga bur­ kangan bo‘lsa, ertaga uni hamma unutib yuboradi. Ramziy ma­ qomga erishishni odamni toliqtiradigan mashg‘ulot qiladigan nar­ sa — uni saqlab qolish uchun doim ortidan quvib yurishdir. Jamiyat tomonidan bunday tan olinishni saqlab qolishga urinishning behudaligi haqida shoh Sulaymon ham bir zamonlar gapirib o‘t­ gan edi: …bir yigit o‘z yurtida kambag‘al bo‘lib tug‘ilib, qarzini to‘lay olmay qamoqqa tushib qolishi mumkin. Lekin qamoqdan chiqqandan keyin kelajakda shoh bo‘lishi ham mumkin. Shohning vorisi bo‘lgan o‘sha yigitni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan, mana shu dunyoda yashayotganlarni ko‘rdim. Unga ergashganlar son-sanoqsiz bo‘lib ketishi, uning obro‘si ortishi mumkin. Shunday bo‘lsa ham, kelajak avlod uni rad qiladi. Ha, bu ham behuda ekan, shamolning orqasidan quvishday ekan! (Voiz 4:14–16) Bolaning insoniylik qadr-qimmati uning tashqi ko‘rinishi, muvaffaqiyatliligi yoki u erishmoqchi bo‘layotgan ramziy maqomi bilan belgilanmaydi. Uning qadri uni O‘zining suratida va O‘ziga o‘xshash qilib yaratgan Xudo tomonidan belgilab qo‘yilgan. Ota-­ onalarning vazifasi — bolalarning har biri bu dalilni tushunishini ta’minlash, toki Xudoning nazarida o‘zini betakror va mutlaqo qadr­ li deb qabul qilsinlar va tan olsinlar. Aytib o‘tilganidek, bizning o‘zimizga beradigan bahoyimiz ko‘p jihatdan, biz uchun juda muhim bo‘lgan odamning fikri bilan belgilanadi. Masalan, agar xotinim meni g‘amxo‘r er deb hisoblasa, men unga ishonishga moyilman, chunki u — mening hayotimdagi eng muhim odam bo‘lib, toki unda men haqimda shunday fikr shakllangan ekan, men bu fikrga qo‘shilishga moyilman. Xudo bizga allaqachon bizning muhimligimizni bildirib qo‘y­ gan, toki U— hayotimizdagi eng muhim zot ekan, Uning biz ha­ qimizdagi tasavvurini o‘zimizga berilgan baho sifatida qabul qilishimiz lozim. Iso Masih O‘z izdoshlari haqida bizga bir necha juda muhim tafsilotlarni xabar berdi: Osmondagi Otam Meni qanday sevgan bo‘lsa, Men ham sizlarni shun­ day sevdim. <…> Mening shodligim qalbingizni to‘ldirsin deb, sizlarga bu so‘zlarni aytdim. <…> Men sizlarni endi qul deb atamayman. Qul xo‘jayini nima qilishini bilmaydi. Sizlarni do‘stlarim deyman, chunki Otamdan eshitgan hamma narsani sizlarga aytdim. Sizlar Meni emas, Men sizlarni tanladim… (Yuh. 15:9, 11, 15–16) Iso Masihning so‘zlariga ko‘ra, siz bilan biz — Uning do‘stlarimiz, bizlarni U yaxshi ko‘radi va tanlab olgan! Havoriy Pavlus bu ro‘yxatni davom ettiradi. Esda tuting, quyida sanab o‘tiladiganlarning hammasi — sizga bevosita taalluqli bo‘lgan haqiqatdir. Siz bunga jamiyatdagi maqomingiz tufayli munosib bo‘lmagansiz va erishmagansiz. Bu — Xudoning So‘zi siz haqingizda aytayotgan so‘zlardir: • Samodagi barcha ruhiy barakalarni Masih orqali sizlarga berdi (Ef. 1:3); • Xudo sizni dunyo yaratilishidan oldin tanladi. Endi siz Xudoning oldida muqaddas va benuqson, bir-biringizga mehr bog‘lagan insonlar bo‘la olasiz (4-oyat); • Xudo sizni Iso Masih orqali O‘ziga farzand qilib olishni azal­ danoq qaror qilgan edi… (5-oyat); • Masihning to‘kilgan qoni orqali Xudo sizni kechirib, gunohlaringizdan ozod qildi (7-oyat); • Sizlar Masih orqali Xudoning merosxo‘ri bo‘ldingiz. (11-oyat); • Xudo sizni Masih bilan birga tiriltirdi va sizga samoda U bilan birga joy berdi. (Ef. 2:6); • Siz — Xudoning ijodisiz (10-oyat) [25]; • Sizlar Iso Masih orqali, Uning to‘kilgan qoni tufayli Xudoga yaqinlashdingiz. (13-oyat); • Bironta mavjudot ham sizni… Xudoning mehr-muhabbatidan judo qilishga qodir emas. (Rim. 8:39). Bular — U sizdan farzandi sifatida yashirmaydigan ba’zi Ilohiy haqiqatlardir. Bu samoviy Otamizning — hayotimizdagi eng muhim Zotning fikri bo‘lgani bois, bu fikrni qabul qiling va uni o‘z fikringiz deb biling. Xudoning siz haqingizdagi fikri va Uning siz haqingizda aytilgan so‘zlari o‘zingizning nazdingizda sizning o‘zingizga beradigan bahoyingizni mustahkamlasin. Xudoning bu haqiqatini qabul qilganlarni o‘z qadr-qimmatining sog‘lom hissi kutmoqda. Shu tariqa, siz bolalaringizning ham o‘zlariga beradigan baholarini mustahkamlashingiz mumkin. Agar bolalar jamiyatdagi maqom o‘ta muhimligi haqidagi afsona tarafdoriga aylanib bo‘lish­ gan bo‘lsa, bu afsonani o‘z foydangizga buring, buning uchun ularning diqqatini ramziy maqomdan, ya’ni ularning Yerdagi otasi maqomiga ega bo‘lgan o‘zingizdan ularga qarating. Xuddi shu narsani ularning samoviy Otasi maqomiga ega bo‘lgan Xudoga nisbatan qo‘llang. Bolalarga quyidagilarni iloji boricha ko‘proq takrorlashni esdan chiqarmang: • «Men sening Otang deb atalishimdan faxrlanaman». • «Xudo ham sening Osmondagi Otang deb atalishidan faxrlanadi». • «Xudo sen Uning oilasining bir qismiga aylanishingni istagan va U seni O‘z oilasiga chaqirganidan men juda xur­ sand­ man». • «Xudo seni O‘z oilasiga qabul qildi». • «Men seni kechira olmaydigan birorta ham qilmish yo‘q». • «Xudoning kechirimi har birimizga tegishli». • «Sen noyobsan va sen mening o‘g‘lim (qizim) ekaningdan faxrlanaman». • «Sen — Xudoning noyob ijodisan». • «Sen mening familiyamdasan va mening oilam a’zosisan». • «Sen Iso Masihga tegishlisan va Uning oila a’zosisan». • «Meni senga bo‘lgan muhabbatimdan mahrum qiladigan birorta ham qilmish yo‘q! Sen har doim mening suyukli o‘g‘lim (qizim) bo‘lasan». • «Seni Xudoning sevgisidan ajratadigan hech nima yo‘q». Sizdan farqli ravishda, bolalar har doim ham o‘zlarining asl bahosini anglayvermaydi yoki his qilavermaydi. Tashqi g‘ovlarni yengib o‘tish va bolalar o‘zlarining ishonchsizligini yashirishni o‘rganib olgan niqoblarni yirtib tashlash uchun hamma imkoniyatlardan foydalaning. Siz ularni qanchalik yuqori baholashingizni ular bilib qo‘yishsin. Bolalarda qanday qilib o‘z qadr-qimmatini shakllantirish haqida ko‘proq ma’lumot olishni istasangiz, men ma’lum vaqt oldin yozgan: «O‘zingizga Xudoning nazari bilan qarang», — deb nomlangan kitobni tavsiya qilaman. Bu uchun mening www.josh.org. shaxsiy saytimga nazar tashlang. Bolalar ularning Yerdagi otasi siz va Samoviy Otasi Xudo ularni qanchalik qadrlashini bilgach, ular asta-sekin o‘z qadr-qimmatini bilishning sog‘lom hissiga ega bo‘lib borishadi va ana shunda ularga xudbinlikka qarama-qarshi tarzda o‘ziga bo‘lgan tabiiy muhabbat xudbinona bo‘lmasligini tushuntirib bera olasiz. Izohlar [19] Geymboy (ingliz tilida Game boy) — Yaponiyadagi Nintendo korxonasi ishlab chiqaradigan portativ o‘yin qurilmasi. [20] Walter Bruce, A Greek-English Lexicon of the New Testament (Chicago: University of Chicago Press, 1957), 874. [21] Charles Caldwell Ryrie, ed., Ryrie Study Bible (Chicago: Moody Press, 1976), 25. [22] Kevin o‘z hayotini yoshlarga xizmat qilish va ularning ota-onalariga farzandlarini zamonaviy xudosiz dunyo xavf-xatarlaridan qanday muvaffaqiyatli olib o‘tishni o‘rgatishga bag‘ishladi. Jeyn yoshlar va kattalarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha katta tajribaga ega. Ularning tavsiyalaridan foydalanish uchun www.LifeKeys.com saytiga kiring. U yerda siz kattalar uchun mo‘ljallangan «O‘zingni top» kitobini hamda o‘quv kursini topishingiz mumkin. Ushbu nashrlar bilan tanishing. — Muallif izohi. [23] Kichik liga — 8–12yoshdagi qizlar va bolalar uchun beysbor ligasi. [24] Inning — beysboldagi vaqt oralig‘i. Har bir inning ikki qismdan iborat: 1-qismda — bit­ ta jamoa himoyada o‘ynaydi, boshqasi esa hujumda; 2-qismda — jamoalar o‘rin almashishadi. [25] Muqaddas Kitobning ingliz tilidagi tarjimasida «masterpiece» — so‘zi ishlatilgan bo‘lib, noyob asar degan ma’noni bildiradi. 8. Oltinchi majburiyat: BOLAGA HAQIQIY SEVGI NIMA EKANINI TUSHUNTIRISHGA HARAKAT QILISH Oilangiz to‘liq tarkibda jamoat o‘rindig‘iga o‘tiradi, nihoyat, to‘y sadosi yangraydi. Siz xotiningiz, o‘g‘lingiz va qizin­ giz bilan qarindoshlaringizdan birining to‘y tantanasiga taklif qilin­ gansiz. Qizingiz sal surilib qulog‘ingizga sekin shivirlaydi: — Dada, ayting-chi, endi ammam Sara butun umr bugun ber­ gan nikoh va’dasiga sodiq qoladimi? Axir ikki sevishganning ittifoqi­ ni haqiqiy sevgi mangu mustahkamlashi kerak-ku? Qizingizga javob berishga ulgurishingizdan oldin, uning savoli­ ni eshitib qolgan akasi gap qistiradi: — Ahmoq qiz, sen biror kishini mangu seva olmaysan. Umuman olganda, hech kim mangu yaxshi ko‘rishi mumkin emas, to‘g‘rimi, dada? — Lapashang, sendan hech kim so‘rayotgani yo‘q, — jerkib beradi qizingiz. — Dada, aytmoqchi bo‘lganim shuki, o‘ziga xos yigitni uchratsam, uni bir umrga yaxshi ko‘rishni istar edim. Bu mangu davom etadigan haqiqiy sevgi ekanini qanday bilsam bo‘ladi? — Unga ayting, dada, — tinchimaydi o‘g‘lingiz. — unga ayting, hech kim uning oldida besh daqiqadan ortiq tura olmaydi, mangulik haqida gapirmasa ham bo‘laveradi. Hozir sizga bunday savollar hech qachon bolalaringizning og‘­ zidan chiqmaydigandek tuyuladi, lekin ishonchingiz komil bo‘l­ sin, bir kuni kelib, ular haqiqiy romantik munosabatlar qanday tug‘ilishini bilishni istashadi. Katta hayot ostonasida boshqa jinsdagi odam bilan munosabatlar va haqiqiy sevgiga qiziqish ularda ortib boraveradi. Qizlarim deyarli har haftada yangi o‘g‘il bolalar bilan tanishgan vaqtlarni eslayman, bu ularga yordam berish va ayni paytda haqiqiy sevgi haqiqiy bo‘lmagan sevgidan nimasi bilan farq qilishini o‘g‘limga tushuntirish uchun eng qulay payt edi. Oldingi boblardan birida, biz haqiqiy sevgi o‘z xavfsizligi, bax­ ti va farovonligini qadrlagani kabi boshqa birovning xavfsizli­ gi, baxti va farovonligini qadrlash ekanini ta’riflab o‘tgan edik. O‘z manfaatlari bilan bir qatorda boshqa odamning manfaatlari mu­ himligini tan olishga asoslangan muhabbatni (esingizdami: yaqinlaringizni xuddi o‘zingizni yaxshi ko‘rgandek yaxshi ko‘rish?) haqiqiy muhabbat deb atash mumkin. Lekin zamonaviy san’at asarlari bolalarga axloqan sog‘lom romantik munosabatlar namunalarini ko‘p ham taqdim etavermayapti. Ko‘pincha xudbinona, shahvoniy va hatto oshkora haqoratlovchi xulq-atvor haqiqiy sevgi deb ko‘rsatilmoqda. Mana shuning uchun ham, biz bolalar bilan birgalikda chin ma’noda haqiqiy sevgi Kalom nuqtayi nazaridan qanday ko‘rinishda ekanini aniqlab olishimiz lozim. O‘rtacha statistik bola o‘n yoshga yetganida, u romantik munosabatlar va sevib qolgan odamning munosib xulq-­ atvori to‘g‘risida buzilgan tasavvurga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biz, ota-onalar uning bu buzilgan tasavvurini to‘g‘rilashimiz va haqiqiy sevgi nima ekani haqidagi tushunchani tiklashimiz zarur. Vaqti kelib, men haqiqiy sevgi haqida Kalomdagi kamida besh­ ta haqiqatni aniqladim. Bolalaringizga bu haqiqatlarni o‘rgatar ekansiz, siz ularga kelajakda atrofdagi odamlar bilan ham, ularning har biri tanlab olgan kishi bilan ham axloqan sog‘lom munosabatlarni shakllantirishga yordam berasiz. HAQIQIY SEVGI G‘OYASI XUDOGA TEGISHLI Haqiqiy sevgi g‘oyasi odamga tegishli emas. Haqiqiy sevgi manbai inson emas, uning manbai — Xudo. Muqaddas Kitob «Xudo sevgidir» (1 Yuh. 4:16) deb ta’kidlar ekan, u shunchaki Xudoning insonga muhabbatidan ko‘ra ko‘proq narsani aytadi. Xudo haqiqiy sevgi ifodalaydigan mohiyatning mujassamlashuvidir. Uch birlik Xudo — Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh — haqiqiy sevgi abadiy ekanini isbotlaydi. Xudo o‘zaro munosabatlarda mavjud. Ota O‘g‘lini mangu va abadiy sevadi. O‘g‘il Otani mangu va abadiy sevadi. Muqaddas Ruh Ota va O‘g‘ilni mangu hamda cheksiz sevadi. Haqiqiy sevgining mutlaq andazasi Xudo tomonidan o‘rnatilgan. Bu turg‘un ideal munosabatlar ilohiy Uchlik ichida yuzaga kelgan. Bu ideal — barkamol haqiqiy sevgini namoyon qiladi. Xudoning suratida va Unga o‘xshash qilib yaratilgan biz, Xudo­ ni va o‘z yaqinlarimizni xuddi U bizni yaxshi ko‘rganidek, yaxshi ko‘rishga da’vat qilinganmiz. Xudoning muhabbati mukammal va U bizga ham xuddi shunday muhabbatni o‘rgatmoqchi. Iso Masih aytgan ediki: «…Men sizlarni qanday sevgan bo‘lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar» (Yuh. 13:34). Iso Masih haqiqiy sevgi namunasidir. Uning muhabbati bizni birlashtiradi, hayotimizni quvonchga va ma’noga to‘ldiradi va aslida, bizga hayotning o‘zini beradi. Biz ham, bizning bolalarimiz ham shunday muhabbatga — to‘laqonlilik va xotirjamlik beruvchi muhabbatga, hayotimizni har birimiz juda istaydigan sarguzashtga aylantiruvchi muhabbatga intilamiz. Har birimiz bu mukammal sevgini anglashga intilamiz va uning yagona manbai — Xudodir. «Xudo sevgidir. Sevgini diliga jo qilgan kishi Xudo bilan birga yashaydi va Xudo u bilan birga yashaydi. Shu tariqa Uning sevgisi bizda mukammal ifodasini topadi.» (1 Yuh. 4:16–17). HAQIQIY SEVGI O‘ZINIGINA SEVISH EMAS Muqaddas Kitob: «Haqiqiy sevgi — bizning Xudoga bo‘lgan sevgimiz emas, balki Xudoning bizga ko‘rsatgan sevgisidir. Zero, Xudo bizni gunohlarimizdan poklash uchun O‘z O‘g‘lini qurbon qildi», — deb ta’kidlaydi (1 Yuh. 4:10). Agar haqiqiy sevgi haqida nimadir aytish mumkin bo‘lsa, u o‘zini sevish emas, deganidir. Iso Masih bu dunyoga O‘zini deb kelgani yo‘q, balki biz uchun o‘lgani keldi. Uning muhabbati insonga — uning ehtiyojlarini qondi­ rishga qaratilgan edi. Haqiqiy sevgi mana shunday qiladi. Haqiqiy sevgi — ikki odamning orasidagi o‘z juftini baxt­ li qilish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilish istagidir. Sev­ gi xudbinona emas, u «xudbinlik qilmaydi» (1 Kor. 13:5). Haqi­ qiy sevgida har bir kishi sevadigan odamini eng yaxshi narsa bi­ lan ta’minlashga va uni eng yomon narsadan himoya qilishga in­ ti­ ladi. Haqiqiy, demakki o‘zinigina yaxshi ko‘rmaydigan muhab­ bat g‘oyasini bolalarga tushuntirish har doim ham oson emas. O‘ta ziyrakliksiz ham har birimiz bolalar tabiatan xudbin ekanini bi­ lamiz. Do‘mboqchamiz ota qo‘lidan o‘yinchoqni tortib olib: «Meniki!» deb e’tirozsiz ta’kidlagan vaziyat bilan qaysi birimiz tanish emasmiz? Har birimizning ichimizda bizga berilishi lozim bo‘lgan narsani ololmay qolishdan cho‘chish yoki huquqimiz bo‘yicha bizga tegishli bo‘lgan narsani qo‘ldan chiqarib yuborishdan qo‘rqish yashiringan. Demak, inson tabiatiga berishdan ko‘ra olish ko‘proq xosdir: yaqinlarimiz bilan «o‘yinchoqlar»ni bo‘lishish yoki ularga o‘z vaqtimizni ajratish, mutlaqo begona odamlar uchun shunday qurbonlik qilish haqida-ku, gapirmasak ham bo‘laveradi… Bir qaraganda, bunday xulq-atvor umuman bizning foydamizga emasdek, lekin aslida Xudo beg‘arazlikni sog‘lom munosabatlarning tamal toshi qilib qo‘ygan. Aslida, beg‘arazlik va bo‘lishish­ ga layoqatlilik siz bilan bizning foydamizgadir. Iso Masih shunday degan edi: «Boshqalarga bering, Xudo ham sizlarga beradi, mo‘l-ko‘l qilib beradi, Sizlar qanday o‘lchov bilan o‘lchasangizlar, Xudo ham sizlarga xuddi shunday o‘lchov bi­ lan o‘lchab beradi» (Luq. 6:38). Bu o‘zaro sevgining qoidalari­ dan biridir: biz bergan narsamizni olamiz. Birinchi navbatda, odamlarning manfaati haqida o‘ylay turib va ularga o‘zimizning nar­ samizni tarqata turib, biz muhtoj bo‘lib qolmaymiz — bunday beg‘arazlik bizga chuqur qoniqish keltiradi. Esimda, bir gal Shon bilan birga San-Diyego markazida sayr qi­ lib yurar ekanmiz, biz tamaddi qilib olish uchun tez ovqatlanish res­ toranchasiga kirdik. Katta bir sendvichga buyurtma bergach, biz uni ikkiga bo‘lmoqchi bo‘ldik. Ko‘chaga chiqqach, biz o‘rindiqqa o‘tirdik va sendvichni bo‘l­ moqchi bo‘ldik, shu payt qo‘shni o‘rindiqda uysiz odamga juda o‘x­ shab ketadigan bir erkak kishini ko‘rib qoldik. Men Shonga qa­ radim va o‘sha notanish odamga ishora qilib bosh irg‘adim. — Garov o‘ynayman, u ham juda ochqagan, — deb shivirladim men o‘g‘limga. — Balki sendvichimizdan unga ham berarmiz? — Dada, men ochdan o‘lay deyapman, — javob berdi Shon. — Mening qornim ham pand beryapti. — Lekin ishonchim komilki, bu odam bizdan ko‘ra yuz marta ochroq. Ishonaver, hatto sendvichni uchga bo‘lganimizda ham qornimiz to‘yadi. To‘g‘risini aytay, Shon unamaygina bosh irg‘ab, rozilik bil­ dirdi. Men ismi Allen bo‘lgan bu erkakka, o‘g‘lim bilan birga katta send­ vich sotib olganimiz va agar u, ya’ni Allenning qorni ochgan bo‘lsa, u bilan sendvichni bo‘lishishga rozi ekanligimizni aytdim. U bizga tabassum hadya qilib, bizning o‘rindig‘imizga o‘tib o‘tirdi va har birimiz o‘z bo‘lagimizni bajon-u dil yeb oldik. Suhbatlashar ekanmiz, biz Allen haqiqatan ham uysiz ekanini aniqladik. U o‘zining ancha qayg‘uli tarixini so‘zlab berdi, biz esa uni diqqat bilan tingladik. Men o‘zim haqimda, jumladan qanday qilib masihiy bo‘lganim haqida qisqacha aytib berdim. Xayrlashishdan avval, Shon ikkimiz Allen bilan birga duo qildik va u bu dunyoda o‘zi haqida qayg‘uradigan Zot borligini bilib xayrlashdi. Shon bilan ikkimiz San-Diyegodan tog‘dagi uychamizga qay­ tayotganimizda, o‘g‘lim shunday dedi: «Dada, men sendvichning ati­ gi uchdan bir bo‘lagini yedim, lekin o‘zimni xuddi ikkitani yegandek sezyapman. Biz o‘sha Allen bilan bo‘lishganimiz juda yaxshi bo‘ldi. Biz unga yordam berdik, deb o‘ylayman». Vaziyat­ dan foydalanib, o‘g‘limga atrofdagilar bilan biror narsani bo‘lishayotganimizda va o‘z ehtiyojlarimizni to‘ldirishni Xudoga ishonib topshirayotganimizda, U har doim biz haqimizda qayg‘urishini tushuntirdim. Xudo yo bu hayotda, yoki narigi dunyoda biz mukofotlanishimizni nazorat qilib turadi. Bolaga o‘z vaqtini yoki o‘ziga qimmatli bo‘lib tuyulgan biror nar­ sani qurbon qilishini taklif qiling. Hatto kichkintoylar ham Xudo bunday qurbonliklarni naqadar saxiy siylashini o‘zlashtirib olishga qodir. O‘zining cho‘ntak xarajatlari uchun ajratilgan mab­ lag‘idan uzoq mamlakatdagi hamma narsadan mahrum bolalar uchun xayriya qilish bola uchun mutlaqo foydali tajriba bo‘lishi mum­ kin. Ko‘plab insonparvar tashkilotlarning faoliyati shunday qu­ rilganki, bolalarning o‘z tengdoshlariga xayriya qilishlarini rag‘batlantiradi (masalan, bolalarga xatlar va fotosuratlar almashish imkoniyati beriladi). Xayriya faoliyatida ishtirok etish ularga Xudo sevgisining bu ajralib turuvchi xususiyatini tushunishlari­ ga yordam beradi. Shuningdek, faqat o‘zini yaxshi ko‘rishga yo‘nalmagan muno­ sa­ batlar va xulq-atvorning ko‘rgazmali namunalari ham ancha foy­ dalidir. Siz o‘z vaqtingiz, kuch-quvvatingiz yoki buyumlarin­ giz­ ni qurbonlik qilgan, o‘tmishdagi yoki hozirgi kunlardagi mu­ no­ sabatlar haqida bolalarga so‘zlab bering. Bu munosabatlar siz­ ga na­ qadar baraka keltirganini ular bilib qo‘yishsin. Birinchi qo‘l­ lardan bo‘lgan guvohlik bolalarni beg‘arazlik va boshqa odam­ ning ehtiyojlariga e’tiborni jamlash o‘zaro munosabatlarni mus­ tahkam qilishi va mukofotlar hamda qoniqish keltirishiga ishon­ tiradi. HAQIQIY SEVGI BERA OLISHIDAN OLDIN, OLISHI ZARUR Biz o‘zimizda yo‘q narsani bera olmaymiz — bu shubhasiz. Jum­ la­ dan, muhabbatni ham. O‘zimiz olmagan narsani birov bilan bo‘lisha olmaymiz. Havoriy Yuhanno yozgan ediki: «Haqiqiy sevgi — bizning Xudoga bo‘lgan sevgimiz emas, balki Xudoning biz­ ga ko‘rsatgan sevgisidir. <…> Biz sevamiz, chunki Xudo bizni bi­ rinchi bo‘lib sevdi.» (1 Yuh. 4:10, 19). Yaqinlarni yaxshi ko‘rish layoqati Xudoning muhabbati va atrof­ dagilarning bizga bo‘lgan muhabbati bilan birga keladi. Qal­ bimizni O‘zining muhabbati bilan to‘ldirmay turib, Xudo biz­ ni yaqinlarimizga nisbatan afv etish, shartsiz qabul qilish, hamdardlik va e’tibor berish, muhabbatimizni namoyon qilish va tan olishga chaqirmaydi. Masalan, havoriy Pavlus shunday deydi: «Ma­ sih sizni Xudoning shuhratida qabul qilgani singari bir-bi­ ringizni qabul qiling» (Rim. 15:7). Biz Iso Masih tomonidan qabul qilinganimizda, atrofdagilarni qabul qila olamiz. Xudoning saxiy muhabbati va atrofdagilarning muhabbati tufayli bizning o‘zimiz beg‘araz qurbonlik qilish va sevish qobiliyatiga ega bo‘lamiz. Odamlarni sevishi va ularga ishonishi qiyin bo‘lganlar haqida o‘ylab ko‘ring. Balki o‘tmishida ularda yomon va oxir-oqibatda buzilgan munosabatlarning qayg‘uli tajribasi bo‘lgandir. O‘tmishdagi mustahkam va axloqan sog‘lom munosabatlar — bizning bu sohadagi bugungi va kelgusi muvaffaqiyatlarimiz garovi bo‘ladi. Va aksincha: o‘tmishdagi yomon tajriba bugun va kelgusida buzilgan munosabatlar shakllanishiga olib keladi. Bu buzuq doira uzili­ shi kerak va bunday imkoniyat bizga Xudoning haqiqiy sevgisini qabul qilish imkoni orqali berilgan. Men ijtimoiy nochor oilada o‘sganimni gapirib o‘tgan edim. Men haqiqatan ham na sevgini qabul qila olar edim, na uni namo­ yon qila olar edim. O‘zimning bo‘lg‘usi oilamda xulq-atvorning bu zararli andazasini yana davom ettirishga mahkum edim… toki Xudo, o‘zim va atrofimdagi odamlar bilan sog‘lom munosabatlarga ega bo‘lgunimga qadar. Maktabda va universitetda o‘qigan vaqtimda menga oila a’zolari haqiqatan bir-birini sevadigan oila juda ham yetishmas edi. Dik va Sharlotta Dey qiyofasida bunday xudojo‘y oilani uchratish menga nasib qildi. Men Dik bilan 1960-yillarda, ikkalamiz ham seminariyada o‘qi­ yotganimizda tanishdim. Dik boshqa talabalardan bir necha yosh katta edi va uning xotini hamda to‘rt farzandi bor edi. U o‘ttiz yosh­ ga kirishi arafasida imonga kelgan va xizmat qilishga da’vat qi­ linganini his qilgan edi. Biz birgalikda bo‘lg‘usi o‘quv fanlarini tan­ layotganimizda tanishib qoldik va shu zahotiyoq til topishdik. Tez orada, men Dey oilasining yana bir a’zosiga aylandim, ko‘pincha ularnikiga eng noqulay vaqtda, masalan, tonggi 6:30 yoki tungi 11:00 dan keyin, o‘sha paytda menga o‘ta muhim bo‘lib tuyulgan biror narsa haqida gaplashish uchun kirib borave­ rar edim. Sabrli Dik har doim menga nisbatan ezgu va e’tiborli edi. Bolalik yillarimda bunday munosabat haqida faqat orzu qila olar edim, xolos. Men Dik va Sharlotta bir-birlariga va bolalariga nisbatan qanday munosabatda bo‘layotganidan ta’sirlangan edim. Ular bolalariga o‘ziga xosligi va o‘rnini bosib bo‘lmasligini his qilishlariga imkon berib, ularni doimo rag‘batlantirib, qabul qilishar va qadr­ lashar edilar. Ular o‘z muhabbatlarini erkalovchi so‘zlar, nozik qo‘l tekizishlar va tez-tez quchoqlashlar orqali namoyon qilishar edi. Aytish mumkinki, Deyning oilasi tufayli men bag‘riga bosish nima ekanligini bildim. Dik va Sharlotta har doim ularga muhtoj bo‘lganlarning yonida edilar. Ular har doim bolalar uchun vaqt topishar edi, bu menda o‘chmas taassurot qoldirdi, chunki mening otam mening borligimni kamdan-kam esga olar edi. Men Dik va Sharlottaning oilasida payqagan yana bir xususiyat bor edi: ota-onalar uy ishlarida yordam bergani uchun bolalarga minnatdorchilik bildirishar edi. Chiqindini olib chiqish, uy yig‘ishtirish, xullas, nima bo‘lsa, hammasida ular bolalarga bergan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirishni yoddan chiqarmas edilar. O‘z bolaligimni eslar ekanman, shuni aytishim mumkin­ ki, otam menga mehnat qilishni o‘rgatdi va buning uchun men un­ dan minnatdorman. Lekin u men qilgan ishni qadrlar edimi? Umu­ man shunaqasi bo‘lganini biror marta eslay olmayman. Amalda Dikning oilasi men uchun ilgari hech qachon menda bo‘lmagan oilam bo‘lib qoldi. O‘zaro muhabbatimiz tufayli, men axloqan sog‘lom insoniy munosabatlar qanday bo‘lishini bilib oldim. O‘zingizning noxush o‘tmishingizning ta’sirini yengish jarayonida (u yoki bu darajada bu har birimizga xos), ruhiy yetuk, Kalomdagi shaxslararo sog‘lom munosabatlarni shunchaki eshi­ tish orqali bilmaydigan masihiylar oilasini topishga harakat qiling va ular bilan do‘stlashing. Oilaning ruhan yetuk otasidan, ehtimol bobongiz qatori bo‘lgan oila boshlig‘idan sizga murabbiylik qilishini so‘rang. O‘z iltimosingiz bilan siz unga hurmatingizni bildiribgina qolmay, o‘z bolalaringiz bilan iliq va ishonchli munosabatda bo‘lishingizga kerak bo‘ladigan hissiy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. HAQIQIY SEVGI BOSHQA ODAMNING EHTIYOJLARI HAQIDA QAYG‘URADI Ta’kidlash joizki, Iso Masihning sevuvchi qalbini tasvirlash uchun «rahm qildi» fe’li va uning sinonimlari boshqa so‘zlarga qaraganda ko‘proq ishlatiladi, deyish mumkin. Ikki nafar ko‘zi ojiz odamlarni ko‘rib, U «rahm qildi». Moxov kishini ko‘rib U yana «shafqat qildi», och va daydib yurganlarni ko‘rib, Rabbiyning «rahmi keldi» 26. Kulfatda qolgan odamlar bilan uchrashuv Iso Masihning muhabbatga to‘la qalbida darhol aks-sado uyg‘otar edi va bu kulfatda qolgan odamdagi jismoniy, hissiy yoki ruhiy muhtojlik ekanining ahamiyati yo‘q edi. Mana shu haqiqiy sevgining namoyon bo‘lishidir — muhtojlikda qolgan odamning muammosiga darhol javob berish. Birinchi farzandingiz dunyoga kelishi bilan u sizning e’tiboringizni o‘ziga jalb qilish qobiliyatiga ega ekanini sezmagan bo‘lishingiz mumkin emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning juda ham ovozi baland bo‘ladi! Menimcha, sizning bolalaringiz ham o‘zlarining «vokal qobiliyati»dan mahorat bilan foydalanishgan. Bola qulog‘ingizni «rohatlantirishi»ning sabablaridan biri — u ochqa­ ­ gan ekanini sizga bildirishga urinishidir. Ishonchim komilki, siz xotiningiz bilan birga uning bu ehtiyojini ortga surib qo‘ymagansiz va zudlik bilan ochqagan bolani ovqatlantirishga tushgansiz. Ko‘k­ rak suti yoki sut aralashmasini hazm qilgach, bola boshqa bir ehtiyoj­ ga duch kelgan, uning tagligini almashtirar ekansiz, siz bu ehtiyojini ham qondirishga shoshilgansiz. Nihoyat, u uxlay boshlagani­ da, unga qulay va xavfsiz uyqu uchun sharoit yaratib, siz quvonch bilan bu ehtiyojini ham qondirgansiz. Bolaning jismoniy ehtiyojlarini ta’minlash bilan siz u tug‘ilgan paytdan beri mashg‘ulsiz va bu — haqiqiy sevgini namoyon qilishning bir qismidir. Bolaga muhabbat shuningdek, uning muhim hissiy yoki qalb ehtiyojlarini qondirishni ham nazarda tutadi, chunki jismoniy ehtiyojlar bilan bir qatorda uning qalb ehtiyojlari ham bor. Bu ehtiyojlarni qondirar ekanmiz, biz bolaga o‘z navbatida atrofdagilarning muhim hissiy ehtiyojlarini to‘ldirishni o‘rganishiga imkon beramiz. Bu axloqan sog‘lom munosabatlarning farqlovchi xususiyatidir. Men Deylar oilasida aynan shunday o‘zaro munosabatlarni kuzatdim. Bir-birlarining muhim hissiy ehtiyojlarini qondirayotgan bu oilaning a’zolari o‘zinigina yaxshi ko‘radigan odamlar emas edilar. Dik va Sharlotta bolalarga ularning ehtiyojini qondiruvchi muhabbatni namoyon qilar edilar, har bir bolaning qabul qilinish, tan olinish va muhabbatga bo‘lgan hissiy ehtiyojlari qondirilgani uchun, oilada hukmron bo‘lgan muhit bolalarga atrofdagilar bilan ham xuddi shunday yo‘l tutishni o‘rgatar edi. Uzoq yillar davomida men o‘z bolalarimning hamma hissiy ehtiyojlarini bilavermasligimdan tashvishlanib yurdim. Buning us­ ­ ti­ ga, men o‘zimning qalb ehtiyojlarimni yoki Dottining qalb ehtiyojlarini bilishimni ishonch bilan ayta olmas edim. Oldingi boblarda ulardan ba’zilari haqida eslatib o‘tdim, masalan, qabul qilinish, tan oli­ nish, qo‘llab-quvvatlash, e’tibor ko‘rsatishga bo‘l­ gan ehtiyojlar. Muqaddas Kitob bizda mavjud bo‘lgan kamida o‘ttiz beshta his­ siy ehtiyojlar haqida eslatadi, ular u yoki bu darajada qondiri­ яlishga muhtojdir. Biz ularni «bir-birimizga» nisbatan Kalomdagi da’vatlar deb ataymiz, masalan: «bir-biringizni birodarlarday qabul qiling» (Rim. 15:7), «barcha a’zolar bir-biriga g‘amxo‘rlik qiladi» (1 Kor. 12:25), «bir-biringizga dalda berib, kuch va g‘ayrat bag‘ishlang» (1 Fes. 5:11) va hokazo. Meni Kalomdagi bu parchalar bilan tanishtirgan aziz do‘stim, doktor Deyvid Fergyuson odam­ ning hayotida eng ustun bo‘lgan o‘nta ruhiy ehtiyojlarni qanday aniqlashni menga tushuntirib berdi. Uning maslahati bebaho yordam bo‘ldi va oilam a’zolarining eng muhim hissiy ehtiyojlarini qondirish uchun muayyan qadamlarni ko‘rsatib berdi. Albatta, Kalom sahifalaridan barcha hissiy ehtiyojlarning ta’rifini o‘zingiz topa olasiz, lekin men ulardan o‘ntasi bilan cheklanaman va Muqaddas Kitob sahifalaridan (biz ehtiyojning mavjudligini shu yerdan bilib olamiz) oyatlarni ko‘rsatgan holda, har bir ehtiyojga ta’rif beraman. Odamning ustunlikka ega qalb ehtiyojlarining ro‘yxati bilan tanishar ekansiz, ulardan qaysi biri bolalaringizning har biri uchun birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini aniqlashga harakat qiling. Bu ehtiyojlarni tasvirlash birinchi shaxs nomidan berilmoqda, ya’ni ular o‘rni to‘ldirilganida, bolaning o‘zi qanday tasvirlaydigan bo‘lsa shunday berilmoqda. • Qabul qilinishga bo‘lgan hissiy ehtiyoj. Sizning menga bo‘l­ gan muhabbatingiz shartsiz bo‘lganida, ayniqsa, mening xulq-atvorim unchalik ideal bo‘lmaganida shartsiz bo‘l­ ganida men o‘zimni qabul qilingan deb his qilaman. Qabul qilinish tufayli men aslida qanday bo‘lsam, shunday­ li­ gimcha meni yaxshi ko‘rishlarini his qilaman (qarang: Rim. 15:6). • E’tibor(g‘amxo‘rlik)ga bo‘lgan hissiy ehtiyoj. Meni hayajonlantirayotgan narsa bilan samimiy qiziqqaningizda men haqimda g‘amxo‘rlik qilayotganingizni his qilaman (qarang: 1 Kor. 12:25). • Ma’qullashga hissiy ehtiyoj. Siz mendan odam sifatida rozi ekaningiz va mening borligim sizga yoqimli ekanini ko‘rsat­ ganingizda sizning ma’qullashingizni his qilaman (qarang: Rim. 14:18). • Tan olishga hissiy ehtiyoj. Meni yutuqlarim yoki biror narsaga erishishga harakatim uchun maqtashingiz va minnatdorchilik bildirishingiz menga juda yoqadi (qarang: 1 Kor. 11:2). • Yupatishga (xayrixohlikka) bo‘lgan hissiy ehtiyoj. Mening iztiroblarim tufayli kuyib-pishganingizda va menga hamdardlik bildirganingizda men har doim yupanaman (qarang: 2 Kor. 1:3–4). • Qo‘llab-quvvatlashga hissiy ehtiyoj. Menga yordamga kelganingizda va mening yukimni yengillatish va muammoyim­ ni hal qilish uchun yelkangizni tutganingizda sizning qo‘l­ lab-­ quvvatlashingni his qilaman (qarang: Gal. 6:2). • Hurmatga hissiy ehtiyoj. Mening fikrlarim yoki g‘oyalarim­ ni qadrlaganingizda va meni uddaburon inson deb hisoblaga­ ningizda menga bo‘lgan hurmatingizni his qilaman (qarang: 1 But. 2:17). • Himoyalanganlikka hissiy ehtiyoj. Mening hayotimdan yo‘qotish yoki muhtojlik qo‘rquvini chiqarib tashlashga urinayotganingizda yoki bizning munosabatlarimizni hech qanday vaziyatlar tebrata olmasligiga menda ishonch uyg‘otayotganingizda o‘zimni himoyalangan deb his qilaman (qarang: 1 Yuh. 4:18). • Sevgiga hissiy ehtiyoj. Mendan quchoqlash va erkalovchi so‘zlaringizni ayamaganingizda o‘zimni sevimli deb his qilaman (qarang: Rim. 12:10). • Dalda berishga hissiy ehtiyoj. Meni ruhlantirganingizda va ijobiy maqsadlarga erishishga undayotganingizda dalda olaman. (Qarang: Ibr. 10:24) Bolalarimiz hammasidan ko‘ra ko‘proq qanday hissiy ehtiyojlarni qondirilishiga muhtoj ekanliklarini bilish naqadar yaxshi bo‘lar edi! Bu hissiy ehtiyojlar har birimizga u yoki bu darajada xos bo‘lib, ulardan har birining qondirilishi biz uchun katta ahamiyatga ega. Baribir har bir muayyan vaziyatda alohida ehtiyojlar ustun bo‘lishi mumkin. Masalan, Xizer uchun unga e’tibor be­ rish hamma narsadan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgani holda, Shon uchun hurmat katta ahamiyatga ega. Dotti hammasidan ko‘ra ko‘proq qo‘llab-quvatlashga muhtoj, men uchun esa tan oli­ nish o‘ta muhim. Haqiqatan ham, keyin oila davrasida muhokama qi­ lish uchun bolalaringiz, xotiningiz yoki o‘zingizga qaysi uch-­ to‘rtta hissiy ehtiyojlar eng muhim ekanini bilish ortiqchalik qil­ mas edi. Qarindoshlar bir-birining hissiy ehtiyojlarini qondirish uchun ongli sa’y-harakat qilishlari naqadar ta’sirchan! O‘zingizni hamda oila a’zolaringizning ustun qalb ehtiyojlarini aniqlab olishda sizga yordam berish uchun, shu kitobning oxirida keltirilgan juda foydali testdan foydalanishni tavsiya qilaman. Doktor Deyvid Fergyuson tomonidan «Great Commandment Network» bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bu test sizga va oila a’zolaringizga qaysi hissiy ehtiyojlar ustun ekanligini bilib olishda yordam beradi. Boshqa odamlarning hissiy ehtiyojlarini tushunish va o‘rnini to‘ldirishga bolalarni tayyorlash sifatida, ularni men bilan birga Dottining hissiy ehtiyojlarini qondirishda faol ishtirok etishga taklif qildim. Shunday qilib, men ularga namuna bo‘ldim va ayni paytda ularga so‘zda emas, ishda o‘z onasiga haqiqiy yordam ko‘rsa­ tish imkoniyatini berdim. Masalan, tug‘ilgan kunni olaylik. Albatta, siz har yili o‘z bolalaringizning tug‘ilgan kunini nishonlaysiz. Bu ularning eng asosiy hissiy ehtiyojlarini qondirishning ajoyib imkonidir. Navbatdagi tug‘ilgan kunni bayram qilish vaqtida bolalar sizning hissiy ehtiyojlardan birini qondirish niyatida ekaningizni bilishiga ishonch hosil qiling. Keyinroq ularga ularning hissiy ehtiyojini qondirganingiz tufayli, ular ham boshqalar uchun xuddi shunday qilishi mumkinligini tushuntiring, buning uchun xususan onasining tug‘ilgan kunini nishonlashdan foydalanish mumkin. Dottiga bir og‘iz ham so‘z demay turib, men bolalarni to‘pladim va onasining tug‘ilgan kunini nishonlashni tashkil etish bo‘yicha o‘z rejalarim haqida ularga so‘zlab berdim. Esimda, men o‘shanda bunday degan edim: «Bolalar, onangizning tug‘ilgan kuni yaqinlashyapti va menga sizlarning yordamingiz kerak. Biz uni qanchalik kuchli sevishimizni va u haqda yaxshi g‘amxo‘rlik qilishga urinayotganimizni u tushunishi uchun uni qanday xursand qilsak bo‘ladi?» Shunday «maxfiy yig‘ilishlar»ning birida Kelli shunday dedi: — Biz plyajga sayr uyushtirishimiz mumkin, chunki onam plyajda dam olishni yoqtiradi. — Menda bir g‘oya bor, — e’lon qildi Shon. — Onam spaget­ tini yaxshi ko‘radi va biz kechki ovqatga unga spagetti tayyorlab berishimiz mumkin. — Menda yaxshiroq fikr bor, — gapga qo‘shildi Keti. — Nega endi plyajda spagetti tayyorlab sayr qilishimiz mumkin emas ekan? Bu «maxfiy yig‘ilishlar» bolalarga onasining hissiy ehtiyojini qondirishni o‘rgatishning ajoyib imkoniyati bo‘lib chiqdi, xuddi ularning tug‘ilgan kunlarida hamma oila a’zolarimiz ularning his­ siy ehtiyojlarini qondirish haqida qayg‘urganidek. O‘shanda biz Dot­ ti uchun tayyorlagan tabrik otkritkasida, bolalarning har biri bir nechta muhabbat va qo‘llab-quvvatlashga yo‘g‘rilgan so‘zlarni yozib qo‘yishdi. Ularga onalaridan qanchalik ko‘p muhabbat va qo‘llab-quvvatlash olganlarini, endi esa unga o‘z minnatdorchilik­ larini bildirishlari uchun imkoniyat tug‘ilganini eslatdim. Bolalarga e’tibor bera turib va ularga g‘amxo‘rlik qilayotib, ularni hech qanday shartlarsiz qabul qilishingizni, tan olishingizni, qo‘llab-quvvatlashingizni, ma’qullashingizni, hurmat qilishingizni va sevishingizni namoyish qilishga urining. Lekin shunda to‘xtab qolmang. Ularni o‘zingizning ittifoqchingizga aylantiring va onasining hayotidagi xuddi shunday hissiy ehtiyojlarini qondirish haqida qayg‘urishni o‘rgating. Ularga topqirlik qilishni va siz bilan birga onasining qalb ehtiyojlarini qondirishda faol ishtirok etishni taklif qiling. HAQIQIY SEVGI TANLOVNI NAZARDA TUTADI Ko‘p yillar o‘tib ketdi, lekin menga savol bilan murojaat qilgan ruhoniyning so‘zlari hozirgidek yodimda: «Joslin Deyvid, sen Do­ roti Enni qonuniy xotinlikka olasanmi? U bilan birga bo‘lish va shu kundan boshlab uni quvonchi va qayg‘usida ham, boyligi va kambag‘alligida ham, kasalligi va sog‘lig‘ida ham ehtiyot qilish, toki o‘lim sizlarni ajratmagunicha uni sevish va erkalashga tay­ yormisan?» O‘sha nikohlash va to‘y tantanasi bizning Dotti bilan nikohimizning yakunlanishi emas, balki boshlanishi bo‘ldi. Haqiqiy sevgi, ayniqsa, nikoh ittifoqi yo‘lning tugashi emas, balki ikkala sevishgan uchun muhabbat ahdi bilan mustahkamlangan sayohat­ ninig boshlanishidir. Ko‘ryapsizmi, muhabbat tanlovni nazarda tutadi. Men Dottiga sodiq bo‘lishni tanladim va bu tanlov unga sa­ doqatni saqlash va oxirgi nafasimgacha uni butun qalbim bilan se­ vishga ongli qaror qilish edi. Faqat bir ayol — o‘z xotiningizga mu­ habbatni tanlar ekansiz, siz unga nisbatan sodiqlik va vafodorlikni tanlaysiz. Er-xotinlik munosabatlarining mohiyati shundan iborat. Boshqa odamlar bilan munosabatlarimizning hammasi ham butun umr davom etavermaydi. Ba’zi do‘stona munosabatlar turli sabablarga ko‘ra tugashi mumkin, lekin siz uzoq muddatli munosabatlarni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ongli tanlovga tayyor turing. Bolalaringiz muhabbat — shunchaki hissiyot yoki hissiy ishtiyoq emasligini bilib olsin. Sevgi sharoitga qaramagan holda, biz uchun qadrli bo‘lgan odamning yonida bo‘lish ahdiga asoslangan. O‘z to‘yingiz bo‘lgan kunni nishonlashdan foydalaning va bolalarga sizning nikohingiz — butun umr cho‘zilishi nasib etgan nikohlardan biri ekanini aytib bering. To‘yingiz bo‘lgan kunni nishonlashni oilaviy tantana qilib olishingiz mumkin. Nikohdagi sadoqat — tanlov ekanligini va siz hamisha faqat o‘z xotiningiznigina butun qalbingiz bilan sevishni tanlashingizni ayting. Shuningdek, biror kishining to‘yiga taklif qilishganidan foydalanib, bu tantanaga bolalaringiz bilan birga boring. Ularga romantik munosabatlarning tabiiy natijasi sifatida nikoh tuzar ekan, odam­ lar tanlov qilishini va bir-biriga sodiq qolishga tantanali va’da be­ rishini bolalarga tushuntiring. Bugungi kunlarda bu va’dalar oson­ gina buzilayotgandek, nikoh ahdlari uzoq muddatli emas va er-­ xotinlik munosabatlari hissiyotlar qancha yashasa shuncha davom etadigandek tasavvur uyg‘onmoqda. Bolalarga nikohdan Xudoning niyati bunday emasligini tushunishlariga yordam bering. Er-xotin bir-biriga sodiq qolganida, ularning munosabatlari butun umr davom etishini ular bilib olishsin. Bir umr davom etuvchi er-xotinlik munosabatlari — Xudoning ni­ kohdan ko‘zlagan niyatining amalga oshishidir. Haqiqiy sevgi fa­ qat o‘zinigina sevish emas, balki boshqa odamning ehtiyojlari ha­ qida ham qayg‘uradi. Otaning oltinchi majburiyati, mana shudir: haqiqiy sevgi nima ekanini bolaga tushuntirish. Izohlar [26] Qarang: Mt. 9:36; 14:14; 15:32; 20:34; Mk. 1:41; 6:34; 8:2. — Muallif izohi. 9. Yettinchi majburiyat: BOLAGA YAXSHILIKNI YOMONLIKDAN AJRATISHNI O‘RGATISHGA HARAKAT QILISH Aaron, senga so‘z beraman, bu suhbat oldingi suhbatlarimizga o‘xshamagan bo‘ladi, — dedi ota. — Va’da beraman, endi senga ovozimni ko‘tarmayman. — Xonaga jimlik cho‘kdi. Jimlikni Aaronning onasi Marsining burnini tortishi buzib turardi, xolos. O‘n yetti yoshli o‘smirning otasi Rik, mahalliy elektronika do‘konidan o‘g‘irlik qilishda ayblanayotgan o‘g‘lini koyir edi. — Shunchaki bir-ikkita savolimga javob ber, — davom etdi Rik. U o‘g‘lini gapirtirish harakatidan to‘xtamas edi: — Do‘kondan o‘g‘rilik qilganlik uchun hibsga tushish qanday bo‘ladi? — Bilmadim. — O‘zingning aybingni anglayapsanmi? — Yo‘q. — Yomon ish qilganingni tushunmayapsanmi? — Yomon desa ham bo‘ladi. — Nega? — Bilmayman. — O‘g‘irlash mumkin emasligini bilmaysanmi? — gapida turib oldi Rik. Marsi ota va o‘g‘ilning suhbatini eshitib o‘tirar edi. Vaqti-vaqti bilan Aaronga qarab qo‘yar ekan, u mutlaqo begona odamni ko‘rayotgani haqida o‘ylar edi. Boshqa gal uning ko‘z o‘ngida u bolasiga ertak o‘qib berayotganida tizzasiga kelib o‘tirib oladigan go‘dak namoyon bo‘lar edi. Kichkintoyning o‘smirga aylanishi Rik va Marsiga oson bo‘lmadi. Suhbat ishtirokchilari o‘rin almashishdi: endi Aaron gapirar edi. — Mumkin emas, degan gapni qayerdan oldingiz? — so‘radi u otasidan, kutilmaganda oldinga engashib va birinchi marta suhbat­ ga qiziqish namoyon qilib. Rik tushunmay o‘g‘liga tikildi: — Nima deyapsan? — Men nima yomon ish qilibman? Men arzimas bir kamerani oldim, bo‘ldi. Men ulardan sotib olgan videokamera boshidan yomon ishladi. Ular kamerani yaroqlisiga almashtirib berishlari shart edi, lekin buni rad qilishdi. O‘zimning haqqim bo‘lgan narsani ulardan olganimning nimasi yomon? — Quloqlarimga ishonmayman, — dedi Rik. Aaron namoyish­ korona ko‘zlarini tepaga qaratdi, keyin divanning suyanchig‘igi suyanib olib, qo‘llarini ko‘ksida chalkashtirdi. — Aaron! — Rik o‘g‘lini keskin siltadi: — Onang ikkimiz butun umr senga halol yashashni o‘rgatdik, o‘g‘irlash mumkin emasligini haligacha tu­ shunmaganingdan qattiq xafaman. — Kim o‘g‘irlayapti? — tishini g‘ijirlatdi Aaron. — Men emas­ ligim aniq. Do‘kon xodimlari har kuni qo‘lini o‘z xaridorlarining cho‘ntagiga tiqishadi. Ular hibsga olinishi kerak. Rik qattiq asabiylashdi. Uning sabri tugayotgan edi. — Kamerani olishga haqqing yo‘qligini juda yaxshi bilasan, do‘kon siyosatining bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Biz senga buni o‘rgatmaganmiz, Aaron Maykl! — Rikning yonida o‘tirgan Marsi erining g‘azablanishiga javoban uning qo‘lini mahkam qis­ di. — Gapimni eshit, — dedi Rik ovozidagi oldingi zo‘riqish bi­ lan. — Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, do‘kondan pulini to‘lamas­ dan biror narsa olish mumkin emas. Gap tamom-vassalom. Do‘kon­ ning nufuzi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar. — Nega? — qaysarlikda davom etdi Aaron. — «Nega» deganing nimasi? — Rikning achchig‘i keldi. — Bu noto‘g‘ri! Qilish mumkin bo‘lmagan narsalar bor, chunki mumkin emas, tamom. Ikkalamiz ham sening nohaq ekanligingni bilamiz. Bunga javoban Aaron ham ovozini ko‘tardi: — Nima deb o‘ylasangiz, o‘ylayvering, lekin men aybdor emasman. Sizning o‘z fikringiz bor, mening o‘z fikrim bor. Do‘st­ larimdan birortasi ham meni qoralagani yo‘q. Bu voqeada kim­ dir aybdor bo‘ladigan bo‘lsa, bu do‘kon ma’muriyati. Yigit xonadan tezroq chiqib ketish niyatida divandan sak­ rab turdi. — Hoziroq orqangizga qayting, yigit, — talab qildi Rik. — Futbolga boradigan vaqtim bo‘ldi, — e’lon qildi Aaron zinapoyadan turib. Marsi yana erining qo‘lini mahkam qisdi. — Sen odatdagi suhbatdan voz kechishni va’da bergan eding, — dedi u sekin, lekin qat’iy ohangda. Rik kresloga o‘zini tashlab, ko‘zlarini yumdi va o‘ylanib qol­ di. Farzandining axloqiy mo‘ljallari haqiqatdan shunchalik uzoq­ lashib ketishi qanday ro‘y berdi? Rik va Marsi hamma ota-onalar istayotgan narsani istashar edi: ham­ mamiz ham bolalarimiz yaxshilikni yomonlikdan ajratishini va to‘g‘ri axloqiy tanlov qilishlarini xohlaymiz. Lekin bu voqeadagi ota bolasi noto‘g‘ri tanlov qilganini bila turib, uni bunga ishontirishga ojiz edi. Biz, otalar haqiqatan ham bilishimiz zarur bo‘l­ gan narsa — zarurat tug‘ilganda, u to‘g‘ri axloqiy tanlov qila oli­ shi uchun o‘z bolamizga haqiqiy yaxshilikni so‘zsiz yomonlikdan ajrata bilishni o‘rgatishdir. Har qanday odam ichki sezgi bilan yaxshi xatti-harakatni yomo­ nidan ajratishga qodir. Shunday vaziyatni tasavvur qilaylik: mak­ tabdagi kiyinish xonasidan kimdir Aaronning krossovkasini o‘g‘irlab ketganini u bilib qoladi. U o‘zini jabrlangan his qiladimi? So‘zsiz. U o‘g‘rining qaysi qilmish yaxshi, qaysisi yomon ekan­ ligi haqida o‘z fikriga ega bo‘lishi huquqi borasida bahslashadi, deb o‘ylaysizmi? Bunga shubham bor. U xolis adolatlilik hissiga cha­ qiradi va bu yerda kim jabrlanuvchi ekanligi haqida shubha tug‘ilmaydi. Bunda, albatta, uning bir o‘zi emas, balki hamma bo‘ysunishga majbur bo‘lgan axloqiy qonunga murojaat qiladi. Lekin tasavvur qilinayotgan emas, balki real vaziyatda Aaron o‘zining harakatlarini o‘rinli deb hisoblaydi, chunki elektronika do‘konining ma’muriyati go‘yoki Aaron va boshqalarga nisbatan adolatsiz yo‘l tutgan. Buning natijasida, uning axloqiy tuyg‘ulari o‘g‘irlikni oqlaydi. Aslida zamonaviy bolalarning ko‘pchiligi vaziyatdan kelib chiqqan holda, o‘g‘irlash yoki aldash mumkin deb hisoblaydi. Bir vaziyatda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan qilmishga boshqa vaziyatda bemalol yo‘l qo‘ysa bo‘ladi deb hisoblashadi. Shunday qilib, agar bolalarning atrofini axloqiy qonun ikki ot qo‘shsa bo‘ladigan aravada yakka shoti, u vaziyatga qarab o‘zgaradi, deb o‘ylaydigan kattalar qurshab olgan bo‘lsa, qanday qilib bolalarga yaxshilikni yomonlikdan farqlashni o‘rgatish mumkin? HAQIQATNI ANIQLASHGA IKKI YONDASHUV Zamonaviy jamiyatda nimani yaxshilik va nimani yomonlik deb ta’riflashga ikkita har xil yondashuv mavjud. Har bir yondashuv biz­ ning dunyoqarashimizga ta’sir ko‘rsatadi va har biri tamoyil jihatidan boshqacha nuqtayi nazarni namoyon qiladi: • Birinchi yondashuv: Nima yaxshilik, nima yomonlik ekanligini hamma uchun faqat Xudo hal qiladi va Uning ta’rifi mutlaqo obyektiv bo‘lib, hayotdagi hamma holatlarni qam­ rab oladi. • Ikkinchi yondashuv: Nima yaxshilik, nima yomonlik ekanligini har bir kishining o‘zi mustaqil hal qiladi va bu ta’rif subyektiv va sharoitga bog‘liq. Birinchi yondashuv inson emas, Xudo asosiy ishtirok etuvchi shaxs ekanligini va odam emas, Xudo barcha mavjud narsalarning Manbai va Koinot egasi ekanligini tan oladi. U — haqiqat Manbai, yaxshi va yomon bo‘lgan barcha narsalarning Yaratuvchisi va Hakamidir. Ikkinchi yondashuv insonni asosiy deb biladi. Insonni axloqiy qonunning o‘lchovi deb qabul qilar ekan, bu yondashuv o‘ta individual (ya’ni subyektiv) bo‘lib, sub’ektning shaxsiy sharoitiga bog‘liq (ya’ni sharoitga qarab o‘zgaradi). Boshqacha qilib aytganda, har bir odam haqiqat nima ekanligi haqida mustaqil fikr yuri­ tishga o‘zini haqli deb hisoblaydi va shundan kelib chiqib, nima yaxshilik va nima yomonlik ekanligini belgilaydi. Hatto masihiy oilalarda ham aksariyat bolalar ikkinchi yonda­ shuvga asoslanishadi. Agar farzandingiz o‘smir yoshiga yetgan bo‘lsa, u, hoynahoy, subyektiv-sharoitga bog‘liq nuqtayi nazariga ergashadi yoki bu yondashuv hech bo‘lmaganda unga ta’sirini o‘tkazishga ulgurgan. Bolalarni birinchi yondashuvning sodiq ta­ raf­ dorlariga aylantirish uchun, biz ularga aslida nima yaxshi qil­ mishlarni yaxshi, yomonlarini esa yomon qilishini aniqlab olishda yordam berishimiz kerak. Buning uchun ularning hali mustahkamlanmagan ongida yaxshi va yomon axloq andazasi haqidagi tasavvurni — Xudo tomonidan o‘rnatilgan asl andaza haqidagi tasavvurni shakllantirishimiz zarur. ASL ANDAZANI SHAKLLANTIRISH Parij atrofida, Sevr shahrida o‘lchov va vaznlar xalqaro byurosining shtab-kvartirasi joylashgan bo‘lib, u o‘lchov birliklarini andazalashtiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu byuro butun dunyoda ishlab chiqariladigan metrli o‘lchovlar andazasini o‘rnatadi va bu ishonchli andazani saqlaydi. «Yaxshi» va «yomon»ning eng aniq o‘lchamlarini olishni istar ekanman, Sevrda saqlanayotgan andazaga murojaat qilgan bo‘lar edim. Bu xuddi o‘z chizg‘ichimdagi millimetrli bo‘linishlarning aniqligiga ishonch hosil qilish uchun men buni byuroning andazalariga solishtirganimga o‘xshar edi. Yoki agar menga sovutgichimdagi parhez koka-kolasining shishasida haqiqatan ham ikki litr suyuqlik mavjudligini aniqlash kerak bo‘lib qolsa, men bu hajm­ ni o‘lchovlar va vaznlar xalqaro byurosining ma’lumotlari bilan solishtirgan bo‘lar edim.. Keling, sizning iltimosingizga binoan, men hozirgina kesib tash­ lagan daraxtning balandligi haqida o‘rtamizda tortishuv bo‘lib qol­ di, deb tasavvur qilaylik. Yiqitilgan daraxtni o‘lchab ko‘rgach, men u bir metr balandlikda ekanligini aniqladim, siz esa o‘z rulet­ kan­ giz bilan o‘lchab ko‘rib, uning balandligi bir metrdan kam ekan­ ligini e’lon qildingiz. Qaysi birimiz haq ekanimizni qanday aniq­ lasa bo‘ladi? Biz Fransiyada saqlanayotgan andazaga mu­ rojaat qilishimiz mumkin. Har birimiz bajargan o‘lchamlarning aniq­ ligini aniqlash uchun biz ularni umum o‘rnatilgan andaza bilan solishtirishimiz kerak. Bolalarimiz aynan umum o‘rnatilgan andazaga muhtoj. Axloq me’yorlari sohasidagi da’volarni tartibga solishga qodir bo‘lgan qan­ daydir andaza mavjudligiga — umum o‘rnatilgan va insonning mayl­ lariga bog‘liq bo‘lmagan, nima yaxshilik va nima yomonlik ekan­ ligini belgilaydigan andaza mavjudligiga ularning ishonchi ko­ mil bo‘lishi shart. Metrli uzunlik yoki axloqiy me’yorni aniqlash bo‘yicha hara­ kat­ lar o‘xshash bo‘lishi kerak. Shu bois, haqiqatni o‘rnatish uchun, biz birinchi navbatda, u yoki bu o‘lchov belgilangan andazaga na­ qadar mos kelishi bilan qiziqishimiz zarur. Bizning birinchi qadamimiz yaxshi xulq-atvor to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni e’lon qilingan andaza o‘lchamlari bilan taqqoslash bo‘lishi zarur. Vebster lug‘ati, «haqiqat» so‘zini ta’riflar ekan, boshqa ma’nolari bilan bir qatorda, quyidagi ma’nosini ham keltirib o‘tgan: «asl nusxaga yoki andazaga mos kelish». Nima yoki Kim o‘sha asl nusxa yoki andaza ekanini aniqlash qoldi. Mana shu paytda Xudo bahsimiz ishtirokchisi bo‘lib chiqishi kerak, chunki Usiz axloqiylikning obyektiv va umum o‘rnatilgan andazasini topib bo‘lmaydi. Agar haqiqat va axloqiylikning obyektiv mezonlari mavjud deb hisoblasak, ular inson ongining mahsuli emasligini tan olish lozim bo‘ladi, aks holda, ular obyektiv bo‘lmay qoladi. Bunday mezonlar boshqa ong mahsuli bo‘lishi kerak va nima yaxshilik va nima yomonlik ekanini tartibga soluvchi umumiy qoida bor ekan, u shaxsiy tajriba doirasidan tashqarida bo‘lishi zarur, aks holda, bu qoida umum o‘rnatilgan bo‘lmaydi. Bunday qoida xususiy manfaatlardan ustun turishi kerak. Ta’rifga ko‘ra, umumiy haqiqat butun insoniyat, butun yaratilganlar uchun umumiy bo‘lgan nimadir yoki Kimdir bo‘lishi zarur. Bunday shartlar, ya’ni haqiqat va axloqiylikning talablariga faqat bir Zot mos kelishi mumkin bo‘lib, bu Shaxs — Xudodir. Ehtirom uyg‘otuvchi muqaddasligi (kitobimizning Oltinchi bobi shunga bag‘ishlangan) bilan bir qatorda, U har qanday haqiqat manbai bo‘lib namoyon bo‘ladi (qarang: Yuh. 16:13). «U suyangan Qoyam, — dedi Muso — Uning ishlari komil… Xudo sadoqatlidir, Unda yolg‘on yo‘q; U haq va odildir» (Qonun. 32:4). Ko‘ryapsizmi? Xudoning mohiyati va uning xulq-atvori haqiqatni belgilab beradi, yaxshilik va yomonlik o‘rtasidan chegara o‘tkazadi. Xudo hamma zamonlarda Yer yuzining hamma burchaklarida yashovchi barcha xalqlar uchun nima yaxshiligi va to‘g‘riligini belgilab beradi. Lekin haqiqat — u haqiqat sifatida belgilagan narsa emas. Uning O‘zi haqiqatdir! Biz axloqiy deb ataydigan hamma narsaning, har qanday ezgulikning manbai abadiy Xudodir, U O‘zining buyukligi bilan bizdan ustundir, bizdan afzaldir va bizni soyasida qoldiradi. Havoriy Yoqub shunday degan: «Har bir yaxshi va mukammal hadya sa­ modan keladi. Bu hadyalarni osmondagi jamiki yoritqichlarni yaratgan Xudo beradi. Yoritqichlarning nuri paydo bo‘lib, g‘oyib bo‘­ ladi, Xudoning ezguligi esa yo‘qolmaydi. Zero, Xudo hech qachon o‘zgarmaydi» (Yoqub. 1:17). Ko‘p ota-onalar bu bobninng boshida bayon qilingan otaga o‘x­ shashdirlar. Bu ota-onalar ham o‘sha ota kabi qilish mumkin bo‘lmaganligi uchun qilmaslik kerak bo‘lgan narsalar borligiga isho­ nishadi, tamom vassalom. Lekin bunday dalil bilan bolalarda nima yaxshilik va nima yomonlik ekanligi haqida qat’iy ishonch shakl­ lantirishga urinishlardan hech narsa chiqmaydi. Biz ularni Ka­ lomdagi mustahkam vajlar bilan qurollantirishimiz kerak. Biz ular­ ning tushunchasida biz nimanidir yaxshilik, nimanidir yomonlik deb hisoblaydigan sabab Parvardigori Olam, Yaratuvchining ma­ vjudligi bilan izohlanishini mustahkamlashimiz kerak, chunki U odil Xudodir. Biz «adolatlilik» va «adolatsizlik» deb ataydigan tushuncha­ lar bizning Yaratuvchimiz — beg‘araz Xudo ekanligidadir. Muhabbat — yaxshi fazilat, nafrat esa illat ekanligining sababi bizni Yaratgan Xudo sevgi Xudosi ekanligidir. To‘g‘rilik ma’qul ko‘rilishi, yolg‘on esa tanbehga loyiqligining sababi Xudo rostgo‘y ekanligidir. Iffat axloqiy xulq-atvor sanalishi, buzuqilik esa axloqsizlik hisoblanishining sababi Xudo benuqson va bizga sodiq ekanligidir. Aksariyat bolalar haqiqiylikni qalbakilikdan, rostni yolg‘ondan, axloqiylikni axloqsizlikdan ajrata olmasligining sababi shundaki, ular bu toifalarga o‘z munosabatlarini va o‘z xatti-harakat­ larini asl andazaga to‘g‘rilab olmaydilar. Biz hammamiz barcha narsalarning o‘lchovi sifatidagi Xudodan yuz o‘girgan zamonaviy jamiyatning zararli ta’siriga berilganmiz. Haqiqat Manbaini inkor qilib, jamiyat yaxshilik va ezgulikning o‘z mezonlarini kashf qi­ lishga tirishmoqda. Rikning o‘g‘li bergan «nega?» degan savoliga tushunarsiz javobi Xudo xulq-atvorining o‘zgarmasligiga murojaat qilish o‘rniga, o‘z tasavuri bilan nima yaxshilik va nima yomonlik ekanini tushuntirishga harakat qilayotganlar uchun tipik holat. «Ikkalamiz ham sen nohaqligingni bilamiz!» — jumlasi bolada ishonch uyg‘otmaydi. Na mening va na sizning fikringiz kimningdir nohaqligini isbotlamaydi, balki buni yaxshilik nima va yomonlik nima ekanini abadiy o‘rnatib qo‘ygan Xudoning mohiyati isbotlaydi. BOLALARNI O‘YLASHGA MAJBUR QILING Bir vaqtlar o‘smir bolalarim bilan ularni murakkab savollar ustida o‘ylanish va xulosa qilishga o‘rgatish uchun turli xil bahslar o‘tkazishni odat qilib olgan edim. Safarlardan uyga qaytganimda, ko‘pincha bolalarimni yaqin oradagi restoranlardan biriga nonush­ ta qilishga taklif etar edim. O‘sha yoqqa ketayotgan yo‘limizda (yoki hammamiz bekonli tuxum chaynayotganimizda), men yechimi axloqiy tanlovni nazarda tutadigan vaziyatni muhokama qi­ lishni taklif qilar edim. Men taklif qilgan vaziyatni muhokama qilar ekanmiz, biz bolalar bilan birga qanday tarzda harakat qi­ lish Xudoning xulq-atvoriga va Xudoning qonuniga zid emasligi­ ni aniqlashga harakat qilar edik. Bunday bahslarning g‘oyasi vaziyat­ ni turli xil nuqtayi nazarlardan ko‘rib chiqish va axloqiy tanlov Xudo tufayli shunday ekanligi haqidagi xulosaga kelishdan iborat edi. Avvalambor, biz Xudoning qaysi qonuni yoki Xudoning qaysi amrini muhokama qilinayotgan vaziyatga nisbatan qo‘llash mum­ kinligini aniqlashimiz zarur edi, lekin biz uchun eng muhimi Xudoning tabiati tomonidan amr etilgan bu qonun qanday qilib paydo bo‘lgani va u Xudoning bizga muhabbati va biz haqimizda qayg‘urishini qanday aks ettirishini tushunish edi. Mening maqsadim — nafaqat naqadar odil qonunlarga rioya qilayotganimiz, balki naqadar go‘zal Xudoga xizmat qilayotganimizni bolalarga ko‘rsatishdan iborat edi, toki ularda, yer yuzining barcha burchak­ larida yashayotgan hamma xalqlar uchun hamma zamonlarda yaxshi va to‘g‘ri bo‘lgan umum o‘rnatilgan haqiqatlarga obyektiv baho berishni o‘rgatayin. Bir gal men o‘n uch yoshli qizim va o‘n yetti yoshli o‘g‘limni uning qiz o‘rtog‘i bilan birga 1993-yilda Stiven Spilberg tomoni­ dan suratga olingan «Shindler ro‘yxati» filmiga olib tushdim. O‘sha paytda hamma shu film haqida gapirayotgandek tuyular edi. Film yettita Oskar, jumladan, eng yaxshi film va eng yaxshi rejissyorlik uchun ham olgan edi. Filmda natsistlarning Xolokosti [27] dav­ rida bir ming ikki yuz polshalik qochqin-yahudiylarning hayoti­ ni saqlab qolgan nemis tijoratchisi Oskar Shindler haqida so‘z borar edi. Biz kinoteatr zalini xo‘mraygan va tashvishli qiyofadagi odam­ lar qurshovida tark etdik. Ularning ko‘pchiligi natsistlar tomonidan yahudiylar ustidan uyushtirilgan yovuzliklar haqida fikr almashar edi. Men o‘g‘limga murojaat qildim. — Shon, —so‘radim men, — Xolokostni axloqsiz va mutla­ qo yovuz deb hisoblaysanmi? U o‘ylab o‘tirmay javob berdi: — Ha. Qo‘shni shaharchaga ovqatlanishga borish uchun mashinaga o‘tirganimizda, men o‘z savolimni takrorladim. — Kinoteatrdan chiqayotgan har bir kishi Xolokostni mutlaqo yovuzlik deb atadi, — dedim men. — Lekin qaysi asosga ko‘ra tomoshabinlar bunday xulosaga kelishdi? Nima uchun Xolokost yovuzlik ekanligini ular tushuntirib bera olishadimi? — Muhokama qilishda davom etar ekanman, uchala o‘smirning boshida fikrlar g‘ujg‘on o‘ynay boshlaganini sezmasligim mumkin emas edi. — Amerikaliklarning aksariyati axloqiylik — yaxshi tarbiyalanganlikning sinonimi degan fikrda. Boshqacha aytganda, ular jamiyat tomonidan ma’qul ko‘rilgan har qanday xatti-harakat axloqiy hisoblanishiga va biror narsa ko‘pchilik tomonidan «to‘g‘ri» deb qabul qilinsa, demak u yaxshilik ekanligiga ishonishadi. Tez orada biz restoranga yetib keldik va tamaddi qilish davo­ mida bahsimizni davom ettirdik. — Nega amerikaliklarning ko‘pchiligi homila oldirishni yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan holat, deb hisoblaydi? Chunki amerikalik fuqarolarning aksariyati, shuningdek, Kongress va Oliy sud bunga yo‘l qo‘yish mumkin, deb hisoblaydi. Agar ko‘pchilik abortni me’yordagi narsa deb hisoblar ekan, demak hammasi joyida, shundaymi? Hamma muammo shunda-da, — tushuntirdim men. — Agar ko‘pchilikning fikri haqiqat mezoni bo‘lsa, unda Xolokost paytida olti million yahudiyni «abort» qilib tashlash yomon ekanini qayerdan oldik? Aslida, natsistlar Nyurnbergdagi sud jarayonida aynan shu vajni ilgari surishgan. Ular: «Sizlar, ya’ni boshqa madaniyat vakillari o‘sha yillarda bizning jamiyatimiz yo‘l qo‘ysa bo‘ladi, deb hisoblaganlariga muvofiq ish tutganimizni qoralashga qanday haqqingiz bor?»ligini isbotlashga urinishgan edi. Hukm chiqarar ekan, tribunal muayyan insoniy jamiyat fikridan ustun bo‘lgan va nima yaxshilik va nima yomonlik ekanligini belgilovchi madaniy an’analardan ustun bo‘lgan tamoyillarning mavjudligini ta’kidlagan edi. Buning ustiga, — qo‘shimcha qildim men, — bugungi kunda axloqiylik deb atash qabul qilingan narsalarning katta qismi, bachkana pragmatizmdan iborat. «Agar natsistlarning harakat­ lari qoralanmasa, — deb mulohaza qiladi odamlar, — ular biz bilan ham xuddi shunday qilishlariga nima xalaqit bera oladi?» Albatta, ular haq: jamiyat axloqiylikning obyektiv mezoni zarurligini anglaydi, lekin asl axloqiy me’yorlarga yetib kela olmayapti, chunki ularning dastlabki Manbaini tan olishdan bosh tortmoqda. Taxminan ikki soatlik muhokamadan so‘ng, bolalarni kashfiyotga olib kelishning ayni vaqti, degan qarorga keldim. — Bugun siz ko‘rgan fojia nima uchun axloqsiz ekanligini bilasizmi? — Bu shunday ekanligini men bilaman, — javob berdi Shon, — lekin nima uchun shunday ekanligini bilmayman. — Mendan ustun bo‘lgan, oilamizdan ustun bo‘lgan, har qanday odamdan ustun bo‘lgan haqiqat bor, — dedim men. Bu qotillikka bo‘lgan haqiqiy munosabat, Xudoning Shaxsidan ibtido olgan munosabat. Xudo mavjud bo‘lgani va bu Xudo hayotni Yaratuvchi va Asrovchi ekanligi uchun qotillik qoralanadi. U «Yaxshi» degan, hayotni himoya qilishni buyurgan va qotillikni taqiqlagan Zotdir. O‘sha oqshom men bolalarimga va o‘g‘limning o‘rtog‘iga Xudo — hayotning dastlabki Manbai va Hayot ustidan hukmronlik qila oladigan hamda hayot in’om etadigan va uni olib qo‘yishga haqli bo‘lgan Yagona Zot ekanligini eslatdim. Axloqiylikning andazasi sifatidagi Usiz umum o‘rnatilgan axloqiy me’yorlar mavjud bo‘lishi mumkin emas. «TO‘RTTA Q USLUBI» Men bolalarga keltirgan vajlarim boshqa axloqiy masalalarga ham taalluqli. Avval aytib o‘tilganidek, yolg‘on va o‘g‘rilik Xudoning to‘g‘riligi tufayli qoralanadi. Adolatlilik Xudoning beg‘arazligi tufayli ma’qullanadi. Xudo sevgi ekanligi bois, nafrat illat hisob­ lanadi. Xudo shafqat bo‘lgani uchun kechirish to‘g‘ridir. Xudo sodiq va benuqson bo‘lgani uchun jinsiy buzuqlik axloqsizlikdir. Jamiyat yoki jamoat shunday qaror qilgani uchungina yuqoridagilarning hammasi yaxshi yoki yomon deb e’lon qilingan emas, balki bu hodisalar yo Xudoning mohiyati va xulq-atvoriga mos kelgani yoki zid kelgani uchun shunday deb e’lon qilingan. Biz bolalar bilan «Shindler ro‘yxati» filmini muhokama qilga­ nimizdan ikki yil o‘tgach, men «Yomonlikdan kelib chiqqan yaxshilik», deb nomlagan kompaniyamni boshladim. O‘sha paytda o‘z noshirlarim jamoasi bilan birga, oson erishsa bo‘ladigan uslubni ishlab chiqayotgan edim, bu uslub bolalarga axloqiy to‘g‘rilikni noto‘g‘rilikdan farqlashni o‘rgatishga qaratilgan edi. Bu yangilik «To‘rtta Q uslubi» nomini oldi. Hozirgacha yuz minglab oila­ lar undan foydalanishgan va bolalarga haqiqatan ham yaxshi bo‘lgan narsani haqiqatan ham yomon bo‘lgan narsadan farqlash ko‘nikmasini olishda yordamlashib, haligacha undan foydalanishmoqda. Toki Rik va Aaronning oilaviy vaziyati, o‘g‘il o‘g‘rlik sodir et­ gunicha o‘g‘irlash mumkin emasligini (hatto shubhali nufuzga ega do‘kondan ham) tushunishga yordam berayotgan ota qanday yo‘l tutishi mumkinligining misoliga aylansin. «To‘rtta Q uslubi» qaror qabul qilishning to‘rt bosqichidan tash­ kil topgan: 1. O‘z tanlovingizni qabul qiling. 2. Xudoning fikrini qabul qiling. 3. Xudoning yo‘liga rioya qiling. 4. Xudoning qo‘llab -quvvatlashi va himoyasiga umid qiling. 1. O‘z tanlovingizni qiling Biz har kuni bir necha o‘nlab qarorlar qabul qilamiz va ularning aksariyatini—deyarli ongsiz ravishda qabul qilamiz. Biz ertalab soat nechada turishni, nima kiyish, nonushtaga nima yeyish, ishga yoki maktabga qaysi yo‘ldan borish, mashinamizni qayerga qo‘yish va hokazolarni tanlab olamiz. Bu qarorlarning hammasini qabul qilish deyarli vaqtimizni olmaydi. Ammo ma’naviy tanlov haqida gap ketganda, biz to‘xtashimiz va chorrahada turganligimizni anglashimiz kerak. Ozgina al­ dash, ochiqroq noz-karashma qilishga o‘zimizga imkon berish yoki bolalar haqida gapiradigan bo‘lsak, boshqalarning javoblarini «o‘zimizniki qilib olib» o‘zlashtirishimizni yaxshilash tanlovi oldimizda turar ekan, — ko‘pincha biz qilmoqchi bo‘layotgan xatti-­ harakatimizning jiddiyligini inobatga olmaymiz. To‘g‘ri axloqiy tanlov qilish uchun, birinchi navbatda, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tanlov qilish imkoniyati haqida eslashga imkon beradigan yetarlicha vaqt kerak. Aaron boshidayoq buzuq bo‘lgan videokamera va do‘kon ma’muriyatining sifatsiz tovarni almashtirib berishni rad qilganidan o‘zining hafsalasi pir bo‘lgani haqida otasiga aytgan bo‘lgan, deb faraz qilaylik. «To‘rtta Q uslubi»dan foydalangan holda Rik, bo­ lasini kamera o‘g‘irlash (hatto shubhali nufuzga ega do‘kondan ham) yaxshi emas degan xulosaga qanday olib kelgan bo‘lar edi? — Ota, men kamerani do‘konga olib bordim, lekin u yerdagilar uni menga almashtirib bermoqchi emas va hamma narsada meni aybdor qilishyapti, — eziladi Aaron. — Ular kamerani o‘zing buzgansan deyishyapti, lekin bunday emas. Hech kim ko‘rmayotgan paytni poylab, ular menga tiqishtirgan shalog‘i chiqqanining o‘rniga yangi kamerani olaman. Ular yolg‘on uchun qandaydir javob berishlari kerak-ku, to‘g‘rimi, dada? — Sen haqsan, o‘g‘lim, — javob beradi Rik, — ular senga nis­ batan adolatsizlik qilishibdi. Lekin sen to‘xtashing va oldingda turgan jiddiy tanlov haqida o‘ylab ko‘rishing kerak, chunki sen ham to‘g‘ri, ham xato qaror qabul qilib qo‘yishing mumkin. Har bir tanlov o‘zidan keyin oqibatlar keltirib chiqarishi sababli, sen xatoga yo‘l qo‘yishni istamaysan-ku, axir? 2. Xudoning fikrini qabul qiling Allaqachonlar Xudo ilk yaratgan ikki kishidan biri noto‘g‘ri tanlov qilgan edi, bunga xususan u (ya’ni Momo Havo) bu tanlovni Xudoning amrlari bilan solishtiib ko‘rmagani sabab bo‘lgan edi. Momo Havo ehtimol mumkin bo‘lgan ikki qarordan qaysi biri to‘g‘ri chiqishini yetarlicha asosli o‘ylab ko‘rdim, degan xulosaga keldi, biroq u Yaratgan bilan maslahatlashishni unutib qo‘ydi. Boshqa odamning fikrini inobatga olish — sog‘lom munosabatlarning ajralmas qismidir. Bu vaziyat ovqatlanishda ba’zi mevalarni yeyishni taqiqlar ekan, Xudo unga g‘amxo‘rlik qilayotganiga Momo Havo ishonganidan dalolat beradimi? Yoki u Xudoning so‘zlarida Momo Havoni mustaqil qaror qilishdan mahrum etishdek xudbinona istakni ko‘rdimi? Momo Havo yo‘l qo‘ygan xato shundan iborat ediki, u o‘z xatti-harakatini va vajini e’tiborga olmadi va o‘z tanlovini Xudo uqtirgan vaj bilan taqqoslab olmadi, buning uchun u o‘z tanlovini aslida uni qo‘riqlash uchun qilingan Xudoning amrlari bilan solishtirishi shart edi. To‘g‘ri, buning uchun haqlik va adolatlilikning umumiy andazasi deb o‘zini emas, Xudoni tan olishi kerak edi. Bizning uslubimizga rioya qilganda, Rik Aaronga shunday deyishi mumkin edi: — O‘g‘lim, bilaman, bu adolatsizlikdan sening jahling chiqqan. Do‘kon sotuvchisi senga nosoz kamera sotgan va yomon ish qilgan. Aslida, sen firibgarlik qurboni bo‘lding. — Ha, ota, — otasining bu fikriga qo‘shilgan bo‘lar edi Aaron. — Bu gal sen mutlaqo haqsan. Rik kulgan va davom etgan bo‘lar edi: — Biz shunday deyishimiz mumkin edi: do‘kon o‘zining aldovini tan olishni rad qilar ekan, biz uni o‘z xatosini tan olishga majbur qilishga va olishga huquqimiz bor narsani olishga haqlimiz, to‘g‘rimi, o‘g‘lim? — To‘g‘ri, — xursand bo‘lgan bo‘lar edi Aaron. — Bundan tashqari, bu do‘konda kameralar shunchalik ko‘pki, bittasini olganimizda ular buni hatto sezmay qoladi. — Boshida bu quloqqa yomon chalinmaydi, — degan bo‘lar edi Rik o‘g‘liga. — Biz adolat haqida o‘z tasavvurlarimizdan kelib chiqqan holda, shunday qilishga haqlimiz, deb hisoblaymiz, lekin biz aslida Xudoga, ya’ni haqiqatan ham nima adolatli, nima adolatsiz ekanini belgilab beradigan Yaratuvchiga murojaat qilishimiz lozim. Bu bayonoti bilan Rik haqiqat izlayotgan o‘g‘lini asl Andazaga ro‘para qilgan bo‘lar edi. Aaron qarzdor bo‘lib qolgan kimning­ dir narsasini olib ketish mumkin, deb hisoblayotgan edi. Lekin bu tarzda fikrlashga qaror qilar ekan, u Xudo — O‘z mohiyati va nufuziga tayanib, nima adolatli, nima adolatsiz ekanini hal qi­ lish huquqiga ega bo‘lgan mustaqil Hakamning hokimiyatini aslida tortib olgan bo‘lar edi. Xudoning So‘zi bizni quyidagilarga da’vat qiladi: • O‘g‘rlik qilmang. • Yolg‘on gapirmang. • Bir-biringizni aldamang. • O‘z yaqiningizni xafa qilmang va talonchilik qilmang (qarang,: Lev. 19:11, 13). Sha’nni saqlash to‘g‘risidagi Xudo amri Xudoning mohiyatiga tayangan, Xudoning xulq-atvori esa — haqiqat va haqlikdir. Muqaddas Kitob quyidagicha ta’kidlaydi, «har bir inson yolg‘onchi, Xudo haqdir» (Rim. 3:4). Xudo tabiatiga ko‘ra to‘g‘ridir, shu uchun «Xudo yolg‘on gapirmaydi! Uning bergan va’dasi va ichgan qasami hech qachon o‘zgarmaydi» (Ibr. 6:18). Shuning uchun o‘z qarorlarimizni Uning amrlari bilan solishtirar ekanmiz, biz uning suveren hokimiyatini tan olamiz, chunki U — har qanday axloqiy tanlovda nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanini belgilaydigan Zotdir. Agar biz Xudoning xulq-atvorini inobatga olib, axloqiy tanlovni amalga oshirsak, bizning tanlovimiz billurdek shaffoflikka ega bo‘ladi. Biz ko‘rib chiqayotgan misolda, hatto vijdonsiz elektronika sotuvchilardan jabr ko‘rganda ham, halol bo‘lib qolish lozim bo‘ladi. 3. Xudoning yo‘liga rioya qiling Xudo belgilab bergan yo‘ldan borish amaldagiga qaraganda, so‘zda osonroq, chunki bu yo‘lga rioya qilish hayotimizdagi qoi­ da­ larni o‘zimiz emas, Xudo o‘rnatishi dalilini tan olishni ang­ la­ ta­ di. Bugungi kunda mustaqil ravishda to‘g‘ri qaror qabul qi­ lish g‘oyasi ko‘pchilikning aqlini band etib olgan, chunki bu biz­ da hokimiyat vakolatlari bor degan yolg‘on tasavvur uyg‘otadi. Bun­ day mustaqillik bizga o‘z qarashlarimiz va harakatlarimiz Xu­ do­ ning xulq-atvoriga mos kelish-kelmasligidan qat’iy nazar, qa­ rash­ larimiz va harakatlarimizni oqlashga imkon beradi. O‘z ax­ loqiy bahslarimizni mustaqil hal qilish imkoniyati mustaqillik va cheklanmagan imkoniyatlar hissini beradi. Bunday amaliyotdan voz kechish oson emas. — Aaron, do‘kondan kamera o‘g‘irlamoqchi bo‘layotganing, adolatli qasos olish bo‘lib tuyuladi, xolos, — davom etadi Rik. — Sening qaroring Xudoning to‘g‘rilik andazasiga zid. Hatto sen olish­ ga haqliman, deb hisoblayotgan narsani olganingda, buni hech kim ko‘rmaganida ham, baribir bu aldash va noto‘g‘ri qilmish bo‘lgan bo‘lar edi. Bunday holatda sen oliy hakam, hakamlar kengashi va adolatni amalga oshiruvchi roliga da’vogar bo‘lib qolasan, Xudo esa bu uning majburiyatlari ekanini uqtirgan: «…Men O‘zim qasos va o‘ch olaman deb uqtirgan…» (Qonun. 32:35). Xudo bizga shunday deydi: «Qasos olmang, yurtdoshingizga qarshi kek saqlamang.» (Lev. 19:18). — Ammo, dada, baribir bu adolatsizlik, — norozilik bildira­ di Aaron. — Ha, adolatsizlik, — rozi bo‘ladi Rik. — Lekin hayotda ado­ latsizliklar ko‘p, ularni hukm qilishni Xudoga qo‘yib berishimiz zarur. Masalan, Iso Masihga nisbatan, albatta, adolatsizlik qilishdi, lekin Kalomda aytilganki: «U haqorat qilinganda hech kimga haqorat bilan javob qaytarmadi, azob chekkanda hech kimga tahdid qilmadi. Faqat odilona hukm qiladigan Xudoga O‘zini topshirdi» (1 But. 2:23). Buning ustiga, — qo‘shimcha qiladi Rik, — shunga ishonching komil bo‘lsinki, Xudo sening haqligingni va elektronika do‘koni taqdirini hal qilishni uning haqiqiy egasiga topshirganingni hurmat qiladi. Muqaddas Kitobda aytilishicha: «Ammo to‘g‘ri ish uchun azob chekayotgan bo‘lsangiz, baxtiyorsizlar!» [1 But. 3:14]. 4. Xudoning qo‘llab- quvvatlashi va himoyasiga umid qiling Agar biz itoat bilan Xudoning hukmdorligini tan olsak va unga ma’qul kelishga tayyor tursak, nafaqat yaxshilikni yomonlikdan bexato ajrata olamiz, balki Xudoning qo‘llab — quvvatlashi va himoyasiga umid qilshimiz mumkin. Bu bizga rang-barang va xotirjam kun kechirishimiz kafolatlangan, degan gap emas. Amalda hech narsani yashirmay, haqiqat uchun jabr tortish mumkinligini Xudo bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytgan, lekin bunday azoblar uchun bizni mukofot kutadi. Xudoning irodasiga binoan kechirilayotgan hayot ko‘plab ruhiy barakalar keltiradi: aybdorlik hissidan xalos bo‘lish, toza vijdon va Xudoni xursand qilish imkoniyatidan lazzatlanish. Agar biz Uning yo‘lidan yursak, boshqa ko‘plab yoqimli tuyg‘u­ lar, shuningdek, jismoniy, hissiy, ruhiy va ijtimoiy ustunlik­ larga ega bo‘lamiz. Albatta, Xudoning qo‘llab- quvvatlashi va himoyasi Xudoga itoat etishning asosiy ruhlantiruvchi kuchi bo‘lmasligi za­ rur — bizning itoatimiz muhabbat va ishonch natijasi bo‘lishi ke­ rak. Ammo itoatkorlikning amaliy va ruhiy ustunliklari, shubhasiz, yaxshi bo‘lgan narsani qabul qilish va yomon bo‘lgan narsani rad etish uchun kuchli rag‘bat beradi. Xudoning to‘g‘rilik andazasiga mos kelish kamida to‘rtta darajada Xudoning qo‘llab-quvvatlashi va himoyasini keltirishini Aaron anglashiga yordam berish imkoniyati Rikda bor edi, chunki Xudoning to‘g‘rilik andazasiga mos kelish quyidagilardan himoya qiladi: • Aybdorlik hissidan xalos bo‘lish va toza vijdon ham­ da Xudo bilan muttasil muloqot qilishdan rohatlanish imko­ nini beradi; • Uyat hissidan xalos bo‘lish va bajarilgan burchni anglashdan lazzatlanish imkonini beradi; • Aldashlar ketma-ketligidan xalos bo‘lish va to‘g‘ri odam degan nomdan huzur qilish imkonini beradi; • Buzilgan munosabatlardan xalos bo‘lish va o‘zaro ishonchdan rohatlanish imkonini beradi. Agar to‘g‘ri tanlov qilishning siri bo‘lsa — bu Xudo har doim bizning manfaatlarimiz haqida qayg‘urishiga chuqur ishonchdir. Ezgu Xudo ular tasavvur qila olmaydigan darajada ularni sevishiga bolalarni ishontirishga urining. Ular bunga butun qalbi bilan isho­ nishsa, ular to‘g‘ri, benuqson, atrofdagilarni sevish va hurmat qilish, rahm­ dillik qilish, kechirish, o‘zini tuta bilish, va hokazolar uchun Uning amrlariga rioya qila olishadi. Itoat etish shunchaki burch yoki majburiyat emas — u «zo‘r berib biz bilan muloqotga kirishishni istayotgan Xudodan keladi» (Chiq. 34:14, NLT). Bu haqiqatni o‘z hayotingizning ajralmas qismiga aylantiring va uni bolalaringiz o‘ziga singdirib olishiga yordamlashing [28]. Izohlar [27] Xolokost — natsistlar Germaniyasida turli etnik xalq vakillarining qirg‘in qilinishi. [28] Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun nashriyotchi jamoamiz bilan hamkorlikda nashr etilgan «Yolg‘ondan iborat haqiqat» kitoblaridan foydalaning. Kitoblardan tashqari, bolalar va o‘spirinlar uchun kichik guruhli mashg‘ulotlar bor bo‘lib, ular haqida www.josh.org shaxsiy veb-saytim orqali bilib olishingiz mumkin. — Muallif izohi. 10. Sakkizinchi majburiyat: BOLAGA JINSIY MUNOSABATLARNING ILOHIY MAZMUNINI TUSHUNTIRISHGA HARAKAT QILISH Bir ayol yelkamga qo‘lini tekkizdi: — Mister Makdauell, nutqingiz uchun katta rahmat. Ilgari hech qachon bunga o‘xshash narsa eshitmaganman. — Men hozirgi­ na «Jinsiy hayotning yalang‘och dalillari» seminarini tugatgan edim va bu ayol hozirgina olgan ma’lumotni o‘zining oilaviy hayotida «qo‘llamoqchi» ekanini menga bildirmoqchi bo‘libdi. U gapida da­ vom etdi: — Men erimni o‘g‘lim bilan jiddiy gaplashib olishga ko‘ndirishim kerak. Tashvishli ko‘rinmaslikka harakat qilarkanman, uning gapiga qiziqish bildirdim: — Kechirasiz, o‘g‘lingiz necha yoshda? U javob berdi: — O‘n uch. Hayronligimni bildirmaslikka harakat qilib, so‘radim: — Shu paytgacha o‘g‘lingiz bilan suhbatlarda jinsiy hayot mav­ zusini tilga olmadinglarmi? Ayol javob berdi: — E, nima deyapsiz… bizda bunday imkoniyat bo‘lgan emas. «Jiddiy suhbat» — o‘tmishdan qolgan eskilik. Agar shunga boradigan bo‘lsa, men umuman bunday «suhbatlar»ni tavsiya qilmagan bo‘lar edim. «Journal of Familie Issuies»da «faqat o‘smirlarning yarmi o‘tgan yili jinsiy aloqa mavzusida onasi bilan bitta «jiddiy suhbat» bo‘lib o‘tgan deb hisoblashi va uchdan birigina bunday «tadbir» otasi bilan bo‘lib o‘tganligini bayon qilgani» haqidagi ma’lumotlar keltiriladi [29]. Hurmatli otalar, bolalar bilan jinsiy aloqa mavzusidagi bitta «jid­ diy suhbat» muammolarning bir qismini ham hal qilmaydi va de­ mak bu foydasiz. Buning o‘rniga men bolalarga bu mavzuga bag‘ishlangan ma’lumotni tobora va ma’lum o‘lchamda, lekin mut­ tasil ravishda xabar qilib borishni tavsiya qilgan bo‘lar edim. Xul­ las, muammolar paydo bo‘lishiga qarab, ularni hal qilib borish lozim. Bolalarning ko‘pchiligi qisqa suhbatdan ko‘ra kattaroq narsalarni qo‘llab-quvvatlash va tushunishga qodir emas. Ular siz­ ning «jiddiy suhbatingiz»ni tez unutishlari mumkin va chamasi unutib yuborishadi ham. Bolaga jinsiy ta’lim berishning eng yaxshi jadvali xuddi «ikki og‘iz gap u yoqdan, ikki og‘iz gap bu yoqdan» ko‘rinishida bo‘ladi: 30 soniya u yoqda, bir daqiqa bu yoqda; 10 soniya u yoq­ da, 2 daqiqa 45 soniya bu yoqda — va shu kabi, qancha erta­ ­ roq bo‘lsa shuncha yaxshi. Bu mavzuda gaplashishga bahona to­ pil­ ganda, undan foydalanib qoling, bir nechta so‘z ayting va suh­ batni boshqa mavzuga ko‘chiring. Jinsiy aloqa mavzusining aha­ miyatini oshirib yubormang. Bizning oilamizda bolalar bilan bu boradagi suhbatning qariyb yarmi ikki daqiqadan ko‘p vaqtni ol­ mas edi. Bolalarning ko‘pchiligida jinsiy aloqa mavzusiga qiziqish bir necha bosqichda paydo bo‘ladi. Bolalar kamdan-kam hollardagina darrov qalbini ochadi. Oshkora suhbatga tayyorgarlik bolalar ulg‘aygani sari ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi uzluksiz suhbat­ ning natijasidir. Hech bo‘lmaganda, bolalar ochiqchasiga suhbat­ ga yetilishi uchun bunga tayyor turing, bu suhbat juda noqulay vaqt­ da va juda noo‘rin joyda ro‘y berib qolishi mumkin. «Ota-onam bilan ilk bor jinsiy aloqa haqida qachon gaplashganimizni o‘ldirsangiz ham eslay olmayman, — deydi katta o‘g‘­ lim Shon. Buning hammasiga sabab, oilamizda bu mavzu hayot­ ning tabiiy bir qismi bo‘lganligidir. Biz bu haqda har doim gap­ lashgan emasmiz, lekin bunday savol tushki dasturxon atrofidami, mashinadami yoki uxlashdan oldinmi paydo bo‘lishidan qat’iy nazar — xuddi boshqa mavzular kabi, biz bu mavzuni ham shunchaki muhokama qilar edik. Shuning uchun ham men birorta «jiddiy suhbat»ni eslay olmayman [30]. BOLALARGA JINSIY MUNOSABATLARNING ILOHIY MAZMUNINI TUSHUNTIRING «Jiddiy suhbat» o‘zini oqlamas ekan, u holda qisqa suhbatlar qanday va nima haqida bo‘lishi lozim? Bolasi jinsiy munosabatlarning ilohiy mazmunini tan olishini istayotgan ota sifatida, siz birinchi navbatda farzandingiz jinsiy aloqa nima ekanligini tushunishini va bu haqida ma’lumotni sizdan olishini xohlaysiz. Jinsiy aloqa — yaqinlik ekanini tushuntiring Bolalarni qarama-qarshi jins vakillari jalb qilishini tushunib olishlariga ko‘p vaqt ketmaydi. Xudo erkak va ayolni shunday bir-­ biriga intilish bilan yaratgan. «Shuning uchun, — deyilgan Ka­ lomda, — erkak kishi ota-onasidan bo‘lak bo‘lib, xotiniga bog‘lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo‘ladilar» (Ibt. 2:24). Bizning jinsiy munosabatlarga bo‘lgan istagimiz va ehtiyojimiz Xudoning yagonaligi bilan izohlanadi (qarang: Qonun. 6:4). Nikoh hamda er­ kak va ayol o‘rtasidagi er-xotinlik munosabatlari Uning mohiyatini va birligini aks ettiradi. Jinsiy aloqa — bu Xudoning ajoyib tuh­ fasi bo‘lib, odamga sevgining jinsiy tomonidan rohatlanish imkoniyatini hadya etadi. To‘g‘ri, oramizda kimlardir «jinsiy aloqa» — iflos so‘z degan fikr bilan katta bo‘lgan va bu noto‘g‘ri tasavvurni o‘z nikohiga olib kelgan. Bunday holatda «ifloslik» er-xotinlarning yaqinligi­ ga ko‘maklashishiga umid qilish qiyin. Boz ustiga, yaqinlik — jinsiy hayotdan Xudoning niyatlarining bir qismidir. Bu haqiqat hatto biologik darajada ham o‘z isbotini topadi. Olimlar oksitotsin gormonini topishgan, u shuningdek, «bag‘riga bosish» gormoni deb ham atalgan. Oksitotsin — kimyoviy modda bo‘lib, uni jinsiy aloqa va undan oldingi erkalashlar vaqtida miya ishlab chiqaradi. Bu gormon ajralib chiqishi ishonch va chuqur bog‘langanlik, o‘zi sevgan odamga mehribonlik qilish hissini rag‘batlantiradi. Lekin odamlar orasidagi asl hissiy yaqinlikka od­ diy jismoniy qovushish orqali erishilmaydi. Odamning jinsiy jozibadorligi shaxsning hamma jihatlarini: jismoniy, hissiy, ruhiy va ijtimoiy jihatlarini o‘z ichiga oladi va jinsiy yaqinlik bu bosqich­ lardan har biri o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatishga qaratilgan. Bolalarning ko‘pchiligida jinsiy aloqa nima uchun yaratilgani haqida aniq tushuncha yo‘q. Ko‘pchilik jinsiy aloqa faqat jismoniy yaqinlik uchun mavjud deb o‘ylaydi. Shubhasiz, jinsiy aloqa qisqa muddatga jismoniy yaqinlik hissini hadya etadi, lekin baribir uning asosiy vazifasi — er-xotinlarni bir umrga jismoniy, hissiy, ruhiy va ijtimoiy birlashtirishdir. Shuning uchun ham Iso Masih: «…ular endi ikki emas, balki bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qo‘shganni bandasi ajratmasin», — degan edi (Mat. 19:6). Demak, erkak yoki ayol o‘z hayotini bir-biri bilan yaqinlikka bag‘ishlashga tayyor emas ekanlar, ular bu maqsadga qaratilgan munosabat­ larga kirishmasligi lozim. Hurmatli otalar, sizlar bolalaringizga asosiy narsani tushunti­ rishlaring lozim: jinsiy aloqa — qarama-qarshi jins vakillari o‘rtasidagi bir-biriga intilish va nikohga kirgan erkak va ayol o‘rtasida yaqinlik o‘rnatish uchun ajoyib Ilohiy sovg‘adir. Garchi ba’zilar jinsiy aloqanining asosiy vazifasini buzib ko‘rsatib, uni suiiste’mol qilib yuborishsa-da, jinsiy aloqa — qandaydir iflos narsa emas. Zamonaviy madaniyatning zararli ta’siri qandaydir go‘zal narsani buzib ko‘rsatayotganining dalili, undan xuddi vabodan qo‘rqqandek cho‘chish lozimligini anglatmaydi. Jinsiy aloqani va insonning jinsiy jozibadorligini Xudo ular uchun belgilagan darajagacha ko‘taring. Pirovardida, jinsiy aloqa — Xudo niyatining bir qismi bo‘lib, Xudo bizlarni jinsiy jozibador mavjudotlar qilib yaratgan. Jinsiy aloqa — rohatlanish ekanini tushuntiring Xudo jinsiy munosabatlarni erkak va ayolning jismoniy, hissiy, ruhiy va ijtimoiy ittifoqini mustahkamlovchi omil sifatida yaratgan. Bu bog‘lab turuvchi omilning tabiati ko‘p martalik xususiyat­ ga ega. «Jinsiy ishtaha» xuddi ovqatlanishga bo‘lgan ishtaha kabi tez va kuchli his qilinishi, balki ba’zilar uchun undan ham jadalroq his qilinishi mumkin. Yaqinlik — jinsiy aloqaning o‘ta muhim tarkibiy qismidir, lekin er-xotinlik munosabatlaridan rohatlanish — butunlay boshqa narsa. Jinsiy aloqa bir umrga o‘zini bir-biriga bag‘ishlagan er-xotin­ ga hayajonlantiruvchi hissiyatlar bo‘ronini in’om etishi lozim. Bolalarga ular qabul qila oladigan va tushunadigan usul bilan Xudo jinsiy munosabatlarni lazzatlanish uchun mo‘ljallaganini tu­ shuntirib bering. Bizning bolalarimiz katta bo‘lib qolganida, ularning onasi bilan muloqot menga qanday huzur bag‘ishlashini ulardan yashirmas edim. Albatta, bolalar ota-onalarining jinsiy munosabatlarini o‘z tasavvurlarida ko‘rishlariga hech ham hojat yo‘q, lekin men ular bilib qo‘yishini istayman: jinsiy munosabat­ lar er-xotinlarning yoqimli va ayni paytda go‘zal kechinmalari sifatida o‘ylab topilgan, shuning uchun bolalarimizga biz Dotti ikkalamiz bu Ilohiy in’omdan lazzatlanayotganimizda o‘ta baxtli ekanligimizga juda nozik ishora qilar edim. Darvoqe, agar sizga Xudo er-xotinlarga jinsiy aloqa yordamida quvonch baxsh etishga urinishiga Muqaddas Kitobdan asos kerak bo‘lsa, Qo‘shiqlar Qo‘shig‘ining 7-bobini o‘qing. Jinsiy aloqa — naslni davom ettirish garovi ekanini tushuntiring Dastlabki er-xotin juftligi, Odam Ato va Momo Havoga Xudoning bergan birinchi fotihalaridan biri «Uvali-juvali bo‘linglar» edi (Ibt. 1:28). Bu qachonlardir insonga berilgan eng yoqimli amrlardan biri bo‘lsa kerak! Bu amrga rioya qilinmasa, yer yuzida inson zoti hayoti davom etmas edi. 28-oyatning boshida: «Xudo insonlarga marhamat qilib, aytdi: “Uvali-juvali bo‘linglar…” deb aytilgan. Bu amrni bajarishning natijasi sifatida bolalarning tug‘ilishi — aniq barakadir. Shoh Sulaymon shunday aytgan edi: “Nabiralar — keksalarning toju taxti, otalar o‘g‘illarning shon-shuhratidir”» (Hikmatlar Kitobi 17:6). Sizlarning bir-biringizga jinsiy muhabbatingiz namoyishining na­ tijasi bir umrga sizning o‘g‘lingiz yoki qizingiz deb ataladigan qimmatbaho hayot ekanligini anglashdan ortiq ajoyib tuyg‘u bo‘lmasa kerak. Albatta, bolaning tug‘ilishi ham, uni tarbiyalash ham bugungi kunimizda katta muammolar bilan birga bo‘lmoqda. Lekin oilaga ega bo‘lish imkoniyati naqadar ajoyib imtiyoz va naqadar ajoyib baraka! Bolalaringiz jinsiy munosabatlarning ilo­ hiy hadyasi tufayli dunyoga kelganligini bilishsin. Bolalar shuni tushunishlari lozim: jinsiy aloqa ularning ulg‘ay­ ganlaridagi hayotlari va yetuk munosabatlariga baraka bo‘lishi­ ni Xudo istaydi. Ular Xudo jinsiy munosabatlarni nima uchun yaratganini va agar ular Uning in’omidan to‘g‘ri foydalanishni istashsa, ular buning qoidalari bilan tanishishlari lozim [31]. Xudoning niyatiga ko‘ra, jinsiy munosabatlar in’omining bir sharti bor, ya’ni aynan — Xudo o‘rnatgan qoidalarga rioya qilish. Bu qoidalarga rioya qilish Xudoning mo‘jizaviy in’omining barcha ustunlikla­ ridan lazzatlanishni va’da qiladi, biroq bu qoidalarni buzish eng fojiali oqibatlarni keltirib chiqaradi. Aynan shuning uchun, biz bolalarimizga jinsiy munosabatlarning ilohiy mazmuniga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatishimiz lozim. JINSIY MUNOSABATLARNING MAQSADI Sizga akvarium balig‘iga bo‘yinbog‘ taqib sayr qildirish, Shimoliy qutbda xurmo ko‘chatini o‘stirish yoki shunchaki od­ diy otvyortka bilan xochsimon shlitsli [32] burama mixni qotirish­ ga to‘g‘­ ri kelganmi? Hatto urinib ham o‘tirmang: shunda o‘zingizga muammo tug‘dirib olmaysiz. Nima uchun? Chunki baliqlar is­ ti­ rohat bog‘i xiyobonida sayr qilish uchun emas, suvda su­ zish uchun yaratilgan. Baliq hayotdan to‘la bahramand bo‘lishni istar ekan, Yaratuvchi tomonidan niyat qilinganidek, u yashashi lozim bo‘lgan joyda, ya’ni suvda yashashi kerak. Xurmolar yil bo‘yi issiq bo‘ladigan iqlimda o‘sish uchun yaratilgan. Bular tropik o‘simliklar. Ularga Yaratuvchi tomonidan belgilab berilganidek hayot kechirish uchun, xurmolar Shimoliy qutb kabi iqlimiy hududlardan iloji boricha uzoqroq bo‘lishi kerak. Hatto devorga xochsimon shlitsli burama mixni qotirishdek oddiy vazifa ham, agar noto‘g‘ri otvyortka ishlatilsa, bajarilishi qiyin bo‘lgan vazifaga aylanadi. Eng ko‘p samaradorlik yoki yashashga layoqatlilik uchun o‘simliklar va hayvonlar bilan bir qatorda mexanizmlar — ularning tuzilishi yoki biologiyasiga qat’iy rioya qilgan holda faoliyat ko‘rsatishi kerak. Xuddi ikki karra ikki to‘rt bo‘lgani kabi bu juda oddiy. Xudoning har bir loyihasi kabi jinsiy aloqaning o‘z maqsadi borligini bolalar o‘zlashtirib olishlari lozim. Jinsiy aloqa — er-xotinlarning romantik munosabatlarini tobora ko‘proq mustahkamlashga, ularning munosabatlariga quvonch va jismoniy lazzat bag‘ishlashga va bir yoki bir nechta farzandli, muhabbatga yo‘g‘rilgan oila yaratishga mo‘ljallangan ajoyib hadyadir. Agar jinsiy munosabatlarning Ilohiy niyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘linsa va Xudo o‘rnatgan qoidalarga rioya qilinsa, u holda jinsiy aloqa! — ha-ha, tasavvur qiling! — Xudoning eng yaxshi ijodlaridan biridir. Xo‘sh, Uning niyatiga bizning hurmatimiz qanday namoyon bo‘ladi? Jinsiy aloqa yaqinlik, rohatlanish va naslni davom ettirish uchun mo‘ljallangan ekan, unda biz uning barcha ustuliklaridan qanday qanday qilib maksimal foydalanishimiz mumkin? Jinsiy aloqani ma’lum chegaralar va qoidalar bilan himoya qilar ekan, Xudo javobni nazarda tutgan. Biz, otalar, jinsiy aloqa hadya etadigan maksimal barakaga erishish uchun, bolalarimiz umuman Xudoning niyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini va Xudo o‘rnatgan chegaralar va qoidalarga rioya qilishni o‘rganishlarini istaymiz. JINSIY MUNOSABATLARDA AXLOQIYLIK CHEGARALARI Oldingi boblarda Xudoning amrlari siz bilan bizning manfaatlarimizni ko‘zlashi haqida bir necha marta gapirib o‘tdik. Bu, albatta, hayotning jinsiy tomonlari haqida gap ketganda ham adolatlidir. Xullas, biz bilishimiz va buzmasligimiz kerak bo‘lgan chegaralar va qoidalar doirasida nimalarga yo‘l qo‘ysa bo‘ladi va nimalarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi? Lekin bu savolga javob berishdan oldin, keling, yana bir marta takrorlab o‘taylik: Xudo bu chegaralar va qoidalarni o‘rnatganining sababi biz haqimizda g‘amxo‘rlik qilish va bizni himoya qilishdir. Xudo saxiy va rahmdil himoyachi sifatida namoyon bo‘lgan Zabur 144-sanoni yana bir marta o‘qib chiqing. Xudoning g‘am­ xo‘rligi va himoyasi Uning jinsiy hayot sohasini tartibga soluvchi bir qator talablariga rioya qilish bilan uzviy bog‘langan. Avvalambor, biz axloqsizlikdan uzoqlashishimiz kerak. Muqaddas Kitob nikohda bo‘lmagan erkak va ayol o‘rtasidagi har qanday jinsiy aloqani (ya’ni nikohgacha va nikohdan tashqari) axloqsizlik deb ataydi. Muqaddas Kitob quyidagilarga da’vat qiladi: • «…zinodan saqlanish…» (Havoriy. 15:29); • «zinodan qochish…» (1 Kor. 6:18); • «zinokorlik qilmaymiz…» (1 Kor. 10:8); • «zino va har qanday ifloslik va shahvatparastlik sizlar uchun hatto oddiy yo‘l qo‘yish deb atalmasligi kerak» (Ef. 5:3); • «chunki Xudoning irodasi sizlarga ma’lum bo‘lsinki, toki sizlar zinodan hargiz saqlaninglar…» (1 Fes. 4:3). Jinsiy hayot sohasida axloqiy me’yorlarga rioya qilish (bu avvalambor, nikohdan oldingi va nikohdan tashqari jinsiy aloqa uchun «to‘xtash» belgisi) Xudoning g‘amxo‘rligi va himoyasini kafolatlaydi. Mana ba’zi bir misollar: …DAN HIMOYA: Aybdorlik hissi KAFOLAT: Ruhiy mukofot …DAN HIMOYA: Rejalashtirilmagan homiladorlik KAFOLAT: Bolalarni tarbiyalash uchun qulay muhit …DAN HIMOYA: Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar KAFOLAT: Qalb xotirjamligi …DAN HIMOYA: Jinsiy nochorlik KAFOLAT: O‘zaro ishonch …DAN HIMOYA: Hissiy tushkunlik KAFOLAT: Haqiqiy yaqinlik Xudoning g‘amxo‘rligi va himoyasi orqali kafolatlangan barcha ustunliklar nikohdagi jinsiy hayotni maksimal ijobiy qiladi. Masalan, o‘smirligimda men nikohgacha jinsiy munosabatlardan o‘zimni tiyishni ongli ravishda tanlaganman. Bu majburiyat o‘z orzuimdagi qizni uchratmagunimcha va unga uylanmagunimcha iffatni saqlash, keyin esa unga bo‘lgan sadoqatimni bir umr saq­ lash bo‘yicha mening niyatimni nazarda tutar edi. Dotti ham o‘ziga shunday majburiyatni olgan edi va ikkalamiz ham Xudoning jinsiy munosabatlarni tartibga soluvchi amrlariga itoatkor bo‘lganimiz uchun, bizlar bu munosabatlardan aybdorlik hissini bilmagan holda rohatlanyapmiz. Hali nikoh tuzilmay turib homilador bo‘lib qolish bilan bog‘liq azoblar bizlarga notanish. Demak, biz farzandlikka olish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan, odamni sarson qiladigan ovoragarchilikka yoki rejalashtirilmagan homiladorlik tufayli shosha-pisha nikoh tuzish zarurati sababli azobli yugur-yugurlarga hech qachon duch kelmaganmiz. Nikoh to‘shagida qandaydir tanosil kasalligi yuqtirib olishdan qo‘rqish bizni sarosimaga solmaydi. Biz jinsiy nochorlikdan xavfsiramaymiz, chunki ikkalamiz ham bunday tajribaga ega emasmiz, shuningdek, qandaydir taqqoslash­ lardan xalosmiz. Demak, biz o‘zaro ishonchdan to‘la rohatlanishimiz mumkin. Biz nikohdan oldingi jinsiy aloqa bilan birga kechadigan hissiy stress­ dan va nikohdan tashqari jinsiy aloqalarning yo‘ldoshi bo‘l­ gan xiyonat hissidan xolimiz. Natijada, ikkimiz ham, jinsiy yaqinlik bilan birga, aldash va «shkafdagi skeletlar»dan xoli hissiy yaqin­ likdan huzur qilamiz. Xudoning niyatiga ko‘ra, jinsiy munosabat axloqiy chegaralar doirasida er-xotinlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u nikohgacha jinsiy munosabatlarni taqiqlanishi va nikohdan keyin sodiqlikni saqlab qolishni nazarda tutadi. Xudoning amrlariga rioya qilish bir-birini sevadigan erkak va ayolga jinsiy munosabatlardan to‘la rohatlanishni kafolatlaydi, lekin er-xotinlar bu axloqiy chegaralar nimani anglatishini tushunishi va ularni o‘zi uchun belgilab olishi hayotiy ahamiyatga ega. Gap shundaki, bunday cheklovlar «yo‘q» so‘zini maksimal uzoq muddatli er-xotinlik munosabatlari uchun qulay bo‘lgan javobga aylantiradi, bu cheklovlarga rioya qilish esa jinsiy munosabatni Xudoning ajoyib hadyasiga aylantiradi. Axloqiy tozalik chegarasi Muqaddas Kitobda aytilgan: «Nikohni hammangiz e’zozlang­ lar. Er-xotinlik munosabatini beg‘ubor saqlanglar…»; «Sizlarning muqaddas bo‘lishingiz Xudoning irodasidir. Shuning uchun jinsiy axloqsizlik qilmang. Har biringiz muqaddaslik va izzat-hurmatga loyiq tarzda o‘zingizni tuta bilishingiz kerak. Xudoni bilmagan butparastlarday shahvoniy hirsga qul bo‘lmang. Xudo bizni harom yo‘ldan yurishga emas, balki muqaddas bo‘lib yashashga chaqirdi» (Ibr. 13:4; 1 Fes. 4:3–5, 7). Axloqiy tozalik — er-xotinlik hayotida barakalarni kafolatlaydigan va bizni jinsiy buzuqlikning salbiy oqibatlaridan himoya qiladigan Xudo o‘rnatgan chegaradir. Axloqiy toza bo‘lish nimani anglatadi? O‘ramiga «100% sutli shokolad» deb yozilgan shokoladli konfetlar yeganmisiz? Bir banka asal haqida nima deya olasiz? Ba’zi yorliqlarda: «Sun’iy shirinliklarsiz tabiiy asal» degan so‘zlarni o‘qish mumkin. Shokolad yoki asalga nisbatan «yuz foizli» yoki «tabiiy» ta’rifi — bu mahsulotlarda ularni buzadigan yoxud ularni toza shokolad yoki toza asal deb atalish huquqidan mahrum qiladigan hech qanday aralashma yo‘qligini anglatadi. Jinsiy tozalik Xudoning benuqson niyatini bulg‘ashga qo­ ­ dir biror chekinishlarsiz «Xudoning azaliy niyatiga mos kela­ ­ di­ gan hayot»ni nazarda tutadi. Jinsiy munosabatlar Xudo tomoni­ dan er va xotin o‘rtasida sevgi namoyon qilish sifatida yaratil­ gan edi. Uchinchi jinsiy sherikning paydo bo‘lishi bilan, bu ittifoq­ ning uyg‘unligini buzish er-xotin ittifoqini bulg‘ovchi va uni to­ za­ likdan mah­ rum qiluvchi aralashma hisoblanadi. Agar iflos tosh bir stakan toza suvga tushirib yuborilsa, suv begona ara­ lash­ malar bilan ifloslanadi, ya’ni notoza bo‘lib qoladi. Biror ara­ lashma tushmagan bir stakan toza suv — bu eng toza bir stakan suv­ dir. Xudo bizning jinsiy hayotimiz eng musaffo bo‘lishini is­ taydi. Xudo jinsiy munosabatlarni nikohgacha iffatini saqlagan va endilikda bir-biriga sadoqatini saqlayotgan erkak va ayol o‘rtasida­ gi mustahkam er-xotinlik ittifoqi uchun yaratganini bolalar bilish­ sin. Ha, ha, agar er-xotindan biri yoki ikkalasi ham, qonuniy nikoh­ gacha jinsiy aloqadan o‘zlarini tiymasdan, o‘z bokiraligini saq­ lamagan bo‘lsa, har qanday ittifoqning tozaligi buzilishi mumkin. Jinsiy tozalik talabi qayerdan olingan? Xudoning O‘zining xulq-­ atvoridan. Rabbiy shunday deydi: «Muqaddas bo‘linglar, chun­ ki Men muqaddasman» (1 But. 1:16) va «Xudoga … umid bog‘­ lagan har bir odam Iso Masih singari pok bo‘lishi uchun o‘zini pok­ laydi.» (1 Yuh. 3:3). O‘z tabiatiga ko‘ra, Xudo muqaddas va toza, «Unda nohaqlik yo‘qdir» (Zab. 91:16). Nikohgacha va undan so‘ng ham jinsiy tozalikni saqlar ekan, Xudoning g‘amxo‘rligi va hi­ moyasini qo‘lga kiritishi hamda jinsiy munosabatlardan azaldan Xudo niyat qilgan to‘lalikda rohatlanishi mumkinligini bolalar tushunib olishiga yordamlashing. Sodiqliq chegarasi Yettinchi amrda: «Zino qilma» (Chiq. 20:14) deyilgan. Nikohdan o‘tgan ekan, erkak va ayol bevafolik qilmasligi, bir-biriga so­ diq qolishi zarurligini Iso Masih ta’kidlagan. U: «Xudo birga qo‘shganni bandasi ajratmasin», — degan edi (Mk. 10:9). Xudo Is­ ­ roil­ ga aytdi: «Xotinidan nafratlanib, undan ajrashgan erkak o‘z hi­ moyasi ostida bo‘lgan xotiniga shafqatsizlik qilgan bo‘ladi… Shu bois hushyor bo‘linglar, xiyonat qilmanglar» (Mal. 2:16). To‘y marosimida kelin-kuyov bir-biriga sodiqlikka qasamyod qilishadi: «Bugun biz yaxlit birlikka aylandik va men toki o‘lim bizni ajratmagunicha sen bilan kasallikda ham, sog‘liqda ham, boylikda ham qashshoqlikda ham birga bo‘lishga qasamyod qila­ man. Senga sodiq qolishga… sening kamchiliklaringni muhabbat bilan qabul qilishga, g‘alabalaringdan quvonib, mag‘lubiyat payt­ laringda seni qo‘llab-quvvatlashga qasam ichaman». Seni kimdir dunyodagi boshqa hamma odamlardan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rishi va senga o‘zining butun umrini bag‘ishlashini anglashdan ko‘ra, boshqa hech narsa bunchalik chuqur qoniqish bermaydi. Sadoqat — Xudoning chegarasi bo‘lib, u er-xotin hayotida Xudoning barakasini kafolatlaydigan va bu turmushni jinsiy buzuqlikning salbiy oqibatlaridan himoya qiladi. O‘z er-xotinlik hayotimning katta qismida men uydan uzoqda sayo­ hatda bo‘ldim va bir necha marta Dottiga xiyonat qilish imkonim ham bo‘ldi. Biroq qirq yillik nikohdagi umrim davomida sa­ do­ qat, sodiqlik va hayotimdagi yagona sevganimga bag‘ishlanganlikni namoyon qilib, biror marta vasvasaga berilmadim. Albat­ ta, bu Dotti. U uchun ham bu ahamiyatli. Mening xotinimga mu­ nosabatim uning o‘z qadr-qimmatini anglash hissini mustahkamlaydi, unga himoyalanganlik va u cheksiz sevimliligi hissini hadya etadi. Sayyoramizda uch milliarddan ortiq ayollar bor, lekin menga faqat u kerak. Har birimiz Xudo tomonidan kimgadir yagona bo‘lish uchun yaratilganmiz. Bu xohish Xudoning O‘zining qalbidan kelib chiq­ qan. «Shunday qilib, Egangiz Xudo haqiqiy Xudo ekanini bilib qo‘yinglar. U sodiq Xudodir! — dedi Muso isroilliklarga, — Uni sevadigan, Uning amrlarini bajaradiganlarning minginchi avlodigacha ahdini sodiq saqlaydi» (Qonun. 7:9). Sevgi muhitidagi jinsiy aloqa Xudoning niyatiga ko‘ra, jinsiy aloqa bir tomondan axloqiy tozalik, boshqa tomondan sadoqat shartlarida mavjud bo‘lishi kerakligini bolalarga tushuntiring. Bu shartlar er-xotin jinsiy munosabatlarining sog‘lom muhitini kafolatlaydi. Bu muhit ular orasida alangalangan sevgidir. Masihiy oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning ko‘pchiligi ushbu axloqiy me’yorlar bilan tanish. Agar siz o‘smirning ota-­ onasi bo‘lsangiz, ishonchingiz komil bo‘lishi mumkinki, o‘smir bola yoki qiz jinsiy aloqaga yengiltak munosabat va jinsiy sherikni tan­ lashdagi pala-partishlik — yomon ekanini birdan ayta oladi. Siz farzandingiz bunday nuqtayi nazar tarafdori ekanidan faxrlanish­ ga haqlisiz. Biroq bitta «lekini» bor. Yaxshi jamoatlar va masihiy oilalardan chiqqan bolalarning ko‘pchiligi «haqiqiy sevgi» haqida gap ketganda, o‘z fikrlarini o‘zgartirib olishadi. Bu holatda «sevgi hamma narsani oqlashi» sababli, ular uchun «nikohgacha jinsiy aloqa — yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan narsa» bo‘lib tuyuladi. Qaysidir ma’noda hozirgi yoshlarga nisbatan bunday fikrga yo‘l qo‘ysa bo‘ladi, deganimda, men ko‘p ota-onalarni va jamoat rahbarlarini karaxt qilib qo‘yaman. Lekin men chindan ham haqiqiy sevgi barcha narsani oqlaydi, deb hisoblayman. Hoynahoy, gapni qayoqqa burayotganimni tushunayotgandirsiz, chunki oldingi boblardan birida biz sevgi degan tushunchaning Muqaddas Kitobdagi ta’rifini muhokama qildik. Muammo shundaki, o‘smir yigitlar va qizlarning ko‘pchiligi sevgini unchalik ham Muqaddas Kitobdagidek ta’riflashmaydi, balki unga ancha shubhali andazalar, xususan, sevgi axloqiy tozalik va sadoqat chegaralarini mensimaydigan jinsiy aloqaga yo‘l qo‘yadigan andazalar bilan ta’rif berishadi. Eslatib o‘taman, biz haqiqiy sevgini — odam o‘zi bilan birga boshqa kishining xavfsizligi, baxti va farovonligini qadrlay olish deb ta’rifladik. Xudo rejasidagi jinsiy munosabatlarga hur­ mat bilan munosabatda bo‘lish boshqa kishiga nisbatan shunday sevgida namoyon bo‘lishini, shuningdek, jinsiy munosabatlarni himoyalab turgan axloqiy tozalik va sodiqlik chegaralarini saqlashda ekanini bolalarga tushuntirib qo‘ying. Xudoning amrlariga itoat qilish ularning farovonligini ta’minlash va ularni kulfatdan asrashga qaratilganini bolalar tushunib olishiga yordamlashing. Sevgi — haqiqiy sevgi! — nikohdan oldingi jinsiy aloqadan o‘zini tiyadi va sevishganlar nikohlanganidan keyin axloqiy tozalik va sodiqlikni saqlaydi. Shunday ekan, bunday munosabatdagi ha­ qiqiy sevgi hamma narsani oqlaydi. Bunday sevgining manbai kim ekan? Albatta, Xudo. Chunki «Xudo sevgidir» (1 Yuh. 4:8). Sevgining Ilohiy ta’rifi sevilgan odam­ ni zarardan himoya qiladi va unga ezgulikni kafolatlaydi. Xu­ doning sevgisi saxiy va ishonuvchan, mustahkam va himoya qi­ ladigan, sodiq va cheksizdir. Haqiqiy sevgi uchun sevgan kishisi ha­ qida g‘amxo‘rlik qilish va uni himoya qilish ustunlik bo‘lgani bois, Xudoning sevgisi uning xavfsizligi, baxti va farovonligiga za­ rar yetkazadigan hech narsaga yo‘l qo‘ymaydi [33]. IKKI OG‘IZ GAP U YOQDAN, IKKI OG‘IZI BU YOQDAN Men «jiddiy suhbat» tajribasini tamg‘alashdan va bu mavzuga bag‘ishlangan axborotni bolalarga asta-sekin va me’yori bilan, le­ kin muntazam berib borishni maslahat qilishdan gap boshlagan edim. Bizlar haqiqiy sevgi nima ekanligini hal qilishga uringan Sak­ kizinchi bobda, men bolalar bilan sevgi va romantik munosabatlar haqida gaplashishning ajoyib imkoniyati sifatida to‘ylar va yubileylardan foydalanishni taklif qilgan edim. Darvoqe, bu ularga jinsiy munosabatlarga nisbatan Xudoning niyati haqida ozroq ma’lumot berishning qulay imkoniyatidir. Mana, oilaviy tantanalardan yoki to‘g‘ri keladigan vaziyatlardan foydalanib, bolalarga jinsiy munosabatlarga nisbatan Xudoning niyatiga hurmatli munosabatni muvaffaqiyatli singdirishning bir nechta usullarini ko‘rsatib o‘taman. • O‘z to‘yingizga bir necha yil bo‘lganini bolalaringiz bilan birga nishonlang. To‘yning yilligini nishonlash — axloqiy tozalik va sodiqlik qanday qilib sizning oilaviy baxt-saodatingizni saqlab qolgani va biz hozir muhokama qilayotgan sohalarda muvaffaqiyatga erishishingizni kafolatlaganini bolalarga aytib berishning eng qulay imkoniyatidir. Bunday yilliklarni oilaviy tantanaga aylantiring. Turmush o‘rtog‘iga sodiqlik siz uchun qanchalik muhim ekanini bolalar bi­ lishsin. Nikoh majburiyatlari xotiningiz bilan munosabatla­ ringizga qanday ta’sir ko‘rsatganini bolalarga aytib bering. Sizning oilaviy hayotingizga sevgi, sodiqlik va axloqiy tozalik keltirgan ustunliklarni ular qanchalik ko‘p ko‘rishsa, sizning guvohligingiz shunchalik ishonarli bo‘ladi. Kichkintoylarning (olti, besh va hatto to‘rt yoshdagi bolalar) Kalomdagi muhabbat, axloqiy tozalik va er-xotin sadoqati qonuniyatlarini tushunishga qodirligiga yetarlicha baho bermasdan bo‘lmaydi. Bu qonuniyatlarni bolalarga tushunishga yordam bera turib, ularning kelgusi jinsiy bokiraligiga mustahkam poydevor qo‘yishning ajoyib imkoniyati sizga berilmoqda. Rafiqangizga muhabbatingizni tushuntira turib, xuddi o‘z tanangizga bo‘lgani kabi unga ehtiyotkorona g‘amxo‘rlik qilishingizni bolalarga aytishingiz mumkin. Er-xotin sadoqatini tushuntirish uchun berilgan va’dani bajarish misoli to‘g‘ri keladi. Er-xotin sadoqatini tushuntirar ekansiz, siz quyidagilarni aytishingiz mumkin: «Mana nima uchun men qandaydir boshqa ona emas, sizlarning onangiz bilan yashayapman». O‘z hayotingizni ularning onasiga bag‘ishlaganingizni va faqat birgina unga sodiq ekaningizni bolalarga iloji boricha ertaroq tushuntiring. Ularning gormonlari tug‘yonga kelishni boshlaganda, sizning shaxsiy namunangiz va guvohligingiz o‘zini bir necha bor oqlaydi. • Qarindoshlaringiz yoki do‘stlaringizning to‘y tantanalaridan foydalanish imkonini qo‘ldan chiqarmang. Butun oilangiz bilan ularnikiga boring, bu tadbirlardan axloqiy tozalik va sodiqlikning Xudo belgilagan chegaralari haqida bolalarga eslatish uchun foydalanishni esdan chiqarmang. Bolalar to‘y marosimining ma’nosini tushunayotganiga ishonch hosil qiling. Sadoqatni saqlash haqida er-xotin qasamyodi bir umrga bir marta berilishiga bolalarning e’tiborini jalb qilish uchun to‘yning boshida va oxirida vaqt ajrating. Kelin-kuyovlar imzo chekkan nikoh majburiyatlarining nusxasini oling va ularni kichkina bolalar bilan birga o‘qib chiqing. O‘smirlar bunday birgalikda o‘qishda ishtirok etishlari dargumon, lekin kichkintoylar uchun bu ancha qiziqarli bo‘ladi. To‘ylar — muhabbat va jinsiy aloqadan Xudoning niyati hamda sevgi va jinsiy aloqa Xudoning xulq-atvorini qanday aks ettirishi haqida bolalarga eslatish uchun eng maqbul vaqtdir. • Masalan, televideniye tomonidan taqdim etiladigan imko­ niyat­ lardan foydalaning. OAVning yangiliklar tasmala­ ri to­ monidan ham, ko‘ngilochish sanoati tomonidan ham shakl­ lantirilgan muhabbat va jinsiy munosabatlar haqida bo­ la­ la­ rning buzilgan tasavvurlarini to‘g‘rilash uchun har qan­ day imkoniyatlardan foydalaning. Uyda bolalaringiz bilan te­ levizor orqali yoki kinoteatrda biror kinofilm ko‘rayotga­ nin­ ­ gizda sevgi va jinsiy aloqaning Xudo tomonidan o‘rnatilgan andazasiga to‘g‘ri kelmaydigan biror narsani ko‘rib qol­ sangiz, bolalar bilan Xudoning amrlariga itoatkorlikning us­ tunliklarini muhokama qiling. Agar bolalaringiz jinsiy mu­ nosabatlardan Xudoning niyati orqali hayotga qaraydi­ gan bo‘lsalar, o‘smirlaringiz kino qahramonlari uchun bu us­ tunliklarni aniqlashda qanchalik ziyrak ekanligini ko‘rib, hayratga tushasiz. • Tarbiyaning boshqa afzalli vositalaridan foydalaning. O‘z farzandlariga jinsiy munosabatlar bo‘yicha Muqaddas Ki­ tob nuqtayi nazarini tushuntirmoqchi bo‘lgan ota-onalarga yordam beradigan ko‘plab kitoblar, kompakt-disklar va DVD-­kurslar mavjud. Ushbu bob men Dotti bilan hamkorlik­ da yoz­ gan «Farzandlaringiz bilan jinsiy aloqa to‘g‘risida ochiq suh­ bat» nomli kitobdan olingan. Ushbu kitobda bolalar bilan jinsiy munosabatlarni muhokama qilish turlari batafsil be­ rilgan va bolalarga hayotning ushbu sohasida Xudoning niyatini hurmat qilishni o‘rgatish haqida tavsiyalar berilgan. Shuningdek, men «Yalang‘och dalillar: jinsiy aloqa, sevgi va munosabatlar haqida haqiqat» nomli kitob, CD va DVD seriyalarni tayyorlaganman [34]. Boshqa manbalardan ham foydalaning. Mahalliy masihiy adabiyotlar kitob do‘koniga kiring, u yerdagi kataloglarni ko‘rib chi­ qing va jamoat yo‘nalishingiz qanday o‘quv dasturlari taklif qi­ li­ nayotganini aniqlang. Xudoning jinsiy munosabatlar haqidagi niyatini farzandlariga tanishtirishni istaganlar uchun ko‘plab ajoyib vositalar mavjudligi sizni hayratda qoldiradi. Izohlar [29] Marcela Raffaelli, Karen Bogenschneider, and Mary Fran Flood, «Parent-Teen Com­ munication about Sexual Topics», Journal of Family Issues, vol. 19, 315–333. [30] Adapted from chapter 11 of Josh and Dottie McDowell, Straight Talk with Your Kids about Sex (Eugene, OR: Harvest House Publishers, 2012), 89–90. [31] McDowell, adapted from chapter 2, 26–31. [32] Shlits-vint qapqog‘idagi otvertka uchun qilingan ariqcha yoki chuqurcha. [33] McDowell, adapted from chapter 3, 35–43. [34] Ushbu manbalar bilan www.josh.org shaxsiy veb-saytimda tanishishingiz mumkin. — Mua­ llif izohi. 11. To‘qqizinchi majburiyat: NIMA UCHUN BIZ O‘ZIMIZ ISHONAYOTGAN NARSALARGA ISHONISHIMIZNI BOLAGA TUSHUNTIRISHGA HARAKAT QILISH O‘g‘li ketmoqchi bo‘lib chog‘lanayotganida Marsha uni qu­ choqladi. — Azizim kelib bizni ko‘rganingdan juda ham xursandman, — dedi u. — Ha, Greg, — uning gaplarini tasdiqladi otasi Mayk. — Rostdan ham bu juda zo‘r. — U o‘g‘lini quchoqlash uchun qadam bosdi. — Butun oila bo‘lib jamoatga borgan kunlarimizni va umuman birga to‘plangan kunlarimizni juda sog‘indim. Lekin mening fikrimcha, sen universiteting yonidan jamoat topgansan, shundaymi, o‘g‘lim? Greg ryukzagini yelkasiga tashlab oldi. — Sizga nima desam ekan, dada? Unchalik ham emas, — ishonchsizlik bilan javob berdi o‘g‘il. — Birinchi kursdagilarga qiyin — bizlarga ko‘p topshiriq berishadi, shunday ekan, men juda bandman. Gregning o‘n olti yoshli singlisi Sara unga yo‘l sumkasini uzatar ekan so‘radi: — Universitetda o‘qish rostdan ham shunchalik qiyinmi? — Men bunday demagan bo‘lardim. Shunchaki, bilasanmi, ishlar tiqilib yotibdi. Mayk o‘g‘lini yelkasidan muloyim quchib qo‘ydi: — Agar jamoatga borishga vaqting bo‘lmayotgan ekan, demak haqiqatan ham juda bandsan. — Dada, — javob berdi Greg, — shunchaki endi meni jamoat kabi narsalar boshqa qiziqtirmaydi. Mening do‘stlarim bor, biz haftada bir marta vaqtimizni birgalikda o‘tkazamiz va shu menga yetarli. — Men ham do‘stlarim bilan ko‘ngil yozishni ma’qul ko‘rardim, — deb akasini qo‘llab-quvvatladi Sara. — Jamoat — juda zerikarli… — Sara! — qizini siltab tashladi Marsha. — Sen dahshatli narsalarni gapiryapsan! — Lekin bu to‘g‘ri gap-da! — e’tiroz bildirdi Sara. — Oyi, u haq, — dedi Greg. — Jamoat endi menga yoqma­ yapti. — Azizim, unday dema. — Marsha o‘g‘lining qo‘lini tutdi. — Axir universitet seni Xudodan qaytargan emas-ku? — Yo‘q, oyi, — iljaydi Greg. — Men shunchaki ko‘p narsalarni qaytadan o‘ylab ko‘rdim. Xudo xuddi avvalgidek men uchun katta ahamiyatga ega, lekin ba’zi narsalarga men xuddi siz kabi qaramayman, tamom-vassalom. — U ryukzakning bog‘ichini to‘g‘rilab qo‘ydi. — Men ketishim kerak. Greg mashinaga qarab yurdi, Sara buyumlarni mashinagacha eltib qo‘yishga yordamlashdi. Eshik oldiga chiqarkan, Marsha va Mayk o‘g‘lining ortidan qarab qoldilar. — Biz sen uchun duo qilamiz, o‘g‘lim, — ortidan dedi Mayk. — Rahmat, dada, — deb javob berdi xolos, Greg. Uy oldidagi yo‘lakda mashinani orqaga haydagan o‘g‘li yo‘lga chiqib olgani, ularga qo‘l siltaganini Marsha va Mayk jimgina kuzatib turdi. — Biz o‘g‘limizni yo‘qotmayapmiz, deb umid qilaman, — dedi Marsha. Mayk bosh irg‘adi: — O‘g‘limizni ham, qizimizni ham yo‘qotmaymiz, deb umid qilaman [35]. Agar men suhbatlashgan otalar o‘rtasida boshqa hamma tash­ vish­ larni bosib ketadigan, tinmay takrorlanadigan bitta xavotirni eshitavergan bo‘lsam, bu Mayk tomonidan aytilgan xavotir bo‘lib, bu — ularning katta bo‘lib, universitetga kirgan va uyni tark etgan farzandlari ularga oilada singdirilgan masihiylik qadriyatlaridan, yakunida esa haqiqiy e’tiqoddan yuz o‘girishi xavotiridir. Bu xavotir asossiz emas. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, voyaga yetishning dastlabki o‘n yilida, masihiylikka e’tiqod qiluvchi o‘s­ mir­ larning ko‘pchiligi jamoatni tark etishadi va Iso Masih qarshi­ sida olgan hamma majburiyatlarini unutishadi [36]. Bu sizning bo­ lalaringiz Xudoni keskin inkor qilishi va ateistga aylanishi ehti­ mo­ lini anglatmaydi. Gap bunda emas. Aniqrog‘i, ular «qachonlar­ dir muqaddaslarga berilgan imon»dan (Yah. 1:3) farq qiluvchi mas­ laklarga ko‘ngil bera boshlashadi. Bugungi kunda yaxshi masihiy oilalarda tarbiyalangan bolalarning ko‘pchiligi Gregga o‘xshab o‘z otalariga: «Xudo hali ham men uchun ulkan ahamiyatga ega, lekin men ba’zi narsalarga siz kabi qaramayman», — deyishga tayyor. Ba’zan avlodlar nizosi deb atalayotgan bu farqlar, avvalgilarga qaraganda chuqurroq va keng­ roqdir. «Rew Research» tadqiqot markazining so‘nggi ma’lumot­ lariga qaraganda, kattalarning deyarli 80% o‘z e’tiqodlari va yosh­ lar tarafdori bo‘lgan dunyoqarashlar orasida nomuvofiqlikni ko‘rmoqdalar. Keksa va yosh avlodning fikri nimalarda ko‘proq farq qiladi, degan savolga javob bera turib, 47% respondentlar ijti­ moiy va axloqiy qadriyatlar sohasini ko‘rsatishgan [37]. Yosh masihiylarning bugungi maslaklaridan ba’zilarinigina ko‘rib chiqamiz: • 23% mo‘jizalar borligiga ishonishmaydi, • 33% reinkarnatsiyaga yo «ma’lum ma’noda» yoki «balki» ishonishadi, • 42% yovuzlik subyektining mavjudligiga shubha qilishadi, • 48% boshqa dinlarni ham haqiqat deb hisoblashadi [38]. Umid qilamanki, sizning farzandlaringiz bunday qarashlarga ega bo‘lganlar sirasiga kirmaydi. Lekin siz agar ularning har ikkisidan biri Iso Masih «Yo‘l, Haqiqat va Hayot» ekanligini ishonch bilan ta’kidlay olmasa, ular ortodoksal bo‘lmagan e’tiqodlarni qanday osonlik bilan qabul qilishini payqashingiz mumkin. Bolalar an’anaviy bo‘lmagan maslaklarning barcha turlariga kirib ketishi oson ekanligini ham hisobga olish lozim. Oxirgi yetti — sakkiz yil davomida ijtimoiy maydonga tajovuzkor ateistlar chiqib keldi. Masalan, «Masihiy millatiga xat» (2006) kitobini chop ettirib Sem Xarris ateistik hujumga kirishdi, buning ortidan Richard Dokinzning «Xudo puch xayol sifatida» nashri (2006) va nihoyat, Kristofer Xitchensning «Xudo buyuk emas» (2007) kitobi paydo bo‘ldi. Har uchala kitob darhol bestsellerga aylandi va haftalar emas, oylar davomida eng ko‘p sotilayotgan kitoblar ro‘yxatida boshchilik qilishdi. «Yangi ateistlar» deb nomlangan bu ateistlarning ta’siri noshirlik dunyosidan uzoqlarga chiqib ketdi. Ular maqolalar yozishyapti, oliygohlarda nutq so‘zlashyapti, bahslarda ishtirok etishyapti, radio va televideniyega intervyular berishyapti, YouTube da sanoqsiz videolar tarqatishyapti. Ular haqiqatni izlayotgan ko‘p yoshlarni xijolatga solishdi va ko‘plab imonlilarning ishonchiga putur yetkazishdi. Yangi ateistlarning maqsadi oddiy: e’tiqodning har qanday ongli asoslarini yo‘q qilish va imonlilarni undan voz kechishga ishontirish [39]. Yangi ateistlar to‘lqini bugungi kunda bir oz chekinganiga qaramay, biz nimaga va nima uchun ishonishimiz haqida bolalarga yaqqol tasavvur berish bunchalik katta ahamiyatga ega bo‘lgan, mas’uliyatli davr hali hech qachon bo‘lmagan. Men ba’zi masihiy rahbarlar zamonaviy bolalar masihiylikka qiziqish bildirmayotganini ta’kidlashayotganini eshitganman. Bu jamoat yetakchilari, hozirgi yoshlar faqat bir-biri bilan munosabatlarga va o‘zlarining hissiy kechinmalariga qiziqishini aytmoqdalar. Gap bunda emas. «Yoshlarning dinga munosabatini tadqiq etish bo‘yicha milliy loyihalar»ning oxirgilaridan birida, ming­ lab din­ dor bo‘lmagan yoshlar imonli sifatida tarbiyalangani, lekin keyin imonsiz bo‘lganlarini tan olishgan. Bu o‘smirlarga «Nega o‘zingiz tarbiyalangan e’tiqoddan yuz o‘girdingiz?» — degan savol berilgan. Bu oshkora, ya’ni so‘raluvchining tanloviga ko‘ra tayyor turgan javoblarni nazarda tutmaydigan savol edi. So‘rov o‘t­ kazilganlarning 32%dan olingan, eng keng tarqalgan javob aqliy shubhalanuvchanlik [40] bo‘lgan. Oshkora savol berilganini hisobga olganda bu juda katta foiz hisoblanadi. O‘smirlarning javoblari quyidagi fikrlarni ham o‘z ichiga olgan edi: «Masihiylik menga ma’nosiz mashg‘ulot bo‘lib tuyuladi», «Masihiylikning ba’zi ta’kidlari unchalik haqiqatga o‘xshamaydi», «Buni fan nuq­ tayi nazaridan isbotlashning iloji yo‘q, deb o‘ylayman», «Javobi yo‘q bo‘lgan savollar juda ham ko‘p». Bolalarga ular nafaqat qalbi bil­ an, balki ongi bilan ham qabul qiladigan javob­ lar kerak. E’TIQODNI YETKAZISH Siz masihiy sifatida, ishongan narsangizga bolalarni mustah­ kamlash va ularga siz nima uchun shunga ishonishingizni tushuntirishingiz hayotiy ahamiyatga egadir. Lekin aynan qanday maslaklarni siz o‘z farzandlaringizga yetkazishni istagan bo‘lardingiz? Siz farzandlaringizga amaliy e’tiqodni yetkazishni istay­ siz, deb o‘ylayman. Hoynahoy, bolalaringiz rasmiy masihiylikni emas, balki ularning hayotini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan, o‘z nav­ batida, ular bolalariga yetkaza oladigan amaliy masihiylikni qabul qilishlarini istaysiz. Aslida, masihiylik ta’limining mohiyati shundan iborat bo‘lib, ilk jamoat buni muvaffaqiyatli uddalagan. Ilk jamoat masihiylari o‘z e’tiqodlarini yetkazishda shunchalik qat’iy edilarki, ular nafaqat o‘z hayotlarini o‘zgartira oldilar, bal­ ki e’tiqod estafetasini keyingi avlodlarga ham muvaffaqiyatli yetkaza bildilar. «Forge Mission training Network» asoschisi Alan Xirsh aytishicha, eramizning 100 yiliga kelib, Iso Masih yer yuzini tark etganidan taxminan oltmish yillar o‘tgach, masihiylar soni 25 000 kishiga yetdi. Ikki yuz yil davomida ularning soni 20 000 000 [41] kishigacha ko‘paydi, ya’ni Iso Masihga isho­ nuvchilarning soni sakkiz yuz marta ortdi! Xo‘sh, ilk Jamoat ni­ ma­ ni targ‘ib qilgandiki, buning natijasida jamiyat hayotida bunday hayratlanarli o‘zgarishlar bo‘ldi va e’tiqod qiluvchilar soni juda keskin ortdi? III asr boshlariga kelib, masihiy jamiyatining ichida haqiqiy e’tiqodga nisbatan yagona tasavvur shakllandi. Havoriylar tomonidan Iso Masih izdoshlarining xulq-atvorini belgilab beradigan e’tiqod asoslari bayon qilindi. Bu bir fikrlilikni saqlab qolish va haqiqatni buzib ko‘rsatishning oldini olish maqsadida, eramizning 325yilida Kichik Osiyoda, Nikaya shahrida uch yuz nafar Jamoat otalari yozma ravishda masihiylikning fundamental haqiqatini qayd etish uchun to‘planishdi. Bu yig‘ilishning natijasi bizga E’tiqodning Nikaya Ramzi sifatida ma’lum, ya’ni bu Ruhoniylar tomonidan qachonlardir yozilgan va bugungi kunda ham ishlatilayotgan e’tiqod ramzlarining eng ommaviysi ishlab chiqildi. U Jamoat tarixidagi har bir yirik masihiylik hamjamiyati tomonidan ma’qullandi va qabul qilindi. Nikaya yig‘inining bu ixcham bayonotida Xudoning mohiyati, bizning U bilan munosabatlarimiz mohiyati, U yaratgan narsalarning mohiyati va ahamiyati, bizning biz nima uchun yaratilganimiz va bizni kutib turgan o‘zgarishimiz haqidagi haqiqat bayon qilingan (E’tiqodning Nikaya Ramzi mat­ niga ushbu bobning oxirida qarang). Bolalarga Xudo bilan munosabatni yo‘lga qo‘yishda yordam be­ ­ rar ekansiz, siz ularga ushbu masihiylik haqiqatlarining ahamiyatini tushuntirib berishingiz mumkin. Bunda bolalar o‘zlarini ha­ ­ qi­ qatan ham shaxs (ular kim va bu dunyoga nima uchun kelish­ gan) deb anglashi, ularning atrofdagilar bilan munosabatlari qan­ dayligi va Xudo yaratgan olam bilan qanday o‘zaro munosabatda bo‘lishlari lozimligini tushunib olishlari mumkin. Masihiylik e’tiqo­ dining ixcham bayon qilinishi quyidagi tarzda ko‘rinishi mum­ kin: masihiylik — Xudoni anglash va U bilan, o‘zingiz hamda atrofdagilar bilan to‘g‘ri munosabatda hayot kechirish usulidir. Bu — Iso Masihning yo‘li bo‘lib, biz uni asrab qolishimiz va o‘z bolalarimizga yetkazishimiz lozim. BIZ NIMAGA ISHONAMIZ VA NIMA UCHUN ISHONAMIZ? E’tiqodning Nikaya Ramzini o‘qir ekanmiz, biz «muqaddas havoriylar tomonidan berilgan» o‘n ikkita aqidani ko‘ramiz. Ularning hammasi Muqaddas Kitobda yaqqol bayon qilingan. Aynan shundan boshlashimiz kerak. Ko‘plab voqealar vositasida, Muqaddas Kitob butun insoniyat tarixi davomida Xudo bizga nisbatan qanday munosabatda bo‘lganining aniq tasvirini chizib beradi: birinchi oilaga, Eski Ahdda Isroil avlodlariga va Yangi Ahdda Iso Masih izdoshlariga. Bu hikoyalar orqali Xudo o‘z ijodiga ochiladi. Ular Xudoning buyuk haqiqatlariga ishonuvchi va ularni hayotga tatbiq etuvchi xudojo‘y odamlarning esda qoladigan qiyofalarini chizib beradi. Bu hikoyalarda va haqiqatlarda insoning asl mohiyati, Xudo biz bilan munosabatlarini qanday ko‘rmoqchi ekanligi, ya’ni biz bir-birimizga qanday munosabatda bo‘lishimiz zarurligi ochib beriladi. Bularning hammasi bugungi kunda ishonchga loyiq bo‘lgan Kitob — Muqaddas Kitobni namoyish qiluvchi Muqaddas Yozuvlarda qayd etilgan. Bu haqiqatlar biz uchun saqlanib qolishiga Xudoning O‘zi g‘amxo‘rlik qilgan, toki biz ularni bilib olaylik va e’tiqod estafetasini o‘z bolalarimizga yetkazaylik. Bolalarga Muqaddas Kitob sirlarini ochib bering, shunda uni o‘qiyotib, ular e’tiqod qiluvchilarning o‘ziga xos hayot tarzi haqida, ular haqiqatni bilishi usuli, borliqning Xudo tomonidan belgi­ lan­ gan tasviri, vahiyga asoslangan dunyoqarash va Xudo bilan mu­ nosabatlarimizda Uning o‘rni haqida bilib olishadi. Boshqacha qi­ lib aytganda, Muqaddas Kitob bolalarga: Xudo bu olamni qanday yaratgani, bu dunyo hozir qanday ekanligi va Xudo unga dast­ labki niyatini qanday qaytarishni istayotgani haqida barcha zarur ha­ qiqatni ochib beradi. Muqaddas Kitobdan biz azaldan Xudo bilan yaqin munosabatlar uchun yaratilganimiz, shuningdek, u bilan yaqin mnosabatlar nima uchun yo‘qotilgani va ular qanday tikla­ nishi mumkinligini bilib olamiz. Ilk Jamoat Muqaddas Kitob haqiqatlarini katexizis [42] qilib yiq­ qan, shu tufayli masihiylar bu o‘n ikki aqidani parta ortidan emas, shaxsiy muloqotda bolalarga yetkazadi. Qisqacha bayon qilganda, o‘n ikkita masihiy aqidalari quyidagi ko‘rinishga ega: 1. Sevuvchi Xudo mavjud. 2. Xudoning So‘zi — Uning mohiyatini ishonchli ochib beruv­ chidir. 3. Ilk gunoh odamzodga o‘lim (Xudodan ajralish)ni keltirdi. 4. Bu buzilgan munosabatlarni tiklash uchun Xudo odamga aylandi. 5. Xochdagi o‘limi orqali, Iso Masih bizning gunohlarimizni yuvdi. 6. Biz Xudoning inoyati bilan Iso Masihga iymon keltirishimiz orqali oqlandik. 7. Biz Iso Masih siymosiga o‘zgarishimiz kerak. 8. Iso Masih tanasi bilan o‘liklikdan tirildi. 9. Xudo mangu va uch birlikdir(Uchlik ta’limoti). 10. Xudo Shohligi dunyo haqidagi tasavvurimizni shakllantiradi (bizning dunyoqarashimiz). 11. Jamoat — Iso Masihning Yer yuzida ko‘rinib turgan vakilidir. 12. Gunohdan qulagan dunyoni Xudoning dastlabki niyatiga binoan qayta bunyod qilish uchun Iso Masih qaytib keladi. Bu o‘n ikki aqida idrok ishtirokisiz ko‘r-ko‘rona ishonishni talab qilmasligini tushunish muhim. Bu aqidalar bizning hayotimizga joriy etilishi lozim. Biz nimaga ishonishimizni bolalarga taqdim etar ekanmiz va bunga nima uchun ishonishimizni tushuntirar ekanmiz, ularda nafaqat to‘g‘ri fikrlash tarzini shakllantirishga intilamiz, balki ularda to‘g‘ri munosabatlar hamda to‘g‘ri tur­ mush tarzi shakllanishiga intilamiz. Shuning uchun o‘zimiz ham bu aqidalarning bizning hayotimizga qanday daxli borligini va nega ularning haqiqat ekanligiga bizda shubha tug‘ilmasligini tu­ shunib olishimiz zarur. Bolalar e’tiqodni dalillar bilan mustahkamlash mumkinligini bilishlari zarur. Vazifa ancha og‘ir tuyuladi, to‘g‘rimi? Ma’lum darajada bu shunday. Lekin bu fundamental maslaklar tahlil qilinsa va ular o‘zaro qanday bog‘langanini ko‘rishga urinib ko‘rilsa, bizning ko‘z o‘ngimizda haqiqatan ham yo‘qotilgan Xudo farzandlarini Xudo tomonidan qayta sotib olinishining buyuk tarixini payqash mumkin. O‘zlari nimaga va nima uchun ishonishlarini bolalariga tushuntirishni istayotgan ota-onalarga yordam tariqasida, Shon ikkalamiz masihiylik e’tiqodining asosiy tushunchalarini ifodalab beruvchi kitob yozdik. U: “Mustahkam haqiqat: Masihiylik e’tiqodining o‘n ikkita asosiy aqidalarini qanday qilib ratsional [43] asoslab berish mumkin?” [44] deb nomlangan. Men sizga uni sotib olishni, o‘qib chiqishni va masihiylik e’tiqodining barcha o‘n ikki aqidasini bolalarga uslubona tanishtirishni, nima uchun bu aqidalardan shubhalanishga asos yo‘qligini tushuntirishni maslahat beraman. Masihiylikning fundamental maslaklarining har birining Xudo bizga ochmoqchi bo‘layotgan muhim isbotlari mavjud. Imon isbotlarini o‘rganish uning zarurligini bekor qilmaydi. E’tiqodning hech qanday dalillari uning obyekti mavjudligiga yuz foiz ishonch bera olmaydi. Biz avvalgidek ishonishimiz lozim, lekin bizning e’tiqodimiz tafakkur qilingan, ya’ni dalillarni o‘rganadigan bo‘lishi lozim. Aslini olganda, bu havoriylar nima uchun Iso Masih sodir etgan ko‘plab mo‘jizalarni ta’riflaganlarining sabablaridan biridir; «Kitobga kiritilgan mo‘jizalar esa sizlar uchun yozilgan. Toki sizlar Isoning Masih, Xudoning O‘g‘li ekanligiga ishonib, bu imoningiz tufayli hayotga ega bo‘linglar» (Yuh. 20:31). Iso Masih ham Unga imon keltirganlarga U haqidagi zamondosh-­ shohidlarning guvohliklarini o‘rganishni taklif qiladi. U shunday deydi: «Men Otamda va Otam Menda ekanligiga ishoninglar. Agar ishonmasangizlar, hech bo‘lmasa, qilgan ishlarim tufayli ishoninglar» (Yuh. 14:11). Bolalarning maslaklari haqiqiy ekanli­ gi­ ni isbotlovchi dalillar bilan tanishish imkoniyati bolalarga masi­ hiy­ lik dunyoqarashi haqida to‘liq tushuncha beradi va ularning e’tiqodini mustahkamlaydi. E’tiqod ularning kundalik turmushiga qan­ day nisbatda ekanligini bilgach, bolalar o‘z ishonchlariga muvo­ fiq yashashlari mumkin. IMONNING UCHTA USTUNI E’tiqodning Nikaya Ramzida bayon qilingan o‘n kkita aqidalar bilan bir qatorda masihiylikning uchta ustuni haqida eslatib o‘tish zarur. Nima uchun bolalar bizdagi isbotlarga ishonishi mumkinligini tushuntira turib, bu uchta fundamental haqiqat — masihiylikning uchta ustuni haqida gapirishni unutmang: ularni bilish bolalarga o‘z imonida mustahkam bo‘lishda ko‘maklashadi. • Birinchi ustun — Muqaddas Kitobning ishonchli ekanligi. Agar Muqaddas Kitobga ishonchli tarixiy hujjat sifatida ishonib bo‘lmasa, unda qanday qilib bizning imonimiz haq ekanligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin? Masihiylar ishonadigan hamma narsa Muqaddas Kitobga asos­ langan. • Ikkinchi ustun — Iso Masihning ilohiyligi. Agar Iso Masih Xudoning O‘g‘li bo‘lmaganida, U muqaddas Qurbon bo‘la olmas edi, demak bizning gunohlarimizni yuva olmas edi. • Uchinchi ustun — Iso Masihning tanada tirilishi. Uning ti­ rilishisiz bizning tirilishimizning ham iloji yo‘q, demak, azoblarsiz va gunohsiz mangulik yo‘q. Havoriy Pavlus bu fikrni quyidagi so‘zlar bilan ifodalagan: «Agar Masih tirilmagan bo‘lsa, sizlarning imoningiz behuda, sizlar hali ham gu­ nohga botganingizcha yuribsizlar» …Unda biz hamma odam­ lardan baxtsizroqmiz. (1 Kor. 15:17). Men ushbu bobning qolgan qismida, biz Muqaddas Kitob haqida nima deb o‘ylashimiz va nega shunday o‘ylashimizga qisqa misol keltiraman. Yana bir bor yuqorida ko‘rsatilgan kitoblarga murojaat etishni maslahat beraman. Mening yordamchilarim jamoasi masihiylikning uchta ustuni haqida uchta ko‘rgazmali qo‘llanma tayyorlagan (ular oila doirasida yoki oilalar guruhida namoyish etishga mo‘ljallangan). Birinchi qo‘llanma Muqaddas Kitobning ishonchli ekaniga dalillar taqdim qiladi va «Qayta sotib olinish tantanasi» deb ataladi; Iso Masihning ilohiyligiga bag‘ishlangan ikkinchisi «Vahiy tantanasi» deb ataladi; Iso Masihning tirilishini isbotlovchi uchinchisi «Tirilish tantanasi» deb nomlanadi [45]. Quyida butun oila uchun «Vahiy tantanasi»dan iqtibos keltiriladi. Yuklab olish mumkin bo‘lgan bu faylda, bolalar uchun «So‘z estafetasi» kabi interfaol o‘yinlar mavjud. Ehtimol, bolaligingizda «bu­ zilgan telefon» o‘yinini o‘ynagandirsiz. O‘yinning bir ish­ ti­ rok­ chisi yonida o‘tirgan boshqa ishtirokchining qulog‘iga qisqa jumlani shivirlaydi, u esa o‘z navbatida eshitgan gapini keyingi ishtirokchiga shivirlaydi va hokazo. O‘yinchilar xalqasidagi oxir­ gi ishtirokchi u eshitgan gaplarni ovoz chiqarib aytadi. Albatta, gap­ ning ma’nosi bir ishtirokchidan boshqasiga o‘tayotganda alma­ shib ketadi, ma’nosiz so‘zlar to‘plamiga aylanib qoladi. Bu qiyin bo‘lmagan o‘yin umumiy quvonch bilan tugaydi, lekin u agar xabar bir kishidan boshqasiga xatosiz yetkazilsa, u holda har bir so‘z unda aniq va ravshan aytilganini isbotlaydi. Bu o‘yin bir avloddan boshqasiga yetkazish uchun Kalom matnidan nus­ xa ko‘chirganda aniqlik va ravshanlikning naqadar ahamiyatga ega ekanini namoyon qiladi. Yetkazish yetarlicha tirishqoqlik bi­ lan amalga oshirilmagan holatda, bugun o‘qiyotgan matnimiz ming yillar oldin yozilgan manuskriptning [46] aniq nusxasi ekanligini ishonch bilan ayta olmagan bo‘lar edik. «Vahiy tantanasi» Xudo So‘zi ishonchli ekanining rad etib bo‘lmaydigan dalillari bilan sizni ta’minlaydi. Yuklab olingan fayllar — nusxa ko‘chirib, oila a’zolariga tar­ qatish mumkin bo‘lgan material bo‘lib, shunda, oila a’zolari ham siz o‘qiyotgan paytingizda matnni kuzatib borishlari mumkin. Siz bolalaringiz bilan muhokama qiladigan ma’lumot — Xudo Muqaddas Kitobning ko‘paytirilishi va tarqatilishini mo‘jizaviy tar­ zda sinchiklab, nazorat qilib turganini namoyish qiladi. Bu biz­ ni Uning So‘zi — qadimgi manuskriptlar ichida eng ishonchli degan fikrga qaytaradi. Xudo biz Uni qanday bo‘lsa shunday ko‘rishimizni istaydi, buning uchun esa Unga O‘zi haqidagi aniq va o‘zgartirilmagan vahiy, ya’ni Kalom zarur bo‘ladi. Quyida «Vahiy tantanasi» qo‘llanmasidan olingan material bilan tanishish mumkin. XUDONING KALOMI ISHONCHLI Xudo o‘z xalqiga ming yillar oldin murojaat qildi va U bizlarga yetkazmoqchi bo‘lgan eng muhim xabarlarni yozib borishni unga buyurdi. Xudoni bizga bo‘lgan muhabbat va biz bilan muloqot qilish istagi boshqarar edi. U qanday qilib biz Uni tanib olishimiz mumkinligini bizga o‘rgatishni istagan edi. Hammamiz gunohkor edik va shuning uchun Undan ajratgan edik, shuning uchun Uning So‘zi bizning qo‘llanmamiz yoki biz qanday qilib Xudoning qalbini bilishga erishishimiz mumkinligi haqidagi muhabbat xatlari to‘plami bo‘ldi. Bu muhabbat xatlari qanchalik ishonchli? Ulardan ko‘chirilgan nusxalar yetarlicha ishonchlimi? Keling, shu savollarni aniqlab olaylik. Xattotlar sinchkovligining dalili. Eski Ahdni qo‘lda ko‘chi­ ris­ h majburiyati bir guruh erkaklar — maxsus o‘rgatilgan, mala­ ka­ li, o‘z umrini mana shu serdiqqat ishga bag‘ishlagan xattotlarga yuklangan edi. Ko‘p yillar davomida, Iso Masihning xizmatigacha va undan keyin ham ularning majburiyati yahudiylarning Eski Ah­ didan nusxa ko‘chirish edi. Bu tirishqoq xattotlar Muqaddas Kitobni so‘zma-so‘z, harfma-harf ko‘chirganliklariga ishonch hosil qilish uchun aqlga sig‘mas kuch-g‘ayrat sarflar edilar. Ularning muqaddas matnlardan nusxa ko‘chirish qoidalari shunchalik jiddiy ediki, nusxa olib bo‘linganidan so‘ng, bu nusxa nusxa ko‘chiruvchi mashina aniqligi darajasidagi nusxa deb tan olinar edi. Ish tugagach, nusxaning o‘zi qo‘lyozma deb atalar edi. Kitobdan nusxa ko‘chiruvchining ishi butun tanani yuvish rusumi bilan boshlanar edi. Keyin xontaxta yonida o‘tirishdan oldin, u yahudiy dini qonunida belgilangan kiyimlarni kiyar edi. Agar matndan nusxa ko‘chirish jarayonida Xudoning yahudiy tilidagi nomini yozishga to‘g‘ri kelsa, xattot sahifaga dog‘ tushirishdan qo‘rqib, hozirgina siyohdonga botirib olgan pero bilan bu muqaddas nomni yozishga jur’at qilolmas edi. Lekin Xudoning ismini yozishga kirishgan bo‘lsa, u ishlayotgan xonaga hatto …shohning o‘zi kirib kelganda ham, ishni to‘xtatishga yoki chalg‘ishga yo‘l qo‘yishga haqli emas edi. Yagona va asl Xudoning nomini yozib bo‘lmagunicha, xattot ishni tanaffussiz davom ettirishga majbur edi. Qo‘lyozmani ko‘chirishning masoret (masoretlar — I ming yillik o‘rtalarida Eski Ahd matnlarini Xudoga xizmat yig‘inidan ta­ shqari vaqtlarda o‘qish uchun moslashtirish ustida ishlaydigan xat­ totlar) qoidalari shuningdek, quyidagilarni talab qilar edi: • o‘rog‘liq yozuv marosimiy toza hayvonning terisidan qilingan pergamentda [47] yozilishi lozim; • har bir pergament butun kitob davomida bir xil bo‘lgan ustunlarning ma’lum soniga ega bo‘lishi lozim; • har bir ustunning uzunligi kamida 48ta va ko‘pi bilan 60ta qatordan ortmasligi lozim; • ustunning kengligi naq 30 harfni tashkil qilishi lozim; • harflar oralig‘i (faqat undosh harflar yozilar edi) ip qalinligidan katta bo‘lmasligi lozim; • bo‘limlar orasidagi oraliq 9 ta undosh harfga teng bo‘lishi lozim; • alohida kitoblar oralig‘i 3 ta qatorni tashkil qilishi lozim; • Musoning beshinchi Kitobi (Qonunlar kitobi) ostida uzluksiz chiziq o‘tkazilishi lozim; • Birorta ham, hatto eng qisqa so‘z ham xotiradan yozil­ masligi, balki harfma-harf ko‘chirilishi lozim; • Xattot alifboning har bir harfi har bir kitobda necha marta uchrashini hisoblab borishi va olingan sonni asl nusxadagi son bilan solishtirishi lozim; • Agar qo‘lyozmada bitta bo‘lsa ham xato topilsa, bunday qo‘lyozma yaroqsizga chiqarilishi lozim edi [48]. Xudo masoretlarga yahudiylarning Muqaddas Kitobiga shun­ cha­ lik aql bovar qilmas ehtirom ato etganidan Uning yagona maq­ sadi — siz bilan biz Yaratgan Egamiz haqida mukammal vahiyga ega bo‘lishimiz uchun Muqaddas Kitob matnining hayratomuz aniq yetkazilishini ta’minlashdan iborat edi. Yangi Ahd to‘g‘riligining dalili. Yahudiy xattotlari Yangi Ahd qo‘lyozmalaridan nusxa olishda ishtirok etishmagan, binobarin, Xudo Iso Masih va Uning izdoshlarining so‘zlari bizgacha birorta ham buzilishsiz yetib kelishi uchun yangilik qildi: U minglab qadimgi qo‘lyozmalar yozma manba sifatida saqlanib qolishini ta’minladi. Qadimgi qo‘lyozmalarning ishonchli ekanligini tan olish uchun olimlar, birinchidan, yozma asl nusxa yaratilgan va uning birinchi qo‘lda ko‘chirilgan nusxasi o‘rtasidagi vaqt oralig‘ini o‘lchab chiqishadi, ikkinchidan, hozirgi kunlarimizgacha saqlanib qolgan qo‘lyozma nusxalar sonini aniqlashadi. Asl nusxa hujjat va uning birinchi nusxasi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i qanchalik qisqa bo‘lsa va bunday nusxalar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, olimlar bunday qo‘lyozmalarni shunchalik ishonchli deb tan olishadi. Masalan, Yuliy Sezarning Galliyaga yurishlari haqidagi hamma zamonaviy ma’lumotlar, asosan, «Gall urushi haqidagi yozuvlar»ning o‘nta qo‘lyozmasi sharofati bilan olingan bo‘lib, ularning eng qadimiy nusxasi asl nusxa yozilgan vaqtdan taxminan ming yillarcha keyin yozilgan. Dunyoviy tarixdagi eng ishonchli hujjatli guvohlik Gomerning «Iliada»si bo‘lib, uning 1757 qo‘lyozmasi mavjud va eng qadimiysi asl nusxa yaratilganidan to‘rt yuz yil o‘tgach yozilgan. Keling, mumtoz adabiyotga bevosita aloqador bo‘lgan jadvalni ko‘rib chiqaylik [49]. MUALLIF / KITOB / YOZILGAN SANASI / ENG QADIMGI NUSXASI / VAQT ORALIG‘I / NUSXALAR SONI Gomer / Iliada / er.av. 800 y. / er.av taxm.400 y. / taxm. 400 yil / 1757 Gerodot / Tarix / er. av. 480–425 / er. taxm. 900 y. / taxm. 1350 yil / 8 Fukidid / Tarix / er. av. 460–400 y. / er. taxm. 900 y / taxm. 1300 yil / 8 Platon / / er. av. 400 y. / er. taxm. 900 y. / taxm. 1300 yil / 7 Demosfen / / er. av. 300 / er. taxm. 1100 y. / taxm. 1400 yil / 200 Sezar / Gall urushi yozuvlari / er. av. 100–44 / er. taxm. 900 y. / taxm. 1000 yil / 10 Liviy / Rim tarixi… / er. av. 59 y. – er. 17 y. / IV asr (qisman); asosan X asrda / taxm. 400 yil; taxm. 1000 yil / 1-tasi qisman; 19-ta nusxa Tatsit / Solno­ malar / er. 100 y. / er. taxm. 1100 y. / taxm. 1000 yil / 20 Katta Pliniy / Tabiiy tarix / er. 1–113 y. / er. taxm. 850 y. / taxm. 750 yil / 7 Yangi Ahdga o‘xshashi yo‘q. Qadimgi qo‘lyozmalarning ishonchliligini baholash uchun bu umum e’tirof etilgan andazadan foydalanish Yangi Ahdni alohida o‘ringa qo‘yadi. Shu ma’noda unga teng keladigani yo‘q. Qadimgi dunyoning birorta kitobini Yangi Ahdning haqiqiyligi bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Mana bu jadvalga bir qarab ko‘ring [50] MUALLIF / KITOB / ENG QADIMGI QO‘LYOZMA / VAQT ORALIG‘I / NUSXALAR SONI Yuhanno / Yuhanno bayon etgan Xushxabar / er. taxm. 130 y. / 50 yildan ortiq / Parchalar Turli mualliflar / Yangi Ahdning qolgan kitoblari / er. taxm. 200 y. (kitoblar) / 100 yil / / / er. taxm. 250 y. (Yangi Ahdning ko‘p kitoblari) / 150 yil / / / er. taxm. 325 y. (to‘liq Yangi Ahd) / 225 yil / 5600 ta + yunon qo‘lyozmalari / / er. taxm. 366–384 y. (Vulgata (lotin tiliga tarjimasi) / 284 yil / / / er. taxm. 400–500 y. (boshqa tarjimalar) / 400 yil / 19000 ta + qo‘lyozmalar tarjimalari / / JAMI / 50–400 yil / 24600 ta + qo‘lyozmalar Bizga Yangi Ahdning yoki uning parchalarining deyarli 25 000 ta qo‘lyozmasi ma’lum. Ulardan ba’zilariga asl nusxa yozilgan paytdan ellik yillar keyingi sana qo‘yilgan va qo‘lyozmalarning birortasi ham asl nusxadan to‘rt yuz yildan ortiq vaqt oralig‘iga ega emas. Bunga aql bovar qilmaydi! Muqaddas Kitobni qo‘lga olar ekansiz, siz butun insoniyat tarixidagi eng aniq va ishonchli yozma manbaga ega ekanligingizga shubha qilmasangiz bo‘ladi! Xudo Uning So‘zlarini o‘qiyotganlarning hammasi bu So‘z — bizning har birimizga atalgan Uning muhabbat nomalari ekanligini, Uning aniqligi saqlanib qolishi haqida Uning O‘zi g‘amxo‘rlik qilganini bilishimizni istagan. «BULARNI FARZANDLARINGIZGA HAM O‘RGATINGLAR» O‘zlari nimaga va nima uchun ishonishlarini bolalariga tushun­ ti­ rishga harakat qilayotgan ota-onalarga katta yordam ko‘rsatmoqchiman. Ellik yildan ko‘p vaqt davomida men jamoat rah­ bar­ la­ riga va sizga o‘xshagan otalarga idrok bilan qabul qili­ na­ ­ di­ gan e’tiqodni keyingi avlodga yetkazishda yordam berib ke­ lyap­ man. Bu sodir bo‘lishi uchun, bitta, hatto eng ishonchli bo‘lgan izoh yoki bolalarni o‘rgatishga mo‘ljallangan bir qator se­ minarlar ham yetmaydi. E’tiqodni keyingi avlodga o‘tkazish ota-­ onalar­ ning bolalar bilan doimiy va uzluksiz muloqot jarayonini nazarda tutadi. Bolalarga amrlarni o‘rgatish uchun, ular ishonayotgan narsaga nima uchun ishonishlarini tushunishlari uchun «bularni (amrlar­ ni) farzandlaringizga ham o‘rgatinglar. Uyda o‘tirganda ham, yo‘lda yurganda ham, yotganingizda ham, turganingizda ham shular haqida gapiringlar» (Qonun. 6:7). Shu tarzda harakat qilib, farzandlaringizni «Hayotbaxsh xabarni mahkam tutib, buzuq va egri nasl orasida samodagi yulduzlar kabi porlaydigan» (Flp. 2:15) qilib tarbiyalash umidida otaning to‘qqizinchi majburiyatini bajargan bo‘lasiz. NIKAYADA QABUL QILINGAN E’TIQOD RAMZI Men barcha ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan narsalarni, osmon va yerni Yaratgan, Qudratli, yagona Ota Xudoga ishonaman. Shuningdek, borliq yaratilishidan avval Otadan tug‘ilgan, Yagona, Xudoning O‘g‘li, Rabbiy Iso Masihga: Nurdan kelgan Nur, haqiqiy Xudodan kelgan haqiqiy Xudo, tug‘ilgan, lekin yaratilmagan, Ota bilan bir borliqqa ega bo‘lgan, barcha narsalar U orqali yaratilgan; biz insonlar uchun, bizning najot topishimiz uchun osmondan tushgan hamda Muqaddas Ruh va Bokira Maryamdan hosil bo‘lib, inson qiyofasiga kirgan; Pontiy Pilat davrida biz uchun xochga mixlangan, azob chekkan va dafn qilingan; Kalomda yozilganlariga ko‘ra, uchinchi kuni tirilgan va osmonga ko‘tarilgan hamda Otaning o‘ng tomonida o‘tirgan; tirik va o‘liklarni hukm qilish uchun O‘z shuhratida yana keladigan, Shohligi abadiy davom etadigan Iso Masihga ishonaman. Va albatta, Hayotbaxsh Xudo, Otadan keladigan, Ota va O‘g‘il bilan birgalikda sajdaga molik va ulug‘lanadigan, payg‘ambarlar orqali so‘zlagan Muqaddas Ruhga ishonaman. Yagona Muqaddas va Havoriylik Jamoatiga ishonaman. Gunohlardan kechish uchun Suvga cho‘mdirilishni e’tirof etaman. O‘liklarning tirilishini va abadiy hayot boshlanishini kutaman. Omin Izohlar [35] Josh McDowell and David H. Bellis, Last Christian Generation (Holiday, FL: Green Key Books, 2006), 11–13. [36] David Kinnaman and Gabe Lyons, unChristian (Grand Rapids, MI: Baker Books, 2007), 74. [37] Pew Research Center Study, Hope Yen, as cited in «Generation Gap Is Widest Since 1960s», Akron (Ohio) Beacon Journal, 29 June 2009. [38] Christian Smith, Soul Searching: The Religious and Spiritual Lives of American Teenagers (New York: Oxford University Press, 2005), 41–45, 74. [39] Josh McDowell and Sean McDowell, More Than a Carpenter (Wheaton, IL: Tyndale House Publishers, 2009), 46. [40] Smith, 89. [41] Alan Hirsch, The Forgotten Ways (Grand Rapids, MI: Brazos Press, 2006), 18. [42] Katexizis — masihiylik e’tiqodining boshlang‘ich ta’limot asoslari. [43] Ratsional — aqliy. [44] «Mustahkam haqiqat» kitobi mening «Muqaddas Kitobning ishonchliligi guvohliklari: mulohaza uchun sabab va qarorlar uchun asos», «Aytilgan barcha gaplarga ishonaverma», «Oddiy duradgor emas», «Yaxshilik va yomonlik orasida», «Kutishga arziydimi?», «Bolaning nazarida qanday qilib qahramon bo‘lish mumkin?» va boshqa kitoblarim asosida yozilgan. Siz ular bilan www.josh.org shaxsiy saytimda «resurs» tugmachasini bosish orqali tanishishingiz mumkin. Veb-saytimdan va ushbu kitobning oxirida «Biz nimaga va nima uchun ishonamiz?» mavzusida o‘smirlar va kichik yoshdagi bolalar uchun kitoblar va manbalarga havolalarni topishingiz mumkin. Yaqinda o‘g‘lim bilan Xudo va Muqaddas Kitob to‘g‘risida eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar to‘plamini yozib tugatdik. Ushbu kitob bolalarning bizga ko‘plab berayotgan ba’zi qiyin savollariga javob berishda qimmatbaho manba bo‘lishi mumkin. Kitobni mening veb-saytimdan topishingiz mumkin va u: «Bolalar javobni talab qilmoqdalar» deb nomlangan. Kitob sizning va farzandlaringizning imonini mustahkamlashga yordam beradi. U haqda batafsil ma’lumotni ushbu kitobning oxirida o‘qishingiz mumkin. — Muallif izohi. [45] Bepul yuklab olinadigan uchta qo‘llanma bizga masihiylik e’tiqodining uchta ustuniga ishonishimiz mumkin bo‘lgan sabablarni aniq va mazmunli namoyish etishda sizga kerak bo‘lgan hamma narsani beradi. Ushbu qo‘llanmalarni www.josh.org/RC1, www.josh.org/RC2 va www.josh.org/RC3 saytlariga kirib topishingiz mumkin. — Muallif izohi. [46] Manuskript — qadimgi qo‘lyozma. [47] Pergament-qog‘oz kashf etilgunga qadar yozuv materiali sifatida ishlatilgan teri. [48] Josh McDowell, The New Evidence That Demands a Verdict (Nashville, TN: Nelson, 1999), 74. [49] McDowell, New Evidence, 38. [50] McDowell, New Evidence, 34–39. 12. O‘ninchi majburiyat: BOLADA MINNATDOR QALBNI TARBIYALASHGA HARAKAT QILISH «Bu to‘g‘ri emas. Nega unga mumkin-u, menga mumkin emas?» «Undan ko‘ra, men bunga ko‘proq loyiqman». «Sen mendan qarzdorsan! Chunki men ko‘proq narsaga loy­ iq­ man!» Bugungi kunda jamiyatning katta qismi o‘z huquqlarini biladi, degan tasavvur uyg‘onadi — unga u ko‘proq ishlab topishi kerak emas, balki talab qilishga haqlidek bo‘lib tuyuladi. Deyarli hamma yoqda ko‘pincha noshukur ruhning aksi bo‘lgan, o‘z huquqini talab qilayotgan bayonotlarni ko‘rish va eshitish mumkin. Yuqorida keltirilgan luqma tashlashlar ularning egalarida minnat­ dor qalb yo‘qligidan dalolat beradi. Atrofdagilarga nisbatan bunday munosabatni hatto o‘z farzandlarimizda ham ko‘rish mumkin. Albatta, ular nimadandir umid qilishi va ololmagach, shikoyat qilishi to‘liq tabiiy. Ammo agar har doim nimadandir shikoyat qilish va atrofdagilarga nisbatan noshukur munosabatda bo‘lish ular fe’l-atvorining va hatto dunyoqarashining bir qismiga aylanib qolsa, u holda, bunday hodisalar uzoqqa boradigan salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Noshukur qalbga ega odam stress, umidsizliklar va tushkunlikning yuqori darajasiga ko‘proq beriladi, u sog‘lom munosabatlarni shakllantirishda katta qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi. Umuman olganda, bunday odam hayotdan ancha kam laz­ zat oladi. Bu kuzatishni hujjat bilan tasdiqlaydigan ilmiy tadqiqot­ lar mavjud. Kitobning boshida men o‘z bolalaringizga qanday taqdirni ravo ko‘rishingizni bilasizmi, deb so‘radim. Hoynahoy, Iso Masih bizlarning hammamiz uchun nimani ravo ko‘rsa, siz ham bolalaringizga shuni ravo ko‘rasiz, degan taxmin bildirdim. Iso Masih bizda Uning quvonchi bo‘lishini va bu quvonch mukammal bo‘lishini istaydi (qarang: Yuh. 15:11). Biz ham bolalarimiz hayotdan quvonib yashashlarini istaymiz, shunday emasmi? Ular ko‘ngilsizlik­ lardan himoyalangan bo‘lishini, o‘z qadr-qimmmatini bilish hissi tanish bo‘lgan va hayotida maqsadi hamda hayotining bosh vazifasini amalga oshirishga intiladigan shaxs bo‘lib voyaga yetishini istaymiz. Bolalarimiz hayotini Iso Masihga bag‘ishlashdan tash­ qari, barcha sanab o‘tilgan ustunliklarga erishishlariga yordam berishning eng yaxshi usullaridan biri bolalarda minnatdor qalbni tarbiyalash deb hisoblayman. Bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar bolalar uchun hayotning turli sohalaridagi ulkan dividendlar [51] ko‘rinishida qaytadi. Yaqinda olimlar odamlarga va hayotning o‘ziga minnatdorchilik munosabatining oqibati bo‘lgan ijobiy samaralarni tushunishga qaratilgan tadqiqot o‘tkazishdi. Masalan, 2012 yilda Berklidagi Kaliforniya universiteti qiymati 5 mln. 600 ming dollar bo‘lgan loyiha ustida Devisdagi Kaliforniya universiteti bilan hamkorlik qilishga kirishdi. Bu loyihaning nomi: «Minnatdorchilik nazariyasi va amaliyotini rivojlantirish» [52] edi. Uning g‘oyasi tibbiyot, ta’lim va tashkiliy maqsadlarda minnatdorchilik amaliyotini ommalashtirish usullarini topish, keyin esa odamlar va hayotga nisbatan minnatdor munosabatlar mevalaridan bahramand bo‘lishdan iborat edi. Minnatdorchilik sohasida yetakchi ilmiy ekspert, deb atash mum­ kin bo‘lgan doktor Robert Emmons, yuzlab tadqiqotlar, bu ajoyib insoniy tuyg‘uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy ustunliklarini hujjatli ravishda tasdiqlaganini bildirdi. U minnatdorlik tuyg‘usini his qila turib, quyidagilarga erishish mumkinligini ta’kidlaydi: • Baxt va hayotdan qoniqish darajasini oshirish; • Xavotirlanish va tushkunlik darajasini pasaytirish; • Immun tizimini mustahkamlash, qon bosimini pasaytirish, har qanday kasalliklar belgilarini va og‘riqli hislar paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirish; • Uyqu sifatini yaxshilash; • Quvnoqroq bo‘lish va jarohat yetkazadigan vaziyatlardan so‘ng samaraliroq tiklanish; • O‘zaro munosabatlarni mustahkamlash, turmush o‘rtog‘i, oilasi va do‘stlari bilan yaqinroq bo‘lish [53]. Boshqacha qilib aytganda, biz minnnatdor bo‘lganimizda, qiyin­ chiliklarni ancha samarali yengib o‘tish va stressli vaziyat­ lar­ dan chiqish qobiliyatini qo‘lga kiritamiz. Masalan, minnatdor odam, odatda, o‘z muvaffaqiyatsizliklari va hayotining salbiy va­ ziyatlarini kamroq zo‘riqish bilan hal qiladi va muvaffaqiyatni bajon-u dil qabul qiladi. Klinik psixologiya va salomatlik psixolo­ giyasi bo‘yicha mutaxassis doktor Melani Grinberg minnatdor­ chi­ lik «qalbni ochadi va bosh miyada ijobiy hissiyotlar ishlab chiqaradigan markazlarni faollashtiradi. Muntazam minnatdorchilik bildirib yurish miyaning neyronlari hamma narsaga ijobiyroq javob berishiga olib kelishi mumkin», — deb hisob­ laydi [54]. Shundan keyin ham, Xudoning Kalomi bizga: «Har qanday sharoitda ham Xudoga shukur qilinglar, chunki sizlar, ya’ni Iso Masihga imon keltirganlar uchun Xudoning irodasi shudir», (1 Fes. 5:18) deyishiga hayron qolish kerakmi? Xudo bizning shod bo‘lishimizni istaydi, minnatdor bo‘lish esa — chin shodlik uchun poydevordir. «Shukrona ayting Egamizga, U yaxshidir! — deb yozgan edi sanolarni kuylovchi, — Uning sodiq sevgisi abadiydir» (Zab. 135:1). Muqaddas Kitob minglab turli usullar bilan bizlarga minnatdor bo‘lishimizni, Xudoga hamdlar aytishimizni va quvonishimizni, demakki, minnatdor qalbga ega bo‘lishimizning nasihat qiladi. Aslida, Xudoni ulug‘lash haqidagi amr — Xudoning asl mohiyatini va Uning ishlarining tan olish va bunga javoban, Uni ehtirom qilish hamda ulug‘lashni qat’iy tavsiya qilishdan boshqa narsa emas. «Har doim, har bir narsa uchun Rabbimiz Iso Masih nomi bilan Otamiz Xudoga shukur qilinglar» (Ef. 5:20). Shunga qaramay, minnatdor bo‘la olish mahorati insonning tug‘ma sifatlariga kirmaydi. Yuzaga kelayotgan sharoitlar bizni qoniqtirmaganda, minnatdor bo‘lish qiyin. Minnatdor bo‘lish qobiliyati — odam o‘zida rivojlantirishi zarur bo‘lgan xislatdir. MINNATDOR BO‘LISH MAHORATINI RIVOJLANTIRISH KERAK Masihiylikka o‘girilgan davrimning ufqida men minnatdorchilik­ ka yetarlicha e’tibor bermas edim. Men Xudoga hamdu-sano aytish va Unga minnatdorchilik bildirish zarurligini bilar edim, lekin minnatdorchilikning dunyoqarashim uchun asos bo‘luvchi ahamiyatini tushunmas edim. Boshqacha qilib aytganda, men minnatdor qalb va quvonchga to‘la hayot o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rmas edim, garchi Iso Masih jumladan, mening shodligim mukammal bo‘lishi uchun ham kelganini aytgan bo‘lsa-da. Mening minnatdorchilikka dunyoqarashim hayotimni ag‘dar-to‘ntar qilib yuborgan bitta voqeadan keyin o‘zgardi. Seminariyadagi o‘qishimni tugatgach, yoshlar uchun sayyor va’zxon bo‘lish umidida men «Campus Crusade for Christ» [55] missionerlik tashkilotiga qo‘shildim. O‘sha paytda men jasur, ha­ rakatchan va biroz qo‘polroq yosh yigit edim. Yuragim to‘g‘ri yo‘lni tanlagan edi, lekin menga sabr yetishmas edi. Men erkin sayohat qilishni va va’zxonlik qilishni istar edim, ammo missiyaga boshchilik qilayotgan rahbarlar meni yetarlicha ruhiy yetuk emas deb hisoblashdi. Xizmat qilishga qattiq intilishim bilan men ulardan ba’zila­ rini xafa qilib qo‘ygan edim. Aslida mening tinib-tinchimas mijozim ularga katta muammolar tug‘dirgan edi, shuning uchun ular men odatdan tashqari topshiriq olishimga harakat qilishdi. AQSh bo‘ylab xushxabarchilik sayohati o‘rniga ular meni Argenti­ na oliygohlarining talabalar shaharchalarida va’z o‘qishga jo‘na­ tishdi. Voqealarning bunday tus olishi meni juda hafsalamni pir qildi. Men noiloj ahvolda qolgan edim. Bu vazifa o‘z rejalarimning amalga oshishining va orzularim ro‘yobga chiqishining shunchaki to‘xtab qolishi bo‘lib tuyulmadi, men buni halokat sifatida qabul qildim. O‘sha paytda men biror kishiga nisbatan minnatdorchilik hissiga ega emas edim va umuman minnatdor bo‘lish uchun zarracha ham sabab ko‘rmayotgan edim. Albatta, mening salbiy kayfiyatim Xudo yuzaga kelgan vaziyatni mening manfa­ atim va O‘zining shuhrati tomon yo‘naltirayotganini ko‘rishga imkon bermas edi. Lekin men o‘z topshirig‘imni bajarishga bo‘ysundim va uning muvaffaqiyatli bo‘lishini so‘rab qanchalik ko‘p iltijo qilsam, ol­ dimga qo‘yilgan topshiriqqa butun diqqatimni jamlash zarurligiga, kelajagimni esa Xudoga ishonib topshirish kerakligiga shunchalik ko‘p ishona borar edim. Men Sulaymonning: «Egamiz to‘g‘ri odamni eson-omon saqlaydi, to‘g‘ri yuradiganga O‘zi qalqon bo‘ladi» (Hikmatlar Kitobi 2:7–8) degan dono fikrini yodga ol­ dim. Men Xudoning sodiq xizmatchisi bo‘lishni istar edim. 1967-yilda Argentinaga kelganimda, Janubiy Amerika universitetlari qaynab turgan kommunistik faoliyat o‘chog‘i edi. Men har doimgidek, dadillik bilan va zo‘r berib, voqealar girdobiga boshim bilan sho‘ng‘idim va o‘sha talabalar shaharchalarining kes­ kin kayfiyatdagi yoshlari bilan ochiq bahsda yoqalasha ketdim. Men Argentina chegaralaridan chiqib, Boliviya va Chilining kampuslariga bordim. «Campus Crusade for Christ»ning bo‘limini Janubiy Amerikada tuzishga uringan ikki yilim davomida hayotim bir necha bor xavf ostida qoldi. Meni talab ketishdi, o‘zim sodir etmagan jinoyatda ayblashdi va hibsga olishdi. Ba’zan o‘zimga qachonlardir uyga tirik qaytish menga nasib qilarmikin, degan sa­ volni berar edim. Men bilan Janubiy Amerikada sodir bo‘layotgan voqea haqi­ da doktor Bill Brayt bilib qoldi, u o‘sha paytda «Campus Crusade for Christ»ning prezidenti edi. Missionerlik tashkilotining men xafa qilib qo‘ygan rahbarlari o‘z lavozimlarini tark etishgan edi, yangi saylangan rahbarlar esa mendan Shimoliy Amerika universitetlarining talabalariga xushxabarchilik qilish uchun safar tashkillashtirishga AQShga qaytishni istash-istamasligimni so‘rashdi. Orzularim va umidlarim ro‘yobga chiqay deyayotgan edi. «Egamizni o‘zingning shodliging deb bil, Ko‘nglingdagi orzularingga U yetkazadi», — deganida shoh Dovud haq bo‘lgan ekan (Zab. 36:4). AQShga qaytgach, talabalar g‘alayoni va tartibsizliklarning boshlangan paytiga to‘g‘ri keldim, bunaqasini ikki yil davomida Janubiy Amerika kampuslarida [56] kuzatgan va o‘rgangan edim. Argentinada olgan tajribam meni xotirjamlikni buzuvchilar Amerika yoshlariga ijtimoiy muammolarning qanday yechimini taklif qilishayotganini tushunishga tayyorladi va isyonning yangi uchqunlariga samarali qarshi turish uchun muammo haqida zarur ruhiy tushuncha berdi. Men ikki yillik «surgunim» Xudoning «mashq qilish lageri» bo‘lib chiqqanini va Xudoning sharafi uchun yigirma yil talabalarga xizmat qilishga aylanganini hayrat bilan kuzatar edim. Bu tajriba har qanday sharoitda ham Xudoga shukr qilish va hayotimga nisbatan Uning niyatlaridan umidvor bo‘lish zarurligini menga o‘rgatgan saboq bo‘ldi. MINNATDOR QALBNI TARBIYALASHNING YETTITA USULI Mana, minnatdor qalbga ega bo‘lishda bolalarga qanday yordam berish uchun yettita amaliy maslahatlar: 1. Bolalarga Xudoga sodiq bo‘lishni va Uning niyatiga ishonishni o‘rgating. Ularning hayoti borasida Xudoning O‘z niyati borligini bolalar anglashlariga yordam berish uchun Janubiy Amerikaga «surgun» qilinganim tajribasidan men ko‘p marta foydalandim. Ularga hamma narsaning kaliti — Xudoning niyatiga ishonish va sharoitlardan qat’iy nazar, Xudoga sodiq qolish ekanligini tushuntirar edim. Men tushundim: men minnatdor qalbga ega odammanmi yoki yo‘qmi, sharoitlar belgilab bermaydi. Men Xudoning niyati­ ga ishongan holda minnatdor bo‘lishim lozim. Men bilan nima ro‘y berayotganidan qat’iy nazar, bor sharaf Unga tegishlidir! Mening sharoitlarim qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, mening qalbim doimo minnatdor bo‘lishi lozim. Bolalarga bizning hayotimizni nazorat qilib turgan Xudoga ishonishni o‘rgating. Ular Rimliklarga maktubning 8-bob 28-oyatini yod olishsin. Unda shunday deyilgan: «Biz bilamizki, Xudoni yaxshi ko‘rganlarga hamma narsa yaxshilikka xizmat qiladi, chunki Xudo ularni O‘zining maqsadiga ko‘ra, da’vat etgan». Bu hayotimizda muammolar bo‘lmaydi degani emas, lekin biz agar amalda Xudoga sodiq bo‘lsak, U hatto biz uchun eng og‘ir hayotiy vaziyatlarda ham ulug‘lanadi. Xuddi qul qilib sotilgan Yusuf kabi biz ham shunday deya olamiz: «…Sizlar menga ravo ko‘rgan yomonlikni Xudo yaxshilikka ishlatdi. Son-sanoqsiz odamlarni saqlab qolish uchun U meni shu yerga olib keldi» (Ibt. 50:20). 2. Bolalarga o‘zlarining gunohga moyilliklarini tan olishni o‘rgating. Masihiylikning o‘n ikkita asosiy aqidalarini qabul qilishda bolalarga yordam berish jarayonida, ertami-kechmi, siz dastlabki gunoh masalasiga duch kelasiz. Bu aqidadan bolalarda minnatdor qalbni tarbiyalash uchun asos sifatida foydalaning. Hammamiz gunohkor va Xudodan ajratilgan ekanligimizni tushuntirib, odamning gunohga botganligi bizni har qanday ustunlik hissidan mahrum etishini bolalarga aytib bering. Xudo­ ning mukammal haqligi tufayli Xudo bilan muloqotdan rohatlanish­ ga bizning hech qanday haqqimiz yo‘q. Uning bizga bo‘lgan shaf­ qatini oqlash uchun bizda hech qanday yaxshilik yo‘q. «Hech bir solih kimsa yo‘qdir, Hatto bironta ham yo‘q! Hammasi yo‘ldan ozgan, birday buzilgan, Yaxshilik qiluvchi bir kimsa yo‘qdir, Hatto bironta ham yo‘q!» — deyiladi Muqaddas Kitobda (Rim. 3:10, 12). O‘zimizning gunohga moyilligimizni tan olish va o‘zini gunohkor deb anglash— biz hech narsa bilan Xudoning inoyatiga sazovor bo‘la olmasligimizni tushunishga yordam beradi. Hech qanday ishlar bilan Xudoning shafqatiga erisha olmasligimizni tushunish U bizga namoyon qilgan shafqatga nisbatan bizda ulkan minnatdorchilik hissini tug‘diradi. 3. Bolalarga Xudoning hayratlanarli inoyatidan zavqla­ nish­ ni o‘rgating. Bolalarga quyidagini tushuntiring: Xudo Iso Masihning qiyofasida jismga burkandi va bizning gunohlarimiz uchun dahshatli o‘lim topdi. Biz hali tazarru qilmagan gunohkorlar bo‘lganimizda U bizlar uchun o‘ldi. Biz Uni inkor qildik, lekin U bizlarni qabul qildi. Iso Masih shunday deydi: «Balki sizlar Mendan yuz o‘girgandirsizlar, ammo Men sizlardan yuz o‘girmayman. Sizlar Men uchun shunchalik qadrlisizki, sizlar bilan yaqin munosabatlarni qaytarish uchun eng so‘nggi choragacha borishga tayyorman. Men sizning olamingizga kelaman va sizlarni o‘limdan va Mensiz mangu yolg‘izlikdan qutqarish uchun Odam bo‘laman». Iso Masihning U loyiq bo‘lmagan o‘limi haqidagi inoyatga to‘la bu ajoyib voqeani bolalarga qayta va qayta so‘zlab bering. Ularga Xudoning ajoyib inoyatidan hayratlanishni o‘rgating. Biz o‘zimizning gunohga moyilligimiz asl o‘lchamini va Xudoning shafqatining o‘lchamini anglaganimizda, bu yuraklarimizni minnatdorchilikka to‘ldiradi. 4. Bolalarga mehnat minnatdorchilikni rivojlantirishini o‘r­ gating. Iso Masih shunday dedi: «…mehnatkash ish haqini olishga mu­ nosibdir» (Lq. 10:7). Havoriy Pavlus uning fikrini takrorladi: «G‘ayratingiz susaymasin, butun qalbingiz bilan Rabbimiz Isoga xiz­ mat qiling» (Rim. 12:11). Dotti ikkalamiz bolalarni uy ishlarida yuklangan majburiyatlarini bajarganligi uchun mukofotlashni qoida qilib olgan edik. Bolalar uy yig‘ishtirish, maysalarni qir­ qish va boshqa uydagi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha jamoaning bir qismi bo‘lishni o‘rganishsa, ular olgan mukofotlarini ko‘proq qadrlashadi. Bolalarga mehnat uchun olgan mukofotni qadrlashga yordam bering. Shunchaki ularga sovg‘a bergan vaziyatlarimiz bo‘ladi, lekin bajarilgan ish uchun mukofotlash bu — minnatdor qalbni tarbiyalash vositasidir. 5. Bolalarga o‘z umidlarini oshirib yubormaslikni o‘r­ gating. Mo‘tadillikning ko‘p ustunliklari bor, ayniqsa, keyinchalik vo­ qelik umidlarimizdan ortib tushganda. Shunday ustunliklardan biri — yoqimli hayratlanishdir. Bolalarga sovg‘alar va ular ta’tilda kutgan narsalarga nisbatan ham shunday deyish mumkin. Bolalarga o‘ta qimmatbaho sovg‘alarga umid qilmaslikni o‘rgating. Bu katta ehtimol bilan ularning umidlaridan ortib tushishingizga imkon beradi, buning natijasida ular yoqimli hayratdan lazzatla­ nishlari mumkin. Dotti ikkalamiz bolalarni hech qachon na Milod bayrami yoki tug‘ilgan kunidagi sovg‘alar, na ta’tildagi ko‘ngil ochishlar borasida umidvor qilmas edik. Bu dono siyosat. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalarda minnatdor qalbni tarbiyalashga yordam beradi. 6. Bolalarga minnatdorchilik kundaligi yuritishni o‘r­ gating. Iloji boricha har kuni bolalardan nima uchun kimdandir yoki nimadandir minnatdor ekanlarini so‘rashni odat qilib oling. Minnatdor va jipslashgan oila bo‘lish — shunchaki Shukrona kuni faollashtiriladigan oddiy an’ana emas, bu kundalik amaliyotdir. «Egamiz yaratgan kundir bu, Bu kunda shod bo‘lib, sevinaylik» (Zab. 117:24) deydi Muqaddas Kitob. Bolalar nima uchun yoki kimga minnatdor ekanligini aytib, har kuni minnatdorchilik bildirishni o‘rgansin, hatto bu eng mayda narsalar bo‘lganida ham. Bunday tajriba ularda minnatdor qalbni tarbiyalashga yordam beradi. 7. Bolalarga minnatdorlik namunasi bo‘lishni o‘rgating. Bolalar sizning qanday qilib birovdan yoki nimadandir min­ nat­ dor ekanligingizni ko‘rishsin va sizning minnatdorchiligin­ giz har kuni nimada yoki qanday ifodalanishini eshitishsin. Har doim Xu­ doga hamma barakalari: dasturxoningizdagi taom, boshpa­ nan­ ­ giz, sizga g‘amxo‘rlik qilayotgan xotiningiz; sizga xizmat qilayotgan mashinangiz; osmonda charaqlayotgan quyosh; ko‘zlarin­ gizni quvontirayotgan gullar va boshqa ko‘plab narsalar uchun shukr aytib, minnatdorchilik muhitini yarating. Siz Xudoni Uning g‘amxo‘rligi va himoyasi uchun ulug‘layotganingizni bolalar qancha tez-tez eshitib turishsa va minnatdor qalbingizni namoyon bo‘lishini ko‘rib turishsa, ular ham minnatdorchilikning tirik namunasi bo‘lishi ehtimoli shuncha katta bo‘ladi. Izohlar [51] Divident — aksiyadan keladigan daromad. [52] Steven E.F. Brown, «Thanksgiving: The Power of Gratitude», San Francisco Business Times, November 13, 2012. [53] Robert Emmons, «Why Gratitude Is Good», as adapted in «Why Practice Gratitude?» Greater Good: The Science of a Meaningful Life, e-newsletter of Greater Good Science Center, Univ. of California, Berkeley, http://greatergood.berkeley.edu/topic/gratitude/definition#how_to_cultivate. [54] As quoted in Melanie Greenberg, «The Mindful Self-Express», Psychology Today, November 23, 2011. [55] «Campus Crusade for Christ» — 190 dan ortiq mamlakatda xushxabarchilik va murabbiylik bilan shug‘ullanuvchi xalqaro masihiy missionerlik tashkiloti. 1996 yilda «USA Today» gazetasi ushbu missiyani Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik xushxabarchi tashkilot deb atadi. [56] Kampus — talabalar shaharchasi. So‘nggi so‘z. «MEN ILOJI BO‘LGAN HAMMA ISHNI QILAMAN» Bu kitobda bayon qilingan otaning o‘nta majburiyati bolalar bilan munosabatingizning ajralmas qismiga aylansin. Shunday bo‘lganda, sizga ularning hayotida muhim rol ajratiladi. Yodingizda tuting, bu haqiqatlar muhabbat bilan aytilishi va muhabbatga to‘la yurakdan chiqishi lozim. Axloqiy negizlar nafaqat bolalarimizning miyasiga o‘rnashishi kerak, balki bundan ham muhimrog‘i, ularning dunyoqarashining poydevori bo‘lib, qalblariga o‘rnashishi lozim. Bolalarimning hammasi katta bo‘ldi va o‘z oilalarini qurishdi. Ularning bolalik yillariga o‘girilib qarar ekanman, hamma ishni ham to‘g‘ri qilganman, deb ayta olmayman. Hech kim ham o‘zi haqida bunday deb ayta olmaydi. Lekin men, xuddi siz kabi, o‘sha vaqtda ega bo‘lgan bilimlarimdan kelib chiqib, iloji bo‘lgan hamma ishni qildim, deb fikrlashga haqliman. Nevaralarimga qarab turganimda, o‘z bolalarimni tarbiyalagan vaq­ timdagidan ko‘ra, ancha donoroq va sabrliroq bo‘lib qolganim­ ni payqadim. Men ota tajribasini to‘plagan vaqtimga kelib, bolala­ rim katta bo‘lib qolishdi va mustaqil yashay boshlashdi. Aslida ham shunday bo‘lishi kerak. Ota rolida chiqar ekansiz, siz xuddi ish­ lab chiqarishdan ajralmagan holda, deganlaridek, hamisha ish jarayonida ta’lim olaverasiz. Buning uchun qo‘l ostingizdagi hamma zahiralardan foydalaning va qo‘lingizdan kelgan hamma ishni qi­ li­ sh­ ga urining. Xudo sizning sa’y — harakatlaringizni mukofotlaydi! Hissiy ehtiyojlarni aniqlash uchun test Testga yo‘riqnoma Quyida keltirilgan ellikta fikrlardan har birining oldida sizning nuqtayi nazaringizga mos tushadigan, –2 dan +2 gacha bo‘lgan raqamni ko‘rsating, shundan so‘ng, testdan o‘tib bo‘lgach, olingan ma’lumotlarni tahlil qilishingiz mumkin. Xotiningizdan shu testdan o‘tishini iltimos qiling. Agar farzandlaringiz o‘smir yoshda bo‘lish­ sa, ular ham bunday testdan o‘tishni eplashadi. Ularga testda ishtirok etishni taklif qiling, kichik yoshdagi bolalarni, hoynahoy, ular o‘zlariga mos usulda siz tanlagan fikrlarga qanday munosabatda bo‘lishiga qarab baholashga to‘g‘ri keladi. MUTLAQO NOROZIMAN: –2 QARSHIMAN: –1 JAVOB BERISHGA QIYNALAMAN: 0 ROZIMAN: +1 MUTLAQO ROZIMAN: +2 ___ 1. Hatto boshqalarga bir oz o‘xshamasam-da, meni qanday bo‘lsam, shundayligimcha qabul qilishlari men uchun juda muhim. ___ 2. Men uchun moliyaviy barqarorlik juda muhim. ___ 3. Atrofdagilarning ma’qullashiga erishishga intilish ba’zan meni charchatadi. ___ 4. Atrofdagilarning fikrim bilan qiziqishi men uchun muhim. ___ 5. Do‘stona quchoqlash, iliq salomlashish va mehrning boshqacha namoyon bo‘lishlarisiz hayotimni tasavvur qila olmayman. ___ 6. Atrofdagilar menga e’tibor qilishi menga yoqadi. ___ 7. Hokimiyat egalari menga qanday munosabatda ekanligini bilish men uchun muhim. ___ 8. Kimdir menga yordam kerakligini payqashi va menga yordam taklif qilishini qadrlayman. ___ 9. Ko‘pincha o‘zimni g‘amgin his qilaman va shunday bo‘l­ gan hollarda, kimdir yelkasini tutishi va yukimni yengillatishi menga zarur bo‘ladi. ___ 10. Kimdir qalb holatimni payqaganida va hamdardlik bildirganida men baxtliman. ___ 11. Atrofimdagilar qilayotgan ishlarimning qadriga yetishini istagan bo‘lar edim. ___ 12. Umuman olganda, men yolg‘izlikni unchalik yoqtir­ may­ man. ___ 13. Menga qadrli bo‘lgan odamlar «men seni yaxshi ko‘raman», deyishi men uchun o‘ta muhim. ___ 14. Meni faqat jamoaning bir qismi sifatida qabul qilishlarini istamayman. Shaxsan tan olinish men uchun o‘ta muhim. ___ 15. Kimdir shunchaki men bilan gaplashish va ruhimni ko‘tarish uchun menga qo‘ng‘iroq qilsa, men baxtliman. ___ 16. Qilayotgan ishimnigina emas, o‘zimni ham tan olishlari men uchun muhim. ___ 17. Hayotim tartibga solingan va ma’lum darajada oldindan ma’­ lum bo‘lganda, men o‘zimni yaxshi his qilaman. ___ 18. Atrofimdagilar ishga qo‘shgan hissamni tan olishsa va menga minnatdorchilik bildirishsa men xursandman. ___ 19. Do‘stona muhitda ishlash menga ayniqsa yoqadi. ___ 20. Boshqalar mening kuchli tomonlarimni va iste’dodimni payqashsa, bu menga yoqadi. ___ 21. Ba’zan o‘zimni g‘amgin va tushkun his qilaman. ___ 22. Jinsim, millatim, e’tiqodim va ijtimoiy holatimga qaramay, menga xayrixoh munosabatda bo‘lishlarini orzu qilaman. ___ 23. Sevgining jismoniy namoyon bo‘lishi — men uchun nikohning ajralmas qismidir. ___ 24. Kimdir o‘z vaqtini men bilan o‘tkazishni istayotgani menga yoqadi. ___ 25. Kimdir qilayotgan ishimni payqasa va «Balli!» deb aytsa, men baxtliman. ___ 26. Qiyin kunning oxirida qo‘llab-quvvatlash va g‘amxo‘rlikni his qilish men uchun muhim. ___ 27. Hatto o‘z iste’dodlarim va uquvlarimga ishonchim komil bo‘lganida ham, yordamni bajon-u dil qabul qilaman. ___ 28. Stress yoki shunchaki holdan toyishni his qilganimda, atrofimdagilarning hamdardligi va yupatishi men uchun o‘ta muhim. ___ 29. Meni maqtashlari menga yoqadi. ___ 30. O‘z tarafdorlarim davrasida bo‘lish menga yoqadi. ___ 31. O‘zimni tez xafa bo‘ladigan odam deb hisoblayman. ___ 32. Hayotim yoki ish jadvalimga ta’sir qiladigan qarorlar qabul qilishda fikrimga quloq solishlari men uchun muhim. ___ 33. Kimdir ishimga qiziqsa, men baxtliman. ___ 34. Yutuqlarimning ahamiyatidan dalolat beruvchi unvonlar, faxriy nishonlar va mukofotlar olish menga yoqadi. ___ 35. Ba’zan men kelajak haqida tashvishlanaman. ___ 36. Notanish davraga tushib qolsam, o‘sha zahotiyoq, til to­ pish­ sa bo‘ladigan odamlarni izlay boshlayman. ___ 37. Yashash joyi, ish joyi, o‘qish joyini o‘zgartirish yoki bosh­ qa o‘zgarishlar zarurligi haqidagi fikr meni xavotirga soladi. ___ 38. Atrofdagilardan boshqacha kiyinadigan yoki o‘zini bosh­ qacha tutadiganlarga nisbatan xolis bo‘lmagan munosabat meni tashvishga soladi. ___ 39. Quvonchda ham, qayg‘uda ham men bilan birga bo‘la­ digan do‘stlar va yaqinlarning davrasida bo‘lish menga zarur. ___ 40. Qilgan ishim uchun menga minnatdorchilik bildirishsa, men baxtliman. ___ 41. Kimdir men uchun ibodat qilayotganini bilish menga muhim. ___ 42. Atrofdagilarni boshqarishga urinadigan odamlar menga yoqmaydi. ___ 43. Men sevgining o‘z-o‘zidan va men bu uchun nimadir qilmaganimda namoyon bo‘lishini boshdan kechirishdan baxt­ liman. ___ 44. Ko‘zlarimga qarashlari va aytayotgan gaplarimni haqiqatan ham tinglashlari meni quvontiradi. ___ 45. Qandaydir yaxshi va to‘g‘ri narsa uchun meni maqtash­ sa, men baxtliman. ___ 46. Qiyin damda yaqin do‘stim qo‘llab-quvvatlashi men uchun muhim. ___ 47. Yolg‘iz ishlash menga yoqmaydi, inoq jamoada mehnat qilishni ma’qul ko‘raman. ___ 48. O‘zimni jamoaning bir qismi deb his qilish men uchun muhim. ___ 49. Meni yaxshi ko‘radigan odam tomonidan hamdardlik va g‘amxo‘rlik namoyon qilinishini qadrlayman. ___ 50. Men mustaqil emas, jamoada ishlashni ma’qul ko‘raman. Asosiy hissiy ehtiyojlaringizni aniqlash Yo‘riqnoma Bu testda u yoki bu hissiy ehtiyojingizni aniqlovchi ellikta fikrning tartib raqamlari oldida u yoki bu sonni (–2, –1, 0, +1, +2) qo‘yib, natijani umumlashtirish orqali o‘nta hissiy ehtiyojingizning har biri uchun xulosa qilishingiz mumkin. Qabul qilinish 1. Quyidagi fikrlardagi javoblaringizni (–2, –1, 0, +1, +2) qo‘shing: 1 _______ 19 _______ 36 _______ 38 _______ 48 _______ Jami _______ Bu javoblar sizning qabul qilinishga bo‘lgan ehtiyojingiz haqida so‘zlaydi. Himoyalanganlik 2. Quyidagi fikrlardagi javoblaringizni (–2, –1, 0, +1, +2) qo‘shing: 2 _______ 17 _______ 35 _______ 37 _______ 39 _______ Jami _______ Bu javoblar sizning himoyalanganlikka bo‘lgan ehtiyojingiz haqida so‘zlaydi. Tan olinish 3. Quyidagi fikrlardagi javoblaringizni (–2, –1, 0, +1, +2) qo‘shing: 16 _______ 18 _______ 20 _______ 34 _______ 40 _______ Jami _______ Bu javoblar sizning tan olinishga bo‘lgan ehtiyojingiz haqida so‘zlaydi. Dalda olish 4. Quyidagi fikrlardagi javoblaringizni (–2, –1, 0, +1, +2) qo‘shing: 3 _______ 15 _______ 21 _______ 33 _______ 41 _______ Jami _______ Bu javoblar sizning dalda olishga bo‘lgan ehtiyojingiz haqida so‘zlaydi. Hurmat 5. Quyidagi fikrlardagi javob­ laringizni (–2, –1, 0, +1, +2) qo‘shing: 4 _______ 14 _______ 22 _______ 32 _______ 42 _______ Jami _______ Bu javoblar sizning hurmatga bo‘lgan ehtiyojingiz haqida so‘zlaydi. Sevgi 6. Quyidagi fikrlardagi javob­ laringizni (–2, –1, 0, +1, +2) qo‘shing: 5 _______ 13 _______ 23 _______ 31 _______ 43 _______ Jami _______ Bu javoblar sizning sevgiga bo‘lgan ehtiyojingiz haqida so‘zlaydi. E’tibor 7. Quyidagi fikrlardagi javoblaringizni (–2, –1, 0, +1, +2) qo‘shing: 6 _______ 12 _______ 24 _______ 30 _______ 44 _______ Jami _______ Bu javoblar sizning e’tiborga bo‘lgan ehtiyojingiz haqida so‘zlaydi. Ma’qullash 8. Quyidagi fikrlardagi javoblaringizni (–2, –1, 0, +1, +2) qo‘shing: 7 _______ 11 _______ 25 _______ 29 _______ 45 _______ Jami _______ Bu javoblar sizning ma’qullashga bo‘lgan ehtiyojingiz haqida so‘zlaydi. Yupanch 9. Quyidagi fikrlardagi javoblaringizni (–2, –1, 0, +1, +2) qo‘shing: 10 _______ 26 _______ 28 _______ 46 _______ 49 _______ Jami _______ Bu javoblar sizning yupanchga bo‘lgan ehtiyojingiz haqida so‘zlaydi. Qo‘llab-quvvatlash 10. Quyidagi fikrlardagi javoblaringizni (–2, –1, 0, +1, +2) qo‘shing: 8 _______ 9 _______ 27 _______ 47 _______ 50 _______ Jami _______ Bu javoblar sizning qo‘llab-­ quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojingiz haqida so‘zlaydi.